Telegram Web Link
📌📌📌📌📌📌

Toshkent viloyatining Olmos dam olish zonasida davlat organlari va tashkilotlari hamda hokimliklar axborot xizmatlari, hududiy boshqarmalar rahbarlari uchun anʼanaviy “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” milliy konferensiyaning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirni ochib bergan AOKA direktori Asadjon Xodjayev, soʻzining avvalida, ishtirokchilarni yaqin kunlarda boʻlib oʻtgan kasb bayrami bilan samimiy qutladi.

Bugungi kunda — geosiyosiy ziddiyatlar, gibrid urushlar va axborot orqali taʼsir oʻtkazish zamonida — axborot xizmatlari endi faqat “maʼlumot tarqatuvchi” emas, balki axborot frontidagi asosiy kuchdir, desam mubolagʻa boʻlmaydi.

Sunʼiy intellekt, dipfeyklar, fishing va feyk xabarlar, dizinformatsiya — bularning barchasi har kuni faoliyatimizni yanada murakkablashtirmoqda. Shuning uchun axborot xizmatlari nafaqat javob beruvchi emas, balki oldini oluvchi, “aqlli” xavflar tahlilchisi sifatida proaktiv shaklda faoliyat olib borishi nihoyatda zarur, deya taʼkidladi Xodjayev oʻz nutqida.

Milliy konferensiyada soʻzga chiqqan Milliy Mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Akramjon Fozilov, “Yangi media taʼlim markazi” NNT direktori Beruniy Alimov bugungi kunda keng islohotlar, axborot xizmatlari faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, keng koʻlamli tadbirlar samarasida sezilarli ijobiy oʻzgarishlar, matbuot kotiblarining professional va salohiyatli oʻsishlari kuzatilayotganini qayd etdi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

ELEKTR ENERGIYASIDAN QARZDORLIGI BOR FERMER XO’JALIKLARI TARMOQDAN UZILMOQDA

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali tomonidan Respublikamiz bo'ylab elektr energiyasidan muddati o'tgan qarzdor iste'molchilarni tarmoqdan uzish hamda to'lovlarni undirish maqsadida nazorat tadbirlari muntazam o’tkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlar Surxondaryo viloyati bo'ylab o'tkazilib borilmoqda. Bu haqda, Surxondaryo telekanali “Vaqt" informatsion dasturi orqali namoyish etilgan videolavhada batafsil toʼxtalib oʼtildi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

“TEZ YORDAM” HAVO TARMOG’IDA MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI BAJARILMOQDA.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan 2025-2026-yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida viloyatimizning barcha hududlarida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Amaliy ishlar doirasida, Gurlan tumani “Gurlan” podstansiyasidan chiquvchi 10 kv li “Tez yodam” havo tarmog’ida mukammal ta’mirlash ishlari bajarilmoqda. Ta’mirlash ishlari doirasida, eski temir-betonlar o’rniga 14 ta yangi temir-beton ustunlari o’rnatilib, 1 km AC-50 kabel tortish ishlari bajarilmoqda.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “HET BILLING” dasturiy kompleksini takomilashtirish doirasida texnik ishlar olib borilishi sababli tizim faoliyatida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Ravshan Komilov to‘yga taklif qilinmasa ham boraveradimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Ravshan Komilov uyiga quyosh panellari o‘rnatganligi ammo elektr tarmoqlari xodimlari o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotish uchun tarmoqqa ulab bermaganligi to‘g‘risida videomurojaat tarqaldi.

Ma’lumotga ko‘ra, xonanda tarmoqqa ulash bo‘yicha soliq ilovasi orqali o‘rnatilgan tartibda ariza qoldirmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Ravshan Komilovga elektr tarmoqlari xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilgach, xonanda bugun ariza qoldirgan.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

“Quyoshli xonadon”: Quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslar subsidiyani qanday oladilar?

Batafsil ushbu infografikada

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik uchun jinoiy javobgarlik bor

Mazkur jinoyatlar uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.



За самовольное подключение к электрическим сетям предусмотрена уголовная ответственность

За данное преступление может быть назначено наказание в виде лишения свободы до 5 лет.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist Ravshan Komilov kecha yoʼllagan murojaati yuzasidan "Hududiy elektr tarmoqlari " АJ xodimlari tomonidan mavjud muammo toʼliq bartaraf etildi.

Hurmatli elektr energiyasi isteʼmolchilari!

Hududlarda quyosh panellarini oʼrnatish va ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotish bilan bogʼliq muammolar boʼlsa "Hududiy elektr tarmoqlari " АJ ning 1154 qisqa raqamli Call markaziga maʼlumot qoldirishingizni soʼraymiz.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ “FITCH RATING” AGENTLIGINING XALQARO KREDIT REYTINGINI "BB, BARQAROR" DARAJAGA OSHIRDI

Jahonda yetakchi reyting agentliklaridan biri hisoblangan Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xalqaro kredit reytingini “BB-” darajasidan “BB” darajaga oshirdi va “Barqaror” deb baholadi.

Agentligining 2025-yil 1-iyuldagi hisobotida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning xalqaro indikativ reytingini “BB” “Barqaror” darajaga oshirdi.

Shuni alohida qayd etish lozimki, xalqaro reyting Agentligi tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning nafaqat moliyaviy-iqtisodiy va biznes strategiyasi holati, balki moliyaviy modeli barqarorligi hamda korporativ boshqaruv tizimi va boshqa yo‘nalishlari ham chuqur o‘rganildi va tahlil qilindi.

Ahamiyatlisi, mazkur reyting jahonning investitsiya bozorlarida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJni aniq va ravshan biznes strategiyasi, shaffof moliyaviy holati va kuchli korporativ boshqaruv tizimiga ega korxona sifatida tanitadi.

O‘z navbatida, qo‘lga kiritilgan mazkur yutuq kelgusida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning iqtisodiy barqarorligini yanada oshirishga xizmat qilish bilan birga, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda xorijiy kreditlarni davlat kafolatisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilish imkoniyatini beradi.

Jamiyat ushbu erishilgan yutuq bilan chegaralanib qolmaydi, albatta. Kelgusi yillarda reyting darajasini yanada oshirish hamda uni barqaror saqlab qolish yo‘lida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda mamlakatimiz elektr energetikasi tizimini izchil rivojlantirishga qaratilgan faoliyatini samarali davom ettirishga intiladi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

ELEKTR ENERGIYASINI TEJANG!

Har bir tejangan kilovatt – bu:
– Oila byudjetidagi ortiqcha xarajatlarning oldini olish!
– Tabiatga bo‘lgan hurmat!
– Elektr tarmoqlaridagi ortiqcha yuklamaning kamayishi!
– Kelajak avlodlar uchun resurslarni asrab qolish!

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

JAZIRAMA KUNLARDA YONG‘IN KELTIRIB CHIQARUVCHI OMILLARNI OLDINI OLISHGA QARATILGAN VA ENERGIYA RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH BO‘YICHA TAVSIYALAR

— Elektr uskunalarini nazoratsiz qoldirmang. Xonadan uzoq vaqtga chiqishda barcha qurilmalarni tarmoqdan uzib qo‘ying.

— Eski yoki nosoz simlardan foydalanmang. Ular yong‘in kelib chiqishi va energiya resursini ortiqcha sarflanishiga sabab bo‘ladi. Simlar izolyatsiyasi buzilgan bo‘lsa, yangisiga almashtiring.

— Bitta rozetka (pilot)ga ko‘p elektr jihozlarini ulamang. Yuklama ortishi simlarni qizitib, yong‘inga sabab bo‘lishi mumkin.

— Quritgich, dazmol, mikroto‘lqinli pech, ventilyator kabi qurilmalardan foydalanayotganda ularni nazoratsiz qoldirmang. Qizib ketgan qurilma yong‘in kelib chiqish xavfini tug‘dirishi mumkin.

— Konditsionerni 20–25°C oralig‘ida ishlating. Haddan tashqari past haroratga qo‘yish nafaqat elektr energiyasi sarfini oshiradi, balki inson sog‘ligi uchun ham zararli hisoblanadi.

— Foydalanilmayotgan qurilmalarni to‘liq tarmoqdan uzib qo‘ying. Bu ham yong‘in kelib chiqishining oldini olish va energiya sarfini kamaytirishga xizmat qiladi.

— Konditsioner filtrlarini tozalab turing. Bu ham energiya samaradorlikni oshiradi va yong‘in kelib chiqishining oldini oladi.

— O‘t o‘chirgich (ognetushitel) va signalizatsiya vositalarining soz holda ekanligini tekshirib turing. Favqulodda holatlarga tayyor bo‘lish muhim.

— Elektr qurilmalari va jihozlarini muntazam texnik ko‘rikdan o‘tkazing.

— Elektr ustunlari yoki simlar yaqinida olov yoqmang. Elektr tarmoqlariga yaqin hududlarda quruq o‘tin, qamish yoki xas-xashak yoqish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qat’iyan man etiladi.

— Ishxona va ofislarda xodimlarga yong‘in xavfsizligi bo‘yicha muntazam o‘quvlar tashkil qiling.

— Muqobil energiya manbalari, ya’ni quyosh panellaridan foydalanish choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.

— Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari neft mahsulotlari to‘ldirilgan sisternalarning xavfsizligini nazorat qilish, “metan zapravkalar”da esa gaz sizib chiqish va portlash xavfini keltirib chiqaruvchi omillarga yo‘l qo‘ymaslik talab etiladi.

— Tez alanga oluvchi narsalarni elektr qurilmalari yaqinida saqlamang. Qamish, qurigan o‘t, mato va shunga o‘xshash tez yonuvchi buyumlar shamolda uchib borib uskunalarga tushishi va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin.

— Elektr ta’minotidagi qisqa muddatli o‘chish holatlari xavfsizlik uchun qilinadi. Noqulay ob-havo sharoitlari va texnogen vaziyatlarda yuqori ko‘lamli avariyaviy hamda yong‘in chiqishi holatlarining oldini olish, elektr qurilmalari sozligini ta’minlash maqsadida ayrim havo uzatish tarmoqlari yoki transformatorlar avtomatik ravishda yoxud qo‘lda o‘chiriladi. Bu noxushlik emas, balki ehtiyot chorasidir.

— Elektr tarmoqlarida nosozliklar yoki uzilishlar yuzaga kelsa, darhol 1154 qisqa raqamiga xabar bering.

Unutmang, vaqtida ko‘rilgan ehtiyot chorasi – ko‘ngil xotirjamligi hamda xavfsizlik kafolatidir.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Prezident Shavkat Mirziyoev davlat tashrifi bilan Bokuga keldi.

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в Баку с государственным визитом.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslar subsidiya olish uchun nima qilishi kerak?

SubsidiyaniSoliqmobil ilovasining ”Keshbek bo‘limidagi “Kartaga pul o‘tkazish oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/08 09:26:16
Back to Top
HTML Embed Code: