Telegram Web Link
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент вилоятининг Бўстонлиқ туманига ташриф буюриб, “Ренессанс” болалар соғломлаштириш оромгоҳида яратилган шароитлар билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Бостанлыкский район Ташкентской области и ознакомился с условиями, созданными в детском оздоровительном лагере «Ренессанс».

#Mirziyoyev #tanishuv #Toshkentviloyati #oromgoh

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍55👏7💯6🎉4🕊2🏆1🤗1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбари Бўстонлиқ туманидаги замонавий болалар оромгоҳи билан танишди.

Глава государства ознакомился с современным детским лагерем в Бостанлыкском районе.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍57👏13🤗4🤝3🙏2🏆2🎉1🕊1💯1
Bugun “Yangi O‘zbekiston” universitetining ilk bitiruvchilari uchun diplom olish marosimini oʻtkazdik.

Yodimda, 2021-yil hurmatli Prezidentimizning tashabbusi va qarorlari bilan Toshkent shahrida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti tashkil etilgan, ilk talabalarimizni qabul qilib olgan edik.

Oradan 4 yil oʻtib, bugun “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida ilk bitiruvchilarimizga diplom topshirib, katta hayotga kuzatdik. Universitetning Dasturiy ta’minot muhandisligi, Mexanika muhandisligi hamda Kimyo va materialshunoslik muhandisligi yo‘nalishlarida tahsil olgan 129 nafar bitiruvchiga diplomlar topshirildi.
Ayniqsa, top-10 bitiruvchiga diplom va Prezidentimiz sovg‘asi ham topshirilgani hayajonli boʻldi. Ushbu esdalik sovg‘ada eng bilimli 10 nafar bitiruvchi bilan davlat rahbarining surati va imzosi aks etgan.

Universitet jamoasi qisqa davrda xalqimiz va davlatimiz rahbari ishonchini oqlab, katta natijalarga erisha oldi, oliygohning bir qancha yoʻnalishlardagi tajribasi butun mamlakatimiz OTMda tatbiq etilmoqda.

Hozirda universitetning 96 nafar talabasi doimiy ish bilan ta’minlangan. Ular allaqachon Epam Systems, Kiberxavfsizlik markazi, Fan va olimpiadalar markazi, Al-Xorazmiy universiteti, Ucell, MobiUz, Payme, Ipoteka bank, “O‘zsanoatqurilishbank” AJ, “O‘zmilliybank” AJ, “Ipak yo‘li bank” AJ, Biznesni rivojlantirish banki ATB, Korzinka.uz, TBC Bank kabi yirik mahalliy va xalqaro tashkilotlarda ish boshlagan.

Hurmatli bitiruvchilar va ularning ota-onalari, universitet jamoasi, barchangizni yana bir bor tabriklayman. Qadrli bitiruvchilar, bilim va tajribangizni mamlakatimiz ravnaqi yoʻlida sarflab, Prezidentimiz va xalqimiz ishonchini oqlashingizga ishonaman.

@hilola_umarova
👏96👍51🎉11🕊7🤗6🏆4👌2💯2🤔1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli Prezidentimizning o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvi, muloqotlari nihoyatda samimiy ruhda o‘tdi. Ayniqsa yosh muhandis, o‘qituvchi E’zozbek Ozodovning hikoyasi ko‘pchilikni ta’sirlantirdi.

E’zozbek yaqinda “Eng yaxshi muhandis” ko‘rik tanlovida g‘olib bo‘lib, Prezident sovg‘asi – BYD Chazor elektromobili bilan taqdirlangan edi.

Bugun ana shu o‘zbekistonlik yosh bir o‘qituvchimizning tadqiqotlari nafaqat yurtimiz, boshqa mamlakatlarda ham qiziqish uyg‘otmoqda. Keling, qolganini E’zozbekning o‘zidan eshitaylik, mamlakatimizda shunday farzandlarimiz ko‘payishi uchun yanada ko‘proq harakat qilaylik.

@hilola_umarova
👍192👏32🎉11💯10🏆6🕊4👨‍💻4🤗4👌32🤔2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qahramonlar oramizda!

Ba’zan qahramonlarni uzoqdan yoki olis o‘tmishdan izlaymiz. O‘z sohasida fidoyilik bilan ishlayotgan halol, maqsadlari buyuk insonlar atrofimizda ham ko‘pligini, ular bugunning haqiqiy qahramonlari ekanini unutib qo‘yamiz.

Yaqinda Yurtboshimizning o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqotida buxorolik ingliz tili oʻqituvchisi Billura Ikromova faoliyati alohida e’tirof etilib, unga Prezident sovg‘asi – BYD Chazor avtomobili topshirilgan edi.

Billuraning bu yutuqlari ortida hayratlanarli hikoyasi, qiziq hayot yoʻli bor. Tafsilotlarni oldindan aytib qoʻymoqchi emasman. Qolganini yaqinda o‘zingiz tomosha qilasiz.

Filmni yurtimizdagi barcha fidoyi pedagoglar, ilm olish uchun xorijga yo‘l olgan yoshlarimiz, katta orzularga ega ayol-qizlar, ularning yaqinlari ko‘rishini istar edim.

Bu “Najot” loyihasi doirasida tayyorlagan ilk hujjatli-badiiy film. Maqsadimiz: ta’lim, ilm-fan sohasidagi fidoyilarni koʻrsatish, yangi qahramonlarni kashf etish.

Loyiha davom etishi, ayniqsa chekka hududlardagi nomlarni tanitishini istaysizmi? Atrofingizdagi qaysi ustoz, o‘quvchi, olim, umuman ta’lim va ilm-fanga daxldor, uning rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan insonlar loyihada chiqishga munosib, deb o‘ylaysiz? Fikrlaringizni film ostidagi izohlarda qoldiring. Biz uchun har bir taklif, fikr qadrli.

Filmning oflayn va onlayn taqdimoti 27-sentabr kuni boʻlib oʻtadi. Vaqt juda oz qoldi.

Filmni 2 kundan soʻng tomosha qilishingiz mumkin:
https://youtu.be/w2f4UQSGsXw

@hilola_umarova
👍106👏13💯8🎉6🤗3👌2🏆21🤔1🕊1
2025/10/21 10:54:35
Back to Top
HTML Embed Code: