#InnoWeek_2025
InnoWeek – 2025 doirasida “Raqamli texnologiya yoshlar nigohida” tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov ishtirokchilari orasidan 20 nafari “Eng kreativ g‘oya” va “Eng dolzarb ishlanma” nominatsiyalari bo‘yicha saralab olindi va ularga esdalik sovg‘alari hamda sertifikatlar topshirildi.
🌐 Batafsil
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube

Bizni kuzating

🔥4❤3👍1
  #InnoWeek_2025
“InnoWeek–2025” innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi doirasida “Fan va innovatsiyalar uchun – xalqaro maʼlumotlar bazalari” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktabrdagi “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6097-son Farmoniga asosan “Web of Science” xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazasida indeksatsiya qilinadigan xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan umumiy maqolalar sonida O‘zbekiston ulushini, olimlarimiz tomonidan chop etilgan bitta maqolaga nisbatan xorijiy havolalar sonini hamda har 100 nafar o‘zbekistonlik olimlar tomonidan chop etilgan maqolalar sonini yillar kesmida oshirib borish maqsadli ko‘rsatkichlari va indikatorlari belgilangan.

❤2
  #InnoWeek_2025
2025-yil 9-oktabr kuni “InnoWeek-2025” haftaligi doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Q. Sharipov va Niderlandiyaning Vageningen universiteti professori, Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Rik Leymans o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama amaliy hamkorlik loyihalari muhokama qilindi. Jumladan, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti (“TIQXMM” MTU) doirasidagi hamkorlik faoliyati, ilmiy aloqalarni kengaytirish va rivojlanayotgan mamlakatlar yosh olimlarini xalqaro tadqiqotlarga jalb etish masalalariga eʼtibor qaratildi. Shuningdek, yosh iqtidorli kadrlar uchun respublika miqyosida bir haftalik seminar tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.
Professor Rik Leymans atrof-muhit tizimlarini tahlil qilish sohasida xalqaro darajada yetuk mutaxassis hisoblanadi. U Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo panel (IPSS) aʼzosi bo‘lib, 2007-yilda mazkur tashkilot Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Professor o‘z faoliyati davomida rivojlanayotgan mamlakatlar olimlari va talabalarini ilmiy izlanishlarga faol jalb qilib kelmoqda.
Uchrashuv natijasida O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasidagi ilmiy-taʼlimiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot dasturlarini amalga oshirish hamda o‘zbekistonlik talabalarga rahbarlik qilish imkoniyatlarini bo‘yicha kelishuvga erishildi.

❤3👍3