Telegram Web Link
🔊 Marshall ulkan kolonkani taqdim etdi – g‘ildirakchali va yoritkichli!

ℹ️ Bromley 750 nomli yangi kolonka 24 kg og‘irlikda. Yon tomonida ko‘tarib yurish uchun tutqichlari, orqa qismida esa chiqarib olinadigan qo‘l tutqichi va g‘ildirakchalari bor – xuddi chamadondek. Bundan tashqari, LED-podsvetka, IP54 himoya va mikrofon ulab, karaoke rejimida foydalanish imkoniyati mavjud – haqiqiy kechalar yulduzi!

🎶 Ovoz imkoniyatlari:
- 2 ta 10 dyuymli sabvufer (har biri 150 W)
- 2 ta o‘rta chastotali dinamika (har biri 50 W)
- 4 ta tvitter: 2 tasi 14 W, 2 tasi 7 W

📡 Ulash imkoniyatlari:
- Bluetooth 5.3 (SBC, AAC va LC3 kodeklari)
- RCA (“tyulpan”)
- 3,5 mm audio port

🔋 Avtonomiya: 40 soatgacha ishlaydi. Akkumulyatorni almashtirish yoki tarmoq orqali ishlatish mumkin.

🗓 Sotuvga chiqish sanasi: 23-sentabr
💵 Narxi: $1299

➡️ #marshall | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
116🥰3🤮3❤‍🔥1
Yandex Uzbekistan — Dev Camp ta’limiy dasturini boshlamoqda

🧑‍💻👩‍💻 20 sentyabr kuni Toshkentdagi INHA universitetida Yandex Uzbekistan Dev Meetup #3 bo‘lib o‘tadi. Undan so‘ng Dev Camp — dasturchilar uchun lektoriy dasturiga start beriladi.

Ishtirokchilarni:
● Yandex mutaxassislaridan backend-dasturlash, algoritmlar va sun’iy intellekt (AI) bo‘yicha ma’ruzalar,
● Amaliy mashg‘ulotlar: code-battle, ma’lumotlar bazalari, Flutter + AI,
● Karyera vorkshoplari va demo-intervyular,
● Junior'dan Senior'gacha bo‘lgan karyera bosqichlari haqida panelli muhokamalar.

Dasturda qatnashish nima beradi?
● Backend va algoritmlar bo‘yicha chuqur bilim,
● Yetakchi mutaxassislar bilan real muammolar ustida ishlash tajribasi,
● Yandex Uzbekistan'da amaliyot o‘tash imkoniyati.

📍Joyi: INHA universiteti, Toshkent
📅 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 17 sentyabrgacha
💭 Leksiyalar rus va ingliz tillarida, sinxron tarjima bilan olib boriladi.

✏️👉 Ro‘yxatdan o‘tish ochiq
👎53👍2🔥1
🧩 LEGO “Karib dengizi qaroqchilari” filmidagi “Qora marvarid” kemasini taqdim etdi

ℹ️ To‘plam tafsilotlari:
- 2862 ta detal
- Ko‘plab yashirin elementlar
- 8 ta minifigura: Kapitan Jek Vorobey, Gektor Barbossa, Joshami Gibbs, Cotton, Uill Tyorner, Elizabet Svonn, Anna Mariya va Marti

📏 O‘lchamlari:
- Balandligi — 64 sm
- Uzunligi — 64 sm
- Kengligi — 23 sm

🗓 Sotuvga chiqish sanasi: 15-sentabr
💵 Narxi: $380

➡️ #lego | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🤣7❤‍🔥3🔥1🤝1
🇨🇳 Xitoy olimlari dunyoda birinchi universal 6G-modemni yaratishdi

⚡️ Uning tezligi 100 Gbit/s ga yetadi! Bunday tezlikda hajmi 50 GB bo‘lgan 8K formatdagi videoni atigi bir necha soniyada yuklab olish mumkin.

ℹ️ Modem 0,5–115 GHz oralig‘idagi istalgan chastotada ishlay oladi.

➡️ #6G | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍35🆒5🔥432
🚴 Velosiped, elektromobil va kosmik shuttle gibridi — fransuzlar Vigoz nomli uch g‘ildirakli velosipedni taqdim etishdi, u soatiga 120 km tezlikka chiqadi

⚙️ Bu yerda odatiy zanjir yo‘q: pedallar bosilganda kuch elektr energiyasiga aylanadi va motorni quvvatlantiradi. 22 kVt·soat sig‘imdagi batareya 160 km yo‘l zaxirasini ta’minlaydi.

ℹ️ Odam zamonaviy kapsula ichida o‘tiradi va kosmik kemani boshqargandek joystiklar orqali boshqaradi. Tezlikni o‘zing tanlaysan: sokin aylantirsang sayr, keskin bosilsa esa — bolid uchib ketadi.

➡️ #transport | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥13
🍏 iPhone 17 hali taqdim etilmasdan, UAG brendi allaqachon unga mo‘ljallangan zirhli g‘iloflarni namoyish qildi

ℹ️ Mashhur Urban Armor Gear kompaniyasi yangi g‘iloflarining suratlari internetda paydo bo‘ldi. Ular har doimgidek harbiy darajadagi himoya — MIL-STD-810G standartiga javob beradi.

🛡 G‘iloflarda iPhone 17 Air va 17 Pro modellari uchun yangilangan kamera dizayni, shuningdek, yangi kamera tugmasi uchun maxsus teshiklar ham mavjud.

📅 Rasmiy taqdimot sanasi: 9-sentabr, soat 22:00 da.

➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁12👍65🤮2
2025/10/24 15:13:13
Back to Top
HTML Embed Code: