"HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI" AJ JAMOASI KASB MAHORATI TANLOVIDA QATNASHIB, G’OLIBLIKNI QO’LGA KIRITDI
2025-yil 29-30-iyun kunlari turkiy xalqlar davlatlari o’rtasida taqsimlash elektr tarmoqlariga xizmat ko’rsatuvchi elektromotyorlarning navbatdagi kasb mahorati musobaqasi Qirg‘iz Respublikasi Qorakol shahrida o’tkazilayotgan bo’lib, O‘zbekiston nomidan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ jamoasi ham faol ishtirok etdi.
Ayni paytda, turkiy tilda so‘zlashuvchi davlatlar energetiklari o‘rtasida о‘tkazilayotgan musobaqada jamoalar texnik tayyorgarlik, jabrlangan xodimga birinchi yordam koʼrsatish boʼyicha va elektr qurilmasida sodir bo‘lgan yongʼinni bartaraf etish yuzasidan о‘zaro bahs sinashdilar va ushbu musobaqada barcha shartlarda yuqori natijalarni ko'rsatgan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ jamoasi 1-о‘rinni egalab, g'olib deb topildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi kunda elektr energiyasidan oqilona foydalanish va isrofgarchilikning oldini olish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu bois, elektr energiyasidan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida qator amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Xususan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali bo‘limlari tomonidan kechki vaqtlarda muntazam ravishda reyd tadbirlari tashkil etilmoqda. Ushbu nazorat tadbirlari elektr energiyasidan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlarining oldini olish, iste’mol intizomini mustahkamlash hamda energiya resurslaridan tejab-tergab foydalanishni targ‘ib qilishga qaratilgan.
Mazkur reyd tadbirlari davomida foydasiz tarzda yoniq turgan ko‘cha chiroqlari, reklama panellari hamda boshqa ortiqcha yoritish vositalari aniqlanib, o‘chirib qo‘yilmoqda. Bu orqali elektr energiyasining isrof qilinishiga chek qo‘yish va mavjud resurslardan oqilona foydalanish maqsad qilingan.
Shuningdek, aholiga va tadbirkorlarga elektr energiyasini tejashga oid tavsiyalarni yetkazish maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Uchrashuvlarda kundalik hayotda oddiy qoidalarga rioya qilish orqali katta miqdorda energiya tejash mumkinligi alohida ta’kidlanmoqda.
Bu kabi sa’y-harakatlar nafaqat iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashga, balki ekologik barqarorlikka erishishga ham xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XIZMAT KO‘RSATISH SAMARADORLIGI OSHMOQDA
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Boshqaruv raisi tashabbusi bilan Jamiyatning Samarqand hududiy filiali tarkibidagi korxonalarning olis hududlarda joylashgan Ustachilik bo‘limlari uchun 47 dona maxsus jihozlangan konteyner xarid qilinib, ularda xodimlar uchun zamonaviy xizmat xonalari tashkil etilmoqda.
Bugun ushbu tashabbus doirasida Samarqand hududiy filiali direktori Eldor Mamasoliyev tomonidan Samarqand shahar elektr ta’minotining Qorasuv ustachilik bo‘limiga shunday maxsus konteynerli xizmat xonasi foydalanishga topshirildi.
Mazkur yaratilayotgan sharoitlar orqali iste’molchilarga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish, olis hududlardagi ustachilik xodimlariga munosib mehnat sharoiti yaratish, xizmatlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM