#malaka_sinovlari
#100_foizlik_natija
Xabaringiz bor, respublikamiz boʻylab pedagoglarning malaka sinovlari davom etmoqda.
Rasmlardagi ustozlarimiz test sinovlarida eng yuqori 100 ballik natijani qoʻlga kiritdi.
Sinovlar ochiq, shaffof, adolatli oʻtishi uchun doimiy monitoring qilib borilmoqda. Siz ham test jarayonlarini kuzatmoqchimisiz? Marhamat, cams.uzedu.uz manzili orqali sinovlarni real vaqt rejimida kuzatishingiz mumkin.
Eslatib oʻtamiz, malaka sinovlari fanlar kesimida va belgilangan jadval asosida, 16-mayga qadar davom etadi.
Eng yuqori koʻrsatkich qayd etgan ustozlarimizni kanal orqali tabriklab turaman. Barcha pedagoglarimizga omad!
@hilola_umarova

Taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimot qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-aprel kuni maktab taʼlimi sifatini oshirish hamda pedagoglar tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida taʼlim tizimi islohotlari ustuvor yoʻnalishlardan biri etib belgilangan. Bu yilgi davlat dasturida ham maktablarda sharoitlarni yaxshilash, yosh avlodni bilimli etib tarbiyalash boʻyicha koʻplab vazifalar qoʻyilgan.
Bu koʻp jihatdan, oʻqituvchilarning bilim va malakasiga bogʻliq. Yurtimizda 15 ta davlat va 61 ta nodavlat oliygohida pedagogika yoʻnalishi bor. Lekin ulardagi ilmiy salohiyat atigi 40 foiz atrofida.
Qabullarning katta qismini ijtimoiy yoʻnalishlar tashkil etadi. Aniq va tabiiy fanlar boʻyicha pedagoglar tayyorlash juda kam. Talabalarning 40 foizi sirtqi taʼlimda oʻqiyapti.
Shu bois Toshkent davlat pedagogika universitetini transformatsiya qilib, Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetini tashkil etish, kelajak pedagoglari loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Universitet barcha hududlardagi pedagogika institutlari uchun tayanch oliygoh boʻladi.
“Yangi Oʻzbekiston” universitetida 40 dan ziyod chet ellik oʻqituvchilar va 30 nafar vatandosh ziyolilarimiz faoliyat yuritmoqda. Talabalar oʻzlarining turli yoʻnalishlardagi loyihalariga jami 24,3 milliard soʻmlik grantlar jalb qilgan. Bu salohiyatdan foydalanib, universitetda muhandislik, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt, tibbiyot kabi zamonaviy sohalarda mutaxassislar tayyorlashni rivojlantirish, yangi laboratoriyalar ochish rejalari taqdimot qilindi.
Shuningdek, oliygohda ilm-fan, taʼlim va amaliyot integratsiyasini taʼminlash maqsadida Germaniyaning ilgʻor tajribasidan foydalangan holda zamonaviy universitet klinikasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Taʼlim sifatini aniqlashda ham xalqaro uslublar joriy etilmoqda. Bu yil 233 ta maktabdagi 9 ming nafar 15 yoshli oʻquvchining bilimi “PISA” xalqaro dasturi orqali baholanadi.
Hozirgi kunda 2 mingta maktab yuqori yuklama bilan ishlayapti. Bu yil byudjet hisobidan 112 mingta yangi oʻquvchi oʻrni tashkil etiladi. Aholi oʻsishi hisobiga, maktablarga ehtiyoj ham ortib boradi. Shu bois Islom taraqqiyot bankidan 200 million dollar jalb etilib, hududlarda 58 ta zamonaviy maktab qurilishi rejalashtirilgan.
Tahlillarga koʻra, maktab yoshidagi bolalarning 80 foizi internet va ijtimoiy tarmoqlarda faol. Ularni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha muayyan ishlar olib borilyapti. Lekin, yoshlar taʼlim-tarbiyasiga kuchli taʼsir koʻrsatadigan, qiziqarli milliy kontentlar yaratayotgan ijodkorlar sanoqli.
Shulardan kelib chiqib, bolalarga xavfsiz axborot muhitini yaratish, milliy kontentlarni koʻpaytirish, ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

STEAM innovatsion taʼlim markazi ochildi
Bugun kunimiz yaxshi yangilik bilan boshlandi. Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida Ozarbayjon Respublikasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan STEAM innovatsion taʼlim markazi ochilish marosimida ishtirok etdim.
Prezidentimiz qarori asosida tashkil etilgan va loyiha qiymati 15 mlrd soʻm boʻlgan ushbu zamonaviy markaz jami 9 ta laboratoriya, uchrashuvlar va boshqaruv xonalaridan iborat.
Bugungi tadbirimiz markazimiz uchun Ozarbayjon Fan va taʼlim vazirligi tomonidan 551 ming AQSh dollari qiymatidagi zamonaviy laboratoriya hamda mebel jihozlari begʻaraz yetkazib berilgani munosabati bilan tashkil etildi.
Markazda mavjud sharoitlar, qolaversa, bugun sovgʻa qilingan jihozlarning taʼlim sohasiga zamonaviy imkoniyatlar, yangiliklar olib kirish uchun ahamiyati katta. Ushbu jihozlar yordamida maktabgacha va boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun oʻyinlashtirilgan oʻquv qurilmalari yordamida kreativ fikrlash qobiliyati rivojlantiriladi, 4 xil turdagi konstruksiyaviy toʻplamlar yordamida oʻquvchilarning robototexnika va IQ darajasi rivojlantiriladi, aviasimulyator laboratoriyasidagi ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash orqali aerodinamika va parvoz nazariyasi hamda dronlar va sunʼiy yoʻldoshlar tuzilishi oʻrgatiladi, virtual laboratoriyada murakkab sohalarni xavfsiz muhitda oʻrganish imkoniyati yaratiladi.
Albatta, sharoitlarni ko'z bilan koʻrgan maʼqul, soha vakillari, qiziquvchilar Markazga kelib sharoitlar bilan tanishishi mumkin.
Yana bir yangilik: 2025-yil iyun oyidan boshlab bosqichma-bosqich yozgi innovatsion oromgoh, iqtidorli maktab oʻquvchilari va oʻqituvchilari uchun “Yashil maskan” festivali, eko tizim uchun foydali startaplar hamda innovatsion ishlanmalar loyihalarini joriy etish rejalashtirilgan.
Fursatdan foydalanib ozarbayjonlik qardoshlarimiz, tadbirimizda faol ishtirok etgan Fan va taʼlim vaziri oʻrinbosari Gasan Gasanliga minnatdorlik bildiraman.

🎯Malaka sinovlarida eng yuqori 100 ballik natijani qoʻlga kiritgan ustozlarimiz safi kengayib bormoqda.
Sinovlar 16-mayga qadar davom etadi, eng yuqori koʻrsatkich qayd etgan ustozlarimizni tabriklab boramiz.