Telegram Web Link
🍃 Apple iPhone Air — kompaniyaning eng yupqa va eng yengil flagmani

Smartfon jilolangan titan korpusda ishlab chiqilgan va to‘rt xil rangda taqdim etiladi. Qurilma qalinligi atigi 5,6 mm, ekrani esa 6,5 dyuym bo‘lib, 120 Hz yangilanish chastotasiga ega. Apple’ning aytishicha, bu tarixdagi eng mustahkam iPhone.

⚙️ Ichkarida — yangi A19 Pro chipi. Unda 6 ta protsessor va 5 ta grafik yadro mavjud bo‘lib, u oddiy iPhone 17’dagi A19’dan ancha kuchli. Uni yangi N1 tarmoq chipi (Wi-Fi, Bluetooth va Thread’ni birlashtirgan) hamda ikkinchi avlod Apple C1X modemi to‘ldiradi.

📸 Kameralar ham yangilangan: asosiy modul 48 MP, u oddiy (1x) rejimda ham, telefoto (2x, 12 MP) rejimida ham ishlaydi. Old kamera — 18 MP va unda Center Stage funksiyasi mavjud. Yangi imkoniyatlardan biri — bir vaqtning o‘zida old va orqa kamera bilan suratga olish.

🍏 Muhim xususiyat — barcha bozorlarda fizik SIM’dan to‘liq voz kechilgan, endi faqat eSIM qo‘llab-quvvatlanadi.

🔋 Batareya noodatiy shaklga ega bo‘lib, foydalanuvchi odatlariga moslashadigan adaptiv avtonomlik rejimi bilan keladi. Apple aniq raqamlarni aytmadi, biroq qurilma “butun kun ishlashga” mo‘ljallangan.

➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🤮8🔥6🏆21
🍏 Apple iPhone Air uchun yangi aksessuarlar liniyasini taqdim etdi

🔋 Eng diqqatga sazovor yangilik — o‘ta yupqa MagSafe portativ akkumulyatori. U iPhone Air’ning orqa qismiga magnit orqali ulanadi va qo‘shimcha kabellar yoki og‘ir powerbanklarsiz yo‘lda zaryadlash imkonini beradi.

🎒 Yana bir yangilik — yelkaga taqiladigan maxsus remen. Apple Watch aksessuarlariga o‘xshash uslubda ishlab chiqilgan bu remen yordamida iPhone Air’ni sumkaday qilib yelkaga osib olish mumkin — qulaylik va qo‘l erkinligini qadrlovchilar uchun yechim.

🍏 Va nihoyat, Apple biroz nostalgiya qo‘shdi: iPhone Air uchun maxsus bumper-g‘iloflar taqdim etiladi, ular afsonaviy iPhone 4 davridagi aksessuarlarni eslatadi.

🍎 Shunday qilib, Apple texnologiya bilan bir qatorda uslubga ham urg‘u berib, iPhone Air’ni kundalik hayot uchun zamonaviy va qulay aksessuarga aylantirmoqda.

➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11🤣42👎1🤮1
🍏 iPhone 17 Pro — kuchliroq, yanada yupqa va chidamliroq.

ℹ️ Smartfon alyuminiy korpus va qayta ishlangan dizaynga ega bo‘lib, iPhone tarixidagi eng katta akkumulyator bilan ta’minlangan. Birinchi marta Apple flagmanida vapor chamber sovutish tizimi qo‘llanildi — ilgari faqat Android’ning eng yuqori modellari ishlatgan texnologiya.

⚙️ Asosiy fishka - yangi A19 Pro chipi. Sovutish tizimi tufayli iPhone 17 Pro iPhone 16 Pro’dan 40% tezroq ishlaydi, ayniqsa o‘yinlarda va uzoq davom etadigan yuklamalarda.

🛡 Orqa panel endi yangi avlod Ceramic Shield materiali bilan qoplangan — u shishadan mustahkamroq va zarbalarga chidamliroq.

📸 Kameralarda katta sakrash: ilk bor uchta teng 48 MP sensor — keng burchak, ultrakeng va telefoto. Telefoto endi boshqalar bilan tenglashdi va 4x hamda 8x optik zoom, shuningdek 40x raqamli zoomni qo‘llaydi. Yana bir yangilik — ProRes RAW formatida video olish imkoniyati.

🤳 Old kamera — 18 MP va Center Stage funksiyasi bilan, videqo‘ng‘iroqlarda sizni avtomatik ravishda kadrda ushlab turadi.

🔥 Qiziqarli jihat: SIM-kartasiz versiya (faqat eSIM) biroz kattaroq sig‘imli batareyaga ega. Natijada bu model avvalgi barcha iPhone’lardan ko‘ra uzoqroq ishlaydi.

➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18🤣941🤮1
💵 Narxlar:
iPhone 17 — $799
iPhone Air — $999
iPhone 17 Pro — $1099
iPhone 17 Pro Max — $1199


➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8😱2
🔋 iPhone 17 seriyasining akkumulyator sig‘imlari oshkor qilindi:

iPhone 17 — 3692 mA·soat
iPhone 17 Air (SIM bilan) — 3036 mA·soat
iPhone 17 Air (SIMsiz) — 3149 mA·soat
iPhone 17 Pro (SIM bilan) — 3988 mA·soat
iPhone 17 Pro (SIMsiz) — 4252 mA·soat
iPhone 17 Pro Max (SIM bilan) — 4823 mA·soat
iPhone 17 Pro Max (SIMsiz) — 5088 mA·soat

➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣36❤‍🔥6👍4😈1🆒1
🔥 Gadjetlarni tayyorlab turing!
📅 iOS 26 relizi 15-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi!

➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏19👍6431
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1👍18🗿3🆒1
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
Video message
😍 Menimcha osmonda uzluksiz internet uchun bunaqa tezlik super!

📡 Samolyot maxsus antennalari yordamida internetni sputnikdan oladi va bortdagi wi-fi modemlar yordamida yoʻlovchilarga tarqatadi.

🌐 WhatsApp, Viber, iMessage kabi messenjerlardan xabar yoʻllab aloqada boʻlish parvoz davomida hammaga BEPUL!

🌐 Agar toʻliq internet kerak boʻlsa, $8 ga 100 MB, $15 ga esa CHEKSIZ internetga ega boʻlasiz (shu parvoz yakunigacha). Zoʻr-a?)

🔥 Men mutlaqo TEKINGA ishlatib ketyapman, desam ishonasizmi? Tez kunda maxsus videoni @sayohatv sahifamda kuting. Foydasi tegadi bir kun…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1😁28👍132🔥1
2025/10/21 10:04:39
Back to Top
HTML Embed Code: