Telegram Web Link
Yangi qadam — yangi imkoniyatlar: inklyuziv ta’lim va ota-onalarni qo‘llab-quvvatlash borasida seminar tadbiri boʻlib oʻtdi

Asaka va Marhamat tumanlari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari psixologlari hamkorligida inklyuziv ta’limga qamrab olingan bolalarning ota-onalari uchun o‘quv-trening tashkil etildi. Mazkur tadbir Marhamat tumanidagi “Ziyo maskani” kutubxonasida o‘tkazildi.

Trening davomida inklyuziv ta’lim tizimida tahsil olayotgan bolalarni psixologik qo‘llab-quvvatlash, ularning ichki salohiyatini ochish hamda jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyasini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ishtirokchilar uchun interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etilib, ular orqali bolalarda va ularning ota-onalarida o‘ziga ishonch, to‘g‘ri muloqot hamda jamoada faol bo‘lish ko‘nikmalari rivojlantirildi.


📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqlarda Xo‘jabod tumanidagi 17-sonli eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan maxsus maktab-internat rahbariyati, xususan, muassasa direktori va xo‘jalik ishlari bo‘yicha mas’ul xodimlar faoliyatida qonunbuzarliklar mavjudligi hamda maktabning tovar-moddiy boyliklari talon-toroj qilinayotgani haqida murojaat yo’llangan edi.

Tarqalgan ma’lumotlar yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida muassasada mavjud tovar-moddiy boyliklar hisob-kitobi, ularning saqlanishi, xo‘jalik xarajatlari va moliyaviy hujjatlar batafsil tahlil qilindi. Natijada murojaatda keltirilgan iddaolar o‘z tasdig‘ini topmadi. Maktab-internatda tovar-moddiy boyliklarning talon-toroj qilinishi yoki ularni noqonuniy ishlatish holatlari aniqlanmadi.

Shuningdek, muassasa rahbariyati va xo‘jalik ishlari bo‘yicha mas’ul xodimlar o‘z vazifalarini amaldagi qonunchilik hamda ichki nizom talablariga muvofiq bajarayotganini ma’lum qilamiz.

Shu munosabat bilan, Xo‘jabod tumanidagi 17-sonli eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maxsus maktab-internat faoliyatiga doir tarqatilgan ma’lumotlar asossiz ekanini ma’lum qilamiz va bu haqida barcha ma’lumotlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasida mavjud.


📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MY5 TV | Ulug‘nor tumanida imkoniyati cheklangan bolalar uchun ijtimoiy va pedagogik qo‘llab-quvvatlash tadbiri o‘tkazildi

Tadbir bolalarning o‘ziga ishonchini oshirish, ijtimoiy faolligini kuchaytirish va ota-onalar bilan samarali hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan mavzular bo’yicha tashkil etildi.


📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Talabalarning amaliyot jarayoni: ʼʼIHMА Stajyorʼʼ dasturidagi tashkiliy tartib shakllantirildi

ʼʼIHMА Stajyorʼʼ dasturi bo‘yicha Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan, suhbat bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan 38 nafar talabalar tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari xodimlariga biriktirildi.

Stajirovka jarayoni boshlanish sanasi, o‘tkazilish joyi va amaliyotni o‘zlashtirish natijalarini baholash tartibi bo‘yicha talabalarga batafsil ko‘rsatmalar berildi.


📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Andijonda “Inklyuziv va maxsus ta’lim” ilmiy-amaliy anjumani va mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, pedagogik kadrlarning kasbiy mahoratini oshirish hamda inklyuziv ta’lim sohasidagi ilmiy-amaliy tajribalarni ommalashtirish maqsadida Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Andijon davlat pedagogika instituti hamkorligida “Inklyuziv va maxsus ta’lim” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman va mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Mazkur anjumanning asosiy maqsadi — ta’lim tizimida inklyuzivlik tamoyillarini yanada chuqur joriy etish, imkoniyati cheklangan bolalar uchun teng ta’lim imkoniyatlarini yaratish, shuningdek, o‘qituvchilar va mutaxassislar o‘rtasida ilmiy-amaliy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

@Akmal_Tulanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ZO’R TV | Imkoniyati cheklangan bolalar hayotga moslashtirilmoqda

Marhamat tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining psixologlar jamoasi tomonidan nogironligi bo’lgan o’quvchi bolalarning ota-onalari uchun o’quv-seminari tashkil etildi.

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Andijonda “Inklyuziv va maxsus ta’lim” ilmiy-amaliy anjumani va mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Batafsil ma’lumot


📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

Andijon viloyatida nogironligi bo‘lgan shaxslarni funksionalligini baholash yo‘nalishida joriy 2025-yil boshidan Sentyabr oyiga qadar amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axborot

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun Atigi 90 000 so‘mga ingliz tili kurslari!

Ha, adashmadingiz — 90 ming so‘m!

15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar endi orzusi bo‘lgan ingliz tilini arzon va sifatli o‘rganish imkoniga ega!

Ro‘yxatdan o‘ting va ilk natijani birinchi darsdanoq his eting: Havola

+998555000074

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Gabala shahrida o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Andijonlik parasportchi Temurbek G’iyozov Jahon chempioni!

Hindistonning Nyu-Deli shahrida para yengil atletika bo‘yicha o‘tayotgan Jahon chempionatida yurtdoshimiz Temurbek Giyozov balandlikka sakrash (T64) yo‘nalishida 2.03 metr natija bilan oltin medal sohibi bo‘ldi!

Bu natija orqali 29 yoshli sportchimiz nafaqat o‘zining shaxsiy rekordini yangiladi, balki O‘zbekiston hisobiga beshinchi oltin medalni ham qo‘shdi.

Jahon chempionati natijalari (T64, erkaklar o‘rtasida balandlikka sakrash):
Temurbek Giyozov (O‘zbekiston) — 2.03 m
Jonatan Brum Edvards (Buyuk Britaniya) — 2.00 m
Pravin Kumar (Hindiston) — 2.00 m


📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/23 09:24:04
Back to Top
HTML Embed Code: