Telegram Web Link
Ijtimoiy soha muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari o‘rganildi

Andijon viloyati boshqarma boshlig‘ining topshirig‘iga asosan, hududlarda joylashgan ijtimoiy soha muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi hamda mavjud binolarda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari holati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida, Paxtaobod tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari tomonidan hududdagi 18-sonli KTIMTT, “Mehr dargohi” nomli Kunduzgi parvarishlash guruhlari binosi hamda Kunduzgi qatnov asosida faoliyat yurituvchi qarab turish xizmati muassasalarida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.


Tashrif davomida muassasalarning moddiy-texnik bazasi, isitish tizimlari, yotoqxona va ovqatlanish xonalari, o‘quv hamda parvarish bo‘limlarining sanitariya-gigiyena holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, xavfsizlik va qulaylik darajasini yanada yaxshilash yuzasidan masʼul xodimlarga tegishli tavsiyalar berildi.

Ushbu o‘rganishlar ijtimoiy soha muassasalarida fuqarolarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatini oshirish, kuz-qish mavsumida barqaror faoliyat yuritishni ta’minlash hamda tizimda samaradorlikni yanada kuchaytirishga qaratilgan.


📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan ijtimoiy himoya tizimidagi maxsus maktab-internatlar jamoalaridan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan maxsus maktab xodimlarining rag‘batlantirish pullarining pedagog xodimlarga berilishi shart deb topilmagan bo‘lib, to‘lovlar muassasalarning ichki moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Ma’lum qilamizki, Prezident qaroriga muvofiq rag‘batlantirish pullari asosan umumta’lim muassasalariga berilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, umumta’lim muassasalarida maxsus maktab-internatlar singari 100 foizlik har oylik ustama mavjud emas, shu jihat inobatga olingan holda umumta’lim muassasalarida qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari berilishi belgilangan.

Maxsus maktab-internatlar esa ijtimoiy himoya tizimiga qarashli bo‘lib, ularning moliyaviy mablag‘lari har bir muassasaning o‘z byudjeti va ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib shakllanadi. Shu sababli, rag‘batlantirish pullari berilishi yoki miqdori muassasaning moliyaviy holatiga bog‘liq bo‘ladi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi jamoatchilikni xabardor qiladi: barcha maxsus maktab-internatlar bo‘yicha hisob-kitob jarayonlari moliya organlari bilan tasdiqlangan tartibda amalga oshirilmoqda.

Agar ushbu masala bo‘yicha qo‘shimcha savollar mavjud bo‘lsa, quyidagi ishonch raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:

Inklyuziv ta’lim masalalari bo‘yicha: +998 93 441 16 87
Moliya va xo‘jalik masalalari bo‘yicha: +998 99 928 83 55

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Andijonda 5 ta “Ilk rivojlanish” markazlari to‘liq ish faoliyatini boshladi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan “Ilk rivojlanish markazlari to‘g‘risidaʼʼgi nizom tasdiqlandi. Mazkur nizom maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan, shuningdek, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

Ilk rivojlanish markazlari — davlat tomonidan moliyalashtiriladigan, bo‘sh turgan davlat obyektlarida tashkil etiladigan maktabgacha ta’limning muqobil shaklidir.

🖋 Markazlar faoliyati ikki model asosida yo‘lga qo‘yilgan:

1. “O‘yin guruhi” modeli — 3–6 yoshli bolalar uchun 3,5–4 soatlik qisqa muddatli guruhlarni o‘z ichiga oladi (25–30 nafar bola). Guruhlarning 50 % gacha inklyuziv shaklda tashkil etilishi mumkin. Ushbu model faqat maktabgacha yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan bo‘lib, maktab o‘quvchilari qatnashmaydi;

2. “Maxsus maktabgacha ta’lim xizmati” modeli — 2–7 yoshli alohida ehtiyojli bolalar bilan maxsus pedagoglarning xonadonlarda individual ishlash shaklini nazarda tutadi. Har bir pedagog bir kunda 6 tagacha xonadonga tashrif buyuradi.


Maxsus pedagoglar har bir bola uchun individual dastur tuzadi, 40 daqiqa davomida ta’lim olib boradi va 20 daqiqa davomida ota-onaga maslahat beradi. Qabul jarayoni psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi hamda ota-onaning arizasiga asosan amalga oshiriladi.

Markazlarning asosiy maqsadi — maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan, ayniqsa “Kambag‘al oilalar reyestri”da qayd etilgan oilalar farzandlariga sifatli ta’lim-tarbiya xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat.


📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
240 nafar alohida ta’lim va parvarishga ehtiyoji bo’lgan bolalarga tibbiy xulosalar berilmoqda

Hozirda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tasarrufidagi “Imkoniyatlar olami” markazida navbatdagi Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya ko‘rigi o’tkazilmoqda.


📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида маҳалла тизимидаги ислоҳотларни янги босқичга олиб чиқиш ҳамда жойларда ишларни самарали ташкил этиш масалалари юзасидан ўтказилган видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада

Facebook|Instagram|X
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida ularning hayotini yaxshilashga qaratilgan “Eng yaxshi ijtimoiy loyiha” respublika tanlovini E’LON QILADI

Tanlovning maqsadi — Nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida ularning hayotini yaxshilashga qaratilgan eng yaxshi ijtimoiy loyihalarni rag‘batlantirib borish.

Tanlov ishtirokchilari —Nogironligi bo‘lgan shaxslar.

Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar
:

1. Namunaviy shaklda ariza
2. Tanlov ishtirokchisi tomonidan amalga oshirilgan eng samarali bitta loyihaning batafsil tasnifi (taqdimot).
3. Loyihani samarali amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.

Tanlov ishtirokchilaridan hujjatlarni qabul qilish muddatlari — 2025 yil 15-oktyabrdan 2025-yil 15-noyabr kuniga qadar.

G‘oliblarni mukofotlash tartibi
1-o‘rin uchun - BHMning 100 baravari,
2-o‘rin uchun - BHMning 70 baravari,
3-o‘rin uchun - BHMning 50 baravari.

Tanlov ishtirokchisi tomonidan hujjatlar yuboriladigan manzillar [email protected]
Telefon raqam —71-239-59-24

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rossiya federatsiyasida ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar Vatanga qaytarildi

Kuni kecha, Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk shahridan uch nafar voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarolari Andijon shahriga olib kelindi.

Bolalar Marhamat tumanida joylashgan "Beg‘ubor" nomli oilaviy bolalar uyiga joylashtirildi. Chet davlatdan olib kelingan bolalarning holati hozirda yaxshi, tegishli xodimlar tomonidan ularga zarur bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatib borilmoqda.

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ehtiyojmand aholini yoqilg‘i energetikasi bo‘yicha qo‘llab -quvvatlash chora tadbirlari asosida 17 aholiga 293 million so‘m kompensatsiya ajratildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2025 yil 2-apreldagi qaroriga muvofiq, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" va "Kambag‘al oilalar reyestri"ga kiritilgan, shuningdek, moddiy ahvoli bo‘yicha kam ta’minlangan oilalar mezonlariga to‘g‘ri keluvchi 17 ming 26 ta oilaga joriy yilning sentyabr oyida elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farqni kompensatsiya qilib berish uchun budjetdan jami 293,1 millon so‘m to‘lab berildi.

Jumladan, elektr energiyasi bo‘yicha 16 ming 961 ta oilaga 286,1 million so‘m va tabiiy gaz bo‘yicha 101 ta oilaga 7,0 million so‘m to‘lab berildi.

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adaptiv sport faoliyatlari bo‘yicha viloyatlar o‘rtasida Andijon 3-o‘rinda ketmoqda

Xabaringiz bor, Nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan muntazam shug‘ullanishini yo‘lga qo‘yish, sport inshootlarini nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish va ularga zarur shart-sharoitlarni yaratish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish maqsadida mamlakatimizda Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi tashkil etilgan.

Bugungi kunda viloyatimiz bo‘ylab jami 16 xil turdagi Adaptiv sport turlari bor bo‘lib, unda 1000 dan oshiq parasportchilar mashg‘ulot o‘tab kelmoqdalar.

Qolaversa, adaptiv sport turlari faoliyati bo’yicha hududlar kesimida 51 ball ko’rsatgich bilan Andijon viloyati 3-o’rinda ketmoqda. Bugungi kunga kelib mazkur sport turi bo’yicha mashg’ulot olib borayotgan parasportchilar soni viloyatimiz bo’ylab 1149 nafarni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i To‘lanov Akmal Muhammadumarovich bir vaqtining o‘zida, jamoatchilik asosida O‘zbekiston  Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i hisoblanadi.

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ertaga Besh tashabbus paralimpiadasi"ning saralash o’yinlariga start beriladi

"Besh tashabbus paralimpiadasi" ommaviy sport musobaqalarining Paralimpiyada doirasida mahallalardagi nogironligi bo‘lgan yoshlar o’rtasida saralsh o‘yinlari o‘tkaziladi.

Musobaqa Xo’jaobod tumanida joylashgan 17-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatida o’tkaziladi

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijon TV | Dolzarb mavzu

Ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi chora-tadbirlar va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mutaxassislar bilan suhbat o‘tkazildi.

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/22 17:43:49
Back to Top
HTML Embed Code: