Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
18💯4🏆4🎉3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥17💯4👍32🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍8💯4🏆422
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eng yoqimli onlar - qilgan mehnatlaringiz samara berayotganini ko‘rish. Tadbirkorlarimiz fikrlashlari o‘zgarib, o‘sish nuqtalarini anglashlari.

- "O‘z biznesimda xuddi xodimdek ishlardim. Rahbarning vazifasi umuman boshqa ekan"
- "7-8 yillik muammolarimga javob oldim"
- "Zo‘r tanishuvlar bo‘ldi. Hatto yangi hamkorlar ham topdik"


Endi navbat sizga! Biznesingizda qanday muammolar bor? Izohlarda batafsil yozing. Eng ko‘p yuborilgan muammolarga javob beraman.

@IbrahimGulyamov
14
Bizda o‘qigan tadbirkorlarning ko‘pchiligida yangilik qilaman, tizimlashtiraman desa birinchi muammo jamoasidagi xodimlardan keladi.

"E nima qilamiz, o‘zi yaxshi ishlayapmiz, qiyin ekan, biz tayyor emasmiz, bizga mos emas...." million xil muammolar sanashadi.

Bu insondagi xavfsizlik, energiya tejash, yo‘qotishdan qo‘rqish kabi psixologik jarayonlar bilan bog‘liq.

Har qanday o‘zgarish bu notanish narsa. Miyamiz uchun notanish narsalar qo‘rquv uyg‘otadi. Narsalarni batafsil tanimasak unga ta’sir eta olmaymiz. Qandaydir ziyoni tegadigandek tuyuladi.

Keyingi sabab esa miyamiz har doim odatlarni afzal ko‘radi. Chunki ular miyamiz uchun avtomatlashib bo‘lgan va ortiqcha energiya sarflamaydi.

Yana bir sabab - yangi narsalarda tabiiy ravishda xato qilish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Bu esa xato qilib sharmanda bo‘lish degani.

Asosan shu sabablarga ko‘ra insonlar yangiliklarni qabul qilishmaydi. Eng kamida qiyin qabul qilishadi. Lekin buning yechimi bor.

Agarda mavzu dolzarb va kerakli bo‘lsa postni ulashib, saqlab oling. Shunga qarab ertaga bu muammoga yechim haqida batafsil yozaman.

@IbrahimGulyamov
12🔥6❤‍🔥1💯1
#bugun

1948-yil 24-sentyabr kuni Honda motor co. LTD 34 ta xodim bilan tashkil etiladi.


34 xodim bilan boshlangan kichik korxona bugun 100 milliard dollarlik xalqaro gigant kompaniyaga aylangan.

Dastlab kichik, motorlik velosipedlar ishlab chiqargan kompaniya 1959-yildan beri dunyodagi eng yirik mototsikl ishlab chiqaruvchilardan bir.

Bugungi kunda kompaniya mototsikl, avtomobil, elektr generatorlar, robotlar va aviatsiya sohasida ham ish yuritadi.

Hondaning muvaffaqiyat siri nimada bilasizmi?

— Ayrim tadbirkorlar kabi bir-ikki so‘m topib, bosar-tusarini bilmay qolmagan;
— Moshina, uy va to‘yga yetadigan pul uchun emas rivojlanish va butun dunyoda eng zo‘ri bo‘lishga intilgan;
— Ilmga pul ayamagan. Bugun hatto eng kuchli universitetlarning asosiy homiylaridan;

Maqsadim bizning tadbirkorlar ham shunaqa fikrlashsa, xalqaro bozorlarni zabt etishsa...

@IbrahimGulyamov
19👍17💯5🔥1
Kecha, xodimlarning o'zgarishlarni qiyin qabul qilishi insonning tabiiy jarayoni ekanini aytgandim. Bugun shuni qanday to'g'rilashni aytaman. Qilishingiz kerak bo'lgan bir necha ishlar bor:

- Nega o'zgartirish kerakligini batafsil tushuntiring. Masjid qurayotganini bilmagan ishchidan nima qilayotganini so'rasangiz shunchaki g'isht taxlayapman deydi. Mohiyatini tushunmaguncha yaxshi qilmaydi.

- Qanday qilishni batafsil o'rgating. Yangilik doim tushunarsiz va xato qilish ehtimoli yuqori bo'lgani uchun qabul qilish qiyin dedik. Buning yechimi - o'rgatish. Treninglar o'ting. Ipidan ignasigacha qanday qilishni yuzini yuvishni bilgandek bilsin

- Kafolat bering. Yangilik ularning ishiga, lavozimiga ta'sir qilmasligiga ishonsa qo'rqmaydi. Qo'rquvlarini yo'qoting.

- Jazo emas mukofot har doim yaxshi ishlaydi. Yaxshi o'zlashtirganlarni mukofotlang.

Shu yergacha o'qiganlar uchun bir narsani aytay. O'zingiz o'zgarmaguncha olam o'zgarmaydi, biznesingiz ham. Eng avval o'zingiz, fikrlashingizni, xodimlarga nisbatan munosabatingizni o'zgartiring.

Buni yaxshi anglagan lekin qayerda qanday o'zgarishni bilmayotgan bo'lsangiz Biznes transformatsiyasi nomli intensivlarimizni bir o'ylab ko'ring.

U yerda biz tadbirkorlarning shaxsiy va biznesdagi qotib qolgan tushunchalarini o'zgartiramiz. Haqiqiy biznesmendek fikrlash, xodimlar, mijozlar umuman biznes bilan qanday to'g'ri munosabatda bo'lishni o'rganasiz.

Yana bir muhim jihati - muhit. Intensivlarimizga odatda 100+ tadbirkorlar kelishadi. O'z hududingizdagi tadbirkorlar bilan tanishish, zo'r netvorking qilish imkoni bo'ladi. Yangi hamkorlar, sheriklar topishingiz mumkin.

Yana ham batafsil ma'lumotni mana shu ko'k yozuv ustiga bosish orqali bilib olasiz.

Toshkentga kela olmaydiganlar uchun viloyatlarga o'zimiz boryapmiz. Keyingi manzillarimiz Buxoro, Farg'ona va Toshkent. O'zingizga qulay hududni tanlab joyingizni band qilib qo'ysangiz tez orada ko'rishamiz.

Ro'yxatdan o'taman!

Tel: 71-200-92-92

@IbrahimGulyamov
4🔥4👍1
Topa oldingizmi? Izohlarga yozing-chi!

@IbrahimGulyamov
🔥8🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥9🔥4🥰3
Ibrahim Gulyamov
Video message
Hurmatli tadbirkorlar, bir emas ikkita sovg'a bermoqchiman.

"Biznesni xodimlarning qo'li bilan boshqarish" va "Mijozlar bilan ishlash" nomli darslarimizni bepulga qoʻlga kiritishingiz mumkin.

Buning uchun 2 daqiqa vaqt ajratib mana bu havola orqali so'rovnomani diqqat bilan to'ldirsangiz darslarimizni bepulga qo'lga kiritasiz va xizmat sifatimiz yanada yaxshilanishiga yordam bergan boʻlasiz.

Soʻrovnoma

Katta rahmat! :)
🔥12👏42❤‍🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍82
Ibrahim Gulyamov
Video message
Buxoro📍

“Biznes transformatsiyasi” dasturining navbattagi darslarini boshladik!
🔥21
Ibrahim Gulyamov
Topa oldingizmi? Izohlarga yozing-chi! @IbrahimGulyamov
Kechagi savoldagi 2-xato gapning yozilishida emas ma’nosida. Aslida bu gapda 2 ta emas 1 ta xato bor. Ya’ni, "Bu gapda 2 ta xato bor" degan gapning o‘zi ikkinchi xato. Ayrimlar toʻgʻri topishdi.

Siz ko‘rayotgan chegaralar, dunyoning chegarasi emas. Imkoniyatlar yetmayotgan, bir joyda to‘xtab, qisilib qolgan bo‘lsangiz va qanday rivojlanishni bilmasangiz chegaralaringizni o‘zgartiring.

Akvariumdagi baliq kichik akvariumini dengiz deb o‘ylaganidek inson ham o‘z chegarasi qanchalik kichikligini tashqaridan qaramaguncha bilmaydi.

Doiraning doira ekanini doiradan tashqariga chiqibgina bilish mumkin. Chegaralarimiz qanchalik tor ekanini ham tashqaridan kimdir ko‘rsatib bermaguncha o‘zimiz anglamaymiz. Agar sizda ana shunday inson bo‘lsa qanchalar baxtlisiz.

@IbrahimGulyamov
11🔥7❤‍🔥3🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥155
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍129
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Tuning House"ning muvaffaqiyat yoʻli.

Avtomobil taʼmirlash va tuning sohasida "Tuning House" brendi shubhasiz yurtimizda eng koʻzga koʻringan kompaniyalardan biri.

Chunki bu kompaniya uzoq yillardan beri bozorda mustahkam o'rin egallagan. Bundan tashqari mediada ham juda mashhur.

Kompaniya asoschisi Dilshodbek bundan bir necha yillar oldin yangi filiallar ochish, kengayish va buning uchun tizimlashtirish kerakligini anglab bizning kurslarimizda o'qiganlar.

Bugun Toshkent shahrida bir nechta filiallari bor hamma taniydigan kompaniyaga aylandi.

Kompaniyaning bosib o'tgan yo'li, qilingan xatolar va ularning yechimlari va yangi boshlayotganlarga yoki shu yo'nalishda biznes qilayotganlarga qimmatli tavsiyalar haqida intervyu oldik.

Intervyu videosi hozirgina YouTube kanalimizga chiqdi. Hoziroq o'tib, qaynoqqina videoni ko'rib fikrlaringizni izohlarga yozing. Albatta foydali bo'ladi.

https://youtu.be/2H9sdUzTER8
https://youtu.be/2H9sdUzTER8
5🔥4
Musichani inidek

Rivoyat qilishlaricha qadim zamonda qushlarning tilini biladigan bir donishmand bo‘lgan ekan.

Qushlar undan "uy qurishni o‘rgat" deb iltimos qilishibdi.

Donishmand rozi bo‘libdi va bir kun belgilanib o‘sha kuni hamma qushlarga in qurishni o‘rgatishini aytibdi.

O‘sha kun kelibdi va barcha qushlar jam bo‘lib donishmanddan in qurishni o‘rgana boshlashibdi.

Donishmand "xas-cho‘plarni olib kelib bir birini ustiga qo‘yib uya yasaysiz" deb o‘rgata ketibdi.

Shunda musicha nomli qush "Iya oson ekan-ku. Bo‘ldi o‘rgandim, uyog‘ini o‘zim boplayman" deb darsni oxirgacha qolmay ketib qolibdi.

Borib o‘zi shunday qilib uya qurib yashay boshlabdi. Lekin bir qattiq shamol kelsa ini buzilib ketaverar ekan. Boshqa qushlarniki esa juda mustahkam ekan.

Chunki donishmand dars davomida xas-cho‘plarning ustidan loy bilan yopishtirish, qanday mustahkam va baquvvat qilishni o‘rgatgan ekan.

Musicha esa o‘zboshimchalik va bilag‘onlik qilib oxirgacha dars olmagan. Shundan buyon musichalar uya qurishni bilmas ekan. Siz ham hech musichalarning uyasini ko‘rganmisiz? Juda mo‘rt bo‘ladi.

Qissadan hissa shuki hayotda ham, biznesda ham, istalgan joyda o‘zboshimchalik doim pand beradi. Men bilaman deyish doim ziyon keltirgan. Uning o‘rniga biladigan narsasini ham bilmayman deya qayta o‘rganish yangi narsalarni kashf qilishga olib keladi.

@IbrahimGulyamov
🔥24👍188💯6🏆2❤‍🔥1😱1🤩1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro

3 kunlik intensivlarimiz Buxoro shahrida yakunlandi.
100 ga yaqin tadbirkorlar ishtirok etgan darslarimiz qanday bo'lganini o'zingiz ko'rishingiz mumkin.👆

Keyingi manzillarimiz
📍Farg'onada 3-4-5-oktyabr
📍Toshkentda 10-11-12-oktyabr kunlari ko'rishamiz.


Hoziroq o'rningizni band qilishga shoshiling. Joylar oz qolgan.
Intensivlarimiz haqida batafsil bu yerda.
Ro'yxatdan o'tish uchun!

Telefon: 71-200-92-92
🏆54👍1👏1
1954-yilda amerikalik olim Abraham H.Moslov "Motivatsiya va shaxsiyat" kitobida insonlarning harakatlariga nima sabab bo‘lishini o‘rganadi.

Unga ko‘ra inson harakatlariga ehtiyojlar sabab bo‘ladi va ular 5 qismga bo‘linadi. Moslov ularni piramidaga qiyoslaydi. Eng quyida birlamchi ehtiyojlar tursa eng yuqorida buyuk ishlarga sabab bo‘luvchi ehtiyojlar turadi.

1-bosqich - fizik ehtiyojlar. Qorin to‘yishi, kiyim-kechak kabi eng zaruriy birlamchi ehtiyojlar bo‘lib agar bular bo‘lmasa inson boshqa narsalarni o‘ylamaydi ham.

2-bosqich - xavfsizlik. Inson ham jismonan ham ruhan o‘zini xavfsiz muhitda his qilishi uchun harakat qiladi.

3-bosqich - sevgi va do‘stlik. Insonlar eng avvalo oilasi va yaqinlari tarafidan hurmat qilinishi va yaxshi ko‘rilishga intiladi.

4-bosqich - hurmat va jamiyat tarafidan tan olinish. Insonlar jamiyat tan olinishi va hurmat qilishi uchun harakat qilishadi. Qora jentra-yu, hashamat shuning uchundir balki.

5-bosqich - G‘oya. Insonlar o‘z g‘oyalari uchun harakat qilishadi. Milliardlab pul topsa ham tinmaslik shundan.

Ular butun dunyo qarshi chiqsa ham to‘xtashmaydi. Ular dunyoni o‘zgartiradi. Ular haqiqiy ma’noda hayot piramidasining eng yuqorisida bo‘lishadi.

Nima uchun harakat qilayotganingizga qarab kim ekaningiz va qaysi bosqichda ekaningiz aniq bo‘ladi.

Birgina tadbirkor qanchadan qancha oilalarni boqadi, qancha talabalarni o‘qita oladi, qancha ilmiy ishlarga homiylik qila oladi, insoniyatga qanchalik yordam bera oladi?!

Siz nima uchun harakat qilmoqdasiz? Birlamchi ehtiyojlar uchun umringizni sarflayapsizmi yoki o‘z g‘oyangiz uchun kurashyapsizmi?

@IbrahimGulyamov
🔥18👍6🤩32🏆2❤‍🔥1💯1
Sezgan bo'lsangiz bir necha kundan beri kanalda o'zgarish bo'lib, uzun matnli postlar chiqyapti. Xo'sh bu postlarni oxirgacha o'qiyapsizlarmi va foydali bo'layaptimi? Fikrlaringiz va takliflaringiz bo'lsa yozing-chi! Bu biz uchun muhim.

Rahmat! :)
24🔥8❤‍🔥5👍4
2025/10/27 06:47:13
Back to Top
HTML Embed Code: