Telegram Web Link
Besh tashabbus paralimpiadasi"ning saralash o’yinlariga start berildi

Ayni paytda Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan "Besh tashabbus paralimpiadasi" sport musobaqalariga rasman start berildi.

Jarayonlar Xo’jaobod tumanida joylashgan 17-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatida bo’lib o’tmoqda.

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#2yil2mlntaqdir

17-oktyabr – Butun jahon kambag‘allikka qarshi kurashish kuni

🧠 “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatilmoqda.

Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Pattakesar mahallasida yashovchi fuqarolar hayotida ijobiy o‘zgarishlar davom etmoqda.

🖋 Mahalladagi ijtimoiy ahvoli og‘ir oilalar holati o‘rganilib, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ularga turli yo‘nalishlarda moddiy yordam ajratildi.

Sanavar Turapova va Aysanam Durdiyeva oilalariga dori-darmon, ta’mirlash ishlari, kiyim-kechak, oziq-ovqat hamda kommunal to‘lovlar uchun jami 12 million 315 ming so‘m miqdorida yordam ko‘rsatildi.

Bundan tashqari, mahalla hududida foydalanilmay yotgan issiqxona mahalla ijtimoiy xodimi taklifi va “mahalla yettiligi” kelishuvi asosida ushbu oilalarga topshirildi.

↗️ Foydalanilmay turgan issiqxona esa ushbu oilalarga berilib, hozirda ular unda bodring yetishtirib, o‘z daromadini topmoqda.

Bu — saxovat va mehnatning samarasidir!

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Telegram-kanalida AUDIO-CHAT!

👮‍♂️ Ekspert — BEXZODBEK ABDUHAKIMOV — Nogironligi bo‘lgan shaxslarning funksionalligini baholash boshqarmasi bosh mutaxassisi

😲 Mavzu: NOGIRONLIKNI BELGILASHNING RAQAMLASHTIRILGAN TIZIMI

🎙 Suhbat davomida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:

Nega yangi tartib joriy qilindi va avvalgi tizimdagi muammolar nimalardan iborat edi?
Elektron tizim qanday ishlaydi va fuqarolar qanday bosqichlardan o‘tadi?
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va oila shifokorlarining roli qanday?
Qaysi kasalliklar bo‘yicha majburiy davolanish talabi bekor qilindi?
Nogironlikni muddatsiz belgilash mezonlari qanday soddalashtirildi?
Raqamlashtirish korrupsiyani qanday kamaytiradi?

🖋 Agar sizda shu mavzuga oid savollar bo‘lsa, oldindan @IHMA_savollar manziliga yozib yuborasiz — savollaringizga efirda javob beriladi!

🖋 17-oktabr kuni
😲 soat 17:00 da

💿 Barchani ushbu qiziqarli muloqotda kutamiz!

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishsiz qolgan, mehnat jarayonida kasallik yoki nogironlikka chalingan odamlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kafolatlarini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’tgan haftaning eng muhim voqealari sharhi: Ijtimoiy dayjest

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sevimli TV | Ayollar muruvvat uyidagi xotin-qizlar oila muhitida yashashmoqda

Andijon viloyatining Izboskan tumanida joylashgan “Chuama” nogironligi bo’lgan ayollar uchun internat uyida amalga oshirilayotgan ishlar lavhasi.

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijon axboroti | bitiruvchi talabalar Imkoniyatlar olami markazi faoliyati bilan tanishdilar.

ʼʼIHMА Stajyorʼʼ dasturi bo‘yicha ijtimoiy ish yo’nalijshidagi bitiruvchi talabalar bilan Andijon shaharda joylashgan Imkoniyatlar olami markazida uchrashuv o’tazildi.


📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy himoya tizimidagi xodimlarning bilim va malakasi oshirilmoqda!

20-24-oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish” bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda "tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar bilan ishlash" mavzularida Andijon viloyatida o’quv-seminari o’tkazilmoqda.

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Media loyiha - Insonlar bilan bir kun

Ehtiyojmand shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirildi.

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yordam ko‘rsatish tartiblari yangilandi. Endilikda jamg‘armaning oziq-ovqat, kiyim-kechak, ko‘mir va boshqa yoqilg‘i mahsulotlari kabi 3 turdagi yordamlari elektron savdo orqali taqdim etiladi.

Shuningdek, davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplash tartibi ham soddalashtirildi. Endi jarrohlik amaliyoti va davolanish uchun 20 mln 600 ming so‘mgacha (eng kam ish haqining 50 baravari) yordam ko‘rsatiladi.

Bu yordamlar kambag‘al oilalar reyestrida bo‘lgan yoki daromadi past oilalar uchun mo‘ljallangan.
Yordam olish uchun fuqarolar o‘z mahallasidagi ijtimoiy xodimga murojaat qilishlari lozim.

Ushbu videoda mazkur xizmatdan foydalangan ehtiyojmand shaxs bilan suhbat o’tkazildi.

Batafsil videolavhada…

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Irodali inson uchun nogironlik to‘siq emas
 
Batafsil:
Hayot bu sinov maydoni — kimlargadir u yengil, kimlargadir og‘ir kechadi. Ammo bir haqiqat borki, chinakam irodali inson uchun hech qanday to‘siq yo‘q. Nogironlik ham bunga istisno emas. Hayotning og‘ir sinovlari insonni sinmay, aksincha, yanada kuchli, sabrli va qat’iyatli qiladi. Bugun jamiyatimizda nogironlik imkoniyatlar chegarasi sifatida emas, balki inson irodasining kuchini namoyon etuvchi sinov sifatida qaralmoqda.

Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning hayot sifatini yaxshilash borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. 2023-yil 1-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorati tizimini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon imzolandi. Ushbu farmon asosida zaif ijtimoiy qatlamlar — nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar va parvarishga muhtoj insonlar uchun yangi ijtimoiy xizmatlar tizimi joriy etildi. Shuningdek, 2023-yil 15-oktabrdan boshlab tajriba tariqasida 28 ta tuman va shaharda ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil qilinib, ularning faoliyati doirasida “Ijtimoiy himoya milliy agentligi” ish boshladi. Agentlikning asosiy maqsadi — O‘zbekistonda yagona, shaffof va samarali ijtimoiy himoya tizimini yaratish hamda aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashdir. Agentlik 8 ta yo‘nalishda faoliyat yuritadi: nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar va oilalarni ijtimoiy himoya qilish, keksalar va yolg‘iz fuqarolarga yordam ko‘rsatish, reabilitatsiya va ijtimoiy xizmatlar tashkil etish, moddiy yordam va nafaqalar bilan ishlash, monitoring va tahlil, hamda jamoatchilik va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik shular jumlasidandir. Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan insonlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ularning ta’lim olishiga, kasb egallashiga, mehnat faoliyatida ishtirok etishiga, shuningdek, transport, infratuzilma va axborot-kommunikatsiya sohalarida qulay sharoitlar yaratish — davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bularning barchasi “Hech kim e’tibordan chetda qolmasin” tamoyili asosida amalga oshirilmoqda. Chunki nogironligi bo‘lgan insonlar jamiyatning ajralmas qismi, ularning faolligi va o‘ziga ishonchi ijtimoiy taraqqiyot ko‘rsatkichidir.

Nogironlik bu nuqson emas, balki inson irodasining kuchini ko‘rsatuvchi hayotiy sinovdir. Irodali inson bu sinovdan qo‘rqmaydi — u undan o‘tadi, boshqalarga ham kuch, umid va hayotga muhabbat ulashadi. Shunday ekan, keling, biz ham ularni qo‘llab-quvvatlaylik, mehr va e’tibor beraylik. Unutmaylik: “Nogironlik to‘siq emas — irodasizlik to‘siqdir.”


Andijon davlat universitetining Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti
102-guruh 1-kurs talabasi
Jamshidbek Adashaliyev maqolasi

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi qurilish-ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi

Viloyatimizning Jalaquduq tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari holati va markaz faoliyatiga e’tibor qaratildi.

Bunda markazda olib borilayotgan qayta ta’mirlash ishlari, ehtiyojmand shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, xodimlar faoliyati ko‘rib chiqildi. Mas’ul xodimlarga kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Aholiga xizmat ko‘rsatish borasida faollikni oshirish ta’kidlandi.

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tahlil
Kunduzgi parvarish guruhlari: oilalar farovonligi va bolalar rivoji sari yangi bosqich

Bu kabi yangi ijtimoiy xizmatlar doirasida oilalarning mehnat bozorida faol ishtirok etishiga to‘sqinlik qilayotgan omillar bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda. Ayniqsa, farzand parvarishi tufayli ishlay olmayotgan ota-onalar uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Tahliliy ma’lumotlarga ko’ra, 424 nafar bola kunduzgi parvarish guruhlariga qabul qilingach, ularga qarab uyda qolishga majbur bo‘lgan ota-onalar ishga chiqib, daromad topish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu — bolalar va oilalar hayotida yangi imkoniyatlar eshigini ochgan haqiqiy ijtimoiy yutuq.

Natijada, 116 ta oila daromadi oshdi, 69 ta oila esa kambag‘allikdan chiqishga erishildi.


🤝 Kunduzgi parvarish guruhlarini tashkil etgan 206 nafar tadbirkorga jami 6 milliard so‘m subsidiya ajratilgan.

🇺🇿 Hududlar kesimida tahlil shuni ko‘rsatadiki, Andijon (448 nafar), Samarqand (417 nafar) va Surxondaryo (348 nafar) viloyatlari kunduzgi parvarish guruhlariga jalb qilingan bolalar soni bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
So‘zdurki, nishon berur o‘lukka jondin,
So‘zdurki, berur jong‘a xabar jonondin,
Insonni so‘z ayladi judo xayvondin,
Bilkim guhari sharifroq yo‘q ondin.

Alisher Navoiy

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Endi tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazida benefitsiarlarga kasb-hunar ham o‘rgatiladi

Ayollarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda ularning jamiyatdagi faolligini oshirish maqsadida reabilitatsiya markazlarida kasb-hunarga o‘qitish tizimli yo‘lga qo‘yilgan.

Bugungi kunda ushbu markazlarda psixologik yordam bilan bir qatorda ayollar turli kasb-hunarlarni o’zlashtirmoqda.

Xususan, viloyatimizdagi reabilitatsiya markazida 7 ta yo‘nalish bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitish va ayollarni daromad topish tizimiga jalb etish ishlari izchil yo‘lga qo‘yilgan.

Batafsil ma’lumot ushbu videolavhada taqdim etiladi…


📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"IHMА Stajyor" dasturi asosida talabalarning amaliyot jarayoni

Joriy o‘quv yilidan boshlab mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining “ijtimoiy ish”, “psixologiya” hamda “yurisprudensiya” yo‘nalishida tahsil olayotgan bitiruvchi bosqich talabalari uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

Xususan, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tashkilotlarda malaka oshirish va ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash jarayonlari yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan “IHMA ish tajribasi” loyihasi bir qator maqsadlarni ko‘zda tutadi.

Jumladan, talabalar tomonidan oliy ta’lim muassasalarida o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda mustahkamlash, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, Agentlik tizimi uchun malakali kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Loyihada ishtirok etish istagini bildirgan talabalar belgilangan tartibda suhbatdan o‘tkazilib, saralab olinadi. Ular Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi turli tashkilotlarda stajirovka o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bugungi kunda esa dasturi bo‘yicha suhbat bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan 38 nafar talabalar tuman (shahar) "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari xodimlariga biriktirildi.

talabalar hozirda joylardagi markazlarda amaliy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirmoqdalar.


📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/21 22:50:25
Back to Top
HTML Embed Code: