Telegram Web Link
TikTok qanday qilib dunyoni zabt etdi?

📱 TikTok – qisqa vaqt ichida dunyoning turli burchaklarida yashovchi bir necha avlod vakillarining hayotiga kirib bordi. Avvaliga ushbu ilovaga jiddiy eʼtibor qaratilmagan boʻlsa, bugungi kunga kelib undan brendlarning mashhurligini oshirish, biznes yuritishda faol foydalanmoqdalar.

🔥 Ilovaning bunchalar mashhur boʻlib ketishi sababi nimada deb oʻylaysiz? Ushbu savolga javob bergan foydalanuvchilarning 65%i TikTok'da har bir odam asl qiyofasida koʻrinishi mumkinligini aytishgan. 70% foydalanuvchilar esa uni foydali ilova sifatida yaqinlariga tavsiya qilishar ekan.

TikTok haqida sizning fikringiz qanday? Undan foydalanasizmi?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Dasturlashni oʻrgan, davay

Bugun kimning ketmoni balandroq uchyapti desangiz, dasturchilar kamtarlik ila bir chetda sukut saqlab turishlari mumkin. Chunki, dasturchilarning ketmonda uchib yurishlariga ehtiyoj qolmagan. Kelajak ularning qoʻlida turganda eski ketmonga ne hojat?

💵 Bugungi kunda tajribali dasturchi mutaxassislar soatiga 13-19 dollardan daromad topishadi. Ularning bir soatlik daromadi ayrim soha vakillarining bir kunlik tushumidan oshyapti. Tushunyapsanmi, Karl?

🖐 Hazilni biroz nari surib turamiz. Hali yosh boʻlsangiz-u qaysi sohadan ketishni bilmay boshingiz qotsa, ikkilanmay dasturlashni tanlayvering. “Dasturlashni oʻrganishga kechikdim” deb hisoblasangiz, telefonga muk tushgan farzandingizning qoʻlidan tuting-da ushbu sohaga yoʻnaltiring. Birgina qaroringiz oradan vaqt oʻtib bolani daromadli va kelajagi porloq sohaning yetuk mutaxassisiga aylantiradi.

P.S. Dasturlashni bolalarga 6-7 yoshdan oʻrgatish mumkin. Dasturlashning kelajagi haqida fikringiz qanday?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Epson VS Canon: Gigantlar dueli

📈 Texnik inqilob jahon bozorida yashab qolishni istagan kompaniyalarni oʻz ustida ishlashga majbur etdi. Mashhur raqobatchilar orasidagi ikki gigant – “Canon” va “Epson” dueli oradan yillar oʻtsa hamki, haligacha davom etib keladi. Ularning ikkisi ham foydalanuvchilar orasida mashhurlikka erisha olgan, obroʻ va eʼtibor orttirgan.

➡️ “Epson” bugungi kunda printerlar, skanerlar, proyektorlar va boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi. U proyektorlar bozoridagi №1 brend hisoblanadi va ushbu nomni 10 yildan beri qoʻldan boy bermay kelmoqda.

➡️ “Canon” brendining dunyo boʻylab 198 ta kompaniyasi mavjud, umumiy savdo aylanmasi yiliga 29 mlrd dollarni tashkil etadi. Kompaniya printerlar, kompyuterning tashqi qurilmalari, nusxa olish apparatlari, shuningdek foto va videokameralar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi.

Siz ushbu kompaniyalarning qaysi biriga tegishli mahsulotlar sifatli va ishonchliroq deb oʻylaysiz?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Oyijon, "2v1" shampunda sigiriz yaltillab ketdi...

😌 Atrofimiz mikrob-u viruslarga to'la muhitda, doim o'zimiz, kiyimlarimiz, oziq-ovqatimiz, hatto, hayvonlarimizni toza saqlash uchun har xil "sredstvo"lardan foydalanamiz. Ammo, eng kerakli yordamchilarimiz telefon va kompyuterlarimizga virus tushib qolganda, ularni eng kuchli tozalagichda ishqalab yuvish ham foyda bermaydi.

💡 Albatta, bunday vaziyatda bizga antiviruslar yordamga keladi! Hozirgi vaqtda viruslarni yo'qotish uchun ko'pgina usullar ishlab chiqilgan va bu usullar bilan ishlaydigan dasturlar antiviruslar deb ataladi. Qo'llanish usuliga ko'ra, ular quyidagilarga bo'linadi:
detektorlar;
– faglar;
– vaksinalar;
– privivka;
– filtrlar va
– revizorlar.
Bularning har biri alohida vazifa bajarishadi. Eng muhimi, yangi viruslarning to'xtovsiz paydo bo'lib turishini hisobga olib, antivirus bazalarini doimiy ravishda yangilab turish lozim.

Siz qaysi antivirus dasturidan foydalanasiz?

Site | Telegram| Facebook | Instagram
Aql yoshda emas, boshda: Dunyodagi eng yosh dasturchilar

🎯 Qarshisiga aniq maqsad qoʻygan odamni unga erishishdan hech qanday toʻsiq toʻxtata olmaydi. Bu borada yoshning zarrachalik ahamiyati yoʻq. Yurakda oʻqib-oʻrganish istagi va kuchli ishtiyoq boʻlsa kifoya.

🧑🏻‍💻 Dunyodagi eng yosh dasturchilar haqida eshitganmisiz? Ular mazkur sohani necha yoshdan boshlab oʻrganishgan va ayni vaqtda qayerlarda faoliyat olib borishadi? Bugun shu haqida suhbatlashamiz.

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Videomontajni oʻrganmoqchi boʻlganlar uchun 3 tavsiya

🎞 Video soʻnggi bir necha yillik vaqt ichida marketingning kuchli quroliga aylandi. Bu esa videokontent bilan ishlovchi mutaxassislarga boʻlgan talabni keskin oshirib yubordi.

❗️Professional montaj ustasi boʻlishni istaysiz, ammo ishni nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Quyidagi tavsiyalar aynan siz uchun!

1️⃣ Ustoz tayyor! Vaqtingizni internetda behudaga sarf etmasdan, montajni oʻrgatuvchi videoroliklar koʻrishni boshlang. Aksariyat mutaxassislar videomontajni Youtubeʼdan oʻrganishgan. Mazkur platformada montaj boʻyicha bepul videodarslar son-sanoqsiz.

2️⃣ Amalda qoʻllang! Videodarslardan olgan bilimlaringizni amalda qoʻllash uchun ishga jiddiy kirishing. Biror loyihani boshidan oxirigacha oʻzingiz montaj qiling va xatolar ustida tinimsiz ishlang.

3️⃣ Kuzating! Hamkasblaringizning ishlarini doimiy ravishda kuzatib boring. Ushbu sohaga qiziquvchilar bilan fikr almashib turing.

Siz montaj sohasiga qiziqasizmi?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
2025/06/30 07:46:35
Back to Top
HTML Embed Code: