Telegram Web Link
🏎 UzAuto Motors yangilangan Chevrolet Cobalt sedanining suratlarini e’lon qildi

🤷‍♂️ Mashina tashqi ko‘rinishidan deyarli o‘zgarmagan, biroq salon yangilangan va bir nechta qo‘shimcha opsiyalar paydo bo‘lgan.

🆕 Avtomobil endi zamonaviyroq sensorli ekranli multimedia tizimi, Apple CarPlay va Android Auto qo‘llab-quvvatlashi, kruiz-kontrol tugmalari joylashtirilgan ko‘p funksiyali rul, yangilangan (raqamli emas) asboblar paneli va yorug‘likni boshqarish bloki bilan jihozlangan.

📅 Yangilangan Chevrolet Cobalt shu yilning o‘zida sotuvga chiqariladi. Biroq narxi hozircha e’lon qilinmagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yangi Cobalt narxi undan zamonaviyroq bo‘lgan Chevrolet Onix modeli bilan raqobatlashib qolmaydi.

➡️ #avto #chevrolet | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣959🗿8👍5🔥2
😅 Adobe Premiere videomuharriri iOS tizimi uchun 30-sentabr kuni taqdim etiladi

😝 Adobe kompaniyasi ma’lum qilishicha, iPhone uchun ishlangan ilovada videoni oson yaratish, tahrirlash va ulashish mumkin bo‘ladi. Unda generativ sun’iy intellekt asosidagi maxsus vositalar hamda standart funksiyalar mavjud: kesish, ko‘p yo‘lli qatlamlarni qo‘shish, subtitrlar va animatsiyalar, kinematografik rang sozlamalari va tovush effektlari.

😛 Ilova bepul taqdim etiladi. Faqat qo‘shimcha Adobe bulut xotirasi yoki sun’iy intellekt funksiyalaridan foydalanish uchun to‘lov qilish kerak bo‘ladi.

➡️ #adobe | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣24👍92🤬1
📱📱 qayriladigan ekranli noutbuk kontseptsiyasini taqdim etdi

🆕 IFA 2025 ko‘rgazmasida kompaniya ThinkBook VertiFlex nomli noutbuk kontseptsiyasini namoyish qildi. Uning ekrani 90 darajaga burilib ochiladi.

💻 Lenovo vakillarining aytishicha, bu format kod yozish, hujjatlar bilan ishlash yoki smartfon ekranini chiqarish uchun qulay bo‘lishi mumkin.

⚙️ Texnik tafsilotlar:
- Displey: 14 dyuym
- Og‘irligi: 1,39 kg
- Qalinligi: 17,9 mm
Boshqa texnik xususiyatlari hozircha oshkor qilinmagan.

⚠️ Bu hozircha faqat kontsept loyiha, yaqin orada savdoga chiqarilishi rejalashtirilmagan.

➡️ #noutbuk #lenovo | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍5❤‍🔥3👎1
🚀 11-sentabr kuni «Progress MS-32» Qozog'istonning Bayqo‘niridan XKSga uchadi

ℹ️ Bortga qariyb 3 tonna oziq-ovqat, yoqilg‘i hamda ekipaj va tadqiqotlar uchun zarur zaxiralarni yetkazadi. «Zvezda» moduliga qo‘nishi 13-sentabr kuni Sharqiy vaqt bilan 13:27 ga belgilangan. Kema stansiyada qariyb olti oy qoladi va chiqindilarni olib ketadi. Bu «Progress»ning XKSga yuborilgan 96-missiyasidir. 9-sentabr kuni avvalgi «Progress MS-21» stansiyadan ajratiladi.

➡️ #koinot | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥4🤣4🗿3👍2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤮7216👎8🗿7😁3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥151
🎧 Qarshingizda AirPods 3 Pro

ℹ️ U endi quloqchinlar xorijiy nutqni sizning tilingizga sinxron tarzda tarjima qila oladi!

— Quloqchinlar foydalanuvchining pulsini o‘qiydi va barcha ma’lumotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Sog‘liq ilovasiga yuboradi;
— Eng kuchli shovqinni bostirish texnologiyasi — avvalgi avloddan 2 baravar, birinchisidan esa 4 baravar kuchli;
Namlikdan himoya yanada yaxshilangan — quloqchinlarda hatto cho‘milish ham mumkin;
— Haqiqatdan ham ajoyib ovoz sifati — hozirgi bozordagi eng yaxshi quloqchinlar.

💸 Narxi — $249, savdoda 19-sentabrdan.

➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1754👎1
🍏 Apple yangi Apple Watch Series 11’ni taqdim etdi — tarixdagi eng yupqa aqlli soat

⌚️ Taqdimotda kompaniya butunlay yangilangan funksiyalarga ega Apple Watch Series 11’ni namoyish qildi.

ℹ️ Apple’ning aytishicha, bu seriyadagi eng yupqa soatlar bo‘lib, ularning ekrani endi tirnalishlarga ikki baravar chidamli.

🩺 Asosiy yangilik — qon bosimini o‘lchash sensori. Soat qon bosimidagi o‘zgarishlarni kuzatib boradi va foydalanuvchini gipertenziya xavfi haqida oldindan ogohlantiradi.

😴 Yana bir funksiya — “uyqu reytingi”, u sizning tun bo‘yi dam olishingiz sifati bo‘yicha baho beradi.

🔋 Batareya bir sutkaga yetadi. Bir hafta mustaqil ishlashni kutganlar esa biroz hafsalasi pir bo‘lishi mumkin.

➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1👎1
⌚️ Apple Watch SE 3 — arzonroq toifadagi aqlli soatlar

🍏 Asosiy yangilik — doimo yonib turadigan ekran va yangi S10 protsessori, u tezroq ishlashni ta’minlaydi.

⚡️ SE 3’da endi tezkor zaryadlash mavjud — avvalgi avlodga qaraganda ikki baravar tez. Shuningdek, ichki dinamik ham qo‘shilgan.

💡 Shunday qilib, Apple Watch SE tobora ko‘proq imkoniyatlarni kamroq narx evaziga olishni istaganlar uchun jozibali tanlovga aylanmoqda.

➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🏔 Apple Watch Ultra 3 — kompaniyaning eng ilg‘or aqlli soatlari

🍏 Yangi model Apple Watch tarixidagi eng katta displeyga ega bo‘ldi. Ramkalar juda kichraytirilgani uchun ekran ekstremal sharoitlarda ishlash uchun yanada qulay.

📡 Asosiy yangilik — sun’iy yo‘ldosh aloqasi. Endi bog‘lanish uchun iPhone kerak emas, soat tarmoq yo‘q joylarda ham mustaqil ishlay oladi.

🔋 Avtonom ishlash muddati ham hayratlanarli — bitta zaryad bilan 42 soatgacha, ya’ni deyarli ikki kun quvvatlanmasdan ishlaydi.

➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
💵 Narxlar:
Apple Watch Ultra 3 — $799
Apple Watch Series 11 — $399
Apple Watch SE 3 — $249

🤔 Qaysi biridan olamiz? Shaxsan menga arterial qon bosimini o'lchaydigani juda zarur.

➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👀8
🍏 iPhone 17 taqdim etildi

📱 Dizayni deyarli iPhone 16’dan farq qilmaydi, ammo ichki imkoniyatlari butunlay boshqacha.

ℹ️ Ekran 6,3 dyuymga kattalashdi va nihoyat 120 Hz qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘ldi — interfeys ancha ravon ishlaydi.

⚙️ Yangi A19 protsessori va 16 yadroli Neural Engine bilan jihozlangan. U iPhone 16’dan 20% tezroq, iPhone 15’dan esa 80% tezroq.

📸 Kameralar: asosiy kamera endi 48 MP ultrakeng burchak va 12 MP telefoto (2x zoom). Klassik keng burchakli kamera olib tashlangan — endi faqat ultrakeng yoki telefoto.

🤳 Old kamera: 18 MP kvadrat sensor — ancha yirik va tiniq selfilar. iPad’dagi Center Stage texnologiyasi endi videqo‘ng‘iroqlarda barcha ishtirokchilarni avtomatik kadrda ushlab turadi.

💾 Xotira hajmi endi kamida 256 GB dan boshlanadi.

➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣19🔥136👍4👎3
2025/10/20 12:03:19
Back to Top
HTML Embed Code: