Do‘stlar, kecha Sharqshunoslik universiteti talabasi Laylo Baxtiyorovaning to‘lov-kontrakti uchun xayriya boshlagan edik va bugun shu masalada xushxabar oldim. Layloning aytishicha, xayriyada unga kerakli mablag‘ yig‘ilgan va u bugun universitet marketing bo‘limiga to‘lovni amalga oshirdi.
Laylo xayriyada qatnashgan insonlarga ko‘pdan ko‘p minnatdorchilik bildirdi. “To‘g‘risi, oilamizdagi ahvol sabab, o‘zimni talabalikdan ketishga ruhan tayyorlab yurgandim. Bir kunda bo‘lib ketgan bu o‘zgarishlar esa menga tushdek tuyilmoqda.
Siz mening oilamni xursand qildingiz, Olloh ham sizni va oilangizni doim xursand qilsin. Qilgan xayriyalaringiz o‘zingizga yuz, ming barobar bo‘lib qaytsin.
Begona bo‘lsam ham, yordamlarini ayamaganlari uchun minnatdorman. Bu yil boshidan shunchalar omadli boshlandi, oxirigacha ham shunday omadli bo'lsin, deb niyat qilaman”, – dedi u.
Demak, Layloning muammosi hal bo‘ldi, u endi o‘qishini davom ettiradi. Buning uchun shaxsan o‘zim nomimdan ham sizlarga minnatdorchilik bildiraman.
Rozi bo‘lsangiz, ilk xayriya postidagi karta raqamni o‘chirmayman. Aytganimdek, oila boshida bundan tashqari ham otaning bemorligi va dori-darmon muammosi bor. Istaganlar oilaning shu muammolari uchun ham xayriya qilaverishlari mumkin. Lekin aytganimdek, Layloning o‘qish muammosi hal bo‘ldi.
Savobli ishlarda barchamizni bardavom qilsin.
@haqiqatdaIlyos

❤204👍132🔥25🙏7⚡1🥰1
Forwarded from Uzdiplomat | Расмий канал
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡Илёс Сафаров: "2024 йилнинг Медиа лидери бу Отабек Бакировдир"
Журналист Илёс Сафаров “Йил танлови – 2024” номинациялари бўйича номзодларини айтиб ўтди.
“2024 йилнинг энг намунали вазирлиги”
— 2024 йилда матбуотга энг очиқ вазирлик, деб AKT (Рақамли технологиялар вазирлиги)ни эътироф этаман. Ўзбекистон бюджетида даромадида IT маҳсулотларининг ўрни ошиб бораётгани ва шунга мос тарзда вазирликнинг матбуот хизмати ҳам ОАВга энг очиқ бўлган вазирлик сифатида кузатдим.
“2024 йилнинг энг намунали вилоят ҳокимлиги”
— Вилоят ҳокимлиги қайси бири яхши ишлади, бу жудаям нисбий тушунча бўлади. Матбуот хизмати фаолиятидан келиб Навоий вилояти ҳокимлигини айтган бўлардим.
“2024 йилнинг энг фаол партия лидери”
— Ўзбекистонда партия йўқ деб ҳисоблайман – бу менинг шахсий фикрим.
“2024 йилнинг “Йил одами”
—“Эзгулик” инсон ҳуқуқлари жамияти раиси Абдураҳмон Ташанов
— BBC “Дунёнинг энг иродали 100 аёли” қаторида ўзбекистонлик аёлни ҳам эътироф этди. Бу аёлни ҳам мен айтган бўлардим.
“2024 йилнинг Медиа лидери”
— 2024 йилнинг Медиа лидерини Отабек Бакировга берган бўлар эдим.
Отабек Бакиров гарчи ўзи иқтисодчи бўлишига қарамай бир неча йиллардан буён ҳукумат қилаётган ислоҳотларга ва бу ислоҳотлардаги камчиликларни топиб унга тўғри йўналиш кўрсатиши жамиятда тўғри фикр, муносабат шаклланиши юзасидан катта ишлар қиляпти ва бу ишлар, албатта эътироф этилиши керак.
ТАНЛОВ ҲАҚИДА➡️ https://www.tg-me.com/uzdiplomat/9868
Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | X

👍154💯28🔥10⚡3👎2❤1
Prezident Administrasiyasi Axborot siyosati departamenti sobiq mulozimi Komil Allamjonovga suiqasd ishi yuzasidan Harbiy sudda mahkama boshlangan. Bu haqda Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov ma’lum qildi.
“Mahkama sudlanuvchilar soni ko‘pligi, qo‘yilayotgan ayblov jiddiyligi va uning jamoatchilik uchun muhimligiga qaramay yopiq tarzda olib borilmoqda”, – deb yozdi huquq himoyachisi.

🤬95👎22🤣17👍7🤔7⚡1🔥1
Futbol ishqibozlari 11-yanvar tongini katta xursandchilik bilan qarshiladi. Milliy terma jamoamiz himoyachisi Abduqodir Husanov Angliyaning “Manchester Siti” klubi safiga o‘tmoqda. Taniqli futbol insayderi Fabritsio Romano transfer haqida bugun yoki ertaga rasman e’lon qilinishini ma’lum qildi.
Ha, biz bu transfer ahamiyatini hali to‘la anglab yetganimiz yo‘q. Sababi, Husanovning yangi chempionatga moslashib olishi va o‘yinini yaxshilab borishiga qarab voqelikning mohiyati yanada ortadi. Ammo naqdi shuki, hamyurtimiz dunyoning eng kuchli va tomoshabop ligasi - APLga, bo‘lib ham chempionatning eng kuchli, sovrinlar uchun asosiy davogar klublaridan biri safiga qo‘shilmoqda. Shubhasiz, o‘zbek futboli tarixidagi eng yorqin voqealardan biri bu.
Ba’zilar Husanov transferi atrofidagi voqealarni tahlil qilarkan, uning milliy chempionatimizda bir daqiqa ham o‘ynamaganini gapirmoqda. Husanov o‘z vaqtida “Bunyodkor”ning hatto o‘rinbosarlari tarkibiga ham qabul qilinmagan ekan. Bu huddi Kamerun terma jamoasida o‘ynamoqchi bo‘lganda, pul talab qilingani uchun Fransiyaga qaytgan va dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylangan Klian Mbappe tarixiga o‘xshaydi. (Shu voqea orqali Kamerunni korrupsiyaga botgan, qoloq davlat sifatida tasavvur qilaman.) Ha, balki, vaqt o‘tib Husanov misolida o‘zbek futbolidagi Kamerunnikiga o‘xshash tizimsizlik muammolari yanada yaxshiroq ochilar, o‘rganilar, ammo, keling, bugun voqelikning o‘zidan xursandchilik his qilib olaylik. Muammolar haqida ko‘p gapiriladi, lekin har kuni ham Husanov chiqavermaydi, har kuni ham futbolchimiz APLga o‘tavermaydi.
Naqadar shirin voqelik. Bugun faqat shu haqda o‘ylagim kelyapti.

👍210❤22🔥14💯12⚡3😢1
Nuqtalar: O'zbekistonda biznes: soliq siyosati, kreditlash tizimi, lobbizm, energetika muammolari va "xitoylashuv xavfi"
O‘zbekistonda biznes boshlash, uni yuritish osonmi yoki qiyin? Oson bo‘lsa, osonligi nimada-yu, qiyin bo‘lsa, qiyinchiliklar qaerda, qaysi nuqtalarda? Savol ko‘p, javoblar esa har xil. Nuqtalar dasturining navbatdagi sonida ana shu savolning tub mohiyatini ochishga harakat qildik.
Dastur mehmonlari soliq maslahatchisi, yurist Abdug‘ani Muhammedbayev va Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Barnogul Sanoqulova bo'ldi.
📹👉 https://youtu.be/P9_teymcK8Y

👍51⚡3🔥3🤔2
Velosiped ixtiro qilinganiga 150 yilga yaqin vaqt o’tyapti. Davlat boshqaruvida adolatli sudlar bo’lsa, o’sha mamlakat gullab yashnashi ham insoniyatga yuz yillardan beri ma’lum haqiqat. Ammo, O’zbekistonda bu haqiqatlar hamon anglanmagan yo anglanadi-yu, tor doira manfaatlariga mos emas.
“Dolzarb 40 kunlik”da ushlanib, sud qarori bilan qamalganlar ozodlikka chiqarila boshlanibdi. Ba’zilarining ishi qayta ko’rilishi mumkin. Kamiga ish boshida turganlardan ba’zilarning o’zi bugun ichkarida so’roq qilinmoqda.
Xulosa chiqadi-ki, 2024-yil fevral, mart oylarida o’tgan sudlar ishiga jiddiy kuchlarning jiddiy aralashuvlari bo’lgan.
Normal davlat, normal jamiyat uchun albatta adolatli sud yo’lidan o’tiladi. Va, nasib, biz ham bir kuni albatta durust jamiyatga aylanamiz hamda uning asosi adolatli, mustaqil sud orqali qo’yiladi.

🔥86👍37🤔7😢6❤4⚡1💯1
Firdavs Abduxoliqov hali Kinematografiya agentligi rahbari ekan, Toshkentda Rossiya bilan hamkorlikda Kinematografiya instituti ochilgandi. Keyinchalik Abduxoliqovning bu lavozimdan ketishi sababmi yo ishlar boshidan “xalta” qilinganmi, institut faoliyatidagi jiddiy muammolar haqida chiqishlar ko’paydi.
Bugun menga ham institutning bir guruh talabalari nomidan yozilgan shunday murojaat yetib keldi. Unda institutning talabalar turar joyi, sport maydonchasi va o’quv paviloni yo’qligidan tortib, ta’lim olishga to’siq bo’ladigan yana o’nlab muammolari haqida yozilgan.
Talabalar shuningdek, O’zbekiston hukumatidagi turli vazirlik hamda shaxslarga qilingan arzlar natijasiz qolgani, shu sabab, endigi murojaat Putinga (ha, aynan Rossiya prezidentiga) bo’lishini ma’lum qilgan.
Bilishimcha, Kinematografiya instituti Madaniyat vazirligi qaramog’iga berilgan muassasa. Lekin vazirlik qaramog’idagi institut talabalarini bugungi kabi qarovsiz qoldirarkan, aftidan, hali ko’p prezidentlarga qilingan murojaatlarni o’qiyveramiz.
P.S: Rossiya bilan hamkorlikda boshlangan qaysi loyiha borki, so’ngda doim muammo bo’ladi a?!

👍58🤣25💯16🔥7🤬7
O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O’zPFL) klublardan liboslarda futbolchining ism yoki familiyasini o‘zbek tilida to‘g‘ri yozishni talab qilmoqda.
Endi Milliy chempionatimizda Kholmatov, Kasimov, Khusanov kabilarni ko‘rmaymiz!
PFL rahbariyatiga rahmat.
@haqiqatdaIlyos
Endi Milliy chempionatimizda Kholmatov, Kasimov, Khusanov kabilarni ko‘rmaymiz!
PFL rahbariyatiga rahmat.
@haqiqatdaIlyos
🔥187👍83💯11❤5🥰2🤔1🙏1
Nuqtalar: O‘zbekistonda muxolif huquqlariga oid qonun: bu nima degani?
2025-yilda O‘zbekiston parlamentida muxolifat huquqlariga oid qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Bu jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan.
Qayd etilishicha, parlamentda muxolifatning kafolatlangan huquqlarini yanada kengaytirish ko‘zda tutilmoqda. Bunda muxolifatning kafolatlangan huquqlari sonini 3 tadan 6 taga oshirish hamda muxolifat vakillari 1 nafar qo‘mita raisi va 2 nafar qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimlarini kafolatli egallashi belgilangan.
Bundan tashqari, har chorakda «hukumat soati» va parlament so‘rovi doirasida muxolifat tomonidan kamida bittadan masala kiritish kabi qo‘shimcha huquqlar berishni nazarda tutilgan.
Nuqtalar dasturining navbatdagi soni davlat dasturi loyihasidagi ana shu band va uning mohiyati tahliliga bag‘ishlandi.
Dastur mehmonlari Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov va siyosatshunos Hamid Sodiq bo‘ldi.
📹👉https://youtu.be/nsdjVDxY6_w

YouTube
"Muxolifatni probirkada yetishtirib bo'lmaydi" – tahlil
2025-yilda O‘zbekiston parlamentida muxolifat huquqlariga oid qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Bu jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan.
Qayd etilishicha, parlamentda muxolifatning…

👍44❤4⚡2🔥2🤣2🤯1
Milliy teatr. Ota-onam va boshqa yaqinlar bilan spektakl tomoshasiga kelganmiz. Zalda biz bilan birga yana yuzlab tomoshabin. Ammo belgilangan vaqt - 18:00 dan 15 daqiqa o’tdi hamki, spektakl boshlanayotgani yo’q. Teatr xizmatchilaridan kechikish sababini so’rasak, buni “Prezident akademiyasidan mehmonlar kelishi kerak, kelishsa, boshlayveramiz”, deya tushuntirishdi. Javob ohangidan sezildiki, odamlarni kuttirish ularga ham yoqayotgani yo’q. Ammo majburlar.
…
18:20. Mehmonlardan darak yo’q. Tomoshabinlar betoqat bo’lyapti. Umumiy qarsak to’rt-besh qayta yangrab o’tdi.
…
18:25. Butun zal kutgan mehmonlar va nihoyat kirib keldi. Ko’pi rasmiy kiyingan, 35-40 yoshlardagi kishilar. O’ylashimcha, akademiya tinglovchilari – bo’lajak rahbarlar.
Kelganlar odamlar oldidan bir-bir o’tib borishdi-da, faxrli mehmonlar uchun belgilangan joy - o’rta qatorlarga joylashishdi. Uzoq kuttirgani uchun hammaning ko’zi ularda. Ammo kelganlarda biror noqulaylik, kuttirgan insonlaridan uyalish, uzr so’rashni ko’rmadim.
18:27. Kelganlar sharafiga (ha, aynan shunday tushundim, tomoshabinlar uchun emas, kelganlar sharafiga) atalgan spektakl boshlandi…
….
27 daqiqalik bu voqeadan o’nlab xulosalar chiqarish mumkin. Ulardan biri - odamlarimiz huquqini talab qilolmaydi. Jamiyatimizdagi barcha muammolarning ildizlaridan biri shu. Katta bo’lsin, kichik bo’lsin, rahbar degan nomi bor ekan, unga hamma narsa mumkin, degan qarash qonimizga singib ketgan.
Tabiiy, rahbarlikka ko’tarilib, qora oynali avtomobilga o’tirgan borki, shu qarash ta’sirida g’urur, kekkayish otiga minadi. Menga hamma narsa mumkin ekan, degan qarashni o’ziga singdiradi.
Muammoning kadrlar tayyorlash tizimidagi eng oliy dargoh – Davlat boshqaruv akademiyasi tinglovchilarida ham davom etayotgani afsuslantirdi…
Bilmadim, siz qanday tushindingiz-u, men shunday xulosalar qildim...

👍147🤬51💯9⚡7😭7🤔3❤1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nurzod Vohidov – yaxshi bola, jonkuyar jurnalist. Ayniqsa til, alifbo masalalariga befarq emas. U bu safar Abduqodir Husanov transferi atrofida takror bo’y ko’rsatgan og’riqli bir muammoga e’tibor qaratibdi. Shunga qo’shib o’zini-da ayamagan.
Fikrimcha, og’riq bersa-da, mediada shu kabi materiallar ko’payavergani ma’qul. Ko’paysinki, familiyasiga qo’shib xato ko’tarib yurganlarning bariga yetib borsin. O’zim guvoh, materiallarimizda familiya yo ismidagi xatoni to’g’rilab yozsak, asliga qaytarishni so’raydiganlar necha-necha.

👍107❤9💯7🔥6🤡2⚡1
Islohotlarimiz yurmayotganining asosiy sababi sifatida Rossiya ta’siri ko’rsatilishiga ko’p guvoh bo’laman. Putin bo’lmaganda hammasi boshqacha bo’lardi, degan ritorika hatto hukumat ichidagi kishilar tilidan-da tez-tez (bevosita bo’lmasa ham) yangrab turadi.
Endi tasavvur qiling, Rossiya Ukraina bilan urushda yengildi va bir necha o’n yil o’z muammolariga o’ralashib qoldi. Markaziy Osiyodagi siyosatga jiddiy ta’sir etolmaydigan darajada kuchsizlandi. Xo’sh, sizningcha, siyosiy tizim keskin o’zgarib, yurmayotgan islohotlarimiz yura boshlaydimi?
Ha, Rossiya ta’siri inkor etib bo’lmas, ammo O’zbekiston davlatchiligining bugungi asosiy muammosi u emas. Rossiya va Putin omili bugun biz uchun ehtimol, “uchlikka” ham kirmaydi.
Fikrimcha, hamma gap ichkarida. Aynan ichkarida potensial bilan bog’liq jiddiy muammolar davom etmoqda va u ishlarni to’g’ri tizimlashtirishga yo’l bermayapti. Bu yerda islohotlarni xohlamaslik degan versiyaga ham unchalik qo’shilmayman. Xohish bor, bo’lmasligi mumkin emas, ammo uning realizatsiyasiga yetarli potensial mavjud emas. Shunaqasi bo’ladi-ku, a?
Bugun o’z-o’zidan miyamga bir fikr keldi: agar ta’limda hammasi o’sishga qarab ketayotganda edi, ehtimol, qolgan muammolarga ko’z yumish mumkin bo’lardi. Chunki, bilasiz, ta’lim o’ssa, qolgan masalalarning yechilishiga ham umid saqlanib qoladi. Oxiri plyus ekanini bilib turasiz. Ammo…
Menda odamlarning qanchasi qanday o’ylashi bo’yicha biror statistika yo’q, lekin jamiyatda ko’pchilik hech bo’lmasa, bittasi yaxshi bo’lsaydi, degan xulosaga ketayotgan bo’lsa, bu aniq potensialdagi muammo bo’ladi.
Ma’lumni e’lon qilib bo’lmaydi. Ehtimol, postdagi xulosaning yangiligi yo’qdir. Endi fikr-da buyam.

👍104🤔15💯11🔥10❤2🤡2👎1
Maishiylik masalasi, senzura, dramaturgiya va saviya muammosi – o‘zbek teatrlari faoliyatiga chizgilar
Teatr hayotning aksimi yoki hayotning aynan o‘zi?
Bir qarashda juda oddiy va soddadek eshitiladigan bu savol yuz yillardan beri san’at olamini hayratga solib keladi. Sahna yorug‘ligida turib, yuzlab, minglab nigohlar sizni kuzatib turganida, nafaqat rolingizni ijro etasiz, balki hayotning o‘zi haqida mulohaza qilasiz.
Xo‘sh, hayot va san’atning chegarasi qayerda? Balki ular umuman mavjud emasdir? Sahnadagi har bir harakat va so‘z ortida biz ko‘rishga odatlanmagan haqiqatlar yotadi. Nuqtalar dasturining navbatdagi sonida muallif sizni siyosat, iqtisod kabi masalalardan san’at, jumladan, teatr dunyosi, o‘zbek teatrlari haqiqatlari muhokamasiga taklif qiladi.
Dastur mehmonlari san’atshunos, professor Ma’murjon Umarov va sa’natshunos, dramaturg Maftuna Muhammadaminova bo‘ldi.
📹👉 https://youtu.be/bZ5sPXUOfns

Maishiylik masalasi, senzura va saviya muammosi – teatr haqiqatlari
Teatr hayotning aksimi yoki hayotning aynan o‘zi?
Bir qarashda juda oddiy va soddadek eshitiladigan bu savol yuz yillardan beri san’at olamini hayratga solib keladi. Sahna yorug‘ligida turib, yuzlab, minglab nigohlar sizni kuzatib turganida, nafaqat rolingizni…

👍17⚡2❤1🔥1
Oxirgi vaqtlarda ovozi ozgina balandroq chiqayotgan jurnalist, bloger va tahlilchilar borki, g’amxo’rlari ko’payib qoldi. Bir necha kun avval siyosatshunos Hamid Sodiq “mahalla raisligi uchun” hujjatlari obdon o’rganilayotganidan xabar topganini yozgandi. Kecha Abdurahmon Tashanov o’ziga, oilasiga nisbatan kuchaygan trollar hujumi haqida ma’lum qildi. Bugun xabar keldiki, mening ham qishloqda nechta chorvam borligidan tortib, uyimizdan qancha chiqindi chiqishigacha surishtirishayotgan ekan. Odatda bunday surishtiruvlarga o’rganib ketganman. Sababi, jamiyatga otni qashqasidek ma’lum kasbim orqali imkon qadar oila tebratib yurgan oddaman. Chetdan pul olmayman, ikkinchi xotinim yo’q, orientatsiyam ham tog’ri, shukr. Ammo uydan chiqadigan kartoshka, piyozingizni chiqindisigacha surishtirisharkan, bu endi haddan oshish.
O’rtoqlar, qo’yinglar endi bunday sxemalarni. Agar sizlarga firibgar, odam og’risi, poraxo’r kerak bo’lsa, ana, OAVni kuzatmaysizmi, har kuni qanchasi haqida xabarlar beriladi-yu, qanchasi jazosiz qolyapti. Surishtiring piyoz po’chog’igacha o’shalarning.
Gaplashish, muhokama qilish mumkin emas ekan, nima qilasiz har xil dasturlarni muhokamaga qo’yib?!

👍212💯33🔥23❤9😢2🙏2🤣1
Nuqtalar: “Shakl oson, mazmun uchun ishlash esa qiyin” – ta’limdagi forma muammosi va Toshkent shahar hokimi qaroriga chizgilar
Dasturimizning ushbu soni 21-yanvar kuni muhokamaga chiqqan, bir-biridan farqli ikki sohadagi bir-biriga o‘xshash ikki vaziyat tahliliga bag‘ishlandi.
Qashqadaryoda maktab direktorining o‘qituvchilarga forma uchun pul yig‘ish va formasiz o‘quvchilarni maktabga kiritmaslik haqidagi ko‘rsatmasi hamda Toshkent Shahar hokimi Shavkat Umurzoqovning poytaxtda milliylik targ‘ibotini oshirishga qaratilgan qarori.
Suhbatdoshlarimiz, ta’lim ekspertlari Iroda Azimova va Komil Jalilov bu ikki voqelikning o‘zaro bog‘liq jihatlari hamda ilmdan uzoqlashib, shamoyilga berilish xatarlari, oqibatlarini tahlil qilishdi.
📹👉 https://youtu.be/gA_cMbAcJd0

“Shakl – oson, mazmun – qiyin” – jamiyat og'rig'iga chizgilar
Dasturimizning ushbu soni 21-yanvar kuni muhokamaga chiqqan, bir-biridan farqli ikki sohadagi bir-biriga o‘xshash ikki vaziyat tahliliga bag‘ishlandi.
Qashqadaryoda maktab direktorining o‘qituvchilarga forma uchun pul yig‘ish va formasiz o‘quvchilarni maktabga…

👍42❤4🔥1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jurnalistni qonunbuzarlardan himoya qiling!
MY5 kanali muxbiri Ruxsora G‘ofurova Jizzaxdagi bank xodimasining firibgarligi yuzasidan material tayyorlagan. Jurnalistik surishtiruv jarayonida bank xodimasining fuqarolar nomiga kredit rasmiylashtirib, o‘zlashtirgani tilga olinadi.
Video lavhada tilga olingan qonunbuzarlikka oid hujjatlarni o‘rgandim va qonunga muvofiq, ko‘rsatuv efirga uzatilgach, xodimaga nisbatan darhol jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi lozim edi. Chunki O‘zbekiston Respublikasi JPK talablariga ko‘ra, ommaviy axborot vositasining jinoyat haqida bergan xabari jinoyat ishi ochilishiga asos bo‘ladi.
Ammo teskarisi - bank xodimasining arizasiga ko‘ra Ruxsoraning o‘ziga nisbatan ma'muriy ish qo‘zg‘atilgan. Emishki, jurnalist bank xodimasining sha'n va qadr-qimmatini kamsitibdi hamda uning jinoyati haqida xabar berib, qonunbuzarlik sodir etibdi.
Hujjatlardan ko‘rinishicha, bank xodimasining o‘zga shaxslar nomiga olingan kreditining bir qismini uning eri - O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi Sharofiddin Boliyev o‘z plastik kartasi orqali to‘lab kelgan. Sudya bu qonunbuzarlikdan xabardor bo‘lgan va qonunbuzar ayolini himoya qilgan. Katta ehtimol bilan jurnalistga hujum ortida ham janobning o‘zlari turibdi.
Qonun amal qilmaydigan jamiyatda bu kabi unsurga ajablanmayman. Bu jinoyatlarni Oliy sudning o‘zi qo‘llab-quvvatlasa ham hayratlanmayman - Jungli qonuni. Kimdir o‘zini Ruxsoraga hamkasb hisoblasa, birlashaylik, haq so‘zni himoya qilaylik. Advokat do‘stlarimiz, iltimos, yordam qo‘lini cho‘zing! Zo‘rovonlikka to‘qnashish hammamizning boshimizda borga o‘xshaydi.
Abdurahmon Tashanov, huquq himoyachisi.

👍149🤬42🤯10💯4😢3❤2⚡1🔥1
Forwarded from Vatandosh TV
Abdurahmon Tashanov o‘ziga nisbatan davom etayotgan bosimlar haqida navbatdagi chiqishini qildi
Huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov Toshkent xalqaro aeroportida pasporti olib qo‘yilib, unga nisbatan haqoratomuz munosabatda bo‘lingani haqida yozdi. Bu uning o‘ziga nisbatan qilinayotgan bosimlar haqida shu oyning o‘zida qilgan ikkinchi chiqishidir.
Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov o‘ziga nisbatan oshib borayotgan bosimlar haqida navbatdagi bor chiqish qildi.
Xususan, 26-yanvar kuni Hindistonga uchishi oldidan, Toshkent xalqaro aeroportida uning pasportini olib qo‘yib, 1 soatdan ortiq ushlab turishgan hamda haqoratomuz munosabatda bo‘lishgan.
“Dehliga juda yomon kayfiyatda uchyapman. Aeroportda narsalarimni titib tashlashdi, pasportimni olib qo‘yib, bir soatda ortiq ushlab o‘tirishdi.
Yechintirib, chotimgacha tekshirishdi. O‘ta haqoratomuz munosabatda bo‘lishdi. Kimga shikoyat qilaman, hatto bilmayman.
Aeroport xodimlarining yuz-ko‘zida xijolatchilik sezdim. “Aka, xizmatchilik, sizni taniymiz” deyishdi.
Bunaqangi haqoratomuz munosabatdan so‘ng ortga qaytmoqchi bo‘ldim, sherigim shashtimdan qaytardi, sharafsizlar.
Huquq himoyachisi bo‘la turib, o‘zgalar huquqini himoya qilib, sharafsizlar oldida ojiz qoldim. Sog‘lig‘imga putur yetdi, o‘tgan hafta shifoxonadan chiqqandim. Ming la’nat!”, – deb yozgan Tashanov.
“Ezgulik” rahbari avvalroq, 22-yanvar kuni o‘ziga nisbatan kompromat yig‘ishga urinayotganlar borligi va bu haqda ogohlantirish xatlari olganini ma’lum qilib post joylagandi.
“G‘amxo‘rlarimizning biz haqimizda kompromat yig‘ishga urinayotgani haqida xabarlar kelmoqda. Kecha bu borada bir necha xatlar oldim. Nazarimda, nimadir qilishmoqchi, qandini ursin. Bu soyalar va qoyalar kurashi, qurbon bo‘lsak, achinmayman.
Do‘stim Ilyos Safarov (Vatandosh TV bosh muharriri) kecha shu haqda yozgandi, bir-ikki notavon uni xaypda ayblabdi. Achinasan odam - millat shu ahvolga tushdi. Qiyshiq basharangni fisqu fasod, cho‘pchak bilan yashirishga urinasan, lekin u baribir bo‘y ko‘rsataveradi”, – deb yozgandi u facebook sahifasida.
Huquq himoyachisi endilikda so‘nggi instansiya sifatida prezidentga murojaat qilmoqchiligi haqida ham yozgan.
“Faoliyatim davrida biror marta prezidentga murojaat qilmaganman, endi tayyorlanyapman, chunki bu murojaat so‘nggi instantsiyadir. Agar bundan samara bo‘lmasa, vaziyat kartinasi tamomila aniq bo‘ladi”, – degan u.
Ma’lumot uchun, Abdurahmon Tashanov inson huquqlari sohasida O‘zbekistondagi yagona mustaqil tashkilot – «Ezgulik» jamiyati rahbari hisoblanadi.
Jamiyat 2002-yilda tashkil etilgan. U O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va demokratik qadriyatlarni rivojlantirishga qaratilgan nodavlat tashkilotdir. Ushbu jamiyat davlat idoralari hamda vatandoshlar munosabati, bunda inson huquqlari buzilishi holatlarini kuzatish, tahlil qilish va bartaraf etish bilan shug‘ullanadi.
Tashkilot 2024-yilning 4-dekabr kuni Fransiya Respublikasining «Ozodlik, tenglik, birodarlik» xalqaro mukofoti bilan ham taqdirlangan.
Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

🤬116😢25👍20🔥7❤5🤣1
Ko'plab voizlar tomonidan aytilgan va Rosulullohga nisbat beriladigan hadis bor: "Ilmni Xitoyga borib bo'lsa ham o'rganinglar".
Ha, keyinchalik qilingan qator ilmiy izlanish, xususan, Imom Buxoriy tahlillari natijasida bu to'qima hadis ekani aniq bo'lgan, ammo bugun Xitoyda qilinayotgan ilmiy izlanishlar va bunga hukumat berayotgan e'tiborni chindan o'rganadigan payt keldi.
Xanchjouda joylashgan Xitoyning DeepSeek kompaniyasi o'zining innovatsion R1 tili modeli bilan global AI sanoatida katta shov-shuvga erishmoqda. Loyiha nafaqat texnologik yutuq, balki Amerikaning OpenAI, Google va Microsoft kabi sunʼiy intellekt gigantlari uchun jiddiy sinov boʻladi.
Hukumat milliy ta'lim tizimimiz kun tartibini butkul qayta ko'rgan holda, uni shaklbozlik illatidan qutqarishi va innovatsiyalarga yo'naltirishi kerak.
Kerak...

👍96💯20🔥5❤1😭1