Telegram Web Link
Keyingi post uchun 3 ta variant bor. Quyidagilardan qaysi biri eng dolzarb va eng birinchi chiqishi kerak?
Anonymous Poll
37%
Bozor va raqobatchilar tahlili uchun SWOT tahlil
45%
Yaxshi xodimni qayerdan topaman?
17%
Mijoz portreti
11
Ibrahim Gulyamov
Keyingi post uchun 3 ta variant bor. Quyidagilardan qaysi biri eng dolzarb va eng birinchi chiqishi kerak?
Xodimlaringiz qayerda?

Xodim kerak degan e’lonlarni Telegram kanal va guruhlarda tarqatib yaxshi xodim yo‘q deyishadi.

U postni kimlar ko‘radi, qanday auditoriyadan qidirish kerak, xodim qayerdan topiladi degan savollarga javob yo‘q.

Avvalo qanday xodim kerakligi aniqlanadi. Xodimdan kutilayotgan talablar aniq yoziladi, xodim "portreti" chizib olinadi.

So‘ng shunga mos xodim qayerlarda bo‘lsa, o‘sha yerdan qidirasiz. Top menejerlar Telegram gururhlarda yurmaydi.

Texnik xodim, tozalovchi, ofitsiant kabi vakansiyalarni Telegram kanal va guruhlar hamda OLX.uz dan qidirsangiz bo‘ladi.

HR menejer, ROP kabi professional xodimlarni hh.uz - HeadHunter saytidan oson topasiz.

Top menejerlar, IT mutaxassislari kabi yo‘nalishlarni esa Linkedindan qidirsangiz bo‘ladi.

Eng muhimi, qanday xodim xohlayotganingizni aniq biling, shunga mos to‘g‘ri joydan izlang.

Yaxshi xodim topilgach uni ushlab qolish va vazifalarni taqsimlash alohida katta mavzu. U haqida keyinroq batafsil yozaman.

Shuncha yozilgan ma’lumotlar va berilayotgan manbalar dengizdan tomchi bo‘lib, xodimlarni topishdan boshlab ularni ushlab qolish, vazifalar taqsimlash, to‘g‘ri KPI qo‘yish va boshqa ko‘p mavzularni HR kursimizda to‘liq o‘rganasiz.

Biznesingiz yakka shaxslar yoki xodimlarga emas tizim ustiga qurilishini istasangiz, xodimlardan muammo bo'lmasin desangiz shu kursimiz siz uchun. Batafsil tanishib chiqing!

Yangi guruhlar yaqinda ochiladi, joyingizni band qilish uchun shu havola orqali ro'yxatdan o'ting!
Telefon: 71-200-92-92
9
Tuproqning turi ko‘p. Oddiy tuproq oyoq osti bo‘lsa, ayrimlari shaklga kirib labimizga qadar yaqinlashadi.

Yana tuproqdan kremniy degan moddani ajratib qo‘limizdagi qurilmalarning asosi bo‘lmish chiplar yasashadi. Birgina tuproq nimalar bo‘lmaydi deysiz.

Inson ham tuproqdan yaralgan va tuproqqa o‘xshaydi. Qarovsiz oddiy qolsa oyoq osti bo‘ladi. Lekin bilgan inson mana shu oddiy tuproqni ham yuksaltira oladi.

Tuproqqa shakl beruvchilarni kulol yoki boshqa bir kasb bilan atalsa insonga shakl berib kamol toptiruvchilarni USTOZ deyiladi.

Bu so‘zni ta’riflash uchun barcha insoniyatni ta’riflash kerak. Chunki butun insoniyatning albatta ustozi bor.

Ustozlik kasb emas — tanlov. Payg‘ambarlar ham avvalo ustoz bo‘lishgan.

Bugun ana shu ulug‘ insonlarning bayrami. Barcha ustozlarni o‘zim va jamoamiz nomidan chin qalbdan tabriklab, ulug‘ ishlarida zafarlar tilaymiz. Boringizga shukur ustozlar!!!

@IbrahimGulyamov
🔥1916👍7👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥31👍278
Yodingizda bo‘lsa mijozlarni o‘rganish uchun so‘rovnoma qilgan edik.

Unda eng ko‘p so‘ralgan muammolardan biri sotuv kamligi bo‘ldi. Sotuvni oshirish uchun esa avvalo mijozni yaxshi bilish kerak.

Mijozlarni o‘rganishni ularni segment - guruhlarga ajratishdan boshlaymiz.

Mahsulotingizni sotib olishdan maqsadlari va sizdan kutuvlariga ko‘ra guruhlang.

Masalan ingliz tili kursi uchun boradigan mijozlar segmenti taxminan shunaqa bo‘lishi mumkin:

1. Maktab yoshidagi chetga o‘qishga kirishni xohlovchilar
2. Chetga ishga ketmoqchi bo‘layotganlar
3. O‘z ishida, karyerasida o‘smoqchi, oyligini oshirmoqchi bo‘lgan o‘qituvchi yoki boshqa kasb egalari

Bir xil mahsulot sotib olsa ham ularning maqsad va kutuvlari boshqa va turli joylarda bo‘lishadi. Biri Instagram orqali ko‘rib kelsa boshqasi tanishlari aytgani uchun sizni tanlaydi.

Xo‘sh sizning mijozlaringizda qanday segmentlar bor? Izohlarda yozing, birga tahlil qilamiz.

Foydali bo‘lgan bo‘lsa yaqinlaringizga ulashing. Ertaga shu mavzuning bevosita davomi bo‘lmish "Mijoz portreti" haqida gaplashamiz.

@IbrahimGulyamov
2🔥63
#insayt

Korxonada bosh marketolog - biznes egasining o'zi.

@IbrahimGulyamov
👍18💯64
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
113🔥7👍5🎉2🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥196😍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥209🎉3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥159
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥13👍75
Ibrahim Gulyamov
Yodingizda bo‘lsa mijozlarni o‘rganish uchun so‘rovnoma qilgan edik. Unda eng ko‘p so‘ralgan muammolardan biri sotuv kamligi bo‘ldi. Sotuvni oshirish uchun esa avvalo mijozni yaxshi bilish kerak. Mijozlarni o‘rganishni ularni segment - guruhlarga ajratishdan…
Filmlarda ko‘rganmisiz? Jinoyatchini ko‘rganlar politsiyaga ta’riflab berishadi. Shunga qarab jinoyatchining portreti chiziladi. Maqsad - jinoyatchini tutish.

Biznesda ham mijozingizni "topish" uchun uning aniq "portreti"ni bilishingiz kerak.

- Xo‘p buni qanday qilaman?

- Avvaldan ishlayotgan bo‘lsangiz eski mijozlarni o‘rganing. Agar yangi boshlayotgan bo‘lsangiz raqobatchilarni o‘rganing.

Avvalo mijozlarni mahsulotingizni sotib olishidan maqsadiga ko'ra segmentlarga ajrating. Bu haqda avval gaplashdik.

So'ng, shu segmentdagi hammaga mos tushadigan eng optimal bir vakilini tanlab olasiz.

Avvalgi misoldagi ingliz tili kursining segmentlaridan bittadan mijoz portretlarini misol qilib olaylik:

1. Umidjon (misol tariqasida) 16 yosh, 214-maktabda 9-sinfda o‘qiydi. Maqsadi tezroq IELTS 7+ olib Amerikaga ketish. Kuniga 5-7 soat telefonga sarflaydi. Muammolari 1 yildan beri sifatli ingliz tili kursi topa olmayapti.

2. Ahmad 22 yoshda, Mirobod tumani Nukus ko‘chada yashaydi. TATUni bu yil bitirdi. Maqsadi va Angilyaga ishga ketmoqchi. Muammosi 3 yildan beri ingliz tilini o‘rgana olmayapti

3. Sevara 30 yoshda, 214-maktabda ingliz tilidan dars beradi lekin, IELTS yo‘q. Maqsadi IELTS olib, oyligiga 50% ustama olmoqchi. Muammosi ingliz tili grammatikasini biladi lekin erkin gaplasha olmaydi.

Bular misol tariqasida bo‘lib, bundan ham chuqurroq yondashish mumkin. Mijozingiz haqida qancha ko‘p narsa bilsangiz shunchalik oson topasiz.

Endi mahsulotingizni shu 3 ta shaxs - Umidjon, Ahmad va Sevaraga moslasangiz va yo‘naltirsangiz barcha mijozlaringiz unda o‘zini ko‘radi.

Chunki qancha ko‘p mijozingiz bo‘lmasin sizdan yakka shaxslar sotib oladi va reklamangizni ham faqat bir kishi o‘qiydi.

@IbrahimGulyamov
👍114🔥4❤‍🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👏2💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💯102
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍183🏆2
#insayt

Omad — taqdirning sadaqasi emas, tayyor bo'lganlarga beradigan in'omi!

@IbrahimGulyamov
18🔥72
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥12🏆4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
14🏆2🤩1
SWOT - biznesning UZI diagnostikasi.

1963-yilda Harward universiteti professorlari tarafidan ilk bor SWOT tahlil atamasi ishlatilgan. Shundan beri bu tahlil har qanday biznesni va bozorni o‘rganish va shunga ko‘ra strategiya tuzish uchun ishlatiladigan eng mashhur tahlillardan biridir.

U 4 qismdan iborat:
Strengths - kuchli taraflar
Weaknesses - zaif taraflar
Opportunities - imkoniyatlar
Threats - tahdidlar


Bulardan dastlabki ikkitasi (kuchli va zaif taraflar) ichki bo‘lib ya’ni kompaniyaning bevosita ta’sir eta oladigan narsalar bo‘ladi.

Qolgan ikkitasi (imkoniyat va tahdidlar) tashqi ya’ni kompaniya ta’sir eta olmaydigan narsalar bo‘ladi.

Masalan texnika sotuvchi do‘kon uchun SWOT tahlilni ko‘rib chiqaylik:

Strengths - kuchli taraflari: yetkazib, o‘rnatib berish va servis ko‘rsatish - bepul.

Weaknesses - zaif taraflari: halol nasiya yoki bo‘lib to‘lash yo‘qligi

Opportunities - imkoniyatlar: soliq yengilliklari, yandeks yetkazib berish xizmati kirib kelgani (kompaniya o‘zi yetkazib berish jarayonini tashkil etishi shart emas)

Threats - tahdidlar: Bojlar bekor bo‘lib chet ellik raqiblar kirib kelishi kabilar

SWOT tahlilni chuqur va atroflicha to‘ldirish orqali kompaniya va bozor holatini to‘liq bilish mumkin.

Odatda SWOTning har bir qismi uchun varaqlab narsa yoziladi va chuqur kiriladi.

@IbrahimGulyamov
11👍4
2025/10/27 13:29:05
Back to Top
HTML Embed Code: