IT film ko'rasizmi?
🤔 Siz o'zingizni kinoman, deb hisoblaysizmi? Balki, hech bo'lmaganda zerikkaningizda kino ko'rib turarsiz? Qaysi janr yoki mavzudagi filmlarni yoqtirasiz? Melodrama, drama, Vatanga sadoqat ruhidagi yoki jangari filmlar yoqar? IT filmlarga nima deysiz?
💡 Axborot texnologiyalari, superkompyuterlar, informatsion xavfsizlik, kiberhujumlar va shunga o'xshash mavzular asosida 2005–2018-yillarda suratga olingan filmlar haqida ma'lumotga ega bo'lishni xohlaysizmi? Unda bu yerga bosing.
✏️ Kino ro'yhatingizni yangicha mavzudagi filmlar bilan boyiting. Agar ular zamonaviy kasblarga aloqador bo'lsa yana yaxshi. Zamon bilan hamnafas bo'lishga nima yetsin?
❓ Siz Top–5'likdagi qaysi filmlarni tomosha qilgansiz? Yana qanday IT filmlarni bilasiz?
Site | Telegram | Facebook | Instagram

PULINGIZ YO‘QMI? NIKE SIZGA O‘RNAK BO‘LADI
Tasavvur qiling siz nimadir sotib olishingiz kerak. Lekin unga yetadigan pulingiz yo‘q. Bu vaziyatda eng to‘g‘ri yo‘l, o‘sha sizga kerak bo‘ladigan narsani o‘zingiz tayyorlashingiz. Tayyorlagan narsangiz nafaqat o‘zingizga balki butun dunyoga mashhur bo‘lib ketsa, ajoyib-a.
Siz va bizga yaxshi tanish bo‘lgan NIKE kompaniyasiga xam ana shunday asos solingan.
1960 yilda yugurish bilan doimiy shug‘ullanuvchi Fil Nayt krassovkalar borasida doimiy muammolarga duch keladi. O‘sha vaqtlarda ADIDAS krassovkalari juda qimmat boshqalari esa, juda sifatsiz bo‘lgan.
NIKE logotipining soddaligi esa kompaniya ularning yuzi logotipi emas, balki mahsulotlarining sifati ekanligiga ishonishgani bilan bog‘liq.
Oradan yillar o‘tib shu soddagina logotip dunyoga mashhur sport kiyimlari tayyorlaydigan kompaniyaga aylandi.
Siz esa hali ham ishni nimadan boshlash kerakligini o‘ylab o‘tiribsizmi?
Site | Telegram| Facebook | Instagram

Unutilgan media-markaz.
📀 Koʻp funksional dasturiy taʼminot CD va DVD disklarni yozish uchun moʻljallangan va ishlatilgan, oʻz davrining trenddagi media-markazi — “Nero” dasturi haqda bilasizmi? Bugun ushbu oʻz zamonasining mashxur dasturi haqida gaplashamiz!
💡 “Nero” uy qobigʻiga ixtisoslashtirilgan operatsion tizimlar yoki boshqa paketlar yordamiga murojaat qilmasdan, kompyuterlarni markazga aylantira olgan, ammo, hozirgi davrga kelib unutilib borayotgan oʻz zamonasining zamonaviy dasturi.
💻 Oʻz davrida “Nero” kompyuter funksiyalarini boshqarish uchun eng samarali va qulay vositalardan biri boʻlgan va u yordamida:
— Disk yozish
— Videoni qayta ishlash va oʻrnatish
— Ovozni qayta ishlash
— Xizmat koʻrsatish dasturlari
— Multimediani koʻrish kabi amallarni bajarilgan.
⁉️ Siz ham avval koʻp foydalanilgan, ammo, hozirda deyarli hech kim ishlatmaydigan dasturlarni bilasizmi?

Game over! Siz o'ldingiz!
🤔 Sizga berilgan biror vazifani vaqtida bajarasizmi? Yoki "o'lim chizig'i"gacha borasizmi? Qanaqa chiziq bo'ldi bu, deysizmi?
💡 Deadline – sizga topshirilgan biror ishni bajarishingiz kerak bo'lgan oxirgi muddat. Bor-yo'g'i shu ekan-u, o'limni nega aralashtirishgan, degan savol sizga ham qiziqmi? Gap shundaki, ishdagi mas'uliyatsizlik, topshiriqni vaqtida bajarmaslik sizga bo'lgan ishonchni o'ldiradi, karyerangizda o'sishning to'xtashiga olib keladi. Shunday ekan, iloji boricha ishga mas'uliyat bilan yondashib, aytilgan vazifalarni vaqtida bajarish ham ish faoilyatingiz, ham huzur-halovatingiz uchun foydali. Axir, qilgan ishingiz uchun to'lovni kechiktirishsa, sizga ham yoqmaydi-ku, to'g'rimi?
❓ Siz vazifangizni doim kechikmasdan bajarasizmi? Kech qolgan vaqtlaringiz nima qilasiz?

Eng katta "kriptovalyutalar" bozori qaysi?
⚜️ Binance – bu kriptovalyuta birjasi boʻlib, u turlicha raqamli valyutalar bilan savdo qilish platformasidan iborat. 2021-yil aprel oyi holatiga Binance savdo hajmi boʻyicha dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjasi hisoblangan.
👍 Ushbu savdo platformasi foydalanuvchilarga bir qancha imtiyozlar yaratgan bo'lib, uni tatbiq etib kelyapti. Binance platformasida o'zingizning kripto valyutangizni qo'ying va saqlang. Foiz olayotganda, siz istalgan vaqtda pul mablag'larini qaytarib olish yoki operatsiyalarni bajarish imkoniyatiga egasiz
🔆 Binance kriptovalyuta birjasi — Binance "Basic" va "Advanced" kabi ikkita savdo maydonchasi interfeyslarini taklif etadi. Foydalanuvchilar Limit, Market va Stop-Limit buyurtma turlarini platformaning ikkala versiyasida ham amalga oshirishlari mumkin.
⁉️ Siz qaysi kriptovalyutalarni bilasiz?

Osilsang baland dorga osil
📰 Siz haqingizda biror joyda maqtab yozishganmi? Biror gazeta, jurnal yoki saytda? Odatda, boylar reytingini chiqaradigan "Forbes" jurnali haqida eshitgan bo'lsangiz kerak? Xo'sh, o'zi u qanday jurnal? Oddiy odamlarning ham nomi chiqarmikan?
💡 "Forbes" – ikki haftada bir chiqadigan amerikaning biznes nashri. Ushbu jurnal, asosan, moliya, sanoat, marketing kabi mavzularda maqolalar chiqaradi. Shuningdek, "Forbes" o'zining ro'yxatlari va reytinglari bilan mashhur.
✏️ Qiziq ma'lumot: "Forbes" 1982-yilning 13-sentyabridan buyon "Eng boy 400 nafar amerikalik" ro'yxatini chop etadi. 400 raqami bejizga tanlanmagan. 1890-yillarda Uilyam Blekhaus Astor ismli ayol o'z saroyida Amerikaning eng boy odamlari uchun ziyofat uyushtirgan va uning saroyiga 400 nafardan ortiq kishi sig'magan. Reyting nomi shundan olingan.
❓ Niyatni katta qilib, katta boy bo'lib ketaylig-u, "Forbes"ning boyvachchalar ro'yxatida chiqaylik, deb rejalashtirayotganlar bormi?

Oyijon, "2v1" shampunda sigiriz yaltillab ketdi...
😌 Atrofimiz mikrob-u viruslarga to'la muhitda, doim o'zimiz, kiyimlarimiz, oziq-ovqatimiz, hatto, hayvonlarimizni toza saqlash uchun har xil "sredstvo"lardan foydalanamiz. Ammo, eng kerakli yordamchilarimiz telefon va kompyuterlarimizga virus tushib qolganda, ularni eng kuchli tozalagichda ishqalab yuvish ham foyda bermaydi.
💡 Albatta, bunday vaziyatda bizga antiviruslar yordamga keladi! Hozirgi vaqtda viruslarni yo'qotish uchun ko'pgina usullar ishlab chiqilgan va bu usullar bilan ishlaydigan dasturlar antiviruslar deb ataladi. Qo'llanish usuliga ko'ra, ular quyidagilarga bo'linadi:
– detektorlar;
– faglar;
– vaksinalar;
– privivka;
– filtrlar va
– revizorlar. Bularning har biri alohida vazifa bajarishadi. Eng muhimi, yangi viruslarning to'xtovsiz paydo bo'lib turishini hisobga olib, antivirus bazalarini doimiy ravishda yangilab turish lozim.
❓ Siz qaysi antivirus dasturidan foydalanasiz?

Yaxshi qiz, QR kodizni ayting...
🧐– Vizitkada telefon nomerni shifrlash, bir marta bosishning o'zi bilan kontaktlar ro'yxatiga qo'shib qo'yish;
– Internet havolalari bo'yicha tezkor o'tish;
– Wi-Fi routeriga avtomatik tarzda ulanish kabi aloqa jarayonlarini optimallashtiradigan yordamchi haqida bilasizmi?
💡 QR kod (inglizcha "Quick response" – "tezkor javob") – bu maxsus tarzda kodlangan qandaydir bir ma'lumotning kvadrat ko'rinishdagi tasviri. Hozirgi kunda kameraga ega zamonaviy telefonlar ushbu ko'rinishdagi tasvir ostidagi ma'lumotlarni oson o'qish imkoniyatini bermoqda. Buning uchun bor-yo'g'i telefon kamerasini QR kodga yo'naltirgan holda, undagi ma'lumotga ega bo'lishimiz mumkin.
😍 Demak, endi biror qizdan uning telefon raqamini o'zgacha usulda so'rab, uning hayratini oshirishingiz mumkin. Ammo, ehtiyot bo'ling, tag'in "gap otdi",- deb sizni javobgarlikka tortmasin.
❓ Sizning ham o'z shaxsiy QR kod'ingiz bormi ?

Bugun 14-fevral. Sovg'angiz tayyormi?
😕 "Qanaqa 14-fevral? Bu bizning bayrammas",- deysizmi yoki "sevgilim yo'qku", - deb o'ylayapsizmi? Shoshmang, biz "Xalqaro kitob ulashish kuni" haqida gapiryapmiz. Eng yaxshi sovg'a bu – kitob. Kitob IT haqida bo'lsa nur ustiga nur.
💡 Endi IT haqida nazariy bilimlar beradigan kitoblarni o'zbek tilida ham o'qishingiz mumkin. Masalan:
📗 Anvar Narzullayev: "Pythonda dasturlash asoslari"
Web dasturlar, mobil ilovalar, sun'iy intellekt, robototexnikaning eng ilg'or tilini oson va mukammal o'rganing.
📗 Mualliflar jamoasi: "C++ tili asoslari"
Algoritmlash va dasturlash asoslari.
📗 Javlon Abdullo: "Mukammal dasturlash, 1-kitob. HTML va CSS"
Web-dizaynerlikni noldan mukammallik darajasigacha batafsil o'rgatuvchi qo'llanma.
📗 Javlon Abdullo: "Mukammal dasturlash, 2-kitob. JavaSctipt"
JavaSctipt asosida dasturlashni o'rganish va bilimni mustahkamlash uchun mukammal qo'llanma.
❓ Sizning javoningizda nechta kitob bor?

“Sunʼiy quyosh” haqida bilasizmi?!
📊 Xitoyning janubi-gʻarbida Chendu shahrida mutaxassislar tomonidan “sunʼiy quyosh” deya taʼriflangan yangi avlod HL-2M termoyadroviy qurilmasi ishga tushirildi. Qurilmaning “sunʼiy quyosh” deb atalishiga sabab — haqiqiy Quyosh kabi yadroviy sintezni imitatsiya qilishdir. Yonilgʻi sifatida vodorod va deyteriydan foydalaniladi.
🔆 Xitoylik tadqiqotchilarni 70 mln. daraja issiqlikdagi “sunʼiy quyosh”ni 1056 soniya yoki 17 daqiqa va 36 soniya davomida ishlatib turishga muvaffaq boʻlishdi. Qurilmaning tashqi korpusi 1,7 metrga teng.
🧑💻 Olimlar kelgusida bu qurilma yadroviy sintez kuchidan foydalanish sari yoʻl ochishga umid qilishmoqda. Maqsad esa ulkan: agar buning uddasidan chiqishsa, “cheklanmagan toza energiya” olish tomon dastlabki qadamlar tashlanadi.
⁉️ Sun'iy quyoshdan yana nimalar uchun foydalanish mumkin deb o'ylaysiz?