Telegram Web Link
“Neft avlodi: bunyodkor yoshlar nigohida” videoroliklar tanlovi yakunlandi!

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Raqamli texnologiyalar fakulteti hamda Neft va gaz ishi kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Neft avlodi: bunyodkor yoshlar nigohida” nomli videoroliklar tanlovi o‘z nihoyasiga yetdi.

Tanlovda universitetning turli yo‘nalishlarida tahsil olayotgan ijodkor, tashabbuskor va faol talabalar neft va gaz sohasining hayotimizdagi o‘rni, mehnati va kelajagini o‘z nigohi orqali yoritgan videoroliklar taqdim etdilar.

Ijodiy yondashuv, g‘oya yangiligi hamda badiiy ifoda mezonlari asosida baholangan ishlar orasidan eng yaxshi videoroliklar aniqlanib, g‘oliblar 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Zakovat o‘yini doirasida taqdirlandilar.

Natijalar:
1-o‘rin — 1 000 000 so‘m
2-o‘rin — 600 000 so‘m
3-o‘rin — 400 000 so‘m
Taqdirlash marosimida g‘oliblarga pul mukofotlari, faxriy yorliqlar va tashakkurnomalar topshirildi.

Mazkur tanlov talabalarda ijodiy fikrlash, texnik ko‘nikmalar va milliy sanoatga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.


Aloqa markazi:
+998752306060 - (Qashqadaryo)
Yozish
+998557056060 - (Samarqand)
Yozish

Litsenziya Nº 194419 25.12.2023

📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy

📍Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

Telegram | Web-sahifa
4👍1🔥1
Iqtisodiyot va pedagogika universitetining Pedagogika fakultetida “O‘zbekiston yoshlar nigohida” rasmlar tanlovi 2025-yil 7-noyabr kuni o‘tkaziladi.

Ushbu tanlov yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, talabalarning ijodiy salohiyatini namoyish etish va O‘zbekistonning go‘zal tabiatini, madaniy merosini hamda zamonaviy hayotini san’at orqali ifodalashga bag‘ishlangan.

Ishtirok etish istagidagi talaba-yoshlar o‘z yo‘nalish tyutorlari bilan bog‘lanishlari mumkin.


Aloqa markazi:
+998752306060 - (Qashqadaryo)
Yozish
+998557056060 - (Samarqand)
Yozish

Litsenziya Nº 194419 25.12.2023

📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy

📍Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

Telegram | Web-sahifa
4
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti talabalari diqqatiga!

2025–2026 o‘quv yili uchun shartnoma to‘lovining 25 foizini to‘lash muddati 2025-yil 15-oktyabrga qadar etib belgilangan edi.

Shu munosabat bilan, shartnoma to‘lovini belgilangan muddatda amalga oshirmagan talabalardan tez fursatda to‘lovni amalga oshirishlari so‘raladi.

To‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish o‘qish jarayonida noqulayliklar yuzaga kelmasligi uchun muhimligini eslatib o‘tamiz.


Aloqa markazi:
+998752306060 - (Qashqadaryo)
Yozish
+998557056060 - (Samarqand)
Yozish

Litsenziya Nº 194419 25.12.2023

📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy

📍Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

Telegram | Web-sahifa
3
Viktorina

Alisher Navoiy qaysi asari orqali insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qilgan?
Anonymous Quiz
70%
“Hayrat ul-abror”
11%
“Sab’ai sayyor”
10%
“Saddi Iskandariy”
8%
“Lison ut-tayr”
🎉65👏2👍1👌1
Iqtisodiyot ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Bu ta’lim yoʻnalishida quyidagi mutaxassisliklarga ega boʻlasiz.
- Davlat moliya boshqaruvchisi;
- korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisi;
- investitsiyalarni boshqaruvchi
xalqaro moliyachi;
- bank xodimi;
- bank hisobchisi va auditor buxgalter;
- byudjet hisobchisi menejeri.

Aloqa markazi:
+998752306060 - (Qashqadaryo)
Yozish
+998557056060 - (Samarqand)
Yozish

Litsenziya Nº 194419 25.12.2023

📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy

📍Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

Telegram | Web-sahifa
2
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti talabasi Ibroxim Mirzayev WUCSA Asian Championship 2025 musobaqasida 1-o‘rinni egalladi!
💪 U 57 kg vazn toifasida “Yengil jang” yo‘nalishida g‘olib chiqdi.
🏆 Bu yutuq nafaqat shaxsiy g‘alaba, balki bizning universitet faxridir!

📞Aloqa markazi:
+998557056060 - (Samarqand)

(
Litsenziya Nº 194419 25.12.2023)

📍Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

💬Telegram|📷Instagram🌐Web sahifa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
📌 “Hayot” mavzusida seminar dars

Bugun Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalari psixologiya fanidan “Hayot” mavzusida seminar darsida faol ishtirok etdilar.
Talabalar alohida guruhlarga bo‘linib, bir-birlari bilan fikr almashdi, o‘z qarashlarini bildirib, hayotiy vaziyatlarda psixologik bilimlarni qanday qo‘llash mumkinligini muhokama qilishdi. Har bir guruh o‘z xulosasini taqdim etdi, bu esa darsni interaktiv va qiziqarli qildi.

🎯 Seminar talabalar uchun bilimni mustahkamlash bilan birga, jamoaviy ishlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini berdi.

📞Aloqa markazi:
+998557056060 - (Samarqand)

(
Litsenziya Nº 194419 25.12.2023)

📍Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

💬Telegram|📷Instagram🌐Web sahifa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Raqamli texnologiyalar fakultetining Biologiya va Matematika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarining ota-onalari bilan yig‘ilish tashkil etildi.

Uchrashuvning maqsadi — ota-onalar va universitet rahbariyati o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, talabalarning o‘qishdagi yutuqlari, faol ishtiroki va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini ularning ota-onalari bilan baham ko‘rishdan iborat.

Tadbir davomida fakultetda amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya jarayonlari, talabalarning ilmiy va ijtimoiy faoliyati haqida ma’lumot berildi.Shuningdek, ota-onalar o‘z farzandlarining ta’limdagi muvaffaqiyatlarini eshitish, fikr va takliflarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mazkur uchrashuv talabalarning yanada muvaffaqiyatli o‘qishlari, ota-onalar bilan aloqa mustahkamlanishi hamda ta’lim-tarbiya sifatining yanada oshishiga xizmat qiladi.


Aloqa markazi:
+998752306060 - (Qashqadaryo)
Yozish
+998557056060 - (Samarqand)
Yozish

Litsenziya Nº 194419 25.12.2023

📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy

📍Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

Telegram | Web-sahifa
6
Pedagogika yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Pedagogika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari o‘qishni tamomlagandan so‘ng, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida tarbiya fanlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars berish, pedagogika ta’lim fanlar yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlash, ta’lim tizimida kabinet mudiri, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash ishlab chiqarish korxonalari laboratoriyalarda kompleks masalalarni yechish huquqiga ega bo‘ladi.

Ishlashi mumkin bo'lgan muassasalar:
- umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;
- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
- ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida;
- mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari hamda joylardagi ma’naviyat va ma’rifat markazlarida;
- davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida.

Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyat bo'yicha ishlashlari mumkin:
- umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o‘rta ta’limda tarbiya fani o‘qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
- o‘rta maxsus va professional ta’limda pedagogika fani o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
- O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida laborant sifatida faoliyat yuritish kabi ishlari bilan shug‘ullanish;
- umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;
- mahallada yoshlar yetakchisi;
- ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bo‘lib faoliyat olib borish
- umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida laborant, kabinet mudiri, metodist sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.


Aloqa markazi:
+998752306060 - (Qashqadaryo)
Yozish
+998557056060 - (Samarqand)
Yozish

Litsenziya Nº 194419 25.12.2023

📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy

📍Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

Telegram | Web-sahifa
👍32
2025/11/07 03:30:30
Back to Top
HTML Embed Code: