Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MY5 TV | Yangi qadam - yangi imkoniyatlar

Andijon viloyatining Ulug‘nor tumanidagi 1-umumta’lim maktabida inklyuziv ta’lim doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha lavha


📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Andijon shahar "Qalandarxona" mahallasida yashovchi fuqarolar tomonidan qilingan murojaatga munosabat

Kuni kecha Viloyatimizning Andijon shahar hududida joylashgan "Qalandarxona" mahallasida istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolar tomonidan o‘z mahallasida ijtimoiy xodim yo‘qligi, ijtimoiy masalalar hal etishi mahalla aholisi qiynalayotgani haqida bildirib murojaat yo‘llangan.

Holat bo‘yicha quyidagilarni bildiramiz.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi Andijon shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 22-hudud (Qalandarxona MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim ushbu lavozimga 2024-yil 20-sentyabr kuni ishga qabul qilingan.

Ijtimoiy xodim 2025-yil 23-iyul kunidan Homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga (mehnatga layoqatsiz) chiqarilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2024-yil 31-may kungi 314-Qaroriga asosan xodim Homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga (mehnatga layoqatsiz) chiqarilganda xodimning ish haqi va lavozimi 126 (bir yuz yigirma olti kun) davomida saqlanadi va o‘rniga yangi xodim olish mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan.

Agentlikning 2023-yil 29-dekabr kungi 115-son buyrug‘ida "Inson" markazlari xodimlari hamda ijtimoiy xodimlar faoliyati to‘g‘risida nizom va lavozim yo‘riqnomalari tasdiqlangan. Ushbu lavozim yo‘riqnomasiga asosan, agar ijtimoiy xodim mehnat ta’tilida, o‘z hisobidan ta’til yoki mehnatga layoqatsiz bo‘lgan davrda uning vazifalarini bajarish mahallaga yondosh bo‘lgan mahalla ijtimoiy xodimiga yuklatish belgilangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Qalandarxona mahallasiga yondosh bo‘lgan mahalla ijtimoiy xodimi 22-hudud (Kengash MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimga murojaat qilishingiz ma’lum qilinadi.

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muhtoj fuqarolarga yordam – ijtimoiy xodimning insoniy burchi

Kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimning asosiy maqsadi – og‘ir ahvolga tushgan hamda bunday holatga tushish ehtimoli yuqori bo‘lgan muhtoj fuqarolarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishini ta’minlash, shuningdek, davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy yordam va xizmatlardan foydalanishiga ko‘maklashishdan iborat.

Hozirda, men faoliyat yuritayotgan “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inida 5 684 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan:
• 200 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar;
• 28 nafar bolalikdan nogironligi bo‘lgan bolalar;
• 2 nafar chin yetim bola;
• 17 nafar yolg‘iz keksalar va parvarishga muhtoj nogironligi boʻlgan shaxslar;
• 15 nafar vasiylikka olingan bolalar,
• 8 nafar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollar aniqlangan.

Ularning har biri uchun keys menejdment tizimi asosida ish yuritilib, ijtimoiy xizmatlar biriktirilgan, zarur yordamlar ko‘rsatilgan hamda ijtimoiylashtirish choralari amalga oshirilgan. Shuningdek, mahalla yettiligi bilan hamkorlikda referal xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan.

Masalan, faoliyatimni ilk davrida yolg‘iz ona 2-guruh nogironi D.Alimova bir nafar voyaga yetmagan farzandi bor. 2022-yilda toʻsatdan tizza-bo‘g‘im surunkali yallig‘lanish tashxisi ʼʼosteoporozʼʼ xastaligi bilan harakatlanishi cheklangan. Doimiy tarzda o‘zgalar parvarishiga muhtojligi hamda uy xo‘jaligini mustaqil yurita olmasligi, shu bilan birgalikda farzandi onasini parvarish qilishi maqsadida maktabni muntazam qoldirayotgani kabi masalalar o‘rganish natijasida aniqlangan.

Bu holatda oilaga ʼʼcaseʼʼ ochilib ijtimoiylashtirish maqsadida ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatish rejasi tuzildi. Individual rejaga muvofiq o‘zgalar parvarishiga muhtoj deb e’tirof etilib, ijtimoiy assistent ijtimoiy maishiy xizmat ko‘rsatish uchun, shu bilan bir qatorda, “Faol hayotga qadam” dasturiga asosan tibbiy-reabilitatsiya boʻyicha xizmat ko‘rsatish uchun tibbiy xodimlar biriktirildi.

Kam ta’minlangan oilalarning bolalari uchun nafaqa tayinlandi, oilaviy poliklinika xodimlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi, imtiyozli dori-darmon bilan ta’minlandi, nogironlik belgilandi, oziq-ovqat mahsuloti va gigiyena tovarlari uchun moddiy yordam tayinlandi.

Harakatlanishini faollashtirish hamda jamiyatga qo‘shilishiga ko‘maklashish maqsadida reabilitatsiya mahsuloti bilan ta’minlandi, farzandi majburiy ta’limni o‘z vaqtida olishi ta’minlandi, referal xizmat tariqasida yoshlar tomonidan fuqarolik pasporti (ID karta) olib berildi.

Hududda har bir og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushish ehtimoli yuqori bo‘lgan oilalar bilan keng miqyosda o‘rganilib, ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatish shu tariqada amalga oshirilib kelinmoqda.


Tanlagan kasbim savobli, mas’uliyatli va mashaqqatli bo‘lsa-da, u insoniy qadriyatlarga tayanadi. Jamiyatdan umidini yo‘qotgan, qo‘llab-quvvatlashga muhtoj shaxslarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini tiklash, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga yordam berish – ijtimoiy xodimning eng muhim burchidir.

Shu bois, men o‘z kasbimdan faxrlanaman. Chunki insonlarga yordam berish, ularning hayotiga nur va shodlik kiritish – nafaqat kasbiy burchim, balki insoniylik yo‘lidagi ezgu vazifamdir.


Andijon Shahar “Istiqlol” mahallasi- Ijtimoiy xodimi
Qambarova Gulsanam Abdulxafizovna.


📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Viloyatimizdagi 12-sonli yordamchi maktab-internatida 600 million so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi

Andijon viloyatidagi 12-sonli yordamchi maxsus maktab-internatida qariyb 600 million so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi. Ushbu ishlar doirasida ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib o‘quvchilarga yanada qulay va xavfsiz sharoitlar yaratildi.

Ta’mirlash ishlari doirasida sinf xonalari, oshxona hamda sanitariya-gigiyena obyektlari zamonaviy talablarga muvofiq yangilandi. Binoning issiqlik tizimi, elektr tarmoqlari qayta ta’mirlandi.

Nogironligi bo‘lgan o‘quvchi bolalar uchun maxsus panduslar, tutqichlar va harakatlanishni osonlashtiruvchi moslamalar o‘rnatildi. Mazkur yangilanishlar o‘quvchilarning ta’lim olish, tarbiya va reabilitatsiya jarayonlarini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Energiya tejamkorlik – har bir xonadonda muhim odat bo‘lishi kerak!

Muzlatkichni gaz plitasi yoki isitish radiatori yoniga o‘rnatmang! Bu nafaqat muzlatkichning ishlash samaradorligini pasaytiradi, balki elektr energiyasi sarfini 20–30% gacha oshiradi.

Energiyani tejash — bu nafaqat mablag‘ni iqtisod qilish, balki tabiatni muhofaza qilish hamdir!

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Qizimga" 2.0 media loyihasi davom etadi

“Qizimga” media loyihasi ilk bor 2024-yilda, 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan ishga tushirilgan edi. Ushbu tashabbus jamiyat tomonidan juda iliq kutib olindi va yaqinda Red Jolbors Festivalda INTERNATIONAL nominatsiyasida xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi.

Bu tashabbus orqali biz otalarga o‘z qizlariga mehr, ishonch va qo‘llab-quvvatlash so‘zlarini aytish uchun maydon yaratdik; qizlar esa otalaridan eng kerakli so‘zlarni eshita oldilar. Aslida, loyiha otalarga ham o‘z his-tuyg‘ularini ochiq ifoda etib, mehrni so‘z bilan bildirishga ruhlandi.

“Qizimga” — bu oddiy kampaniya emas. Bu loyiha jamiyat ongida chuqur oʻzgarishlarni boshladi: biz ko‘p yillar davomida shakllangan ijtimoiy me’yorlarni buzib, ota-qiz o‘rtasidagi samimiy muloqot madaniyatini qayta tikladik.

Endi biz “Qizimga” loyihasining ikkinchi mavsumini boshlayapmiz!

Har bir ota, ona, aka-uka yoki opa-singilni ushbu tashabbusga qo‘shilishiga chorlaymiz — qizlarga o‘z maktubingizni, mehr va ishonch so‘zlaringizni @qizimga_bot orqali yuborishingiz mumkin.

Biz ishonamizki, 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni endi an’anaviy Otalardan qizlariga yozilgan maktublar kuniga aylanadi. Har bir qiz bola shu kuni o‘zini muhim, sevimli va eng yaxshisiga loyiq ekanini his etsin

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Telegram-kanalida AUDIO-CHAT!

👮‍♂️ Ekspert — Dilnoza Husanova, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi

😲 Mavzu: "Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar himoyasi: yangicha yondashuvlar"

🎙 Suhbat davomida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
Bolalarni oilaviy muhitda tarbiyalashni ta’minlash bo‘yicha yangi mexanizmlar
Vasiylik va homiylik tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari
Oilaviy bolalar uylarini tashkil etish
Psixologik va ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini kuchaytirish bo‘yicha amaliy ishlar

🖋 Agar sizda shu mavzuga oid savollar bo‘lsa, oldindan @IHMA_savollar manziliga yozib yuborasiz — savollaringizga efirda javob beriladi!

🖋 10-oktabr kuni
😲 soat 16:00 da

💿 Barchani ushbu qiziqarli muloqotda kutamiz!

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijon axboroti | Raqamlashtirilgan tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimining joriy etilishi oʻz samarasini koʻrsatmoqda

Viloyatimizdagi “Imkoniyatlar olami” markazi to‘liq raqamlashtirilgan xizmat ko‘rsatish tizimiga o‘tdi. Ushbu yangilik orqali jarayonlarda shaffoflik, tezkorlik va fuqarolarga ko‘rsatiladigan xizmat sifati yanada oshirildi. Raqamli boshqaruv — bu inson manfaatiga xizmat qiluvchi zamonaviy, ochiq va adolatli tizim sari tashlangan muhim qadamdir.


📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Viloyat Reabilitatsiya markazida maxsus jihozlangan sport maydonchasi tashkil etildi

Bugungi kunda jamiyatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot sifatini yaxshilash, ularning jismoniy faolligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda mazkur reabilitatsiya markazida nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun maxsus jihozlangan sport maydonchasi tashkil etildi.

Mazkur maydoncha nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini olib borishlari hamda jamiyatda faol bo‘lishlarini ta’minlashga xizmat qiladi. Maydonchada turli darajadagi jismoniy imkoniyatlarga ega fuqarolar uchun moslashtirilgan sport jihozlari o‘rnatilgan.

Zamonaviy sharoitlar: Sport maydonchasida nogironlar aravachalarida harakatlanish uchun qulay panduslar, maxsus qoplamali yo‘laklar, tutqichlar va xavfsizlik belgilari bilan jihozlangan. Shuningdek, maydonchadagi trenajyorlar nogironligi bo‘lgan insonlarning sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini qulay va xavfsiz tarzda o‘tkazishlari uchun mo‘ljallangan.

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vazirlar Mahkamasining 587-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi

Vazirlar Mahkamasining 587-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida nogironlikni belgilashning yangi tartiblarini amaliyotga joriy etish yuzasidan shahar va tumanlardagi sog‘liqni saqlash bo‘limlari, oilaviy shifokorlar hamda tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyalari a’zolari ishtirokida amaliy o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminar davomida nogironlikni belgilashning yangi tartiblari, ehtiyojmand shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar tizimi hamda bu boradagi o‘zgarishlar yuzasidan mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.


📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/23 04:49:38
Back to Top
HTML Embed Code: