Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Voleybol musobaqasining yarim final va final bosqichlari yakunlandi
Bugun voleybol bo‘yicha musobaqaning yarim final va final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda jami 6 ta jamoa o‘zaro kuch sinashdi va natijada faxrli o‘rin egalari quyidagicha aniqlandi:
Mazkur sport musobaqasi nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, balki ijtimoiy muassasalar hamkorligini mustahkamlash va jamoatchilikda do‘stona muhitni kuchaytirishga xizmat qildi.
—
📝 IHMA_Andijonviloyati

1️⃣ - o‘rin — “Bo‘taqora” nogironligi bo‘lgan erkaklar uchun internat uyi jamoasi;2️⃣ - o‘rin — Baliqchi tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi jamoasi;3️⃣ - o‘rin — Xo‘jaobod tuman ʼʼInsonʼʼ ijtimoiy xizmatlar markazi jamoasi.
Mazkur sport musobaqasi nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, balki ijtimoiy muassasalar hamkorligini mustahkamlash va jamoatchilikda do‘stona muhitni kuchaytirishga xizmat qildi.
—
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim bitiruvchilari uchun yangi imkoniyatlar
Joriy o‘quv yilidan boshlab mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining “ijtimoiy ish”, “psixologiya” hamda “yurisprudensiya” yo‘nalishida tahsil olayotgan bitiruvchi bosqich talabalari uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
Xususan, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tashkilotlarda malaka oshirish va ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash jarayonlari yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan “IHMA ish tajribasi” loyihasi bir qator maqsadlarni ko‘zda tutadi.
Jumladan, talabalar tomonidan oliy ta’lim muassasalarida o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda mustahkamlash, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, Agentlik tizimi uchun malakali kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Loyihada ishtirok etish istagini bildirgan talabalar belgilangan tartibda suhbatdan o‘tkazilib, saralab olinadi. Ular Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi turli tashkilotlarda stajirovka o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Malaka o’tash jarayonida o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatgan yosh mutaxassislar esa keyinchalik ishga qabul qilinish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bugun mazkur loyiha doirasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasida suhbat bosqichi tashkil etildi. Jarayon davomida stajirovka tanlovini o‘tkazish va uning tashkiliy jihatlarini belgilash bo‘yicha maxsus komissiya tomonidan talabgorlarning bilim darajasi, salohiyati va kasbiy intilishlari atroflicha baholandi.

Ijtimoiy xodim – jamiyatning ezgu maqsadli fidoiysi!
Ijtimoiy xodim – bu nafaqat mahalla yettiligining bir a’zosi, balki har bir oila, har bir inson taqdiriga befarq bo‘lmagan, jamiyatning haqiqiy tayanchi hisoblanadi. Ular insonparvarlik va g‘amxo‘rlik tuyg‘ularini kasb sifatida emas, balki hayotiy vazifa sifatida qabul qiladi. Shuning uchun ham ijtimoiy xodimlar og‘ir vaziyatga tushgan fuqarolar hayotiga nur kabi yorug‘lik olib kirishda, ularning qalbiga ishonch va umid bag‘ishlashda muhim o‘rin tutadi.
Shu bois, men ijtimoiy xodim sifatida o‘z kasbimdan faxrlanaman. Chunki og‘irini yengil qilish, qiynalgan insonga qo‘l uzatish, uning hayotiga nur va shodlik kiritish – bu nafaqat kasbiy burch, balki insonparvarlik yo‘lidagi ezgu vazifadir.
Andijon shahar Maorif mahallasi Ijtimoiy xodimi - Usmonov Alisher

Men ijtimoiy xodim sifatida o‘z oldimga katta va mas’uliyatli vazifani qo‘yganman: har bir fuqaroning oilasiga kirib, ularning dardu tashvishlarini faol tinglash, og‘riqlarini yengillashtirish, shu bilan birga davlatimiz rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, qaror va farmoyishlarning mazmun-mohiyatini ularga yetkazish. Zero, ko‘pgina fuqarolar qiyinchilikka duch kelgan bir paytda qayerga borishni, muammolarini qanday hal qilishni bilmay qolishi mumkin. Ana shunday vaziyatda ijtimoiy xodim yo‘l ko‘rsatuvchi, ko‘mak beruvchi va najoqkor xodim sifatida namoyon bo‘ladi.
Biz tanlagan kasb mashaqqatli, lekin savobli kasbdir. Zero, jamiyatdan chetda qolgan, o‘z qobiqqa o‘ralgan, ertangi kuniga ishonchi so‘nggan insonni qo‘llab-quvvatlab, unga jamiyatga kerakli shaxs ekanligini his ettirish ijtimoiy xodimning eng oliy vazifasi hisoblanadi.
Masalan, to‘rt devor orasida qolib, na bahorda gullagan daraxtlarni, na quyoshning zarrin nurlarini ko‘ra olmay, oyoqlari yurmagani uchun o‘tgan-ketgan insonlarga havas bilan boqib, orzu-havaslarini qalbiga yashirib qo‘ygan bir bolakayga Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan nogironlik aravachasi taqdim etildi. Bu bolakay uchun bu nafaqat kutilmagan sovg‘a, balki yangi hayot boshlanishi bo‘ldi. Endi u o‘z oyoqlari bilan bo‘lmasa-da, mustaqil ravishda ta’limga borishi, do‘stlar orttirishi, tabiat qo‘ynida sayr qilish imkoniyatiga ega.
Bu kabi misollar ijtimoiy xodimlarning mehnatini, Ijtimoiy himoya milliy agentligining ezgu maqsadlarini yorqin namoyon etadi. Biz uchun eng katta mukofot – bu insonlarning ko‘zlaridagi minnatdorlik, qalbida qayta jonlangan umid va quvonchdir.
Shu bois, men ijtimoiy xodim sifatida o‘z kasbimdan faxrlanaman. Chunki og‘irini yengil qilish, qiynalgan insonga qo‘l uzatish, uning hayotiga nur va shodlik kiritish – bu nafaqat kasbiy burch, balki insonparvarlik yo‘lidagi ezgu vazifadir.
Andijon shahar Maorif mahallasi Ijtimoiy xodimi - Usmonov Alisher
—
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Olloyorov Mansurbek Polvonzoda
ICT Week Uzbekistan 2025 doirasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi “Fuqarolarga eng qulay xizmat ko‘rsatayotgan tashkilot” sifatida e’tirof etildi.
Bu yutuq — aholiga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, ularni yanada qulay va ochiq qilish yo‘lida amalga oshirilgan izchil islohotlarning natijasidir.
So‘nggi yillarda Agentlik tomonidan amalga oshirilgan ishlar:
✅ “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi ishga tushirilib, unda 30 dan ortiq modullar yaratildi.
✅ “Elektron hukumat” tizimining idoralararo platformasi orqali 20 ga yaqin vazirlik va idoralarning 70 turdagi ma’lumotlari integratsiya qilindi.
✅ 80 dan ortiq ijtimoiy xizmat raqamlashtirildi, shundan 30 dan ortig‘i to‘liq elektron ko‘rinishga o‘tdi.
✅ 2025-yilda my.gov.uz portalidagi xizmatlardan fuqarolar 7 million martadan ortiq foydalandi.
✅ Sun’iy intellekt texnologiyalari tatbiq qilinib, Call-markazda robot-operator sinov tariqasida ish boshladi.
Bu e’tirof — butun jamoamizning mehnati va aholiga xizmat ko‘rsatishda yangi standartlarni joriy etishga bo‘lgan intilishimizning isboti.
Bizning asosiy maqsadimiz — ijtimoiy himoya xizmatlarini har bir fuqaro uchun yanada qulay, tezkor va samarali qilishdir.
Telegram | Х
Facebook | Instagram

“Imkoniyatlar olami” — orzular ro‘yobga chiqadigan makon!
Erkinboyeva Hilolaning onasi “Imkoniyatlar olami” haqida mahalla ijtimoiy xodimi orqali xabar topdi va shu kundan boshlab, markqzga qatnay boshladi.
Dastlabki bosqichlarda Hilolaqiz harakatlanishda qiynalardi,oyoqqa turib yurishga qodir emasdi.
Ikkinchi bosqichning yarmidayoq sezilarli o’zgarishlar bo’ldi.Bugungi kunga kelib,Hilolaqiz bir necha qadam yurib, o‘z harakatlarida sezilarli yutuqlarga erishmoqda.
IHMA_Andijonviloyati