ANGIDON VA QO‘RG‘ONTEPA MAHALLALARINING ELEKTR TAʼMINOTIDAGI MUAMMOLAR BARTARAF ETILMOQDA
Bu mahallalar Xatirchi tuman markazidan ancha olis togʼli hududlarda joylashgan. Unda 4 ming 300 nafarga yaqin aholi yashaydi. Аholini uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan elektr ta'minotidagi muammolari o‘z yechimini topmoqda. Belgilangan dastur doirasida hududdagi infratuzilmani yaxshilash boʼyicha amalga oshirilishi kerak boʼlgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Jumladan Angidon mahallasida aholi uchun oʼrnatilgan turli quvvatdagi 4 dona yangi transformator keltirilgan. Hududda tiklangan yangi 270 dona temir-beton tayanchlariga jami 11 km masofaga yangi tarmoq tortish ishlari olib borilmoqda.
Qo‘rg‘ontepa mahallasida esa qoʼshimcha 112 dona temir-beton tayanchlar tiklanib, 4 km sim oʼtkazgichlari tortilmoqda, hududga 1 dona transformator punkti o'rnatildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarimiz ortib borar ekan, ushbu resurslardan imkon qadar tejamkorlik bilan foydalanish sizning xarajatlaringizni kamayishida yordam beradi va albatta isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilmaydi.
Bugun hayotimizni elektr energiyasiz tasavvur qila olmaymiz. Shunday ekan, zarurat bo‘lmagan hollarda elektr qurilmalarini tarmoqdan ajratib qo‘yish maqsadga muofiqdir.
Unutmang, energiya resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish barchamiz uchun foydalidir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BARQAROR ELEKTR TA’MINOTI YO‘LIDA – “SAG‘BON” PODSTANSIYASI YANGILANMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 martdagi PK-91-sonli Qaroriga muvofiq, Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan Sag‘bon podstansiyasini to‘liq rekonstruksiya qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Modernizatsiya jarayonida barcha eski tipdagi uskuna, jihoz va qurilmalar butunlay yangilanib, zamonaviy talablarga javob beradigan, yuqori texnologik darajadagi qurilmalar bilan almashtirilmoqda. Bu, o‘z navbatida, Olmazor tumani hamda Toshkent tumanining aholisi uchun uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlashda muhim qadam bo‘ladi.
Dastlab ikki smenada olib borilgan ishlar 2025 yil 1-iyuldan boshlab uch smenali ish tartibiga o‘tkazilgan bo‘lib, hozirgi kunda qurilish ishlari belgilangan jadval asosida izchil davom ettirilmoqda. Bu esa umumiy ish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MIRZAOBOD TUMANI MIRZO ULUG’BEK MAHALLASIGA YANGI TARMOQ QURILMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi i qarori ijrosini ta’minlash borasida Sirdaryo viloyatida ham amaliy ishlar qilinmoqda.
Xususan, Mirzaobod tumani Mirzo Ulug’bek mahallasida 2 dona transformator punkti, 100 dan ortiq temir-beton tayanch o‘rnatish, 4.9 km yangi tarmoq qurish ishlari rejaga asosan olib borilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Siyosiy ma’rifat soati”
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.
Navbatdagi o‘quvni YouTube’da tomosha qilishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#infografika / #energiya_tejamkorlik / #birdamjamiyat
Elektr energiyasini tejashni bolalikdan o‘rganamiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#инфографика / #энергосбережение
Учимся экономить электроэнергию с детства
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jazirama kunlarda yong‘in keltirib chiqaruvchi omillarni oldini olish va energiya resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar.
—
Рекомендации по предотвращению пожароопасных ситуаций и рациональному использованию энергоресурсов в жаркие дни.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM