Telegram Web Link
#Akademik_harakatchanlik

Xabaringiz bor, joriy yilning 15-iyulidan 2-oktabriga qadar joriy yil hisobidan “Akademik harakatchanlik” dasturining to‘rtinchi tanlovi o‘tkazilgan edi.


Tanlovga jami 194 nafar yosh olim ariza topshirdi, shundan 92 nafar talabgorning loyihalari saralab olindi.

Bugun, 17-oktabr kuni Ishchi guruh tomonidan ularning taqdimotlariga start berildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib deb topilgan loyihalar bilan bog‘liq barcha xarajatlar davlat tomonidan to‘liq qoplab beriladi.

Eslatib o‘tamiz, “Akademik harakatchanlik” dasturi – yosh olimlarning o‘z ish joyidan ajralmagan holda, O‘zbekiston Respublikasi hududida yetakchi ilmiy markazlarda o‘tkaziladigan ilmiy tadbirlarda ishtirok etishi, ilmiy-tadqiqot ishi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni, shuningdek, tajriba almashishni nazarda tutuvchi dastur hisoblanadi.


Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube!!
43👍3
Olimlar va tadbirkorlar muloqoti — innovasion hamkorlik sari muhim qadam

Bugun, 18-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan Fanlar akademiyasi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi hamkorligida olimlar va tadbirkorlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatiga joriy etish, ilmiy g‘oyalarning amaliy qiymatini oshirish hamda biznes bilan hamkorlikni kuchaytirishga qaratildi.

Muloqot farmasevtika, elektrotexnika, qurilish, avtomobilsozlik, transport va logistika yo‘nalishlarini qamrab oldi. Tadbir davomida innovatsion g‘oyalar, ilmiy ishlanmalarni tijorarlashtirish, investisiya jalb qilish hamda amaliy qo‘llash mexanizmlari muhokama qilindi.

Mazkur tadbir ilm-fan va tadbirkorlik o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqib, mahalliy innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda milliy ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga xizmat qildi.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
👍32🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Olima_ayollar

O‘zbekistonda ko‘krak bezi saratonini sun’iy intellekt orqali erta bosqichlarda aniqlaydigan dastur yo‘lga qo‘yildi.

“Olima ayollar” tanlovida g‘olib bo‘lgan loyiha shuningdek, ortiqcha vaqt va resurslarni tejashga xizmat qilmoqda.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
👍103
Time jurnali 2025 yilning eng yaxshi ixtirolarini e’lon qildi

Time jurnali mutaxassislari chorak asrdan buyon har yili “Time’s Best Inventions” — eng yaxshi ixtirolar reytingini e’lon qilib keladi. 2025 yilda ham nashr insoniyat so‘nggi bir yil davomida yaratgan 300 ta eng muhim va innovatsion kashfiyotlarni sanab o‘tdi.

🔹 https://youtu.be/awJc0p0-Tmo

Batafsil: https://uza.uz/posts/773178

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👏1
#diqqat_tanlov

Amalda davom etayotgan tanlovlar⬇️


📥AQShda stajirovka o‘tang!
Muddat: 15.11.2025

📥Innovatsion tumanlar uchun yangi texnologiyalar tanlovi
Muddat: 31.10.2025

Bizni kuzating

Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
#sana

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni!

Bugun ona tilimiz – o‘zligimiz, milliy g‘ururimiz va ma’naviyatimiz timsoli bo‘lgan O‘zbek tili bayrami kuni.

O‘zbek tili davlat tili maqomini olgan kunga bugun 36 yil to‘ldi. Bu sana – milliy o‘zligimizni, mustaqillik va taraqqiyot yo‘lidagi birligimizni ifodalovchi muhim tarixiy voqea hisoblanadi.

Tilimizni asrash, rivojlantirish va avlodlarga sof, boy va go‘zal holda yetkazish — har birimizning fuqarolik burchimizdir.

Ona tilimiz – faxrimiz!
Bayram barchamizga muborak bo‘lsin!


Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari World Trade Center Utah tashkiloti a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston va Utah shtati o‘rtasida qo‘shma hamkorlik loyihalarini amalga oshirish, startaplar va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston startap ekotizimi haqida taqdimotlar o‘tkazilib, mamlakatimizdagi mavjud imkoniyatlar, yangi g‘oyalar va xalqaro hamkorlik tashabbuslari taqdim etildi.

World Trade Center Utah – xalqaro savdo va investitsiyalarni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi tashkilot bo‘lib, u bizneslar uchun global bozorlarga chiqish, hamkor topish va yangi imkoniyatlar yaratishda muhim rol o‘ynaydi.

Ushbu uchrashuv ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va O‘zbekiston startap hamjamiyatini xalqaro maydonga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi.


Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
👍7💯1
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi IT-parkka tashrif buyuradi.

Davlatimiz rahbari majmuaning ikkinchi bosqichiga start berish marosimida ishtirok etadi hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish loyihalari bilan tanishadi.

Shuningdek, Prezident raisligida hudud va tarmoqlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
2025/10/21 22:55:00
Back to Top
HTML Embed Code: