***
Hayr...
Yigʻlamang...
Agar, qaytsangiz...
Kalit oʻsha joyda boʻladi.
Uyni ochsangiz,
Suratingiz turadi stolim ustida.
Qogʻozlarni titsangiz -
Sizga bagʻishlangan sheʼrlar...
Men ishdan horib qaytaman
"Yaxshimisiz" deyman
Qovogʻimni uyib
Siz oshxonaga chiqib yigʻlaysiz:
Óshanda koʻksimni ochsangiz
Oʻzingizni topasiz...
Agar qaytsangiz...
Yigʻlamang...
Usmon Azim
Hayr...
Yigʻlamang...
Agar, qaytsangiz...
Kalit oʻsha joyda boʻladi.
Uyni ochsangiz,
Suratingiz turadi stolim ustida.
Qogʻozlarni titsangiz -
Sizga bagʻishlangan sheʼrlar...
Men ishdan horib qaytaman
"Yaxshimisiz" deyman
Qovogʻimni uyib
Siz oshxonaga chiqib yigʻlaysiz:
Óshanda koʻksimni ochsangiz
Oʻzingizni topasiz...
Agar qaytsangiz...
Yigʻlamang...
Usmon Azim
💔4❤🔥1
Grigoriy Petrov - Oq nilufarlar yurtida asarida yozilishicha, har bir millat ózi loyiq boʻlgan boshqaruvga va davlat boshqaruvchilariga ega boʻladi.
Ozchilik koʻpchilikka boʻysunishini hisobga olganda millat uygʻonishini istaydigan, neo liberalizmcha fikrlaydigan kishilarni koʻpchilik ongsiz qatlam yutishga tirishadi.
Biz shunday jamiyatmizki, bilmaganni bilmayman deyolmaymiz, savodsiz inson xavfli emas, ózini ziyoli sanaydigan inson xavfli deyishadi. Biz bugun "aqillik" balosiga chalingandekmiz.
Finlandiya taʼlimda eng ilgʻor mamlakat darajasiga koʻtarildi.
Asar shu haqida. Ular najot taʼlimda ekanligini anglab yetishadi. Eng avvalo taʼlimdagi tabaqalanishga yoʻl qóyishmaydi.
Va taʼlimdagi erkinlik, ha aynan erkinlikka urgʻu qaratishadi. Ular oʻquvchini qiziqishiga koʻra yoʻnaltirishni maqsad qilishdi. Albatta, har kimning isteʼdodi har hil. Bunda oʻquvchini óquvchiga solishtirish notoʻgʻriligini tushunishadi: qobiliyatlar turlicha, anglash darajalari turlicha. Ular, shuni anglagan holda ish yuritishdi. Hatto, boshlangʻich 5.6 yil davomida oʻquvchini baholashmadi.
Bugungi natijalari esa maʼlum.
Poraxoʻr amaldorni millat yaratadi, poraxoʻr shifokorni ham.
Sen bugun ishing bitishi uchun amaldorga pora berasan, ertaga u ósha porani olmaguncha boshqasining ham ishini bitmaydigan bóladi.
Bugun sen farzandli bólganligingdan suyunib, doya shifokorning chóntagini pulga tóldirasan, ertaga u qóli qisqaroq oiladan ham bir nima undirmaguncha qóli ishga bormaydigan boʻladi, jaa ololmasa tilanchidek tilanib soʻraydi, ishonavering.
Oq nilufarlar yurtida taʼlimning, ilmning - insonning shaxs boʻlib yetishuvida ham millatning millat boʻlib shakllanuvidagi mohiyatini badiiy talqinda óquvchiga anglatadi.
Va barcha Finlyandiya moʻjizasiga qiziquvchilarga tavsiya boʻladi.
@ijodhona

"open budjet" boshlanganini kecha bir yaqinimni, telefoningga sms bordi aytib yubor, deganidan bildim😅
Mandan bugun kitob tavsiya etishimni sórashdi, man Martin Iden'ni tavsiya qildim.
Sizdan odatda kitob tavsiya etishingizni sórashsa, qaysi asar(lar)ni tavsiya qilasiz?

👍1
U sizni ózicha sevadi, Martin, ammo oʻzining ayanchli qoidalarini sizdan ham koʻproq sevadi.
❤1
#iqtobos
Ayolning eng kuchsiz nuqtasi sevganda, eng kuchlisi sevilganida namoyon boʻladi.
© hammasi haqida

💯4
Bahor kelganda "Kecha va kunduz"ni oʻqish kerak deyman men.
"Zebining qish ichi siqilib, zanglab chiqqan koʻngili bahorning iliq hovuri bilan ochila tushgan; endi ustiga poxol toʻshalgan aravada boʻlsa ham, allaqayerlarga, dala - qirlarga chiqib yayrashni tusay boshlagan edi" deya ón besh yoshli qizning tund bir ichki holati tasviri bilan boshlanuvchi bu asarni men Oʻzbek adabiyotidagi eng yaxshi asar deb bilaman. Asarda chin haqqoniylik bor. Ósha davr muhitini oʻquvchi chinakamiga anglay oladi.
Yana bir eʼtiborli jihati borki, bu Akbaralining ayollari. Alohida, tahlil qilinadigan mavzu.
Asarda shunday jumla bor: "Ayniqsa, ayolini quldan battar xórlovchi muhitda xotin chor-nochor hiylaning ustozi boʻladi. Xotinini ikki qóliga kishan solib, koʻcha darvozasini tashqaridan qulflab, doʻkonga ketadigan savdogar hammadan ortiq ahmoq boʻlganini anglamaydi" - bu jumlalar Akbaralining xotinlariga tegishli edi. Va yana aytishadiki, "sen ayolingni ranjitayotganingda u senga indamay turgan boʻlsa bilki, u shayton bilan seni nima qilish haqida reja tuzyapti"
Akbaralining xotinlari ham shunday, u xotinlariga adolatsizlik qiladi, yangi xotin olganda eskilarini shunchaki unutadi. Bunda xotinlari chor-nochor xiylaning ustozi boʻladi - ózlariga "ovunchoq" topishadi, ovunishadi ham.
Ha, azizlar ósha davrdagi paranji ichidagi ayollar.
Bunday koʻrinadi, siz din deya bugun ayolingizga qoʻyayotgan taqiqlar ertaga óz samarasini koʻrsatmasdan qolmaydi, Xoʻrlangan xórlaydi, ezilgan ezadi degan gap bor.
Din erksizlik emas, ayol uchun ham. Asli, din haqiqiy erkimiz. 7 asrda, Arabistonda xalifa Umar (r.a) bozorga ayol kishini bosh qilib tayinlaganda, bugun ayol huquqlari tenglik darajasiga chiqqan Ğarbda - ayolning ichida shayton yashaydi degan aqida boʻlgan.
Ukoz bozoridek, katta savdo ayirboshlash bozorida ayol kishi adolatni taʼminlab, mezonlarni oʻrnata olgan.
Yaqinda bir kórsatuvda qaynona yangi kelinini oʻqishini davom ettirishiga qarshiligini aytib sózida turib olgan, vaziyat jiddiylashib televideniyegacha kelishgan. Qaynona "biz ham kelin boʻlganmiz tugʻib, bola qilib uyda ótirganmiz, oqimadik kam boʻlganimiz yoʻq deyapti. Toʻgʻri, kam boʻlmadingiz, lekin ichingizdagi yiğilib qolgan travmalarchi, endi ularni keliningizga sochib yuraverasizmi?
Ayol ham óz taqdirining yaratuvchisi boʻlsin, ózi yaratsin. Hato ham, toʻgʻri ham óziniki boʻlsin. Atrof, shundoq ham baxtsiz - alamzada kishilarga toʻla, siz ulardan biri boʻlmang.

Forwarded from Rayhona Kamolova | Blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bularga hayronman, 5 yoshli farzandini mustaqillikka oʻrgatayapti. Bunga qarab: "Nima qilasan mustaqil qilib, 30 ida ham suyab yuravermaysanmi", deydigan oʻzbek yoʻq.
Dunyo kuchilarnikidir, negaki, ular qanchalik kuchli boʻlsalar shunchalik oliyjanobdirlar.
Dunyo aslzoda kiborlarbiki, ular chayqovchilik botqogʻida tipirchilab yotmaydilar.
Inson shu qadar bóshab qolishi mumkinmi, atrofdan shu qadar sovishi... U mashhurlik va shon shuhratga qanchalik intilgandi kuniga och naxor holatda 36 soatlab ishlardi, kim uchun burjua sinfi qizi Ruf uchun. Unga munosib hayot bera olish uchun, hayotning tub mohiyatini anglash uchun.
Hayotning mohiyatini angladi ham, ózi istagan mashhurlikka erishdi ham, sevgan qizi ham qaytdi, ammo endi unga hech narsa kerak emas edi.
Ehh, ósha kulbadagi, umidga toʻla kunlar.
Endi unga na pul, na sevgilisi, na mashhulik, na burjua ziyolilari suhbati qiziq emas edi. Hayot óz jozibasini tamomila yoʻqotib qoʻydi. Ha, u avvalgi ishchi sinfining yengil koʻcha hayotiga qaytmoqchi ham boʻldi, lekin endi u tengqurlaridan tamomila farqli edi, endi ular bilan arzon pivo ichib shunchaki koʻngilxushlik qilolmasdi, óz tabiri bilan aytganda, ularning oldida qari choldek boʻlib qolgandi - hayotni bor boʻyicha kórib boʻlgan qari chol.
Yozishgaku, qóli bormay qoʻydi.
Faqatgina bir yoʻl, bir yoʻl qoldi. Bu safstabozliklarning bariga nuqta qóyish kerak, tamomila.
Shu órinda Erkin Vohidovning satrlari yodimda aylandi.
.
Ha huddi, shunday boʻldi, hayotda Martinni qiziqtiradigan hech narsa qolmadi.

Hayotning eng katta falsafasi bu
Orzu ólsa hayot ado boʻladi
.
Ha huddi, shunday boʻldi, hayotda Martinni qiziqtiradigan hech narsa qolmadi.
💯1
Rayhona Kamolova | Blog
Inson shu qadar bóshab qolishi mumkinmi, atrofdan shu qadar sovishi... U mashhurlik va shon shuhratga qanchalik intilgandi kuniga och naxor holatda 36 soatlab ishlardi, kim uchun burjua sinfi qizi Ruf uchun. Unga munosib hayot bera olish uchun, hayotning tub…
Bu taqriz emas, aslo, bu mening tahrirsiz bir nafasda yozilgan kechinmalarim.)
❤🔥1
Yolgʻizlik boshlanar bundan buyogʻi' degan edi shoir. Siz yaxshisi, bir kitob óqib, soʻng u haqda birga suhbatlasha oladigan bir inson taning.
🤔2
Baʼzi erkaklarda:
Uy- ishdan dam olinadigan joy
Ish - uydan dam olinadigan joy
Uy- ishdan dam olinadigan joy
Ish - uydan dam olinadigan joy
👏1💯1
Султан_Ураган_– На_дискотеку_Клип
<unknown>
Bu yerda siz tinglaydigan qóshiq boʻlishi ham mumkin, qani tashlangizlarchi...
🥰1
Agar, qachonki qaytsangu, qalbim eshigini chertsang, sen uchun ochiq bo'ladi...
❤🔥1👍1