Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥14👏3👍1
#insayt

Yaxshi jamoa - eng katta raqobatbardoshlik
.

@IbrahimGulyamov
19💯8🔥4
Iltimos. hech kimga aytmang!

New Yorkdagi Tompkins maydoni yaqinidagi avliyo Mark mavzesida qizil g‘ishtlik eski uylar va do‘konlar orasida kichik oshxona bor. U yerda xot-dogning 17 xil turini tayyorlashadi. Ammo gap xot-doglar haqida emas.

Oshxona ichiga kirib olachipor dasturxonlar-u, xot-dog yeyayotgan xo‘randalardan ko‘zingizni uzib, yaxshilab kuzatsangiz burchakda yog‘och telefon butkasini ko‘rasiz. U Klark Kent kiyimini Supermenga o‘zgartirish uchun shoshib kirib ketadigan butkaga juda o‘xshaydi.

Butka ichida barmoq bilan aylantirib teriladigan telefon apparati bor. Kirib qiziqishga 2 raqamiga barmog‘ingizni tiqib soat strelkasi bo‘ylab oxirgacha aylantirib qo‘yib yuboring va go‘shakka quloq soling.

"Salom, joy buyurtma qilganmidingiz?" Joy? Qanaqa joy? xot-dogxona ichidagi telefon butkasidanmi? Ammo birozdan so‘ng butkaning orqa devori surilib "maxfiy barga eshik ochiladi. Bu bar "Iltimos, hech kimga aytmang" deb nomlanadi.

Juda qiziq to‘g‘rimi? Bu bar 2007-yilda ochilgan bo‘lsa-da aqldan ozgandek o‘zini reklama qilmaydi, rang-barang saytlar, bannerlar ilmaydi. Hatto hech kimga borligi haqida og‘iz ham ochmaydi. Lekin ochilganidan beri New Yorkdagi eng ko‘p so‘ralgan qahvaxona bo‘lib kelgan.

Buning siri nimada? Buning siri insonlarga gapirishlari uchun mavzu yaratib berishda.

Insonlar do‘stlari, qarindoshlari, hamkasblari oldida gap ochilganda doim hech kim bilmaydigan, hammaga qiziq nimadir aytishni xohlaydi. Har doim e’tibor markazida bo‘lishni, qiziq odam bo‘lishni xohlaydi. Shunchaki insonlarga o‘zlari xohlagan narsalarini bering, bir tiyin sarflamasangiz ham o‘zlari siz haqingizda tinmay gapirishdi.

Xo‘sh sizning yo‘nalishingizda qanday mana shunaqa uslublar qilsa bo‘ladi? Izohlarda yozib keting!

Shu va shunga o‘xshash juda ko‘p marketing, sotuv va biznesga oid instrumentlarni Tez Natija 4 Biznes Kouchingimizda batafsil o‘rganasiz. Biznesingizni bir necha barobarga o‘stirishni xohlasangiz mana bu havola orqali saytimizga o‘tib batafsil tanishib chiqing va ro‘yxatdan o‘ting. O‘zimiz sizga aloqaga chiqamiz.

Shoshiling 15-noyabrda kouchingimiz boshlanadi, joylar esa cheklangan. Nasib bo‘lsa darsda siz bilan suhbatlashamiz.

@IbrahimGulyamov
19🔥6👏6👍42💯2👌1
#insayt

Asl boylik son bilan emas bor boyligini yo‘qotsa ham qaytib shularni topa olish qobiliyatida.

Chunki boylik marafon so‘ngida beriladigan yutuq kabidir. Yutuqni olsangiz-u lekin yugura olmasangiz g‘olib emassiz.

Lekin yutuq bo‘lmasa ham yana yugurib o‘sha natijaga chiqa olasiz. Asl boylik qila olish qobiliyati. Natija avtomatik bo‘laveradi.

@IbrahimGulyamov
💯1410🔥74🤩1
Mijozlaringiz sizdan qanchalik rozi?

Ko‘p tadbirkorlar mijoz yo‘q, mijoz yo‘q deyishadi. Chunki mijozlar bazasi bilan ishlashmaydi.

Qancha mijozga xizmat ko‘rsatildi, qanchasi rozi, qanchasi norozi, rozilarga mahsulot yoki xizmatning nimasi yoqdi-yu, norozilar nimadan xafa?

O‘zi mahsulot yoki xizmatimni boshqalarga ham tavsiya qiladigan mijozlarim bormi deb o‘ylab ham ko‘rishmaydi. Lekin eng sodiq va yangi mijozlar olib keladigan ular-ku.

NPS - mijozlar bazasi bilan ishlashda qo‘llaniladigan eng yaxshi formulalardan biri. Mijozlarning mahsulot yoki xizmatdan rozilik darajasini ko‘rsatadi.

Bunda mahsulot yoki xizmatingizni boshqalarga ham tavsiya qiluvchilardan (masalan ularni 75% deb olsak) norozi mijozlarni ayirasiz (masalan ular 10%) va umumiy mijozlarga bo‘lasiz (bu 100% bo‘ladi)

Natija ballarda hisoblanadi. Masalan yuqoridagi misolda 65 ball bo‘ladi.

80-100 ball NPS - Bozor yetakchilari. Mijozlar undan qayta-qayta sotib olishga tayyor.

60-80 ball NPS - yaxshi ko‘rsatkich, o‘z yo‘nalishida yetakchi bo‘lmasa-da rivojlanadi va raqobatlasha oladi.

0-60 ball NPS - juda past ko‘rsatkich. Bunday kompaniyalar deyarli rivojlanmaydi.

@IbrahimGulyamov
👍105🔥2💯1
"100 million berishga tayyorman"

Farg'onaliklar "Ishonch" gilam yuvish fabrikalarini yaxshi tanishsa kerak.

Dastlab "avtomoyka"dan boshlangan ish bugun O'zbekiston bo'ylab bir nechta filiallarga ega, gilam yuvish sohasidagi ko'zga ko'ringan kompaniyaga aylangan.

Kompaniya asoschisi Muhiddin Alimov bilan kompaniyaning muvaffaqiyatga erishguncha bo'lgan yo'li haqida suhbatlashdik.

Yangi biznes boshlaganlarga ham va anchadan beri biznes yuritayotganlarga ham birdek manfaatli bo'ladigan suhbatimiz YouTube platformasiga joylandi.

Hoziroq quyidagi havola orqali o'tib suhbatni to'liq tomosha qiling va fikrlaringizni izohlarda qoldiring!

https://youtu.be/cHnGgy1doBo?si=5zGGdSrkV8qpE-bZ
👍43🔥2
Assalomu alaykum hurmatli tadbirkorlar!

Biznesingizdagi muammolar yoki rivojlantirishga oid aniq-aniq, dolzarb va qiynayotgan savollaringiz bo'lsa izohlarda yozib qoldiring!

Eng dolzarblariga video yoki audio ko'rinishda javob beraman.

@IbrahimGulyamov
1🔥73🙏3
#Insayt

Yaxshi marketing - mahsulotning o‘zi.

@IbrahimGulyamov
🔥103
Hammaga "yengil" dushanba tilayman.

@IbrahimGulyamov
228🔥13👍2🤩1
Usta bo'lmang!

Kompaniya boshqaruvida 4 xil bosqich bor:
usta, prorab, arxitektor va buyurtmachi.

Usta. Bu bosqichda biznes egasi hamma ishni o'z qo'li bilan qiladi.

Prorab. Ishlarni qo'l ostidagi xodimlar qo'li bilan qiladi.

Arxitektor. Kompaniya strategiyasi, qanday faoliyat yuritishi kabi narsalarni o'ylaydi va prorablar yordamida ularni amalga oshiradi.

Buyurtmachi. Bunday kompaniyalarning egalari o'z kompaniyalariga alohida boshqa direktorlar yollashadi va kompaniya egasi sifatida asosiy vazifalari buyurtma berish va qabul qilib olish. Hamma ishni boshqalar bajaradi.

Bizda juda ko'p tadbirkor afsuski Usta bosqichida qolib ketishadi. Prorablikka o'tganlar kam. Ulardan ham kamrog'i Arxitektorlikka o'tgan. Buyurtmachi bo'lib kompaniya boshqaruvchilar esa juda kam.

Kompaniyangizni usta emas Buyurtmachi bo'lib boshqarmoqchi bo'lsangiz 15-noyabrda boshlanadigan Tez Natija 4 Biznes Kouchingimiz aynan siz uchun.

Kouchingda yaxshi xodim topishdan tortib kuchli jamoa qurish va ularni ushlab qolish uchun kuchli muhit va tizim qurishgacha o'rganasiz. Batafsil ma'lumot olish va ro'yxatdan o'tish uchun pastdagi havolaga bosing!

Ro'yxatdan o'tish!
👍85👏2
#insayt

Qoidalar yozilmasa, xatolar ko'payadi.

@IbrahimGulyamov
💯21🔥104
Biznesga qiziqadigan shijoatli, yonib turgan yigit-qizlar, yaqinroq kelamiz!

15-noyabrdan boshlanadigan 5 haftalik "Tez Natija 4" nomli Biznes Kouchingimiz uchun biznesga qiziqadigan, yonib turgan yigit qizlarni volontyorlikka taklif qilamiz.

Talablarimiz:

- 17-23 yoshli yigit va qizlar
- Ma'suliyatli bo‘lishi
- 15-noyabrdan boshlab 5 hafta davomida shanba va yakshanba kunlari Toshkent shahrida to'liq kun davomida ishlay olish

Volontyorlarimiz mana bularga ega bo'lishadi:

- Biznesmenlar bilan networking, muvaffaqiyatli tadbirkorlar va soha mutaxassislari bilan muloqot qilish;
- Biznes bo'yicha bilimlar, biznes strategiyalari, bozor tendensiyalari va tadbirkorlikka oid bilimlaringizni oshirishish;
- Biznes trening, mentorlik sessiyalarida ishtirok etish; 
- PCG volontyorlari uchun maxsus kiyim;
- Ibrahim Gulyamovni imzosi qo'yilgan maxsus Sertifikat;
- Biznes Kouching dasturini 1 oy platformada bepul ko'rish;
- Bepul tushlik;
- "Perfect Consulting Group" kompaniyasi tomonidan tavsiyanoma va shu kabi ko‘plab imkoniyatlar mavjud.

Volontyorlikka talabgorlar
Ushbu havola orqali o'tib so'rovnomani to'ldiring!

Kouchingda ko'rishguncha!


@IbrahimGulyamov
6🔥5
Biznesingiz hali "go‘dak"mi, yoki qariyaptimi?

Coca-cola, Bank of Amerika, Volvo kabi yirik korporatsiyalarga biznes konsultatsiyalar bergan Isxak Adizes bizneslarning hayot davrini 10 ta qismga bo‘ladi.

Bu - biznesning darajasini bilib, shunga ko'ra muammolariga aniq yechim berish imkonini beradi.

Tug‘ilish bosqichida g‘oya asoschining miyasida shakllanadi va hayotga tatbiq qilish boshlanadi. Bu bosqichdagi muammolar:
- haddan tashqari yuqori hayajon va qo‘rquv;
- vazifalar aralashib ketishi va eng muhim ishni aniqlay olmaslik;
- mukammallikka intilish va cho‘zish

Bu bosqichda g‘oya juda ko‘p tanqid va savollarga uchrashi mumkin. Agar asoschi ularga dosh bera olmasa kompaniya tug‘ilmasidan avval o‘ladi. Bozorni tezlikda obyektiv baholab, qaror qilish kerak bo‘ladi.

Xo‘sh sizning biznesingiz qaysi bosqichda deb o‘ylaysiz? Izohlarda yozib qoldiring. Va post manfaatli bo‘ldi deb bilsangiz o‘zingizga saqlab olib, tadbirkor tanishlaringizga tarqatib qo‘ysangiz keyingi bosqichlari haqida ham batafsil shunday postlar tayyorlaymiz.

Biznesingiz bosqichlariga xos muammolarini aniqlab ularga real yechim olishni va sof foydani karrasiga oshirishni istasangiz mana bu havola orqali o‘ting. Allaqachon 9000+ tadbirkorlar bunga erishishgan, siz qachon erishasiz?

@IbrahimGulyamov
5👍143🔥1
#insayt

Liderlik - o'zi zo'r bo'lish emas, boshqalarni zo'r qilish!

@IbrahimGulyamov
🔥215👏3🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Professional sotuv menejerlarini tayyorlash kursi boshlanishiga 1️⃣ kun qoldi!

Agar sotuvchilaringiz: 

— Natija o‘rniga bahonalar aytsa

— Mahsulot zo‘r-u, qiymatini ochib berolmasa

— Natijaga emas kelib ketishga ishlasa

— Ko‘p sotishni xohlasa-yu buni qanday qilishni bilmasa

"Sotuv Menejeri" kursi bu muammolaringizga amaliy yechim beradi.

❗️Kurs haqida batafsil ma’lumot olish uchun:
Ro'yxatdan o'ting!

📞
+998917850586

@IbrahimGulyamov
🔥32
Umurzoq Sharopov bizga Navoiydan kelib o'qigandilar. Yana yangi filial ochganlarining natijasini tashlagan ekanlar.

Hamma ham ishining samarasini ko'rsa quvonganidek men ham juda xursand bo'lib sizlarga ham ulashgim keldi.

@IbrahimGulyamov
👍27🔥8👏5🤩1😍1💯1🏆1
#audio_podcast

500 ga yaqin tadbirkorlar orasida o'tkazgan so'rovnomamizda 67%dan ko'p tadbirkorlar aynan xodimlar va kuchli jamoa yig'ish bo'yicha muammoga duch kelishlarini aytishgan.

Aynan shu mavzuda maxsus darslik tayyorladik. Bir eshitib ko'ring! Audioni oxirgacha eshitganlar sekin izohlarga o'tsangiz siz izlagan narsa birinchi izohda turibdi.

Oxirgacha eshitmaganlar tushunishmaydi buni😉

@IbrahimGulyamov
7
Deyarli har ikki tadbirkordan biri xodim va kuchli jamoa qurish bo'yicha muammosi borligini aytadi.

Yaqinda o'tkazgan so'rovnomamiz ham buni tasdiqlaydi. 400+ tadbirkorlardan 67% dan ortig'i kuchli jamoa qurish muammosiga duch kelayotganini aytadi.

Dolzarb mavzu bo'lgani uchun bunga alohida 1 oylik HR kursi tashkil qilganmiz. Bir oy davomida xodimlar va kuchli jamoa qurish borasida barcha savollaringizga javob olasiz.

Kurs haqida batafsil ma'lumot olish va ro'yxatdan o'tish uchun pastdagi havola ustiga bosing. Shoshiling joylar cheklangan. 2-noyabrda esa navbatdagi guruh darslari boshlanadi.

👉 Ro'yxatdan o'tish

@IbrahimGulyamov
5
BEPUL DARSLIK

Tadbirkorlar bilan gaplashganimizda ko'plari kuchli jamoa yig'ish bo'yicha muammolari borligini aytishadi.

500 ga yaqin tadbirkorlar orasida o'tkazgan so'rovnomamizda ham 67% tadbirkorlar aynan shu muammo borligini aytishgan.

Shu sababli, tadbirkorlarimizni qiynab kelgan og'riqli muammoga yechim berish uchun maxsus darslik tayyorladik.

Pastdagi havola orqali o'tib darslikdan bepul foydalanishingiz mumkin.👇

https://youtu.be/7B1XbcJkUx8
2🔥2💯1🏆1
2025/10/27 03:16:15
Back to Top
HTML Embed Code: