Telegram Web Link
📌📌📌📌📌📌

#milliy_kontent

“Hududiy elektr tarmoqlari”AJ Navoiy hududiy filiali jamoasi milliy qadriyatlarimizni e’zozlab, navbatdagi “Milliy libos – millat ko‘zgusi” chellenjini davom ettirgan holda, bugun ish faoliyatini milliy liboslarda olib bormoqda!

Siz ham ushbu ezgu tashabbusga qo‘shiling, chellenjda faol ishtirok eting!

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

MAHALLALARDA ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 330-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Farg‘ona viloyatining barcha hududlarida amaliy ishlar olib borilmoqda.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

YASHNOBOD TUMANIDAGI “BOYQO‘RG‘ON” MAHALLASIDA YANGI KABEL TARMOG‘I TORTILMOQDA

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ tomonidan aholiga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida reja asosida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Yashnobod tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Boyqo‘rg‘on” mahallasi hududidagi aholi xonadonlarini elektr energiyasi bilan uzluksiz va ishonchli ta’minlash maqsadida TP-521 transformator punkti orqali quvvatlanadigan 0,4 kV kuchlanishdagi havo elektr uzatish tarmoqlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Mazkur ishlar doirasida tarmoqdagi eskirgan alyumin simlar demontaj qilinib, ularning o‘rniga zamonaviy, izolyatsiyalangan SIP rusumidagi 2 kilometr uzunlikdagi kabel tarmog‘i tortildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan eskirgan izolyatorlar yangisiga almashtirildi, elektr simlari yangilandi, salqi simlar tarangligi meyoriga keltirildi hamda tarmoq atrofidagi daraxt shoxlari tozalanib, xavfsizlik choralari kuchaytirildi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Oliy sud binosida elektr ta’minoti bilan bog‘liq uzulishlar kuzatilayotganligi munosabati bilan Oliy sudning barcha interaktiv xizmatlari faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligi to‘g‘risida xabar e’lon qilindi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Bugun soat 07:25 da 10 kVli "Turkiston" tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.

Natijada mazkur tarmoqdan elektr energiyasi bilan ta’minlanuvchi  Oliy sud binosi va unga yondosh hududlar elektr ta’minotidan uzilgan.

Soat 09:30 da nosozlik bartaraf qilinib tarmoqqa  kuchlanish berilgan.

Hozirda tashqi elektr ta’minoti bilan ta’minlangan.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

NUKUS SHAHRIDA TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan xizmat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subektlarida uchrayotgan tizimli muammolarni aniqlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni hal etish, bildirilgan takliflarni ko‘rib chiqish maqsadida Respublikamiz bo‘ylab tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi topshirig‘iga asosan o‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlarning navbatdagisi Qoraqalpog‘iston hududiy filialida tashkil etildi.

Jamiyat Boshqaruv raisining o‘rinbosari D. Nosirov, filial rahbariyati hamda mahalliy tadbirkorlar ishtirok etgan uchrashuvda tadbirkor, hunarmand va fermerlarga elektr energiyasi sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar, joriy etilayotgan yangiliklar va qulayliklar xususida batafsil tushunchalar berildi.

Shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z faoliyatlarida uchrayotgan muammolar haqida o‘rtoqlashib, mavjud muammodan chiqish uchun qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarni kuchaytirish va eksport imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha takliflarni ilgari surdi.

Uchrashuvda bildirilgan taklif va tashabbuslar, murojaatlar umumlashtirilib, hududda tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Samimiy va do‘stona muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yakunida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ amaliy yordam berish maqsadida tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda korxonalarga tashriflar tashkil etilishini ma’lum qildi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/30 19:32:38
Back to Top
HTML Embed Code: