Tesla β kelajak yonginangizda!
π Tesla (avvalgi nomi β Tesla Motors) β AQSHning elektromobillar va elektr energiyasini saqlash texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi kompaniyasi. Kompaniya mashhur elektrotexnik Nikola Tesla sharafiga nomlangan. Kompaniyaga 2003-yilda Martin Eberhard va Mark Tarpenning tomonidan asos solingan. Keyinroq, bu asoschilar safiga Ilon Mask, Ian Vrayt, Jefrey Strobel ham qo'shilgan.
π Tesla 2006-yil 19-iyulda Kaliforniyada ilk prototipini ommaga taqdim etdi. Tasavvur qilyapsizmi, bizda odamlar haliyam "Gaz zapravka"larda turnaqator "ochered"larda turishganida, navbatsiz metan olishni baxt deb hisoblashayotgan bir davrda, dunyoning qayerlaridadir insonlar mashinalarini telefon zaryadini to'ldirgani kabi elektr bilan to'yintirib yo'lga chiqishmoqda.
π± So'nggi xabarlarga ko'ra, Tesla, endilikda aqlli telefonlarni ham ishlab chiqarishni yo'lga qo'yadi.
β Siz Tesla avtomobillaridan sotib olgan bo'larmidingiz yoki o'zimizning GM'dan qo'ymasinmi?
Site | Telegram | Facebook | Instagram

Rebranding: o'zgarishlarga tayyormisiz?
β»οΈ Rebranding β bu butun brendni yoki uning tarkibiy qismlarini (nomi, logotip, mafkura va boshqalar) o'zgartirishdir. Rebranding haqida gap ketganda, iste'molchi ongidagi imidjni o'zgartirish nazarda tutiladi. Bu, odatda, brendni biznesning hozirgi holati va kompaniyaning rejalariga moslashtirishga yordam beradi.
π‘ Rebranding, ko'p hollarda, quyidagi vaziyatlarda qo'llaniladi:
β tovar belgisi dastlab noto'g'ri joylashtirilgan bo'lsa;
β bozor sharoitlari o'zgarib, mavjud brendni ularga moslashtirish zaruriyati tug'ilganda;
β tovar raqobatchilariga yutqazishni boshlaganda;
β brend oldiga yana-da katta maqsadlar qo'yganda.
β Endilikda, yangilangan brend yangi kuchga ega bo'ladi, yangi xususiyatlar kasb etadi, mavjud mijozlar uchun yana-da jozibali bo'lib, yangilarini jalb etadi.
β Siz yaqin orada rebranding qilgan mashhur kompaniyalarni bilasizmi?

Tik-Tok β cheksiz imkoniyatlar sari
π± Sizning Tik-Tokda akkountingiz bormi? Yo'q, deysizmi? Uni g'irt bema'ni sayt deb hisoblaysizmi? Biroz shoshmang.Siz Tik-Tokda yaxshigina "soqqa" qilish mumkinligidan xabardormisiz? Unda, o'qishda davom eting.
π° Tik-Tokda pul topishning bir necha yo'llari mavjud:
β jonli efirni tashkil etish. Unda qatnashgan muxlislar blogerning hamyonida avtomatik ravishda paydo bo'ladigan tangalarni berishadi. Yetarli miqdorni yig'ib, ular real pulga aylantiriladi;
β mahsulotlar va xizmatlarni taklif qiluvchilar bilan kelishib, ularni reklama qilish. Ular o'z mahsulotlarini qisqa video roliklardagi reklamasi uchun 200$ dan 2000$ gacha to'lashga tayyor;
β sotuv orqali. Internet-do'konlar yoki boshqa biznes egalari uchun ushbu platforma savdo maydonining bir turiga aylanadi.
πΈ Tik-Tok pul to'laydi. Ammo, buning uchun foydalanuvchiga ijodkorlik, zukkolik va, albatta, omad kerak bo'ladi.
β Yaxshigina pul topadigan qaysi Tik-Tokerlarni taniysiz?

Chegara bilmas YouTube
π₯ Deyarli har qanday mavzudagi video kontentga boy "otaxon" sayt β YouTube'ni bilmaydigan internet foydalanuvchisi bo'lmasa kerak. Bu yerda, hattoki, eshikni qanday ochib-yopishdan tortib, kvant fizikasigacha bemalol o'rganishingiz mumkin. Ammo, "har to'kisda bir ayb",- deganlaridek, ushbu saytni "ko'rolmaydiganlar" ham topiladi.
β Ba'zi mamlakatlarda YouTube uzoq muddatli yoki ma'lum muddatli (masalan, notinchlik paytida, saylovga tayyorgarlik paytida va boshqalar) ta'qiq ostida turadi. Boshqa davlatlarda bu saytga kirish butkul ochiq bo'lsa-da, ammo ma'lum videolarga kirish ta'qiqlanadi. Bitta video sabab butun sayt ta'qiqlangan hollarda, YouTube o'z xizmatini qayta tiklash uchun mazkur videoga kirish huquqini olib tashlash yoki cheklashga rozi bo'ladi.
π Ammo, har qanday holatda ham, geografik cheklovlarni chetlab o'tish uchun VPN'lardan foydalanish imkoni mavjud.
β O'zbekistonda YouTube bloklangan paytni eslay olasizmi?

NASA β samo yana-da yaqinroq
π€ Siz Hubble teleskopi haqida eshitganmisiz? "Apollon" dasturi haqida-chi? Oyga kim birinchi qadam qo'yganini bilasizmi? Bu ishlar kim(lar) tomonidan olib borilishini-chi? Unda biz bilan davom eting.
π NASA (National Aeronautics and Space Administration β Milliy Aeronavtika va Fazo Ma'muriyati) β AQSHning fazoviy, ilmiy va aeronavtik tadqiqotlar bilan shug'ullanadigan agentligi. 1958-yilda tashkil etilgan ushbu agentlik 160dan ortiq odam boshqaradigan fazoviy missiyalarni amalga oshirishga mas'ul bo'lib, ko'plab fazogirlarni samoga yubordi. Bularning barchasidan maqsad β kosmosni o'rganish va ko'proq ma'lumotga ega bo'lish.
π‘ NASA yordamida Yerdan tashqari hayotni va sayyoramizni o'rab turgan barcha narsalarning xususiyatlarini topishga va bilib olishga harakat qilamiz.
β Sizda imkon bo'lsa NASA'da ishlarmidingiz ?
Site | Telegram| Facebook | Instagram

O'z uyim β o'lan to'shagim(mi?)
π Siz bir kun kelib nafaqat o'z uyingiz, shahringiz, balki yashab turgan sayyorangizni ham tashlab boshqa bir sayyoraga yashash, ishlash yoki shunchaki dam olish uchun ketishingiz mumkinligi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz?
π Yaqin kelajakda buni amalga oshirish imkoni bor (bo'larmish). 2050-yilgacha Ilon Mask 1 million insonni Marsga jo'natmoqchi ekanligini aytgan. U hatto, Marsga uchib ketishga qodir bo'lmaganlar uchun Qizil sayyoradagi ish joylari bilan bir qatorda, kredit berishga tayyorligini ma'lum qilgan. Demak, sayyoralararo sayohat qilish uchun faqat xohishning o'zi yetarli bo'ladi.
π€ Hozircha bu faraz (Maskjonning niyati) amalga oshadimi yo'qmi, noma'lum. Mabodo, amalga oshadigan bo'lsa, shunday imkoniyat bo'lishi bilan bemalol Marsga uchish kerak. Axir, 5 kunlik dunyoda Yer sayyorasidan boshqasini ko'rmay o'tib ketaveramizmi?!
βSiz nima deysiz? Marsga uchamizmi?

Wikipedia β cheksiz bilimlar makoni
π Biror yangi atama yoki ma'lumotga duch kelganingizda u haqida batafsil ma'lumotni qayerdan topish mumkinligini bilasizmi? Albatta, Wikipedia'dan!
π‘ Wikipedia β bu ko'p tilli, erkin Internet ensiklopediya. U ko'ngillilar tomonidan ochiq hamkorlik asosida yoziladi va qo'llab-quvvatlab turiladi. Ushbu loyiha 2001-yil 15-yanvarda mutaxassislarga mo'ljallangan Nupedia'ga to'ldiruvchi sifatida yaratilgan. Hozirda uni notijorat Wikimedia Foundation tashkiloti boshqaradi. Wikipedia'dagi ma'lumotlarning juda katta qismi ingliz tilida yozilgan. Hozirda bu bepul ensiklopediya eng katta va eng ko'p qaraladigan ma'lumot manbasiga aylandi.
π Bundan tashqari, Wikipedia'ning juda mashhur bo'lib ketishi tufayli, unga yo'ldosh Vikiombor, Vikilug'at, Vikikitob, Vikiversitet, Vikiiqtobos hamda Vikiyangiliklar kabi loyihalar ham paydo bo'lgan.
β Siz oxirgi marta qachon Wikipedia'dan foydalandingiz?

Dunyoning βoooooβ deyishga arzigulik kompyuterini bilasizmi?
π Bugungi rivojlanib borayotgan zamonda kompyuterlar haqida bilmaydigan inson boΚ»lmasa kerak. Ammo siz Dunyoda βOOOOOβ deyishlikka arziydigan eng tezkor superkompyuter haqida bilasizmi? Unda bu haqda hozir bilib olamiz.
β‘οΈ Super kompyuterlar β juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun moΚ»ljallangan boΚ»ladi. 2020-yildan buyon birinchilikdan tushmay kelayotgan Yaponiyaning βFugakuβ superkompyuteri dunyodagi eng tezkor kompyuter deb yana tan olindi va u sekundiga 415 kvadrilliondan ortiq hisob-kitoblarni amalga oshirishga qodir. Uning hisoblash tezligi AQSH Milliy loboratoriyasining Summit superkompyuteri tezligidan 2.8 baravar tezroqdir. Mana sizga tezlik-u, mana sizga kompyuter.
βοΈ Siz kompyuteringiz tezligi haqida hech qiziqib koΚ»rganmisiz?

Til bilgan el biladi
π§ Siz qaysi chet tillarini bilasiz? Rus? Ingliz? Balki turk yoki arab tilidan xabardordirsiz? Til bilish qanchalik muhimligini bilasizmi?
π Biror xorijiy tilni bilish β bu o'sha davlat turmush tarzi, urf-odatlari bilan ham tanish bo'lish, dunyoqarashni kengaytirish demakdir. Bu, albatta, an'anaviy javob. Hozirgi kunda, til bilish juda ko'plab imkoniyatlar eshiklarini ochmoqda: zamonaviy kasblardan birini egallash, obro'li joyda obro'li vazifada ishlash va yaxshigina daromad topish kabilar bunga misol bo'la oladi. Harxolda, siz ham ish izlash davomida "qaysi tillarni bilasiz?" yoki "rus tilini bilasizmi?", deganga o'xshash savollarga duch kelgandursiz?
π‘ Qo'lida biror zamonaviy gadjeti, ozroq vaqti va eng asosiysi, xohishi bo'lgan inson uchun til o'rganish, hozirgi paytda, umuman muammo emas. "Tak shto", haligacha biror chet tilini o'rganmagan bo'lsangiz, bu juda uyatli hol.
β Til bilganingiz foyda bergan holatlarni misol keltira olasizmi?
Site | Telegram| Facebook| Instagram

Olma pish β og'zimga tush
π Uydan chiqmasdan turib, erkin grafik vaqtda ishlash, eng muhimi, yaxshigina daromad qilish. Ajoyib, to'g'rimi? Bu endi orzu emas. Dunyoda minglab, balki millionlab insonlar hozirda shu usulda ishlab, kun kechiradilar. Qanday, deysizmi?
π‘ Frilanserlik (ish beruvchiga o'z xizmatlarini masofadan taklif qilish) qilish orqali. Ushbu soha bizda hali yangiliga qaramay, pandemiya sabab, undan deyarli hamma xabar topdi va o'z ish uslublarini o'zgartirishdi. Frilanserlik, asosan, zamonaviy kasb egalari, ya'ni kopirayterlar, grafik va veb dizaynerlar, tarjimonlar, menejerlar kabi kasb egalari orasida keng tarqalgan.
π° Kamida bitta chet tilini bilish, to'g'ri yoza olish, ijtimoiy tarmoqlarni yaxshi tushunish, yoki biror IT sohasida ishlay olish frilanserlikda yaxshi daromad qilish uchun yetarli.
β Siz ham frilansermisiz? Qaysi sohada faoliyat yuritasiz?