Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев АҚШда меҳнат ва истиқомат қилаётган ватандошларимиз, ушбу мамлакатнинг нуфузли университетларида таҳсил олаётган "Эл-юрт умиди" жамғармаси стипендиатлари билан учрашди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев встретился с соотечественниками, работающими и проживающими в США, а также стипендиатами Фонда «Эл-юрт умиди», обучающимися в ведущих американских университетах.

#Mirziyoyev #tashrif #AQSh #vatandoshlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍118🤗7🕊4🏆1👨‍💻1
Bugun BAA Prezidenti Devonining Ta’lim masalalari bo‘yicha maslahatchisi Luay Jerudi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildik.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlik aloqalari, istiqbolli loyihalar va kelajakdagi rejalar haqida fikr almashildi.

So‘nggi yillarda BAA bilan ta’lim sohasida hamkorliklarimiz samarali tashkil etilmoqda. Misol uchun: xalqaro maktab tashkil etish bo‘yicha hamkorlik, Abu-Dabi ta’lim kolleji bilan pedagoglar malakasini oshirish, Prezident maktablari o‘quvchilarining BAAdagi xalqaro tanlovlarda ishtirok etishi, “Yangi O‘zbekiston” universiteti va Xalifa universiteti o‘rtasida talabalar almashinuvi, “Raqamli avlod qizlari” loyihasida Emirates National School maktabi o‘quvchilarining ishtiroki kabilar shular jumlasidandir.

Uchrashuvda kelishilganidek, kelgusida ikki davlat o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorliklarni yanada kengaytiramiz.

@hilola_umarova
👍87👏13💯5🤝3🏆2👨‍💻1🤗1
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍88🙏6🤗5💯3🏆3
Hurmatli ustoz va murabbiylar!

Siz azizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Bugun yurtimizda ta’lim-tarbiya tizimiga, ustoz va murabbiylarga bo‘lgan e’tibor yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Jamiyatimizda o‘qituvchining o‘rni va ta’siri tobora ortib, maqomi yanada mustahkamlanmoqda. Bu esa Davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning amaliy samarasidir.

Prezidentimizning shu yilning sentabr oyida ustozlar bilan qilgan muloqotida ham siz azizlar uchun yangi imtiyozlar va yangiliklar e'lon qilindi. Bu tarixiy yangiliklar va o‘zgarishlarga esa pedagoglarimiz doimo fidoyilik va yuksak mas’uliyat bilan javob berib kelmoqda.

Aziz pedagoglar!

Sizlar — jamiyatimizning tayanchi, kelajak bunyodkorlari bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalovchi ulug‘ zotlarsiz. Sizning mehringiz va saboqlaringiz tufayli yoshlarimiz barkamol inson, Vatanimizga sadoqatli farzand bo‘lib ulg‘aymoqda.

Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ijodiy yutuqlar, sharafli va mas’uliyatli kasbingizda zafarlar tilayman.

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari
👏152👍39🤗13🙏10🏆9🤝5🎉4👌4💯4🤔2🕊2
Yaqinda Gabala shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan va unda Prezidentimiz bir qancha tashabbuslarni ilgari surgan edi. Davlatimiz rahbari o‘z nutqida ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, 2025-2026-yillarda mamlakatimiz Turkiy universitetlar ittifoqiga raislik qilishini ma’lum qilgandi.

Ayni shu kunlarda poytaxtimiz Toshkent Turkiy davlatlar tashkiloti Turkiy universitetlar Ittifoqi (TÜRKÜNİB)ning 8-Bosh Assambleyasiga mezbonlik qilmoqda.
Unda TDT bosh kotibi Kubanychbek Omuraliyev, Turkiy Akademiya prezidenti, professor Shahin Mustafayev, TÜRKÜNİBga a’zo OTM rahbarlari, 69 ta xorijiy universitetlardan jami 200 nafarga yaqin rektor va prorektorlar ishtirok etdi.

Bugun tadbirda qardosh hamkorlarimiz bilan uchrashdik, hamkorlik masalalarini muhokama qildik.

Assambleyada Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Vengriya va O‘zbekiston vakillari qatnashdi. 

TÜRKÜNİBga yangi universitetlarning a’zolik arizalarini ko‘rib chiqish, almashinuv dasturini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot, innovatsiya jamg‘armasiga oid va boshqa bir qancha ishlarni muhokama qildik.

Ertaga ham tadbirlar davom etadi. Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Qoraxoniylar – Alp Er To‘nga (Afrosiyob) avlodlari: Qoraxoniylar davridagi turkiy va islom olami” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkaziladi.

@hilola_umarova
👍97👏16🎉8🕊3💯2🤔1🏆1
2025/10/21 02:09:26
Back to Top
HTML Embed Code: