Telegram Web Link
Mahr: Hurmat, mas’uliyat va farz amal

Aqdi nikoh boʻlishi bilan mahr berish vojib boʻladi, agar qovushmay turib ajrashadigan boʻlsalar ham.

Berilganda ham, kuyov tomonidan chin qalbdan chiqarib berilishi talab etiladi va mahr kelinning shaxsiy mulki boʻladi. Bu sharʼiy hukm kelinlarni hurmatlash, taqdirlash va erkalashning muhim bir koʻrinishidir.

Mahr berish farz amal hisoblanadi. Hatto shundayki, kelin-kuyov oʻzaro kelishib, ikkimiz ham rozimiz, bu hukmga amal qilmay qoʻyaveramiz, deyishga ham imkonlari yoʻq. Agar bilimsizlik oqibatida yoki boshqa sabablarga koʻra mahr belgilanmay, nikohlanib ketgan boʻlsalar ham, keyin baribir mahr berilishi kerak.

📖 «Baxtiyor oila» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Isteʼmol qilganda tanani, aʼzolarini, asabni va boshqa joylarni boʻshashtiruvchi har qanday narsaning hukmi qanday?

📙 «Baxtiyor oila» kitobidan
Anonymous Quiz
16%
Makruh
11%
Muboh
70%
Harom
4%
Endi bilib olaman
Ota-onaga itoat qilish vojib hisoblanadi. Xotinini taloq qilishda ham ota-onaga itoat qilish vojib boʻladimi?

📙 «Baxtiyor oila» kitobidan
Anonymous Quiz
15%
Vaziyatga qaraladi
70%
Vojib boʻlmaydi
10%
Vojib boʻlib qolaveradi
4%
Endi bilib olaman
Oʻn dirhamdan boshlanadigan hurmat

Alloh azza va jalla mahrni ayol-qizlarning qadrlarini oshirish, ularning oʻz ota-onalari, tugʻilib oʻsgan oilalarini tashlab, yolgʻiz oʻzi boshqa tarafga borib, yangi oila qurishga koʻrsatgan jasoratlarini taqdirlab joriy qilgan. Oʻziga turmush yoʻldoshi boʻlayotgan shaxsdan, hali birga boʻlmasdan turib, maʼlum miqdorda mulkni qabul qilib olgan kelinda oʻziga boʻlgan ehtirom tuygʻulari joʻsh uradi. Ham kelinda, ham uning yaqinlarida kuyovga nisbatan ishonch kuchayadi. Kelajakda kelinning moliyaviy taʼminoti oʻz joyida boʻlishiga nikohda koʻzlari yetadi. Shu boisdan ham, kuyov tarafdan himmatsizlikka yoʻl qoʻyilmasligi uchun mahrning oʻzi belgilab qoʻyilgan. Oʻta oz mahr ila kelinning izzat nafsiga tegmaslik uchun oʻn dirhamdan oz mahr boʻlmasligi shariatda taʼkidlangan.

📖 «Baxtiyor oila» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bir odam begona bolani oʻz nomiga oʻtkazib, uni «oʻz bolam» deyishi munkinmi?

📙 «Baxtiyor oila» kitobidan
Anonymous Quiz
20%
Bu ish makruh
45%
Mumkin
30%
Bu ish harom
5%
Endi bilib olaman
Xotin kishining arz qilib, bir narsa berib, eri bilan ajrashishi nima deb ataladi?

📙 «Baxtiyor oila» kitobidan
Anonymous Quiz
52%
Xuluʼ
18%
Idda
22%
Rajʼat
8%
Endi bilib olaman
Uy jihozlash – kimning bo‘ynida?

Barcha faqihlar kelin tushadigan uyni jihozlash va kelinning sepi kuyovning zimmasida ekaniga ittifoq qilganlar. Er kelin tushadigan uyni ikkovlari yashashlari uchun muvofiq va loyiq ravishda jihozlashi shart. Undagi koʻгра-toʻshak, qozon-tovoq, gilamlar - barcha narsalar kuyov tomonidan olib berilgan kelinning mulki hisoblanadi. Kuyov ulardan oʻz mulki sifatida foydalanishga haqli emas.

Hanafiy mazhabida uy jihozlarini tayyorlash xuddi ayolga nafaqa va kiyim berish kabi erga vojibdir.

«Mahr» deb berilgan narsaning sepga hech aloqasi yoʻq. Chunki mahr sep va jihoz sotib olish uchun emas, kelindan huzurlanish muqobiliga beriladigan narsa.

📖 «Baxtiyor oila» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hadisda ayol eridan uzrli sababsiz taloq qilishni soʻrasa, uni qanday jazo kutishi aytilgan?

📙 «Baxtiyor oila» kitobidan
Anonymous Quiz
27%
Oxiratda xorlik kutadi
50%
Jannatning hidi harom boʻladi
11%
Qabr qattiq azoblanadi
12%
Endi bilib olaman
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Juma muborak!

🟢 Yaqinlaringizga ulashing. 😊

Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mushriklarning birortasiga bir xabar yetganida, ular xafa boʻlganidan, gʻam-alamga toʻlganidan yuzi qorayib ketar edi. Ularni bunday holatga tushishlariga nima sabab boʻlar edi?

📙 «Baxtiyor oila» kitobidan
Anonymous Quiz
79%
Qiz farzandlik boʻlganlari
10%
Oʻgʻil farzandining vafoti
8%
Boʻlajak ayolining zoti pastligi
4%
Endi bilib olaman
Mebel va boshqa kerak narsalarni olgani pulimiz yoʻqligidan begona yurtlarda shu holga tushib yuribman...

Fargʻonada tugʻilib, oʻsib, Moskvaga turmushga chiqqan tatar millatiga mansub ayol oʻsha tarafda umumiy hojatxonada farroshlik qilayotgan ayollarimizdan birini koʻrib, unga achinib, nima uchun bu holga tushib qolganini soʻrabdi. Javob har qanday odamni larzaga soladigan darajada boʻlibdi. «Qizimni turmushga uzatishimiz kerak. Mebel va boshqa kerak narsalarni olgani pulimiz yoʻqligidan begona yurtlarda shu holga tushib yuribman», debdi ayol.

Oʻsha ayolning bu holga tushishiga sabab boʻlgan bosh aybi qiz tugʻib, qiz boqqanidir. Agar onasining bunday holga tushishiga sabab boʻlgan oʻsha farzand qiz emas, oʻgʻil boʻlganida onasi kelin tarafdan «importniy» mebel va choyshab talab qilgan holda uyida gerdayib oʻtirgan boʻlar edi. Agar imkonini topsa, kelin tarafdan oʻgʻliga «mahr» ham talab qilgan boʻlardi.

📖 «Baxtiyor oila» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam gunohlarning eng kattalaridan xabar beradilar. Birini shunchalik koʻp qaytaradilarki, hattoki hadis roviysi sukut saqlasaydilar deb yuboradi. Bu qaysi amal?

📙 «Baxtiyor oila» kitobidan
Anonymous Quiz
27%
Ota-onaga oq boʻlish
36%
Allohga shirk keltirish
34%
Yolgʻon gap
3%
Endi bilib olaman
«Kichik Niso» deb nomlangan surani toping.

📙 «Baxtiyor oila» kitobidan
Anonymous Quiz
21%
Mujodala
45%
Nur
29%
Taloq
6%
Endi bilib olaman
To‘y o‘tadi, hayot esa davom etadi

Hozirgi kuzatishlar natijasiga qaraganda, koʻpchilik ota-onalar farzandlarini oilali qilish maqsadida mol-dunyo va sep yigʻadilar, sovchilik, qudachilik bordi-keldilarini qiladilar va kattaroq toʻy qilish bilan oʻz burchlarini ado etgan boʻlib, erkin nafas oladilar. Ammo eng muhim masalalardan biri boʻlgan narsa - qizlarini kelinlikka, oʻgʻillarini kuyovlikka tayyorlash eslaridan chiqib qoladi. Ming afsuski, koʻpchilik yoshlar goʻshangaga oila, er-xotinlik hayoti, ularning oʻzaro munosabatlari, haq-huquqlari hamda burch va masʼuliyatlari haqidagi dinimiz taʼlimotlaridan bexabar holda kiradilar.

📖 «Baxtiyor oila» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Johiliyatda ota-onalar farzandiga koʻziga ko‘ringan narsaning ismini qo‘yishgan. Hunayn gʻazotida Nabiy alayhissalom Hunayn gʻazotida ismi «Gʻurob» boʻlgan sahobiyning ismini oʻzgartirganlar. Sahobiy ismining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
33%
Tezak
15%
It
44%
Qargʻa
8%
Endi bilib olaman
«Soʻng onasining onasi, agar yuqorilasa ham. Keyin otasining onasi, ota-ona bir opasi, ona bir opasi, ota bir opasi. Soʻngra shu tartibda xolasi va ammasi. Ular hur boʻlish shartlari ila». Gap nima haqida ketmoqda?

📙 «Baxtiyor oila» kitobidan
Anonymous Quiz
32%
Bolani qaramoqqa olish tartibi
36%
Nikohi vaqtincha harom boʻlganlar
27%
Merosga haqdorlar
5%
Endi bilib olaman
Muslima ayol – oila ichra baraka va tarbiyaning kaliti

Oilaning bekasi boʻlganidan keyin, uning ichki ishlarining hammasi oʻsha bekaning qoʻlida, ixtiyorida boʻladi. Oilaning iqtisodi bekaning tejamkorligiga, oʻziga ishonib topshirilgan tirikchilik vositalariga xiyonat qilmasligiga va isrof qilmasligiga bogʻliq boʻladi. Eng ulkan masʼuliyatlardan biri esa farzandni tugʻib, chiroyli boqish, yetuk inson qilib tarbiyalashdir. Bu masʼuliyatni muslima ayollar doimo sharaf bilan ado etib kelganlar. Xulosa qilib aytilganda, muslima ayolning oiladagi masʼuliyati beqiyosdir. Erning ishlari muvaffaqiyatli boʻlishida ayolning tutadigan oʻrnini hech kim inkor qila olmaydi. «Erni er qiladigan ham xotin, yer qiladigan ham xotin» deb bejiz aytilmagan. Gap har bir muslima ayol oʻz masʼuliyatini toʻla tushunib yetishida qolgan, xolos.

📖 «Baxtiyor oila» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yaqin erkak qarindoshlar nima deyiladi?

📙 «Baxtiyor oila» kitobidan
Anonymous Quiz
28%
Asaba
51%
Valiy
12%
Ashira
8%
Endi bilib olaman
Niso surasida «Alloh sizlarga (hayot) tirgagi qilib qoʻygan» deb taʼriflangan narsa nima?

📙 «Baxtiyor oila» kitobidan
Anonymous Quiz
64%
Jufti halol
9%
Mol-mulk
24%
Namoz
2%
Endi bilib olaman
Oila kichik bir jamiyat

Oila hayotida boshliq vazifasini er ado etishini bugungi kunda barcha xalqlar bir ovozdan tasdiqlamoqdalar.

Islomda erning oiladagi bu rahbarligiga «masʼuliyat» deb qaraladi. Lekin «oila boshligʻi» degani baʼzilar xayol qilganidek oilaning boshqa aʼzolariga jabr-zulm oʻtkazish, «aytganim-aytgan, deganim-degan» yoʻsinida «hokimi mutlaq» boʻlish emas. Balki bu erning oʻz oilasining hamma tarafdan barkamol boʻlib, saodatli, tinch-omon yashashiga oila boshligʻi sifatida masʼul boʻlishidir.

Oila kichik bir jamiyat. Uning rahbari erkakdir. Binobarin, oilaning saodatli boʻlishining shartlaridan biri erga itoatdir.

📖 «Baxtiyor oila» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/08 09:09:06
Back to Top
HTML Embed Code: