Telegram Web Link
📱 HTC Ray-Ban Meta ko‘zoynaklariga raqobatchi mahsulotini taqdim etdi — HTC VIVE Eagle

ℹ️ HTC ko‘zoynaklari nafaqat video yozadi, balki Gemini yordamchisi (keyinchalik ChatGPT qo‘shiladi) orqali so‘rovlarni bajaradi, matnni 13 xil tilga tarjima qiladi, qo‘ng‘iroqlarga javob beradi va musiqa ijro etadi.

⚙️ Texnik xususiyatlari: 12 megapikselli kamera, 4 ta mikrofon, dasta qismida stereodinamiklar, Snapdragon AR1 Gen 1 protsessori, 4 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira. Og‘irligi — 49 gramm.

📷 Foto o‘lchami — 3024×4032, video esa 1512×2016 va faqat 30 kadr/soniyada. Surat va videolar faqat 4:3 formatida bo‘ladi.

🔋 235 mA·so‘l ichki akkumulyator 4 soat musiqa yoki 3 soat qo‘ng‘iroq qilish imkonini beradi. Video yozish vaqti ko‘rsatilmagan.

👓 To‘rt xil rangda taqdim etiladi. Narxi — taxminan $520. To‘plamga Zeiss quyoshdan himoya linzalari ham kiradi.

➡️ #htc | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20👎53👾1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏍 Honda o‘ziga xos texnologiya yaratmoqda: ag‘darib bo‘lmaydigan mototsikl!

ℹ️ Bunday mototsikl har qanday tezlikda ham haydovchini o‘rindiqda ushlab turadi. Asosiy sir – giroskoplar va orqa g‘ildirakni siljitish tizimi. Shu tufayli u oddiy motosikllardagi "podnojka" (tayanch oyoqcha)ga ehtiyoj sezmaydi.

👀 Bosvorasmi, xojaka?

➡️ #moto #honda | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32😁63😱2👾1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤮31🤡5👎4🥱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
iOS 26 🆚 iOS 18

🍏 Apple'ning operatsion tizimlar ichidagi ushbu yirik yangilanishlaridan biri sizga yoqdimi?

➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎56🤮29👍93🔥3
☀️ Quyoshda gigant “koronal teshik” tez sur’atlar bilan kengaymoqda!

ℹ️ So'nggi bir sutkada quyoshning Yerga qaragan qismida joylashgan katta teshik 50 % ga kattalashdi. Ushbu mintaqadan kelayotgan quyosh shamoli 800–900 km/s tezlikka yetishi kutilmoqda. Bu odatdagidan 2–2,5 marta yuqori bo‘lib, yaqin kunlarda geofizik muhitga o‘zgarish olib kelishi mumkin.

🚨 Nima bo‘lishi mumkin:
- Geomagnit bo‘ronlar, ya’ni G1 darajasidan yuqoriroq kuchga ega bo‘lishi ehtimoli.
- Avvalo shamol energiyasi kuchayishi bilan sun'iy yo‘ldoshlar, radioaloqa, navigatsiya tizimlariga ta’sir bo‘lishi mumkin.

🌍 Biroq hozircha yaqin damlarda Yerning magnitosferasi nisbatan barqaror qolishi aytilmoqda.

➡️ #koinot | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😱11🤷‍♀5👍2🤷‍♂1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Birinchi Jahon robot o‘yinlarida kulgili voqea yuz berdi: yuguruvchi Unitree roboti yugurish paytida bir odamni urib yiqitdi!

🏆 Biroq bu hodisa mashinaga g‘alaba qozonishga halaqit qilmadi — kiber-yuguruvchi 1,5 km masofani atigi 6 daqiqa 34 soniyada bosib o‘tdi.

➡️ #robot | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣43😁16😱5👍2👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍏 Xitoylik bir entuziast ko‘pdan beri Apple muxlislari orzu qilib kelayotgan qurilmani yasadi — bu MacBook va iPad gibridi

ℹ️ U shunchaki noutbukning ekranini olib tashlab, unga iPad’ni mahkamladi. Natijada planshet noutbuk uchun to‘liq displey sifatida ishlaydi, uni ajratib olganda esa oddiy iPad’ga aylanadi.

➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41🗿8🔥54🦄1
📱📱 Galaxy S26 Ultra yangi ekran texnologiyasi bilan keladi — Flex Magic Pixel

🔒 Bu funksiya AI yordamida ekranni yon tomondan ko‘rishni cheklaydi, maxfiylikni ta’minlaydi.
Oddiy plyonka kerak emas, yorqinlik pasaymaydi.
🎨 CoE texnologiyasi bilan rang sifati va energiya tejamkorligi ham yaxshilanadi.

🆕 Galaxy S26 Ultra — bu texnologiyani birinchi bo‘lib oladigan Samsung flagmani bo‘ladi.

➡️ #samsung | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
58🔥26👍14👎5🆒3
🎮 Xbox o‘zining ASUS bilan hamkorlikda yaratilgan portativ qurilmalari chiqish sanasini e’lon qildi

📅 Ikkala portativ qurilma ham 16-oktabr kuni savdoga chiqadi:

• ROG Xbox Ally — $549.99
• ROG Xbox Ally X — $899.99

👀 Qiziq savol: ularni umuman kimdir kutyaptimi?

➡️ #xbox #asus | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣256👾1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📷 Insta360 GO Ultra taqdim etilibdi

💬 Bloger sifatida foydalanish ancha qulay bo'lgani quvontirdi. Sifat ham o'sgan bo'lsa bo'ldi.

➡️ #insta360 | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22👍9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌱 #SeedsForTheFuture2025 – talabalarga o‘zini global darajada namoyon qilish va AKT sohasida o’z bilimlarini oshirish uchun ajoyib imkoniyat.

🌱 Ishtirok etish uchun arizalarni 2025-yil 31-avgustga qadar topshiring. Buning uchun rezyume, o‘qishdagi baholar to‘plami, motivatsion xat, o‘zingiz haqingizda ingliz tilida qisqa video tayyorlash, yutuq va mukofotlaringiz (mavjud bo‘lsa) bilan bo‘lishish, shuningdek #Huawei AKT Akademiyasida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishingiz zarur. Batafsil talablar va ko‘rsatmalar havola orqali joylashtirilgan.

https://www.huawei.com/uz/events/seeds-for-the-future-2025

📧 Barcha materiallar [email protected] elektron pochtasiga yuboriladi.

Xalqaro ta’lim loyihasining bir qismi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

➡️ #insta360 | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥42🏆1🤝1👾1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🐉 Mortal Kombat: Legacy Kollection yangi treyleri chiqdi

🎮 Ushbu to‘plamga yigirmadan ortiq klassik o‘yinlar kiritilgan: Mortal Kombat 1–4, Mortal Kombat Mythologies: Sub-Zero, Mortal Kombat: Special Forces, Mortal Kombat Advance, Mortal Kombat: Deadly Alliance, Mortal Kombat: Tournament Edition, shuningdek turli konsollar uchun ularning portlari.

👨‍💻 Dasturchilar o‘yinlarni zamonaviy platformalarga moslashtirish, grafikani yaxshilash va multiplayer qo‘shishni va’da qilishgan.

📅 Xabarlarga ko‘ra, to‘plam 29-sentyabr kuni chiqariladi. U PC, PS5, PS4, Xbox Series X|S, Xbox One va Nintendo Switch/Switch 2 uchun mavjud bo‘ladi.

➡️ #game | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥64👍2👾2
🔥 Qisqasi, yana bir loyiha boshlaganmiz. Eng so'nggi yangiliklarni qisqacha-piskacha qilib @qisqasitv da video shaklida aytib beryapmiz.

😉 Qiziqsangiz, obuna bo'lib qo'ying.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🐳9😁4🤝32👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸 Amerikalik blogerlar «Mad Max» uslubida 3 g‘ildirakli monster-trak yasashdi

🏍 Mashina dizel turbomotorda harakatlanadi, eng qiziq tomoni — haydovchi kabinasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri old g‘ildirak ichiga joylashtirilgan.

⚙️ Ixtirochilar yarim yil davomida ushbu apparatni yig‘ishgan, ammo bu shunga arziganini aytishmoqda: ularning ta’kidlashicha, bu muhandislik mo‘jizasi deyarli har qanday notekis yo‘llarni yengib o‘tishga qodir.

➡️ #transport | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👍11🗿4❤‍🔥2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍏 Apple taqdimoti vaqti aniq

🍏 Kompaniyaning rasmiy saytida interaktiv logotip paydo bo'ldi: u kursor harakati yoki iPhone va iPad’dagi ehtimoliy issiqlik kamerasi effektini eslatadi. Ehtimol, bu smartfonda yangi teplovizor texnologiyasi emas, balki yangi modellarda sovutish tizimini yaxshilaganiga ishora qilayotgan bo‘lishi mumkin.

🍏 Mish-mishlarga ko‘ra, iPhone 17’da yangilangan dizayn bo‘ladi: to‘liq alyuminiy korpus va MagSafe uchun oynavand deracha. Logotipdagi gradient — to‘q sariqdan och-ko‘k ranggacha hamda iPhone 17 Pro va iPhone 17 Air yangi ranglariga ishora qilayotgani aytilmoqda.

🪶 Taqdimot shiori — “Awe Dropping” (“hayratdan yoqib tushadigan”) aniq “Jaw Dropping” iborasi bilan o‘ynalgan. Gap-so‘zlarga qaraganda, Apple atigi 5,5 mm qalinlikdagi ultrayingichka iPhone 17 Air’ni tayyorlamoqda.

📅 Asosiy sir esa 9-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da ochiladi — Apple o‘z yangiliklarini rasmiy tarzda taqdim etadi.

➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍142🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👎25
2025/10/22 13:23:03
Back to Top
HTML Embed Code: