Telegram Web Link
Ijtimoiy ish yo‘nalishdagi bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Ijtimoiy xizmatlar sohasini rivojlantirish, aholiga professional tarzda yondashuvlar bilan xizmatlarni ko‘rsatish, bunda esa xodimlarning bilim salohiyatlari va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, ayniqsa oliy ta’lim dargohlaridagi ijtimoiy ish yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talaba yoshlarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazib ularning amaliyotdagi ko‘nikmalarini dastlabki bosqichlardan boshlab faol va mustahkam ravishda o‘rgatib borish harakatlari asosida bugun, Andijon davlat universitetining ijtimoiy ish (faoliyatining turli sohalari) yo‘nalishlarida o‘quvchi bir guruh talabalar bilan imkoniyatlar olami markazida uchrashuv o‘tkazildi.

Bunda talabalarga mazkur yangi ochilgan “Imkoniyatlar olami” markazi faoliyati yaqindan tanishtirildi.

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Viloyatimizdagi 13-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 860 million so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi

Andijon viloyatidagi 13-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida qariyb 860 million so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi. Ushbu ishlar doirasida ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib o‘quvchilarga yanada qulay va xavfsiz sharoitlar yaratildi.

Ta’mirlash ishlari doirasida sinf xonalari, oshxona hamda sanitariya-gigiyena obyektlari zamonaviy talablarga muvofiq yangilandi. Binoning issiqlik tizimi, elektr tarmoqlari qayta ta’mirlandi. O’quvchilar uchun maxsus xojatxona qurildi.

Nogironligi bo‘lgan o‘quvchi bolalar uchun maxsus panduslar, tutqichlar va harakatlanishni osonlashtiruvchi moslamalar o‘rnatildi. Mazkur yangilanishlar o‘quvchilarning ta’lim olish, tarbiya va reabilitatsiya jarayonlarini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mehr va e’tibor — ijtimoiy himoyaning asosiy yo‘nalishi

Bugungi kunda jamiyatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning hayot sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan amaliy ishlar natijasida ko‘plab oilalar va bolalar hayotida ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda.

Bu ishlarda mening ham hissam qo‘shilib shu yo‘lda harakat qilayotganimdan mamnulik ila ish yuritaman. Mahalladagi ish faoliyatimdan so‘z yuritsam, uzoq yillar davomida to‘rt devor ichida qolib, ijtimoiy hayot tarzidan chetda bo‘lib qolgan fuqaroga nogironlik aravachasi taqdim etdim. Bu xizmatim unchalik ham katta o‘ringa ega emas bo‘lib tuyilishi mumkin.

Aslida ham shunday lekin, Endilikda u inson quyosh nurlaridan bahramand bo‘lib, tengdoshlari qatori sayr qilmoqda, hayotga bo‘lgan ishonchi va mehr-muhabbati ortmoqda. Bu natija esa mening nazdimda katta bir ishdek. Chunki bir inson hayotining yaxshilanishida sababchi bo‘lganim menga beqiyos kuch beradi.

Shuningdek, ota-ona qaramog‘idan erta ayrilgan ikki yosh fuqarolarim uchun ham qonuniy vasiy tayinlab berdim. Yigitlar va ularni qaramog‘iga olgan oila nafaqat bolalarning g‘amxo‘ri, balki mahalladagi barchaga o‘rnak bo‘lib xizmat qilayotgan sog‘lom muhitdagi oila bo‘lishdi. Mahallamizda istiqomat qiluvchi yana bir fuqaroning kasb-hunar o‘rganishida hissam qo‘shildi. Endi u o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ydi, nogironligi bo‘lgan farzandini esa para-sportning qilichbozlik turi bilan yo‘naltirdim. Bu oilaning ijtimoiy moslashuvi va farovonlikka erishishida muhim qadam bo‘ldi.

Mahallamizda jami 5824 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Ulardan 116 nafari nogironligi bo‘lgan shaxslar, 7 nafari esa yolg‘iz va yolg‘iz yashovchi fuqarolardir. Yil boshida bu ko‘rsatkich 10 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, ularning uch nafari farzandlari va yaqinlari bilan aloqalarni tiklab, yolg‘izlar ro‘yxatidan chiqarildi.

Mahallamdagi 38 nafar ehtiyojmand shaxslarga Reabilitatsiya qilishning texnik vositalari va protez mahsulotlari yetkazib berildi.

Ijtimoiy himoya tizimi ya’ni, biz ijtimoiy xodimlar tomonidan ko‘rsatilayotgan bu kabi e’tibor va g‘amxo‘rlik inson qadri yuksak turadigan jamiyat sari tashlangan muhim qadam deb aytsam mubolag‘a bo‘lmaydi.


Andijon shahar "O’zbegim" mahallasining kompleks ijtimoiy xizmat ko’rsatuvchi xodimi — Madaminova Muniraxon

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bir oilaning hayotida o‘zgarish yasash — mening kasbiy baxtim

Men — Joʻrayeva Nilufar Qambarali qizi Andijon viloyati Jalaquduq tumani “Jalaquduq” mahallasida faoliyat yuritayotgan kompleks xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimman. Ish faoliyatim davomida mazkur mahallada yashovchi og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan Shermatovlar oilasi bilan yaqindan tanishdim.

Batafsil:
O‘rganishlarim natijasida ushbu oila yosh oila bo‘lib, ikki nafar farzand bilan yaqinda yangi uyga ko‘chib kirgan. Ularning yashash sharoiti o‘rta darajada. Oila boshlig‘i — Shermatov Ahmadillo xususiy tashkilotda rasmiy band bo‘lsa-da, oylik maoshining kamligi sabab, qo‘shimcha tarzda mavsumiy ishlar bilan ham shug‘ullanib turadi.

Turmush o‘rtog‘i — Shermatova Odina esa farzand tarbiyasi bilan band. U ayni paytda 2015-yilda tug‘ilgan, bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi Shomurotov Omadbekni doimiy parvarishlab keladi. O‘rganish davomida ushbu ayolning o‘zini band qilish va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lish imkoniyati yo‘qligini, farzandi esa doimiy ravishda uyda parvarishlanayotganini aniqladim.

Shundan so‘ng, ushbu oila holatini hisobga olgan holda, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori — “Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarning ta’lim olishini tashkil etish va ularni reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga asosan, farzandining hujjatlarini Pedagogik-tibbiy-psixologik komissiya (PTPK) ga tayyorlab, ariza topshirish jarayonida amaliy yordam ko‘rsatdim.

Natijada, bola PTPK xulosasiga muvofiq Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Muruvvat” uyi qoshida tashkil etilgan ʼʼKunduzgi g‘amxo‘rlik guruhi”ga jalb qilindi. Farzandi Omadbekni onasi har kuni muntazam tarzda muassasaga olib borishni yo‘lga qo‘ydi.

Dastlab oila bilan ishlash biroz murakkab kechdi. Biroq men, ijtimoiy xodim sifatida, onaga farzandini muassasaga yuborishning foydasini to‘g‘ri tushuntirishga harakat qildim. Ya’ni, bu orqali u boshqa farzandiga ham ko‘proq vaqt ajrata olishi, hatto o‘zi ham mehnat bilan band bo‘lishi mumkinligini tushuntirdim.

Shunday qilib, bola muassasaga jalb qilindi. Oradan vaqt o‘tib, farzandining o‘zi kabi bolalar orasida bo‘lib yuziga tabassum yugurgani, ijtimoiy muhitga kirishayotgani ota-onasini nihoyatda quvontirdi.

Shuningdek, 2025-yil 3-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 41-sonli qarori — “Nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga asosan, ushbu bola Jalaquduq tumani Tuyalas mahallasida tashkil etilgan “Kunduzgi parvarish guruhi”ga PTPK xulosasi orqali qabul qilindi.

Hozirgi kunda bola mazkur muassasaga muntazam qatnab kelmoqda. Ota-onalari davlatimiz rahbari va tegishli tashkilotlar rahbarlaridan cheksiz minnatdorliklarini bildirib, farzandlarining hayotga bo‘lgan qiziqishi va quvonchi ortayotganini faxr bilan ta’kidlashmoqda.

Bugungi kunda Shermatovlar oilasi kichik tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, penablok ishlab chiqarish ishlarini boshlashgan. Oila asta-sekin kambag‘allikdan farovon hayot sari dadil qadam tashlamoqda.

Men, ijtimoiy xodim sifatida bu oila hayotiga biroz bo‘lsa-da yorug‘lik va ishonch olib kira olganimdan, kasbimga bo‘lgan fidoiyligimdan faxr tuydim. Chunki har bir oila taqdiri ortida insoniy quvonch, farzand baxti va jamiyat e’tibori mujassamdir.


Ijtimoiy xodimlar maqolasi


@Akmal_Tulanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijon axboroti | Inklyuziv taʼlim – barcha uchun teng imkoniyatlar zamini borasida amaliy seminar oʻtkazildi

Taʼlim tizimida teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan “Inklyuziv va maxsus taʼlim” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar davomida o‘qituvchilarning malakasi, metodik yondashuv va pedagogik innovatsiyalar muhokama qilindi. Tadbir jarayonlari viloyat teleefirida yoritildi


📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/22 21:01:13
Back to Top
HTML Embed Code: