Telegram Web Link
Koʻpchilik yaxshi biladi, ikki yil Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori sifatida ishlaganman. Shu sababdir direktorlar faoliyatidagi asosiy masalalar, muammolar, ularni hal etish choralari alohida diqqat-e’tiborimda.

Kecha Direktorlar kengashi aʼzolari uchun tashkil etilgan oʻquv kurslarida qatnashdim. Tizimdagi islohotlarda bu Kengashning muhim oʻrni bor, ularga direktorlarni lavozimga tayinlash vakolati berilgan.

Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida oʻtkazilayotgan oʻquv kurslariga barcha hududlardagi 127 nafar Direktorlar kengashi aʼzolari jalb etildi.

Jamoa muvaffaqiyatida rahbarning roli katta. Maktablarimizga zamonaviy, bilimli, halol kadrlar rahbar boʻlishi zarur. Faqat talabni qoʻyish bilan ish bitmaydi, albatta. Kadrlarimizni oʻqishi, oʻsishi, oʻz ustida ishlashiga sharoit yaratishimiz kerak. Shuning uchun oʻquv kurslarida zamonaviy metodlar, innovatsion yondashuvlar va pedagogik texnologiyalar haqida chuqur bilimlar berilishi rejalashtirilgan. Ishtirokchilar oʻzaro tajriba almashadi va taʼlim sohasidagi yangi trendlardan xabardor boʻladi.

Endigi vazifa: oʻrganilgan bilimlarni amalda qoʻllash, maktablarga oʻz ishini professional va vijdonan bajaradigan kadrlarni rahbarlikka tavsiya qilishdir. Bildirgan takliflaringizni esa oʻzim uchun qayd qilib oldim, hali oldinda qiladigan ishlarimiz koʻp.

@hilola_umarova
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Farzandlarimiz tomosha qilayotgan kontentning asosiy qismi — chet el mahsulotlari. Milliy, sifatli kontentimiz esa yetarli darajada emas.

Ayniqsa, bolalar uchun o‘zbek tilidagi qo‘shiqlar, milliy qadriyatlarimizga xos multfilmlar va ta’limiy kontentlar yetishmaydi. Shu bois, mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan “Donocha” kabi loyihalarni qo‘llab-quvvatlayman. Ularni yanada rivojlantirish kerak.

Albatta, bolalar adabiyotining, milliy ertaklarimizning ham o‘rni juda muhim.

Shu maqsadda, kecha O‘zbekistondagi yetakchi animatsiya studiyalari vakillari bilan uchrashib, sohaning real holati hamda uni rivojlantirishga doir amaliy takliflarini eshitdim.


Большая часть контента, который смотрят наши дети, — это зарубежная продукция. К сожалению, качественного и содержательного национального контента по-прежнему недостаточно.

Особенно остро ощущается нехватка детских песен на узбекском языке, мультфильмов, отражающих наши национальные ценности, а также развивающих и образовательных материалов. Именно поэтому я поддерживаю проекты вроде Donocha, которые активно работают в этом направлении. Такие инициативы требуют всесторонней поддержки и дальнейшего развития.

Безусловно, важную роль в этом процессе играют и детская литература, и наши народные сказки.

Именно с этой целью я вчера встретилась с представителями ведущих анимационных студий Узбекистана, чтобы обсудить текущее состояние отрасли и выслушать их практические предложения по её развитию.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#raqamli_avlod_qizlari

Ummatoy, Madina, Muxlisa... Ular loyihaning oddiy ishtirokchisidan koordinatorlari darajasiga chiqa oldi. Buni ularning oʻzlaridan eshiting.

“Raqamli avlod qizlari” loyihasidan maqsad ham shu. IT sohasiga qiziqadigan, iqtidorli qizlarni bir yerga jamlash, qoʻllab-quvvatlash.

Ishonaman, loyiha sabab koʻz oʻngimizda hali yuzlab, minglab qizlarimizning mana shunday muvaffaqiyat hikoyalari yaratiladi.

Eslatma! Ayni vaqtda qizlar.raqamliavlod.uz platformasi orqali roʻyxatdan oʻtish jarayonlari davom etmoqda.

@hilola_umarova
#HCI2025 #birinchi_kun #ITB

Vazirligimiz vakillari bilan Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida “Human Capability Initiative 2025” xalqaro forumida ishtirok etyapmiz.

Saudiya Arabistoni valiahdi, bosh vaziri Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud homiyligida har yili oʻtkaziladigan ushbu nufuzli tadbirda dunyoning turli nuqtalaridan kelgan ishtirokchilar taʼlim, iqtisodiyot, texnologiya sohasidagi muammolar, ularga innovatsion yechimlar topishga qaratilgan masalalarni muhokama qiladi. Eʼtiborlisi, Oʻzbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida mazkur nufuzli tadbirga taklif etilgan yagona davlat.

Forumning ilk kunidayoq, Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasida 40 million dollarlik grant shartnomasi imzolandi.

Islom taraqqiyot banki (ITB) Prezidenti Muhammad al-Jassar bilan uchrashuvimizda ITB kelajak avlod uchun yaxshiroq taʼlim imkoniyatlari yaratishda Oʻzbekiston hukumatining ishonchli hamkori boʻlishdan mamnunligini qayd etdi.

Uchrashuv natijasida Global Partnership for Education (GPE) tomonidan taʼlim sohasiga grant shartnomasi imzolandi.

Loyihaning asosiy yoʻnalishlari esa quyidagicha:

- respublikamiz boʻyicha 58 ta yangi inklyuziv maktab qurilishi;
- maktablarni zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash;
- oʻqituvchilar malakasini oshirish boʻyicha dasturlar;
- inklyuziv taʼlimni rivojlantirish;
- oʻquv dasturlarini takomillashtirish;
- maktabgacha taʼlim sifatini oshirish.


Forum oʻz ishini davom ettirmoqda. Navbatdagi uchrashuv va kelishuvlar tafsilotlari, yangiliklar haqida yana xabar berib boramiz.

@hilola_umarova
Bugundan respublikamizning barcha hududlarida pedagoglarning malaka sinovlari boshlandi.

Test sinovlari katta zallarda oʻrnatilgan jami 2050 ta kompyuterda FaceID va Blockchain texnologiyalarini qoʻllagan holda onlayn tarzda oʻtkaziladi.

Bir oy davom etadigan ushbu jarayonda 40 dan oshiq fanlardan dars beradigan 190 mingga yaqin pedagoglarning ishtirok etishi kutilmoqda.

Biz sinovlarni ochiq, shaffof, adolatli oʻtkazilishidan manfaatdormiz. Test jarayonlarini istagan inson cams.uzedu.uz manzili orqali toʻgʻridan toʻgʻri kuzatib borishi mumkin.

Fursatdan foydalanib, sinovlarda ishtirok etayotgan barcha pedagoglarimizga omad tilayman. Bilimingizni boyiting, oʻz ustingizda ishlang, yuqori ballarni qoʻlga kiritib, oylik ustamalarga ega boʻling.

Biz har safar sinovlar yakuniga yetgach matbuot anjumani tashkil etamiz, vazirlikning tegishli masʼullari jurnalist va blogerlar uchun batafsil maʼlumot berishadi.

Bu safar pedagoglarni, test jarayonlarida qatnashgan oʻqituvchilarni ham eshitsak nima deysizlar? Balki, malaka sinovlari yakuniga yetgach onlayn muloqot qilarmiz? Fikr, takliflaringizni eshitishga tayyorman!

@hilola_umarova
#HCI2025 #dayjest

Bugun Saudiya Arabistoniga safarimiz yakuniga yetdi. Ar-Riyod shahrida “Human Capability Initiative 2025” xalqaro forumida ishtirok etdik. Safar davomida qilingan ishlar, uchrashuvlarni eslatib oʻtsam.

📌 Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasida 40 million dollarlik grant shartnomasi imzolandi.

📌 “Hamma uchun SI savodxonligi: Barqaror salohiyat uchun teng imkoniyatlar” mavzusidagi vazirlar davra suhbatida ishtirok etib, soʻzga chiqdim, Oʻzbekistonda raqamli va sunʼiy intellekt savodxonligini shakllantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarga toʻxtalib oʻtdik.

📌 Saudiya Arabistoni taʼlim vaziri Yusuf ibn Abdullo al-Bunyan bilan uchrashib, maktabgacha va maktab taʼlimi infratuzilmasini yaxshilash, investitsiya loyihalarini kengaytirish va xususiy sektorni jalb qilish xususida suhbatlashdik.

📌 Islom Taraqqiyot Banki prezidenti Muhammad Al-Djasser bilan kechgan muloqotda transformatsiyaviy taʼlim tashabbuslari, inklyuziv taʼlim imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi ustuvor yoʻnalishlarni muhokama qildik.

📌 Birlashgan Arab Amirliklari taʼlim vaziri Sara Al-Amiri xonim bilan uchrashuvimiz ham yangiliklarga boy boʻldi. Uchrashuvda “Emirates National Schools” bilan taʼlim dasturlari va xalqaro maktab qurish boʻyicha hamkorlik, Abu-Dabi taʼlim kolleji bilan pedagoglar malakasini oshirish, Prezident maktablari oʻquvchilarining BAAdagi xalqaro tanlovlarda ishtirok etishi, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti va Xalifa universiteti oʻrtasida talabalar almashinuvi, joriy yil Samarqandda oʻtkaziladigan “Markaziy Osiyo – Koʻrfaz davlatlari” sammitida ilgari suriladigan taʼlimga doir yangi tashabbuslar xususida fikr almashdik, kelishuvlarga erishdik.

📌 Bugun esa Saudiya Arabistonining “JAD AL-ALMIA” kompaniyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda oʻqituvchilar malakasini interaktiv platformalar orqali oshirish, xalqaro grantlar jalb etish boʻyicha hamkorlikda ish olib borish, tanlangan maktablarda dastlabki loyihalarni yoʻlga qoʻyish kabi qator masalalarda hamkorlikni muhokama qildik.

Ushbu uchrashuvlar, kelishuvlar, hamkorliklarning barchasi taʼlim sohasida xalqaro aloqalarni kuchaytirish, ilgʻor tajribalarni oʻrganish, zamonaviy yondashuvlarni oʻz vaqtida amaliyotga joriy qilib borish imkonini beradi.

@hilola_umarova
2025/06/28 18:18:23
Back to Top
HTML Embed Code: