Telegram Web Link
📌📌📌📌📌📌

YASHNOBOD TUMANIDAGI “BOYQO‘RG‘ON” MAHALLASIDA YANGI KABEL TARMOG‘I TORTILMOQDA

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ tomonidan aholiga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida reja asosida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Yashnobod tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Boyqo‘rg‘on” mahallasi hududidagi aholi xonadonlarini elektr energiyasi bilan uzluksiz va ishonchli ta’minlash maqsadida TP-521 transformator punkti orqali quvvatlanadigan 0,4 kV kuchlanishdagi havo elektr uzatish tarmoqlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Mazkur ishlar doirasida tarmoqdagi eskirgan alyumin simlar demontaj qilinib, ularning o‘rniga zamonaviy, izolyatsiyalangan SIP rusumidagi 2 kilometr uzunlikdagi kabel tarmog‘i tortildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan eskirgan izolyatorlar yangisiga almashtirildi, elektr simlari yangilandi, salqi simlar tarangligi meyoriga keltirildi hamda tarmoq atrofidagi daraxt shoxlari tozalanib, xavfsizlik choralari kuchaytirildi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Oliy sud binosida elektr ta’minoti bilan bog‘liq uzulishlar kuzatilayotganligi munosabati bilan Oliy sudning barcha interaktiv xizmatlari faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligi to‘g‘risida xabar e’lon qilindi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Bugun soat 07:25 da 10 kVli "Turkiston" tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.

Natijada mazkur tarmoqdan elektr energiyasi bilan ta’minlanuvchi  Oliy sud binosi va unga yondosh hududlar elektr ta’minotidan uzilgan.

Soat 09:30 da nosozlik bartaraf qilinib tarmoqqa  kuchlanish berilgan.

Hozirda tashqi elektr ta’minoti bilan ta’minlangan.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

NUKUS SHAHRIDA TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan xizmat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subektlarida uchrayotgan tizimli muammolarni aniqlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni hal etish, bildirilgan takliflarni ko‘rib chiqish maqsadida Respublikamiz bo‘ylab tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi topshirig‘iga asosan o‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlarning navbatdagisi Qoraqalpog‘iston hududiy filialida tashkil etildi.

Jamiyat Boshqaruv raisining o‘rinbosari D. Nosirov, filial rahbariyati hamda mahalliy tadbirkorlar ishtirok etgan uchrashuvda tadbirkor, hunarmand va fermerlarga elektr energiyasi sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar, joriy etilayotgan yangiliklar va qulayliklar xususida batafsil tushunchalar berildi.

Shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z faoliyatlarida uchrayotgan muammolar haqida o‘rtoqlashib, mavjud muammodan chiqish uchun qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarni kuchaytirish va eksport imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha takliflarni ilgari surdi.

Uchrashuvda bildirilgan taklif va tashabbuslar, murojaatlar umumlashtirilib, hududda tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Samimiy va do‘stona muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yakunida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ amaliy yordam berish maqsadida tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda korxonalarga tashriflar tashkil etilishini ma’lum qildi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

30 iyun — Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

YOSHLAR OYLIGI DOIRASIDA "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL BELLASHUVI TASHKIL ETILDI

Yoshlar oyligi munosabati bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” АJ Namangan hududiy filiali tomonidan xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual bellashuvi o‘tkazildi.

Qiziqarli savol-javoblar, bahs-munozaralar va jamoaviy fikrlash asosida kechgan musobaqa ishtirokchilar uchun haqiqiy bilim va mantiq sinoviga aylandi. Bellashuv yakuniy natijalariga ko‘ra, Pop jamoasi birinchi, Chortoq tuman elektr ta’minoti ikkinchi va uchinchi o‘rinni PXAX jamoasi qo‘lga kiritdi.

G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Hurmatli yoshlar!

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati yurtimizning umidi va kelajagi bo‘lgan aziz yoshlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.

Shu qutlug‘ ayyomda Sizlarga mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat, ezgu maqsadlaringizga yetishda ulkan zafarlar va omadlar yor bo‘lishini tilaymiz. Har bir intilishingiz ro‘yobga, har bir mehnatingiz yurt farovonligiga xizmat qilsin!

Hurmat bilan,
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati


📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

“XAVFSIZLIK TEXNIKASI” KO‘RIK OYLIGI YUQORI SAVIYADA O‘TKAZILDI

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida "Xavfsizlik texnikasi" ko‘rik oyligi doirasida tashkil etilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari yuqori saviyada o‘tkazildi.

Mehnatni muhofaza qilish, ish jarayonida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish, shuningdek, baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan ushbu o‘quv mashg‘ulotlarida "Hududiy elektr tarmoqlari " AJ Samarqand hududiy filiali Bulung‘ur TET ishchi-xodimlari faol ishtirok etdilar.

Tafsilotlar “Sevimli” telekanalining “Zamon” axborot dasturi lavhasida.


📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

BUGUN, 30 IYUN – “YOSHLAR KUNI”DA PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEVNING YOSHLAR BILAN UCHRASHUVI BО‘LIB О‘TDI

O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilari hamda texnikum va oliygohlarni tugatayotgan talabalarni band etish bo‘yicha 2 ta alohida dastur qabul qilindi.

So‘nggi yetti yilda boshqaruv kadrlari tarkibi ancha yosharib, 40 yoshgacha bo‘lgan rahbarlar ulushi 37 foizdan 65 foizga oshdi.

Yoshlarimizni kitob o‘qishga qiziqishini oshirishda tanlovlar muhim rol o‘ynamoqda.

“Yosh avlodni turli zararli ta’sirlardan asrash, ularga axborot makonida foydali, mazmunli ma’lumotlarni yetkazish va targ‘ib qilish doim e’tiborimiz markazida bo‘lishi zarur”,
- dedi Prezident.

Yoshlarga oid islohotlarni xalqaro hamjamiyat ham keng e’tirof etayotgani ta’kidlandi.

Prezidentimiz bugun “Kreativ iqtisodiyot”, “Raqamli yashil tashabbuslar”, “Yoshlar tadbirkorligi va startaplar” va “Yosh innovatorlar” maydonchalaridagi o‘g‘il-qizlarimiz bilan muloqot qilib, hozirgi yoshlarimiz – Yangi O‘zbekistonning haqiqiy bunyodkorlari ekaniga yana bir bor amin bo‘lganini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari o‘z sohasida ilg‘or, tashabbuskor yoshlar bilan muloqot qildi, ularning taklif va g‘oyalarini tingladi.

Tadbir yakunida davlatimiz rahbari yana bir bor yoshlarga murojaat qildi:

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

ELEKTR  TA'MINOTIDAGI UZILISHLARNI OLDINI OLISH – MUHIM VAZIFA

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ tomonidan yoz mavsumida poytaxt iste’molchilarini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, mavjud tarmoqlarni yangilash va mustahkamlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Yakkasaroy va Uchtepa tumanlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot "Sevimli" telekanalining "Zamon" informatsion dasturi lavhasida.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ – YOSHLAR BILAN ISHLAYDIGAN ENG YAXSHI 30 TA TASHKILOTDAN BIRI!

Yoshlar bilan ishlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish hamda ular uchun munosib sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirayotgan tizimli va samarali ishlari uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati mamlakatdagi “yoshlar bilan ishlaydigan eng yaxshi tashkilotlar TOP-30” ro‘yxatiga kiritildi.

Bu yutuq – jamiyatdagi yosh mutaxassislarning faolligi, ularning tashabbuslarini doimo qo‘llab-quvvatlayotgan rahbariyat sa’y-harakatlari va ijobiy muhitning natijasidir.

Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi “TOP-30” talikka kirgan barcha tashkilotlarga yoshlar bilan ishlashdagi faolligi, tashabbuskorligi va samarali hamkorligi uchun minnatdorlik bildirdi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ yoshlarga tayanadi, yoshlarga ishonadi va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
2025/07/09 18:02:38
Back to Top
HTML Embed Code: