Telegram Web Link
14-ixtisoslashtirilgan maktab-internatda ta’mirlash ishlari ko’zdan kechirildi

Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari 14-ixtisoslashtirilgan maktab-internatda amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari bilan joyida o’rganish olib bordi.

Nazorat davomida o‘quv binosi, yotoqxona, oshxona va sport zali qismlarida olib borilayotgan ishlar, shuningdek, isitish tizimi va ichki kommunikatsiyalarni modernizatsiya qilish jarayonlari o‘rganildi. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun qulay harakatlanish muhitini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar hamda muhim vazifalar belgilandi.

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayollar muruvvat uyi xotin-qizlarning ko‘pchiligini hayotga qaytarmoqda, oilasiga qaytmoqda

Andijon viloyatining Izboskan tumanida joylashgan “Chuama” nogironligi bo’lgan ayollar uchun internat uyida amalga oshirilayotgan ishlar lavhasi.

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ehtiyojmand hamda daromadi kam boʻlgan oilalar bilan ishlar olib borildi

Asaka tumanida og‘ir ijtimoiy vaziyatdagi va daromadi kam boʻlgan oilalar bilan kompleks ishlar tashkil etildi. Mazkur ishlar doirasida ehtiyojmand shaxslar o‘rtasidagi mavjud muammolar aniqlanib, ularni hal etish choralari belgilandi.

Shuningdek, “Kambag‘al oilalar reyestri” ro‘yxatida turuvchi fuqarolar bilan ham ishlar olib borilib, ularga zarur bo’lgan amaliy yordam ko‘rsatildi. Har bir holat joyida o‘rganilib, ehtiyojlar bo‘yicha yechimlar belgilandi.

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’tgan haftaning eng muhim voqealari sharhi: Ijtimoiy dayjest

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qiymati 720 million so‘mlik kasb-hunarga o‘qitish markazi tashkil etildi

Xo‘jaobod tumanida joylashgan 17-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati qoshida maktab o‘quvchilari uchun kasb-hunarga o‘qitish markazi o‘z ish faoliyatini boshladi.

Davlat xususiy sheriklik asosida tashkil qilingan ushbu markazda malakali mutaxassislar tomonidan 3 yo‘nalishda o‘quvchilariga kasb o‘rgatiladi.

Jumladan, eshik va rom tayyorlash, mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish hamda tikuv ishlari dual ta’lim shaklida olib boriladi.

Bu harakatlar nogironligi bo‘lgan yoshlarga ta’lim-tarbiya berish bilan bir qatorda ularning maktab davridan keyingi hayotlarida o‘z kasblari, bilimlari bilan mehnat bozorida mustaqil daromad topa olish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dukchi eshon mahallasi “Taraqqiyot” MFY fuqarolari tomonidan yo‘llangan murojaatda mazkur mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyatiga oid ayrim e’tirozlar bildirilgani sababli, holat Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasining tegishli mas’ullari tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish jarayonida mazkur xodim hozirgi kunda Oliy ta’limning sirtqi ta’lim shaklida o’qiyotganligi, uning o‘qish jarayoni ish faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi yuzasidan zarur ruxsatnomalar va hujjatlar qonuniy tarzda rasmiylashtirilganligi ma’lum qilamiz.

Shuningdek, xodimaning xizmat vazifalarini bajarish tartibi, mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlikda olib borilayotgan ijtimoiy ishlar tahlil qilinib, uning faoliyati belgilangan me’yorlar asosida yo‘lga qo‘yilganligi qayd etildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan e’tirozlar yuzasidan xodimga o‘z faoliyatini yanada takomillashtirish, aholining murojaatlariga tezkor javob berish va mahalla bilan samarali muloqotni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.


📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Medialoyiha

Bir daqiqa - ijtimoiy xodimlar faoliyatiga nazar

Mazkur media loyihada ijtimoiy xodimlarning fidokorona mehnatlari, Ularning umumiy ko‘rsatkichlari atigi bir daqiqalik videolavha ichida aks ettirib boriladi.

Loyihaning navbatdagi sonida Ulug’nor tumani "mingchinor" mahallasining ijtimoiy xodimi bo‘ldi.

Mahalla bo‘yicha ko‘rsatkichlar:
• Aholi: 3280 nafar
• Xonadonlar: 745 ta
• Oilalar: 909 ta
• Nogironligi bo‘lgan shaxslar: 55 nafar

Ijtimoiy yordam va qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatgichlari:
• Texnik vositalar va protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta’minlanganlar: 23 nafar
• Ochilgan keyslar: 30 ta
Ijobiy yakunlangan: 27 ta
Jarayondagi keyslar: 3 ta


Xulosa oʻrnida taʼkidlash joizki, mahalla yettiligining uzviy hamkorligi ijtimoiy xizmatlarning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi va har bir fuqaroga o‘z vaqtida professional ijtimoiy xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Andijon nafasi" teleko‘rsatuvi orqali inklyuziv ta'lim mavzusida suhbat

Bu galgi jonli efir dasturida inklyuziv ta'limni rivojlantirish yo‘nalishidagi yangiliklar va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mutaxassislar bilan suhbat o'tkazildi.

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Abubakir — tashxisi gemiparez va nutqiy rivojlanishdan orqada “Imkoniyatlar olami”ga atigi 1 hafta davomida qatnashiga qaramay, unda ilk ijobiy o‘zgarishlar sezilmoqda.

Har bir kichik qadam — katta yutuqlarga eltuvchi yo‘l!

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Para triatlon bo‘yicha Osiyo chempionatida Oltinko‘llik sportchimiz bronza medalini qo‘lga kiritdi!

Yaponiyaning Chiba shahrida para triatlon bo‘yicha “Asia Triathlon Para Championship and Para Cup Chiba City” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Andijon viloyati Oltinko‘l tumani Ijtimoyat mahallasi paraolimpiya sportchisi Baxtiyor Murtazoyev yakkalik dasturida ishtirok etib, musobaqani 1 soat 8 daqiqa 33 soniya natija bilan yakunladi. U faxrli uchinchi o‘rinni egallab, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi jamoasi nomidan Baxtiyor Murtazoyevni erishgan yutug‘i bilan chin dildan tabriklaymiz!
Yurtimiz sharafini yuksaltirish yo‘lidagi mehnatingiz bardavom bo‘lsin! Sizga kelgusidagi xalqaro musobaqalarda ham yangi g‘alabalar va yutuqlar tilaymiz!


📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy soha muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari o‘rganildi

Andijon viloyati boshqarma boshlig‘ining topshirig‘iga asosan, hududlarda joylashgan ijtimoiy soha muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi hamda mavjud binolarda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari holati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida, Paxtaobod tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari tomonidan hududdagi 18-sonli KTIMTT, “Mehr dargohi” nomli Kunduzgi parvarishlash guruhlari binosi hamda Kunduzgi qatnov asosida faoliyat yurituvchi qarab turish xizmati muassasalarida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.


Tashrif davomida muassasalarning moddiy-texnik bazasi, isitish tizimlari, yotoqxona va ovqatlanish xonalari, o‘quv hamda parvarish bo‘limlarining sanitariya-gigiyena holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, xavfsizlik va qulaylik darajasini yanada yaxshilash yuzasidan masʼul xodimlarga tegishli tavsiyalar berildi.

Ushbu o‘rganishlar ijtimoiy soha muassasalarida fuqarolarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatini oshirish, kuz-qish mavsumida barqaror faoliyat yuritishni ta’minlash hamda tizimda samaradorlikni yanada kuchaytirishga qaratilgan.


📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan ijtimoiy himoya tizimidagi maxsus maktab-internatlar jamoalaridan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan maxsus maktab xodimlarining rag‘batlantirish pullarining pedagog xodimlarga berilishi shart deb topilmagan bo‘lib, to‘lovlar muassasalarning ichki moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Ma’lum qilamizki, Prezident qaroriga muvofiq rag‘batlantirish pullari asosan umumta’lim muassasalariga berilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, umumta’lim muassasalarida maxsus maktab-internatlar singari 100 foizlik har oylik ustama mavjud emas, shu jihat inobatga olingan holda umumta’lim muassasalarida qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari berilishi belgilangan.

Maxsus maktab-internatlar esa ijtimoiy himoya tizimiga qarashli bo‘lib, ularning moliyaviy mablag‘lari har bir muassasaning o‘z byudjeti va ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib shakllanadi. Shu sababli, rag‘batlantirish pullari berilishi yoki miqdori muassasaning moliyaviy holatiga bog‘liq bo‘ladi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi jamoatchilikni xabardor qiladi: barcha maxsus maktab-internatlar bo‘yicha hisob-kitob jarayonlari moliya organlari bilan tasdiqlangan tartibda amalga oshirilmoqda.

Agar ushbu masala bo‘yicha qo‘shimcha savollar mavjud bo‘lsa, quyidagi ishonch raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:

Inklyuziv ta’lim masalalari bo‘yicha: +998 93 441 16 87
Moliya va xo‘jalik masalalari bo‘yicha: +998 99 928 83 55

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Andijonda 5 ta “Ilk rivojlanish” markazlari to‘liq ish faoliyatini boshladi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan “Ilk rivojlanish markazlari to‘g‘risidaʼʼgi nizom tasdiqlandi. Mazkur nizom maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan, shuningdek, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

Ilk rivojlanish markazlari — davlat tomonidan moliyalashtiriladigan, bo‘sh turgan davlat obyektlarida tashkil etiladigan maktabgacha ta’limning muqobil shaklidir.

🖋 Markazlar faoliyati ikki model asosida yo‘lga qo‘yilgan:

1. “O‘yin guruhi” modeli — 3–6 yoshli bolalar uchun 3,5–4 soatlik qisqa muddatli guruhlarni o‘z ichiga oladi (25–30 nafar bola). Guruhlarning 50 % gacha inklyuziv shaklda tashkil etilishi mumkin. Ushbu model faqat maktabgacha yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan bo‘lib, maktab o‘quvchilari qatnashmaydi;

2. “Maxsus maktabgacha ta’lim xizmati” modeli — 2–7 yoshli alohida ehtiyojli bolalar bilan maxsus pedagoglarning xonadonlarda individual ishlash shaklini nazarda tutadi. Har bir pedagog bir kunda 6 tagacha xonadonga tashrif buyuradi.


Maxsus pedagoglar har bir bola uchun individual dastur tuzadi, 40 daqiqa davomida ta’lim olib boradi va 20 daqiqa davomida ota-onaga maslahat beradi. Qabul jarayoni psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi hamda ota-onaning arizasiga asosan amalga oshiriladi.

Markazlarning asosiy maqsadi — maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan, ayniqsa “Kambag‘al oilalar reyestri”da qayd etilgan oilalar farzandlariga sifatli ta’lim-tarbiya xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat.


📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/21 22:50:38
Back to Top
HTML Embed Code: