Telegram Web Link
Ehtiyot bo'ling, telefonning ham qulog'i bor

🧐 Hech e'tibor berganmisiz, kim bilandir qilgan suhbatingizdan so'ng, internetni yoqsangiz, negadir boyagi suhbatingizga oid reklamalar chiqib kelaveradi. Qiziq, telefonimiz bizni eshitarmikan yoki uyqudaligimizda Ilon Mask tanamizga chip o'rnatib ketdimikan-a?

πŸ’‘Gap shundaki, telefonimizdagi Siri, Google assistant, Alexa va Cortana kabi ilovalar ovozli buyrug'imizga ko'ra ish bajarishga moslashgan. Natijada, ular sizni doimo beixtiyor "eshitadi" va internet algoritmi asosida siz aytgan narsalarni oldingizga olib kelaveradi. Jahllanishga shoshmang, bu ishlar hammasi qonuniy. Shunchaki biz biror dasturni o'rnatayotganda "terms and conditions" degan joyida "agree" yoki "accept" so'zlarini bosib, shartlarga rozi ekanligimizni bildiramiz. Ko'p hollarda, o'sha shartlar orasida, "biz sizni eshitamiz" bandi ham bo'ladi.

❓Sizda ham telefoningiz sizni eshitayotganday tuyulgan vaziyatlar bo'lganmi?

Site | Telegram| Facebook | Instagram
Brauzering soz bo'lsa, mashaqqating oz bo'lur

🧐 Siz qaysi brauzerdan foydalanasiz? Olmaxoncha shaydosimiz yoki olovli tulki? Balki "Opera"ga qiziqarsiz? "Bizda Apple Safari",- deysizmi? Aslida, qaysi brauzer eng yaxshisi ekanligini bilasizmi?

πŸ’‘Brauzerlarning tezlik, maxfiylik va boshqa imkoniyatlaridan kelib chiqib, darajasi aniqlanadi. Masalan, eng ko'p foydalanilish darajasiga ko'ra Google Chrome bir necha yillardan beri dominantlik qilib kelmoqda. Kompyuter foydalanuvchilarining 70%i bu brauzerdan foydalansa, telefon foydalanuvchilarida bu ko'rsatkich 60%ga teng (iPhone egalari bundan mustasno, albatta).
Birgina 2022-yil 31-yanvar 6-fevral oralig'ida Google Chrome brauzeridan 2.19 mlrd aholi foydalangan bo'lsa, Yandeks uchun bu ko'rsatkich 1.42 mlrd'ga teng. Shohsupaning 3-o'rnini 690 mln foydalanuvchi bilan Safari egallab turibdi.

❓ Siz yana qanday brauzerlardan foydalanasiz?

Site | Telegram| Facebook | Instagram
O'zbekistondagi birinchi onlayn bozor haqida bilasizmi?

🧐 Biror mahsulotni bozorga bormay sotishingiz yoki sotib olishingiz kerak bo'lgan holatlar sizga tanishmi? OLX platformasidan foydalanib ko'rganmisiz? U O'zbekistondagi 1-raqamli e'lonlar xizmati ekanligidan xabardormisiz?

πŸ“Œ O'z ishini 2004-yilda Torg.uz nomi ostida boshlagan va O'zbekiston aholisi ko'pchiligining sevimli xizmatiga aylangan OLX 2015-yil bahorida rebrending qildi. U 40 dan ziyod mamlakatda ish yuritayotgan xalqaro e'lonlar maydoni tarmog'ining bir qismi bo'lib hisoblanadi. Buyerda har bir odam sanoqli daqiqalar ichida bepul mobil ilova yordamida e'lon joylashtirishlari mumkin.

Butun dunyo bo'ylab oyiga tahminan 300 mln'dan ortiq inson ushbu platformadan foydalansa, O'zbekistonda har oy OLX bazasi tahminan 100 ming yangi takliflarga ko'payib boradi. SimilarWeb ma'lumotiga ko'ra, OLX O'zbekistondagi eng mashhur saytlarning Top-10'taligiga kiradi.

❓ Siz ham OLX'dan foydalanib turasizmi?

Site | Telegram| Facebook | Instagram
🌎 Faraz qilaylik...

Agar dunyo ostun-ustun bo'lib, hamma narsa yo'q bo'lib ketsa va bir qancha kasb egalari qolsa, siz bularga bosh-qosh bo'lsangiz va orasidan ayrimlarini qoldirib, ayrimlarini rivojlanish tomon olib ketayapsiz...

Savol qaysi kasb egalarini tanlab olgan bo'lar edingiz? Shuningdek, ularning soni 7 nafarni tashkil qilishi kerak.

P. S.: Men o'zim aniq bilaman bitta "dasturchi" olish kerakπŸ˜…

Site | Telegram| Facebook | Instagram
"Alo, qattasan? Marsda?!"

πŸ€” 2022-yilda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan "Tesla" kompaniyasining yangicha smartfoni haqida eshitdigizmi? Gap Ilon Mask mahsuloti haqida ketar ekan, bu o'zgacha bo'lishi aniq.

πŸ’‘ Mish-mishlarga qaraganda, yangi telefon "Model Pi/P" deb nomlanishi kutilmoqda. 108 megapikselli kameraga, 6.5 dyumli 4K darajadagi ekranga, Snapdragon 898 protsessoriga va 2 terabayt xotiraga ega bo'ladigan smartfon o'rtacha 800$ dan 1200$ gacha baholanishi mumkin. Eng asosiysi, ushbu "aqlli telefon" Starlink orqali Marsda ham ishlay olishi ko'zda tutilgan.

Endi yaqinlaringizni qattiq xafa qilib qo'yishdan ehtiyot bo'ling, tag'in telefonni ko'tarib Marsdan izlab yurmang ularni πŸ˜‰.

❓ Siz "Tesla"ning yangi telefonini sotib olarmidingiz?

Site | Telegram| Facebook | Instagram
IT sohasida qaysi kasb egasisiz yoki boβ€˜lmoqchisiz?

Fikrlaringizni izohlarda qoldiring! ( Umumiy qilib aytishga harakat qildik)
Anonymous Poll
53%
Dasturchi
5%
Loyiha menejeri
14%
Dizayner
3%
Targetolog-Kontekstolog
2%
Copywriter
2%
SEO mutaxassisi
4%
Animator
5%
Sotuv menejeri
2%
Tahlilchi
9%
Kibersportchi
"Soqqani bosayotgan" kasb egalari...

πŸ“² Virtual dunyo, meta olam, ijtimoiy tarmoqlar, saytlar, turli platformalar. Bu Internet hayotida doim trendda bo'lish, to'g'ri yo'nalishda ketish oson emas. Bu olamning o'ziga xos kontent yaratuvchilari majvud.

πŸ’‘Virtual olamda siz ko'radigan har qanday ma'lumot: bloglar, yangiliklar, rasmlar, videolar, audiolar va boshqalar kontent yaratuvchilarning ijod mahsulidir. SMM agentliklarida "kontent meyker" lavozimida ishlaydigan bu kabi ijodkorlar usiz kunimiz o'tmaydigan Internetni qiziq kontentlarga to'ldirib borishadi va shu tariqa daromad olishadi. Albatta, har kim ham ushbu vazifani bajara olmaydi. Yaxshi kontent meyker bo'lish sizdan kreativlikni, ijodkorlikni, keng dunyoqarash va bilimni, izlanuvchanlikni talab etadi.

Zamon talabi bo'lgan bu kasbga hozir talab ancha yuqori. Daromad ham yaxshi. Hech qanday diplom talab qilmaydi. Xullas, o'rganishga, sinab ko'rishga arziydigan soha.

❓Siz kontent meyker bo'lib ishlarmidingiz?

Site | Telegram| Facebook | Instagram
Kibersport –kelajak sporti

πŸ”« Kompyuterda o'yin o'ynasangiz-u, yutganingizda mukofot berishsa, ajoyib-a? Tag'in sizni xalqaro musobaqalarda ishtirok etishga taklif qilishsa-chi? Uydagilaringiz bo'lsa, "vaqtingni kompyuter o'yinlariga bekor sarflama",- deyaverishadi. Ularga kibersport va "Esports Uzbekistan" Federatsiyasi haqida aytib bering.

πŸ’‘ "Esports Uzbekistan" Federatsiyasi 2016-yilda Adliya vazirligida rasman ro'yxatdan o'tgan bo'lib, elektron kompyuter sporti(kibersport) sohasida bir qator ishlarni amalga oshirib, turli turnir va musobaqalarni tashkil qilmoqda. Jumladan:
β€” WESG Uzbekistan
β€” PCL Uzbekistan (liga)
β€” MinSport onlayn kubogi
β€” ICT Week doirasida Uzbekistan Cup va boshqalar.
Ushbu tashkilotning maqsadi – mamlakatimizdagi barcha kibersport klublari va ixlosmandlarini birlashtirish hamda O'zbekiston nomini kibersport yo'nalishida jahonga tanitishdan iborat.

πŸ˜‰ "Vijdonim qiynalmay, PUBG o'ynashda davom etaman",-deysizmi? Qani, foydali ish qilishga marsh!

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Infoshopdan bir chimdin maslahat!

πŸ–₯ Zamona zayli bilan ish vaqtining asosiy qismini kompyuter oldida o'tkazadigan insonlar soni tobora ortmoqda. Ko'p vaqt ekranga tikilish zararli ekanligini bilsak-da, busiz iloji yo'q. Ammo zararni kamaytirishning ba'zi usullari mavjud.

βž– Avvalo, klaviatuaraga "yotib" olmasdan, qomatni tik tutib, masofani saqlagan holda ishlash zarur. Buni hamma biladi, ammo ish qiziganda berilib ketadigan IT'shniklar bunga amal qilarmidi?
βž– Har 2 soatda qisqa muddatli tanaffus qiling. Ish stolingizdan uzoqlashib, uzoqlarga, yashil manzaralarga tikiling. Biroz badantarbiya qilish yana-da foydali.
βž– Himoya ko'zoynaklaridan foydalaning. Ushbu oddiygina, hammaga ma'lum qoidalar sizni ishingiz sabab kelib chiqadigan bosh og'rig'i, asabiylik, charchoq, yuqori qon bosimi, qonda shakar miqdorining oshishi va bel qismida yog' to'planishi kabi muammolardan xalos etadi.

❓Sizda kompyuter bilan bog'liq qanday muammo va yechimlar mavjud?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Bugun takrorlanmas kun

Sana 22.02.2022 😍
Teskaridan qaralganda ham bir xil. Shunchaki ajoyib go'zallik. Insonga yaxshi kayfiyat baxsh etadigan kun. To'g'ri, sanani kunimiz yaxshi bo'lishiga qanday aloqasi bor, dersiz. Har bir kunimizdan bahra olib yashashga nima yetsin? Buguningiz kutganingizdek yaxshi boshlanmadimi? Shunchaki, sanaga qarang, o'zingizni xursand qilishga bahona toping va baxtli yashang.

P. S. Ja bo'lmasa, bugungi kunni kanalimizdagi bir-biridan qiziq postlarni o'qib, motivatsiyaga bezang. Axir, hayot IT bilan go'zal πŸ˜‰.

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Ham cho'ntakka, ham tabiatga do'st bo'lamiz

πŸš— Siz yo'lda ketayotgan, davlat raqami yashil rangli biror mashinani ko'rdingizmi? Nega bunday, bilasizmi? Ha, albatta, bu – tabiatga zarar keltirmaydigan elektromobildir.

πŸš— Elektromobil – akkumulyatorlar batareyasi o'rnatilgan bir yoki bir necha elektr dvigatel yordamida harakatlanadigan avtomobil. XX asr boshlarida G'arbiy Yevropa va AQSHda elektromobillardan taksi, pochta furgoni, kommunal xo'jalik mashinalari va yengil avtomobil sifatida foydalanilgan. Biroq tezlikning cheklanganligi va energiya sig'imining pastligi elektromobillarning ommalashishiga to'sqinlik qilgan.

πŸš— Ammo, yil sayin turli mashina ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ushbu kamchiliklar ustida ishlashmoqda va elektromobillarning yangi – ideal turlari paydo bo'lmoqda. Endi mashina zaryadi yoki tezligi muammo emas. Muhimi, odatiy mashinalardan ko'ra, elektromobillarning narxi cho'ntakbop.

❓ Siz qaysi markadagi mashhur elektromobillarni bilasiz?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Instagramingga ehtiyot bo'l, boshqalarni o'g'ri tutma

πŸ“² Asosan, o'z hayotlarida go'zal voqealar aks etgan rasm va videolarni ulashadigan Instagram foydalanuvchilari uchun xavfsizlik juda muhim. Kim ham shaxsiy mediasi tarqab ketishini yoki bir necha ming, hatto millionlik auditoriyasidan ayrilishni xohlardi?

Ammo, Instagram platformasi juda ishonchli tarmoq emas. Bu yerda sizni osongina "hack" qilishlari, profilingiz "vzlom" bo'lishi, ma'lumotlaringiz tarqab yoki butkul o'chib ketishi mumkin. Instagram profilni buzishning "keylogger", "ayg'oqchi ilova", "fishing" va yana bir necha usullari bor. Shuningdek, juda samarali bo'lmasa-da ancha ish beradigan himoya usullari ham mavjud. Jumladan, kuchli paroldan foydalanish, ikki faktorli autentifikatsiyani yoqish, umumiy Wi-Fi tarmoqlaridan qochish kabilar. Xullas, o'zingizga ehtiyot bo'ling, tag'in qaysi bir blogerlardek yig'lab yurmang πŸ˜‰.

❓ Sizning Instagramingizda nima gaplar?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Aqliy salohiyatingizni sinaymiz!😊

Apple kompaniyasiga ishga qabul qilishda suhbatda berilgan savollardan biri:

Arnold Shvarsneggerda - uzun;
Ilon Maskda - qisqa;
Madonnada umuman yoβ€˜q;
Rim Papasida bor, lekin u undan hech foydalanmaydi.

BU NIMA?

Do'stlarga ham ulashing balki ular topishar! πŸ‘‡πŸ»
Xo'sh, Telegramda nima gaplar?

πŸ›‘ Eng kuchli himoyalangan messenjerlardan biri – Telegram bo'lsa, undagi ikki bosqichli autentifikatsiya – muhofazaning eng ishonchli usulidir. Agar kimdir ikki bosqichli autentifikatsiya bilan himoyalangan Telegram profilni buza olsa, Pavel Durov unga juda katta summadagi pul miqdorini taqdim etadi.

πŸ” Telegramni buzib kirishning hozirda hech qanday yo'li yo'q. Xabaringiz bo'lsa, "Roskomnadzor" Telegramdagi yozishmalarni o'qishga imkon beruvchi kerakli kalitni olish uchun Durov bilan "jang" olib borgan edi (balki, hanuz jarayon davom etayotgandir). Butun boshli RF parolni so'raganda rad javobini bergan Pavel, oddiy odamlar messenjerni "vzlom" qilsa qarab turarmidi? Muhimi, telegramingizga kelgan kodlarni hech kim bilan bo'lishmasangiz bo'lgani. Faol seanslar bo'limini ham har zamonda tekshirib turish yoddan chiqmasin. Xullas, Telegramdan bemalol, sizni o'qishlaridan xavotirlanmasdan foydalanavering.

❓ Siz Telegramga ishonasizmi?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
TikTok'dan foydalanuvchilari uchun yangilik

πŸ“² Qisqa videoroliklar va ko'rishlar soni bo'yicha yetakchilik qiladigan TikTok platformasidan o'z foydalanuvchilari va biznes egalari uchun yaxshi yangilik! 17-fevralda e'lon qilingan yangilanishlarga ko'ra, endi sevimli platformangiz ancha xavfsiz.

πŸ’‘ Har oy TikTok'ka milliardlab videolar joylashtiriladi va tomosha qilinadi. Shunday ekan, platformaning asosiy maqsadi – foydalanuvchilari uchun maksimal xavfsizlikni ta'minlashdan iborat. Shu yoβ€˜nalishdagi yana bir qadam – birinchi Brendni Himoya Qilish Markazi – TikTok’ning foydalanuvchilar va brendlar uchun xavfsiz va ishonchli koβ€˜ngilochar platforma yaratish borasidagi sa’y-harakatlari haqidagi ma’lumotlarni jamlagan axborot portalining ishga tushirilishi boβ€˜ldi. Endi siz TikTokda brendingizni qo'rqmasdan reklama qilsangiz, profilingiz "vzlom" bo'lishidan xavotirlanmasangiz ham bo'ladi.

❓Siz TikTok'ingizni "obnovit" qildingizmi?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
​​Eshmat bilan G'ishmat "bizem minde bir zamon bilan hamnafas bo'laylik",- deb "sotuv menejeri" kursiga borishdi o'qigani. Eshmat bir oyda ishni ancha puxta o'rganvoldi va keyingi oy uchun o'qishga bormasdan ish faoliyatini boshladi. Avvaliga, hammasi yaxshi ketayotgandi. Lekin, negadir keyinchalik ishlari o'xshamay qola boshladi, hech mijozlar bilan kelisholmasdi. Bir oydan so'ng sherigi G'ishmat keldi ishga. Eshmatdan ish tajribasi kam bo'lsa-da, mijozlar bilan ishlash uslubi boshliqlarga ma'qul kelib uning maoshini oshirishdi. Hech nimaga tushunmagan Eshmat o'rtog'idan so'radi:
– Birga bitta joyda o'qigan bo'lsagam, soqqani zo'ri sendayu o'rto. Bunga qanday erishyapsan?
G'ishmat miyig'ida kulib javob berdi:
– Ey do'stim, gap shundaki, men erinmasdan kurs oxirigacha o'qidim. Sen ketgach, biz CRM degan narsani o'rgandik.
– Iye, ha bu Cristiano Ronaldo Manchesterda deganimasmikin?😁
– Hazilingni qo'ysangchi. Bu client relationship management, ya'ni xaridorlar bilan munosabatni boshqarish, degani. Bu shunday tizimki, mijozlar yoki hamkorlar bilan aloqa ma'lumotlarini saqlashga, sotuv imkoniyatlarini oshirishga va xizmat ko'rsatishdagi muammolarni aniqlashga imkon beradi
– Iye, haaa. Sal shoshibman-da unda.

Siz-chi, CRM haqida nima bilasiz?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Mazza qilib reklama ko'rayotgan-da kino qo'yvorishadimi-yey...

πŸ˜‘ Oldinroq aytib o'tganimizdek, brauzerlar ichida dominantlik Google Chrome'da ekan, deyarli hammamiz Google Ads'dan xabardormiz. Nimadir ma'lumot izlab, har xil saytlarga kirganimizda, o'rtadan reklamalar chiqaverishi hammaga ma'lum hol.

πŸ’‘Google'ning onlayn reklama platformasi bo'lgan Google Ads orqali har bir kishi o'z mahsulot va xizmatlarini boshqalarga yetkazishda foydalanishlari mumkin. Bu tadbirkorlar uchun o'z bizneslarini tanitishning eng yaxshi, eng samarali usulidir. Google Ads'da akkount onlayn boshqarilishi tufayli, siz xohlagan paytingizda reklama qo'shishingiz, uni o'zgartirishingiz, byudjetingizdan kelib chiqib, reklamangiz qayerlarda, qancha vaqt davomida chiqishini tanlashingiz mumkin.

❓Siz Google Ads'dagi reklamalarga qanday munosabat bildirasiz?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Telegramda reklama masalasi qanday?

πŸ”— Hammaga ma'lum, Telegram messenjeri o'tgan yil oxirigacha reklamalarsiz ishlaydigan beminnat platforma edi. Ammo, 2021-yil oxirida Pavel Durov o'z ixtirosiga yangi reklama formati qo'shilganini e'lon qildi.

πŸ’‘Unga ko'ra, reklamalar faqatgina obunachilari soni 1000 tadan oshiq kanallarda 160 ta belgidan oshmagan holda joylashtiriladi. Bunda reklama matni joylanayotgan kanal kontentiga mos bo'ladi. Ya'ni, biz reklamalarni shaxsiy xabarlar yoki guruhlarda umuman uchratmaymiz. Reklama beruvchilar o'z reklamalarining tilini va u joylashtiriladigan kanallar yo'nalishini tanlash imkoniyatiga ega. Telegram bu kabi reklama usuli uni tarqatuvchilar uchun ancha tartibli va samarali bo'lishiga umid qilmoqda va kanallar adminlarini hamkorlikka chorlamoqda. Quyidagi link orqali siz o'z reklamangizni ma'lum shartlar asosida joylashtirishingiz mumkin.

❓Siz bunday reklamalarni qaysi kanallarda uchratdingiz?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Ko'nglingni avaylab, qisqarar Fevral...

Hademay qish ham yakuniga yetadi. Bahorni intiqib kutayotganlarning sabrini sinamay, debmi, Fevral ham ikki kun vaqtliroq bo'lsa-da, o'z vazifasini tugatadi. Ammo, oxirgi kunning Dushanbaga to'g'ri kelib qolgani sal chatoq bo'libdi-da, nima dedingiz, dangasalar? πŸ˜‰
Axir, haftaning, yangi faslning, yangi oyning birinchi kuni nimadir yangi narsani yoki chala qolgan ishni davom ettirish uchun juda ajoyib imkoniyat bo'lardi-da.

Kutmang, qulay fursat kelishini kutmang, keyingi Dushanbani kutmang. Hozir harakat qiling. Nimadir yangi narsa o'rganing. Pul, joy, o'qituvchi muammo bo'lmagan zamondamiz. Shunchaki, biroz ishtiyoq, qiziqish va vaqt bo'lsa kifoya. Nima o'rganishni bilmayotgan bo'lsangiz, avvalo, til o'rganishdan boshlang, IT'ni o'rganing. Yangi bilimlar dunyoqarashingizni ancha kengaytiradi. Keyin o'zingiz ham dangasalik qilgingiz kelmay qoladi.

❓ Sizning Martga mo'ljallangan qanday rejalaringiz bor?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
2025/07/04 21:34:38
Back to Top
HTML Embed Code: