Telegram Web Link
Shu kunlarda shaxsiyga kelgan murojaat yuqoridagi postga mazmunan bog'liqdek ko'rindi. U Fanlar akademiyasi olimlaridan biri tomonidan yozilgan.

Fanlar akademiyasi qoshidagi aksar ilmiy tadqiqot institutlarining asosiy shtatdagi xodimlari o'rni qisqartirilmoqda. Sababi, Vazirlar mahkamasining 366-sonli qarori shu mazmunda ekan. Qaror sababi bizga aniq emas.

Qisqartirishlardan davlatga biror manfaat ko'rmayapman. Ularda bir iddao borki, olimlar ilmni pulga aylantirsin, o’zini-o’zi boqsin, deyishmoqda. Lekin bu jarayon yosh bolaga ilm, tarbiya bermay turib, bo'ldi, ko’chaga chiq, pul top, o’zingni o’zing boq, deyishga o'xshaydi.

Shuningdek, bizga oylik bo’lishi uchun loyiha olinglar deyishyapdi. Lekin loyiha olish uchun kamida bir yil vaqt kerak. Qizig’i, uning berilishi ham aniq emas. Pul ajratadigan agentlikda ilmni tushunadigan xodimlar yo’q.

Biz olimlarda shunday muammolar, Ilyosjon
.

Murojaatda ko'rsatilgan muammolar qanchalik asosli yoki asossiz ekani menga ma'lum emas, ammo eng kamida hukumatning qisqartirishlar haqidagi qarori olimlarni bezovta qilmoqda, qiynamoqda.

@haqiqatdaIlyos
👍50😢25🤔2
Ilyos Safarov
Jurnalistni qonunbuzarlardan himoya qiling! MY5 kanali muxbiri Ruxsora G‘ofurova Jizzaxdagi bank xodimasining firibgarligi yuzasidan material tayyorlagan. Jurnalistik surishtiruv jarayonida bank xodimasining fuqarolar nomiga kredit rasmiylashtirib, o‘zlashtirgani…
Jurnalist ishi: nihoyat to‘g‘ri "rel's" ga tushilibdi

MY5 kanali muxbiri Ruxsora G‘ofurova Jizzaxdagi bank xodimasining qilmishlari haqida tayyorlagan ushbu material yuzasidan bank xodimasiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "v" bandi, ya'ni xizmat maqeidan foydalangan holda firibgarlik alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilibdi.

Dastlabki tergov Jizzax shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan olib borilmoqda ekan.

Avvalroq Sudyalar oliy kengashi tomonidan bildirilgan rasmiy munosabatda tarqalgan xabar Kengash huzuridagi Sudyalar odob komissiyasida o‘rganib chiqilishi ma'lum qilingan edi.

Aytgancha, advokat A.Ahmedovning bildirishicha, jurnalist Ruxsora G‘ofurovaga nisbatan ma'muriy ish qo‘zg‘atilmagan.

Nihoyat, yo‘nalish to‘g‘ri olinibdi. Endi qolgani dastlabki tergov va balki sudda yuzaga chiqar.

Abdumalik Abdullayev, advokat.

@haqiqatdaIlyos
👍105😢94🔥2
“Hukumat vaziyatni o‘zgartirmasa, 20 yildan keyin Toshkentda yashab bo‘lmaydi” – ekologlar

Dunyoning eng arzon poytaxtlari, eng sovuq poytaxtlari, eng issiq poytaxtlari kabi turli solishtirma reytinglarda e’tirof etib turiluvchi Toshkent shahri so‘nggi yillarda yana bir reytingda tez-tez tilga olinadigan bo‘ldi. Bu “Dunyoning havosi eng iflos poytaxtlari” reytingi.

5 millionga yaqin odam istiqomat qilayotgan Toshkent havosi, afsuski, so‘nggi yillarda turli sabablarga ko‘ra, keskin yomonlashdi. Energetika sohasidagi yomon boshqaruv, paydarpay, rejasiz qurilishlar, daraxtlarning ayovsiz kesib tashlanishi, transport vositalarining ko‘payishi va poytaxt atrofidagi uning havosiga salbiy ta’sir qiluvchi boshqa jarayonlar qadim kentning osmonini toza havoga tor qildi.

Avval boshda holat kritik darajaga borsa-da, bu haqida gapirgan jamoat faollari ovoziga ko‘p ham e'tibor berilmadi. Havo sifatini tekshiruvchi manbalar ma'lumotlari konspirologiya deb biluvchilar, Toshkent changi inson salomatligi uchun zararli emas, deb aytganlar ham bo‘ldi. Savollar ko‘p, javoblar turfa.

“Vatandosh” intellektual klubining bu galgi munozarasi Toshkentning yashash uchun xavfli ob-havosi va uni qanday yaxshilash mumkinligi masalalariga bag‘ishlandi.

📹👉 https://youtu.be/wu2xyVNpJJg

@haqiqatdaIlyos
🔥57👍33😢4💯3🤡2
Anora Sodiqova bloger Mufasani sudga berdi

Jurnalist Anora Sodiqova “Mufasa” taxallusi bilan faoliyat yurituvchi bloger Mirsaid Haydarov ustidan mahkamaga murojaat qildi. Murojaatda Sodiqova bloger tomonidan ijtimoiy tarmoq, turli anonim kanallarda o‘z sha'ni, qadr-qimmati kamsitilgani va tuhmatga uchragani haqida bayon qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 100-moddasi (Sha'n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘sini himoya qilish) asosidagi shikoyat fuqarolik sudiga yuborilgan.

O‘tgan yilning 9-fevralida 20 dan ortiq jamoat faollari o‘zbek mediasidagi trolling, sha'n va qadr-qimmatni kamsitishga doir faktlar yuzasidan O‘zbekiston Repsublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Repsublikasi Prezidenti Administrasiyasining Axborot xavfsizligi Departamentiga murojaat qilgandik. Murojaatlarimiz tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi IIVning Kiberxavfsizlik boshqarmasiga hal qilish uchun yo‘llangan.

Kiberxavfsizlik xodimlari biz jurnalist va faollar bilan uchrashdi, “Jo‘qqi jurnalistlar”, “Telegraf” telegram kanallari, shunningdek, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi o‘nlab anonim profillar bo‘yicha mulohazalarimizni eshitishdi, tergovoldi surishtiruvlar boshladi. 20 dan ortiq faollar Ichki ishlar vazirligiga chaqirilib, jabrlanuvchi sifatida ulardan ko‘rsatmalar olindi. Taxminlar, dastlabki versiyalar va bu qilmishlarni sodir etayotgan shaxslar bo‘yicha tergovchilar bilan fikr almashdik.

Ularning aytishicha, Bosh prokuratura, DXX organi Kiberxavfsizlikka mazkur trolling kampaniyalari, ularning qonunbuzarlik qilmishlari borasida chora ko‘rish yuzasidan rasmiy xat bergan, ya'ni bu qudratli idoralarning bunday “faoliyat”ga daxli yo‘q. Bundan quvondik, ish yengil ko‘chadi, deb o‘yladik. Bu jarayonda biz shikoyatimizda ko‘rsatgan anonim profillar va kanallar faoliyati deyarli to‘xtadi, biz o‘z ishimizga sho‘ng‘ib ketdik. Keyinchalik esa trollarning eski faoliyati yana jonlandi.

Biroq Administrasiya, Bosh prokuratura, Kiberxavfsizlik boshqarmalaridan rasmiy javoblar olmadik. Endilikda qonun ijrosi uchun mas'ul bo‘lgan bu mo‘'tabar idoralarning fuqarolarning murojaatlari borasidagi qonunchilikni buzgani yuzasidan ma'muriy sudlarga shikoyatlar tayyorlayapmiz, huquqiy jarayonlarni boshlaymiz. Anoraning sudlarida ko‘pchilik bo‘lib, uni qo‘llaymiz. Ehtimol, yetarli darajada natijalarga erisha olmasmiz, ammo nimalar bo‘layotganini maxsus xeshteg va chellenj orqali xalqqa imkonqadar ko‘rsatib boramiz.

Jurnalist va faollar bilan boshlayotgan bugungi chellenjimizni shartli ravishda #qoyalar_va_soyalar deb ataymiz. Faollardan mazkur jarayonda avvalo amaldagi qonunchilik talab va me'yorlariga amal qilish, milliy manfaatlarimizni inobatga olib, qadriyatlarimizga hurmat ruhida yondashishga chaqiraman. Zotan, qoyalar va soyalar kurashi abadiy jarayondir.

@haqiqatdaIlyos
70👍68🔥14🤣1
Nuqtalar: “Savol va tushunmovchiliklar yanada ortadi” — tahlilchilar bilan diniy siyosat kontsepsiyasi haqida suhbat

O‘zbekistonda vatandoshlarning vijdon erkinligini ta'minlash va diniy sohadagi davlat siyosati kontsepsiyasi qabul qilinmoqda. Dasturimizning navbatdagi soni 31-yanvar kuni Qonunchilik palatasi deputatlari birinchi o‘qishda ma'qullagan, 9-fevralda esa jamoatchilik uchun muhokamasi yakunlangan ushbu hujjat va uning mazmuni hamda kutilmalari tahliliga bag‘ishlandi.

Jami 7 bob, 41 banddan iborat ushbu kontsepsiya mazmunini tahlil qilish, tushuntirib berish uchun esa studiyamizga huquqshunos Abdulloh Sodiq, siyosatshunos Hamid Sodiq va Islomshunos Nuriymon Abulhasanni taklif qildik.

📹👉 https://youtu.be/_XfcLi2gIbM?si=rbiuRaa6g_OA1cYz

@haqiqatdaIlyos
👍41🔥11💯4👎21
Alisher Ro’zioxunovdan ajralib qoldik. U mening Toshkentga kelib topgan eng yaqin insonlarimdan biri, ko’pchilik faoliyatiga, bilimiga havas qiladigan salohiyatli jurnalist edi. Inna lillahi va inna ilayhi rojiun. Yuragim yonib ketyapti. Boshqa narsa yozolmayman.
😭183😢100👍108🤯7🔥2🤔1
Forwarded from Vatandosh TV
Jurnalistning sudiga jurnalistlar kiritilmadi

Bugun, 26-fevral kuni jurnalist Anora Sodiqovaning Toshkent viloyati hokimligi vakili, shuningdek, Mufasa taxallusi bilan faoliyat olib boruvchi bloger Mirsaid Haydarov ustidan sudga kiritgan shikoyatini ko‘rib chiqish boshlandi. Javobgarning iltimosiga ko‘ra, ish yopiq tarzda ko‘riladigan bo‘ldi. Sud 27-fevralgacha tanaffus e'lon qildi.

Quyida dastlab ochiq deya e’lon qilingan, keyinchalik yopiqqa o‘zgartirilgan sud jarayonidan Vatandosh TV muxbiri tayyorlagan reportajni tomosha qilishingiz mumkin.

To'liq video: https://youtu.be/My2Ywin6nCI

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
👍33🤯12🔥6🤡31
Alisher Ro’zioxunovni xotirlarkan, ko’pchilik uning oxirgi vaqtlarda jurnalistikada ko’rinmay qolgani haqida yozmoqda.

Alisherning sohadan ketishi va yana jurnalistikaga qaytishi kerakligi haqida uning o’zi bilan ko’p gaplashganmiz. Bu haqdagi bahslarimiz ba’zan soatlab davom etgan.

Ochig’ini aytaman, Alisher sohadan sovugan edi. Aniqrog’i, O’zbekistonda jurnalistika tushib qolgan vaziyat uning hafsalasini pir qilib bo’lgandi.

“Oshna, bo’ldi, umid qilmang, yetib keldik. Buyog’iga foydasi yo’q. Buyog’i tanqid qildingizmi, gapingiz tepaga yoqmadimi, chopilaverasiz. Yana qancha vaqt kerak shularni tushunishingizga? Men, masalan, endi jurnalistikaga qaytmayman. Yaxshisi, ta’limga o’taman. 50 ta bolani tayyorlab, universitetga kirgazsam, shu foyda”, derdi u.

Ha, Alisherning bu fikrlariga teskari men ham ko’p gap aytganman. Jig’iga tegish uchun uni qo’rqoqlikda ayblagan paytlarim-da bo’ldi. Ammo, ich-ichimdan bilardimki, Alisher haq edi. Haqligi-ki, bugun chindan, qo’limizdan hech ish kelmay qoldi. Boshqalarni qo’ya turing, hatto jurnalist bo’lib, o’zimizni himoya qilolmayapmiz-ku.

Qandaydir 3-4 yillik nisbiy erkinlik davri esa odamlarning avvalgi epoxani jonliroq tanqid qilishi uchun tashkil etilganini hamma tushunib bo’ldi.

Alisher Ro’zioxunov qo’rqoq emasdi. U doim jamiyat, odamlar uchun kuyunib yashadi. Va shu kuyunchakligi sabab ham jurnalistika emas, ta’limni tanlagandi.

@haqiqatdaIlyos
😢221👍6520🔥16💯6
Forwarded from Vatandosh TV
Kommunal to‘lovlar narxi oshishining aholi daromadlariga ta’siri qanday?

To‘liq video: https://youtu.be/dQ4-CXTSpqY

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
👍52🔥82
“Ja…ab” sud qarori bilan ommaviy muomalaga kiradimi?

Shu kunlarda jurnalist Anora Sodiqovaning Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati vakili Mirsaid Haydarov ustidan kiritgan da’vosi Fuqarolik ishlari bo’yicha Shayxontohur tuman sudida ko’rib chiqilmoqda. Anora Sodiqovaning mahkamaga kiritgan arizasiga jumladan, Haydarovning jurnalist va blogerlarga nisbatan “jurnojalablar” jumlasini ishlatgani ham sabab bo’lgan.

Agar yaqin orada e’lon qilinadigan sud qarori bilan “jurnojalablar” jumlasi haqorat emas deya topilsa va uni ishlatgan bloger jazolanmaydigan bo’lsa, demak, “ja…ab” so’zini haqorat bo’lmagan so’z sifatida bemalol iste’molga kiritish mumkin bo’ladi. Ehtimol, OAV vakillariga nisbatan leksikonida doimiy tarzda qo’llab kelayotgan Haydarov bu so’zni patentlashtirib ham olar.

Xullas, do’stlar, yaqin kunlarda siz-u, bizni juda muhim jarayonlar kutib turibdi. Agar “ja…ab” so’zi ishni ko’rayotgan hurmatli sudyamiz tomonidan qonuniylashtirib beriladigan bo’lsa, uni jamiyatda istalgan soha vakillariga nisbatan ham mamnuniyat bilan ishlataverish mumkin bo’ladi. Masalan, …

Endi buyog’i sizga havola.

@haqiqatdaIlyos
🤣102🔥65😢24👍17🤬73🤔3
Men G‘azo sababidan Zelenskiyni xushlamayman. Lekin adolat yuzasidan fikrimni bildirmoqchiman:

Ukrain xalqiga xiyonat qilishdi. Uni aldashdi. Qiyin vaziyatda tashlab qo‘yishdi. Yiqilgan jonivorni go‘shtidan yulib qolishga harakat qilishyapti. Yonida turmoqchi bo‘lgan ayrim davlatlarning daldasi ham ishonchsiz chiqyapti.

Xullas, ittifoqchilar manfaat bo‘lsagina qo‘llaydi. Davlatimiz faqat o‘ziga ishonishi kerak. Xalqimizga suyanish kerak. Uning ruhiyati va jismoniyatini kuchaytirishi kerak. Hech qaysi davlat haqiqiy do‘st bo‘lmaydi. Illo dindosh va qardosh xalqlargagina suyansa bo‘ladi. Shunda ham to‘liq o‘z kuchiga ishongan holda.

Mubashshir Ahmad, Azon Global asoschisi

@haqiqatdaIlyos
136👍110💯44👎85🤣5🔥1
Ҳақиқат баҳсларда туғилади

Сўз эркинлиги жамият тарқаққиётининг муҳим шартларидан биридир. Жамиятнинг турли қатламлари оммавий ахборот воситалари ёки ижтимоий тармоқларда воқеа-ҳодисаларга нисбатан ўз фикри, фуқаролик позициясини билдираркан, давлатчилик мустаҳкамланишига ўз ҳиссасини қўшиб боради. Тармоқларда турли ижтимоий қатламларнинг конструктив фаоллиги бу фақатгина жамият тараққиётига хизмат қилади.

Сўнгги бир неча кун ичида бизнинг ижтимоий тармоқлардаги чиқишларимизга нисбатан жамиятнинг турли қатламларидан муносабатлар янграётгани бизни хурсанд қилди. Зотан, турли доираларнинг чиқишларимизга бефарқ эмаслиги жамиятда фикрлар хилма-хиллиги, плюрализм тараққиётини кўрсатади.

Бироқ кутилмаганда Тошкент давлат юридик университетининг бир гуруҳ профессор-ўқитувчилари томонидан бизни малакасизлик ва ҳайпчиликда айблаган, шаън ва қадр-қимматимизни бадном қилишга қаратилган чиқишлар рўй бермоқда. Биз муҳтарам устозларимиз азалдан тармоқларда фаол бўлиб, ижтимоий қатламнинг вакиллари сифатида ўз фикрларини билдириб келишганида вазиятдан ҳайрон бўлмасдик. Афсуски, уларнинг муносабатлари остида шарҳ қолдираётган аноним ёки ёлланма троллар чиқишларида бизнинг қадр-қимматимизни ерга урувчи шарҳлар пайдо бўлмоқда.

Биз жамоатчилик фаоллари сифатида бизнинг чиқишларимизга бефарқ бўлмаган профессор-ўқитувчилар, жамиятнинг бошқа қатламларига оид шахсларни очиқ конструктив мулоқотга чақирамиз ва улар билан дебатлар, давра суҳбатлари уюштиришга тайёр эканимизни билдирамиз. Исталган платформада, исталган аудитория қаршисида, хоҳ улар талабалар бўлсин, жамоатчилик вакиллари ёки журналистлар бўлсин, уларнинг қаршисида очиқ мулоқотларга тайёр эканимизни билдирамиз.

Сиз чақиринг биз борайлик, биз чорлаганимизда Сиз келинг, омма олдида, жамоатчилик кўз ўнгида зиддиятли қарашларга ойдинлик киритайлик. Чиқишларимиз жамиятнинг турли қатламлари, давлат бошқаруви бўғинларига етиб боришида журналист дўстларимиз кўмагига таянайлик. Нимадан норозилигингизни айтинг, қўлимиздан келса, жавоб берайлик, биздан ҳам айрим саволлар бўлиши мумкин, сиз фикрингизни айтинг!

Расул Кушербаев, Камолидин Раббимов, Абдураҳмон Ташанов, Зарифбой Ибодуллаев, Анора Содиқова, Илёс Сафаров, Эркин Абдулаҳатов ва бошқалар.

@haqiqatdaIlyos
👍196🔥165💯2
Necha oydirki, oilam, turmush sharotimiz, qarindoshlarim kim, nimalarga qiziqaman-u va hatto bolaligim qanday o’tgani haqida jiddiy surishtirishmoqda.

Hisobotlarni o’ta sinchkov odamlar o’rganyapti shekilli, yaqinlarimdan ba’zi savollar, ayniqsa topish-tutishim haqida qayta-qayta so’rashmoqda.

Bugun “oila xatlovi” deya Jomboydagi uyimizda navbatdagi bor o’tkazilgan o’rganishdan keyin ba’zi narsalarni qoralagim keldi.

Bunday tuyg’ular sizga balki, begonadir, ammo biling, topayotgan oyligiga qanoat qilib, shunchaki ishini to’g’ri bajarishga intilib yashayotganlar ham ko’p.

Ha, pora olmay, kimnidir topshirig’iga ko’ra yurtni sotmay, boshqalarga bosim qilmay, vijdoniga qarshi bormay, aqlini ishlatib va kelajagini shu mamalakatda ko’rib ham ishlash mumkin. Hamma ham ikki, uch pasportni tayyorlab, vaziyat tug’ilsa bo’ldi, tezda qochaman, deya yashayotgani yo’q.

Va ishonaman, bir kun kelib bu yurtda ana shunday kun tartibi bilan yashayotgan, ayniqsa, jurnalistlarga nisbatan bosimlar ham butkul tugatiladi. Sohadagi qonunlar hujjat, kodekslardan hayotga ham, albatta, ko’chadi.

Shuningdek, o’tgan, o’tayotgan kunlar sabog’i ko’rsatmoqdaki, zulmning hech bir shakli abadiy emas. Qudrati cheksiz ko’ringan insonlar-da, sanoqli kunlarda kuchidan ayrilmoqda. O’zi xizmat qilgan zulm mashinasida o’zi jazolanayotganlar kammi?

Shunday ekan, ishingizdan to’xtamang, biz ham davom etamiz. Tarix barchasiga adolatli bahoni berib kelmoqda va beradi ham.

@haqiqatdaIlyos
👍363💯3833🔥25😢9👎3🤬2
Vatandosh TV’da adabiy suhbatlarni qaytardik. Boshlanishiga qo’llab-quvvatlab berasizlar endi.

“Nuqtalar”: Ayollar she’riyatidagi ortda qolish, adabiyotning “unutilayotgan” vazifasi va o‘zbek ayollari oldidagi qarzdorlik — shoira Nodira Afoqova bilan suhbat

Shoir va yozuvuchilar orasida ijodning ilohiy qobiliyat ekani va shu sababdan, u o‘quvchining talabi, ehtiyojlari bilan emas, yozuvchining ehtiyoji asosida paydo bo‘ladi, degan fikrlarni tez-tez eshitib qolamiz. Ammo adabiyotning ijtimoiy vazifasi-chi, shoir va yozuvchining ziyoli sifatida millat, jamiyat oldidagi qarzdorligi-chi?

Shu ma’noda, bugun adabiyot jamiyat muammolarini qay darajada his qilyapti, ayta olyapti? Odamlar, o‘quvchi undan o‘zi va atrofidagilarni qiynayotgan og‘riqlar aksini ko‘rib, yechimlarini topa olyaptimi? Umuman, adabiyot oldiga shu kabi savollar, vazifalar qo‘yilishi to‘g‘rimi?

“Nuqtalar” dasturining navbatdagi sonida filologiya fanlari doktori, tarjimon va shoira Nodira Afoqova bilan shu haqda suhbatlashdik. Suhbat davomida shuningdek, ayollar adabiyoti, bunda ayollarning erkaklardan ortda qolayotgani sabablari hamda o‘zbek ayollarini qiynayotgan bugungi muammolar haqida so‘z bordi.

📹👉https://youtu.be/LGjPA_xWLVY

@haqiqatdaIlyos
👍80🔥154🥰1
3 kun avval Namanganda qurollangan niqobli xodimlar aholi xonadonlariga birma-bir kirib tintuv o‘tkazayotgani videolari tarqalarkan, shokka tushgandik. O‘ylagandikki, bu tizimli mantiqsizlik emas, balki, Uchqo‘rg‘ondagi biror rahbarning konstitutsiya va qonunlardan bexabarligi, o‘zboshimchaligi oqibatidir. Bu sharmandalik, qonunsizlik tashabbuskori esa tezda jazolanadi. Ammo bugun tarqalayotgan yana bir necha videoni ko‘rib, jamiyat boshqaruvida toʻgʻri tafakkur yuritish qobiliyati qanchalik kamyob bo'lib borayotganiga amin bo'lasan kishi.

Videoda Jizzaxdagi tuman madaniyat bo‘limlari xodimlari kartoshka, piyoz, pomidor ekayotgan odamlar xonadoniga kirib, qo‘shiq aytib, raqsga tushib bermoqda. Surat va videolarga ilova qilingan ma’lumotga ko‘ra, jarayon viloyatda “Obod qishloq” nomli loyiha doirasida ommaviy o'tkazilmoqda.

@haqiqatdaIlyos
🤣207🤡45😢18👎7👍6🤔4😭4🤬32
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nodira Afoqova – Yolg'izlik

@haqiqatdaIlyos
👍2411🔥62
Nuqtalar: Yangilanayotgan dunyo tartiboti: Markaziy Osiyo uchun kim do‘st, kim tahdid?


13-mart kuni Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari Sadir Japarov va Imomali Rahmon ikki davlat o‘rtasida chegara to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. Bishkekda qilingan bu kelishuv tahlilchilar fikricha, nafaqat ikki davlat o‘rtasida ko‘p yillik bahs-munozaraga nuqta qo‘yilgani, balki, mintaqa birligiga to‘siq bo‘layotgan yirik muammolardan biri o‘rtadan olingani bilan ham ahamiyatli.

“Nuqtalar” dasturining navbatdagi soni ikki mamlakat o‘rtasida imzolangan bitim, shuningdek, dunyoda fizik va mental bo‘lib olish siyosati davom etayotgan, yangi dunyo tartiboti shakllanayotgan bugungi sharoitda Markaziy Osiyo birligi zarurati, mintaqaga kim do‘st va kim tahdid ekani tahliliga bag‘ishlandi.

Dastur mehmonlari siyosatshunos, Markaziy Osiyo davlatlari munosabatlari bo‘yicha taniqli ekspertlar Farhod Tolipov va Fazliddin Madiyev bo‘ldi.

🎞👉 https://youtu.be/5v75ygyOez0

@haqiqatdaIlyos
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍37🔥41
Nuqtalar: “Tugatildi, lekin doim bor” – sektor tizimi faoliyatiga chizgilar
 
O‘zbek tiliga arab tilidan kirgan muvoziy degan so‘z (sifat) bor. Izohiga qaralsa, bu so‘z "bir paytning o‘zida bir necha faoliyat, xatti-harakat va shu kabilarni birgalikda olib borish, bajarish" degan ma’noni bildiradi.
 
O‘zbekistonda 2016-yildan buyon ishlab, shu yil 5-mart kuni tugatilgan sektor tizimiga ham qaysidir jihhatdan "muvoziylik" deya ta’rif berish mumkin. Garchi bu tizimga nisbatan rasmiy hujjatlarda "mahalliy davlat hokimiyati organining ko‘maklashuvchi kollegial ishchi tuzilmasi" deya izoh berilgan bo‘lsa-da, uni yuritishi kerak bo‘lgan shaxslar baribir o‘z vazifasidan tashqari faoliyatni bajarishi, yaʼni muvoziylik qilishi kerak bo‘lardi.
 
Nuqtalar dasturining navbatdagi soni sektor tizimi, uni yuzaga keltirgan vaziyat, sakkiz yarim yil ishlagan tizim va undan qolgan xulosalar tahliliga bag‘ishlandi.
 
Dastur mehmonlari huquqshunos Lola Saidova, iqtisodchi Bahodir G‘aniyev va huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov bo‘ldi.

📹👉 https://youtu.be/xU8EBIJaxXQ

@haqiqatdaIlyos
👍30🔥8💯1
2025/07/14 11:28:38
Back to Top
HTML Embed Code: