Telegram Web Link
Navro‘z bayrami keng nishonlandi!

2025 yil 21 mart kuni Turkiyada Navro‘z bayrami munosabati bilan bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Turk Dunosi mahallasida Turkiy davlatlar vakillari va “O‘zbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish jamiyati” hamkorligida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan katta madaniy tadbir tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari va Turkiyada yashab kelayotgan vatandoshlarimiz faol qatnashdi.

TÜGVA markaziy binosida, O‘zbekiston yoshlarining iftor dasturi va Navro‘z bayrami do‘stona va iliq muhitda o‘tdi. Bosh konsulxona vakillari hamda taniqli jurnalistlar yoshlarimizga o‘z ezgu tilaklarini bildirdilar.

Bahçeşehir universitetida o‘zbek talabalarining tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda esa palov, somsa, chuchvara, milliy liboslar va raqslar mehmonlarga namoyish etildi.

Bandirma Onyedı Eylul universitetida “Uniway Club” o’zbekistonlik talabalar klubi tomonidan tashkil etilgan Navro‘z tadbiri keng jamoatchilik e’tiborini tortdi va ijobiy fikrlar bilan qarshi olindi.

Mazkur tadbirlar o‘zbek milliy qadriyatlarini namoyon etib, madaniy hamkorlik va do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qildi. Tadbirda o‘zbek milliy liboslari, taomlari, urf-odatlarini namoyon etuvchi ko‘rgazmalar va konsert dasturlari tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.
👍213👏1
Ajdodimizni o’rganamiz

Burhoniddin Marg‘inoniy (1138–1197)
Buyuk fiqh allomasi, hanafiy mazhabining zabardast vakili.

Qisqacha tarjimai hol:
Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Buxoro va Samarqandda tahsil olib, hanafiy fiqhining eng chuqur bilimdonlaridan biriga aylangan. U yaratgan “Al-Hidoya” asari islom huquqi tarixida eng muhim manbalardan biri hisoblanadi. Asar asrlar davomida fiqhni o‘rgatuvchi madrasa va ilmiy doiralarning asosiy kitobi bo‘lib kelgan.

Mashhur asari:
“Al-Hidoya” — hanafiy fiqhi asoslarini chuqur sharhlagan ulug‘ asar.

Iqtibos:
“Fiqh — bu insonning Allohning amr va taqiqlarini dalil bilan bilishidir.”

🔗 Batafsil
👍146
Ajdodimni o‘rganaman

Usmon Nosir (1912–1944) – o‘zbek adabiyotining porloq iste’dod egalardan biri, yurakka yaqin she’rlari, adolat va vatanparvarlik ruhi bilan tilga tushgan shoir.

Qisqacha tarjimai holi:
Usmon Nosir 1912-yilda Namangan viloyatining Namangan shahrida tug‘ilgan. 1930-yillarda u adabiyotga kirib keladi va tez orada she’rlari bilan tanila boshlaydi. 1937-yilda “xalq dushmani” sifatida qamoqqa olinadi. Qattiq qiynoqlar ostida hayotining ko‘p qismini surgunda o‘tkazadi. 1944-yilda Magadanda nohaq qatl etiladi.

Mashhur asari:
“Quvg‘in” – shoirning hayoti va qismati bilan chambarchas bog‘liq, yuraklarni larzaga soluvchi asar. Unda insoniy g‘urur, muhabbat va ozodlikka intilish mujassam.

Iqtibos:
“Men seni sevardim yuragim bilan,
Toki yuragim ham seni tark etdi…”


🔗 Batafsil
18👍4🔥2
Ajdodimni o‘rganaman

Abdulla Oripov (1941–2016)

Qisqacha tarjimai hol:
O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov 1941-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. U o‘zbek adabiyotining eng yorqin vakillaridan biri bo‘lib, mustaqillik davrining ramziy shoirlaridan sanaladi. 2016-yilda vafot etgan.

Mashhur asari:
“Munojot” — inson, xalq, vatan va yaratuvchiga muhabbat bilan to‘la chuqur falsafiy she’riy to‘plam.

Iqtibos:
“Ey Vatan, agar sendan ayrilmoq bo‘lsa jon,
Men yashashdan ko‘ra o‘lishni tanlayman, onam!”


🔗 Batafsil
10👍3
Abdulla Oripov
ONA TILIM

Ming yillarkim bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to’tining holi
O‘zgalarni taqlid hamisha.

Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to’ti bo‘lib qolaman!
20👍5🔥1
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonovning Turkiya Respublikasi sog'likni saqlash vaziri Kemal Memisho'g‘li bilan uchrashuvi o’tkazildi.

Muzokaralar davomida sog‘liqni saqlash tizimidagi aloqalarni yanada rivojlantirish va qo'shma istiqbolli loyihalar muhokama etildi.
👍284
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Парламентлараро иттифоқнинг 150-юбилей Ассамблеяси доирасида Туркия Республикаси Буюк миллат мажлиси Раиси Нуман Куртулмуш бошчилигидаги делегацияни қабул қилди.

В рамках программы 150-й юбилейной Ассамблеи Межпарламентского союза Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Великого национального собрания Турецкой Республики во главе с его председателем Нуманом Куртулмушем.

#Mirziyoyev #qabul #Turkiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍164🔥1
Ajdodimni o’rganaman!

Abu Lays as-Samarqandiy
(944 — 1003)

Qisqa tarjimai hol:
Movarounnahrda yashagan mashhur hanafiy faqih va mufassir. “Faqih ul-Mashriq” (Sharq faqihi) laqabi bilan tanilgan. Fiqh, tafsir va axloq ilmlarida chuqur ilm egasi bo‘lgan.

Mashhur asari:
Tanbeh ul-g‘ofilin — axloqiy-ma’rifiy mavzulardagi nasihatlar to‘plami.

Iqtibos:
“Taqvo - bu faqat haromdan tiyilish emas, balki shubhali narsalardan ham yiroq turishdir.”

🔗 Batafsil
16👍6👏2🔥1
9 aprel – buyuk sarkarda Amir Temur tavallud topgan kun

Bugun ulug‘ ajdodimiz, jahongir va adolat timsoli Amir Temur tavallud topgan sana. 1336-yilning 9-aprelida Shahrisabz yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan Sohibqiron, o‘zining dono siyosati, kuchli irodasi va adolatli boshqaruvi bilan yurtimiz tarixiga oltin harflar bilan muhrlandi.

Amir Temur nafaqat ulkan saltanat barpo etgan, balki ilm-fan, me’morchilik va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan. Uning jasoratli yurishlari, dono maslahatlari va “Temur tuzuklari” kabi bebaho merosi bugungi avlod uchun ham ibrat manbaidir.

Iqtibos:
“Kuch – adolatda. Adolat esa – davlatning tayanchi.”

Bugun ham Sohibqironning merosi yuragimizda, ezgu ishlarda va yosh avlod tarbiyasida barhayot!
21💯1
Numan Kurtulmush: Bugun O'zbekiston jadal rivojlanmoqda va uning xalqaro maydondagi nufuzi ortib bormoqda

Turkiya Buyuk millat majlisi raisi "Dunyo" AA muxbiri savollariga javob berdi

Batafsil
Батафсил

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
👏10👍53
Ertaga 10 aprek kuni soat 10:00 - 13:00 da “ADS Hukuk” advokati Erdem Atmaja Bosh konsulxona binosida vatandoshlarimiz uchun bepul yuridik maslahat beradi.
👍16😱1💯1
AJDODIMNİ O’RGANAMAN

ABDULLA AVLONIY (1878–1934)


Qisqa tarjimai hol:
Abdulla Avloniy — ma’rifatparvar, jadid adibi, pedagog, noshir va ijtimoiy faol. U Toshkentda tug‘ilgan. “Jamiyatni isloh qilish uchun avvalo insonni tarbiyalash lozim”, degan g‘oyani ilgari surgan. Avloniy Turkiston jadidchiligining asoschilaridan biri bo‘lib, yangi usul maktablarini tashkil etishda, milliy matbuotni rivojlantirishda va teatr san’atini shakllantirishda katta hissa qo‘shgan.

Mashhur asari:
“Turkiy guliston yoxud axloq” – yoshlar tarbiyasiga bag‘ishlangan, axloqiy qadriyatlar, milliy g‘urur va insoniylik masalalarini ko‘taradigan muhim asar.

Iqtibos:
“Millatni saodatga yetkazmoqchi bo‘lsak, avvalo uning qalbini poklamoq, axloqini to‘g‘rilamoq kerak.”

🔗 Batafsil
10👍8👏2
Forwarded from Uzbekistanofficial | Тезкор хабарлар ва янгиликлар
❗️Агар мен Амир Темур даврида дунёга келганимда, у қилган ишларни қила олмаган бўлардим. Агар у менинг давримда дунёга келганида эди, у мендан каттароқ ишларни қилган бўлар эди - Мустафо Камол Отатурк.

👉https://www.tg-me.com/UZBEKISTANOFFICIAL
👍3117
Trabzon va Buxoro – endilikda birodar shaharlar!

Turkiyaning go‘zal Qora dengiz bo‘yidagi shahri Trabzon va O‘zbekistonning qadimiy madaniyat markazi Buxoro o‘rtasida birodarlik aloqalari o‘rnatildi.

Ushbu hamkorlik ikki shahar o‘rtasidagi madaniy, iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Tarix, turizm, ta’lim va savdo sohalarida yangi loyihalarga yo‘l ochiladi.

Buxoro va Trabzon — tarix va kelajakni bog‘lovchi ko‘prik!
👍198💯2
AJDODIMNI O’RGANAMAN

Xoja Muhammad Porso (1356–1420)

Qisqacha tarjimai hol:
Xoja Muhammad Porso - mashhur naqshbandiy shayxi, alloma va mutasavvif. Buxoroda tavallud topgan, Xoja Bahouddin Naqshbandning eng yetuk shogirdlaridan bo‘lgan. U ilm, ruhiy tarbiya va jamiyat islohoti masalalarida chuqur fikrlar bildirgan.

Mashhur asari:
“Risolayi qudsiyya” - Naqshbandiya tariqatining asosiy tamoyillarini tushuntiruvchi eng muhim manbalardan biri.

Iqtibos:
“Ko‘ngilni poklasang, har bir so‘z zikr, har bir nafas ibodat bo‘lur.”

🔗Batafsil
👍12💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 DIQQAT! OGOHLIK! 📢

🇹🇷 TURKIYADA YOLG‘ON ISH TAKLIFLARIGA ISHONMANG!

So‘nggi paytlarda ayrim firibgar shaxslar O‘zbekiston fuqarolariga Turkiyada yuqori maoshli ish taklif qilib (asosan fuqarolarning tanish-bilishlari orqali), ularni aldash holatlari ko‘paymoqda. Ushbu shaxslar ishga joylashish, uy-joy va qonuniy hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha yolg‘on va’dalar berib, vatandoshlarimizni og‘ir ahvolga solmoqda.

Agar siz noqonuniy mehnat faoliyatini boshlasangiz yoki firibgarlar tomonidan aldansangiz, quyidagi muammolarga duch kelishingiz mumkin:

Ish haqi va’da qilinganidan ancha kam to‘lanishi yoki umuman berilmasligi
Ish sharoitlari og‘ir yoki yomon bo‘lishi
Ish beruvchi tomonidan noqonuniy ekspluatatsiya va haqorat
Turkiyada noqonuniy mehnat qilish oqibatida deportatsiya va jarimalar
Turkiyaga kelganingizdan so‘ng, aeroportda kutib olish va’da qilinib, pulingiz o‘zlashtirilgandan keyin vositachining g‘oyib bo‘lishi

🟢 Yuqoridagi holatlarda vatandoshlarimiz va ish taklif qilgan shaxslar o‘rtasida hech qanday rasmiy hujjat mavjud bo‘lmaganligi sababli, firibgarlarni javobgarlikka tortish juda qiyin bo‘ladi.

📌 Turkiyada ishlash uchun chet ellik fuqarolar maxsus ruxsatnoma – ISH RUXSATNOMASIGA (Çalışma İzni) ega bo‘lishlari shart!

🔹 Ish izlash uchun faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi (www.migration.uz) yoki litsenziyaga ega rasmiy agentliklarga murojaat qiling!
🔹 Turkiyaga noqonuniy yo‘llar bilan kelmang va ishonchsiz shaxslarga pul bermang!
🔹 Ish sharoitlari, ruxsatnomalar va maosh bo‘yicha rasmiy hujjat talab qiling!

🛑 O‘zingiz va yaqinlaringizni firibgarlardan ehtiyot qiling! Ishga faqat rasmiy yo‘llar bilan joylashing!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi

📍 Manzil: Levent, Lale Sokağı No:8, 34330 Beşiktaş/İstanbul
📞 Telefon: +90 (553) 541 17 17

🔗
Rasmiy Telegram kanalimiza obuna bo‘ling!
👍144💯1
AJDODIMNI O‘RGANAMAN
Usta Olim Komilov (1875–1953)

Qisqacha tarjimai hol:
Usta Olim Komilov - mashhur o‘zbek sozandasi, bastakor va san’at targ‘ibotchisi. U 1875-yilda Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ilgan. XX asr boshida o‘zbek musiqiy merosini saqlash va rivojlantirish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan.

Mashhur asari yoki faoliyati:
Usta Olim Komilov xalq kuylarini, xususan, maqom ijrochiligini saqlab qolgan, ko‘plab shogirdlar tarbiyalagan. U 1932-yilda Parijda o‘tkazilgan xalq ijodiyoti festivalida ishtirok etib, o‘zbek musiqasini jahon sahnasiga olib chiqqan.

Iqtibos:
“San’at - bu xalqning qalbi, uning tarixini tinglovchiga yetkazadigan eng go‘zal tovushdir.”

🔗 Batafsil
👍125
AJDODIMNI O’RGANAMAN!

Ahmad Yassaviy (1103–1166)

Qisqacha tarjimai hol:
Ahmad Yassaviy - buyuk turk tasavvufiy mutafakkiri, shoir va murshid. Yassaviy tariqatining asoschisi. U Sayramda tug‘ilgan, Yassida (hozirgi Turkiston) yashagan. Uning g‘oyaviy va ruhiy ta’siri nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun turkiy islom olamida chuqur sezilgan. Talabalariga ilohiy muhabbat, poklik va xalq xizmatini o‘rgatgan.

Mashhur asari:
“Devoni hikmat” - tasavvufiy ruhda yozilgan she’rlar to‘plami bo‘lib, xalq orasida keng tarqalgan va ruhiy-ma’naviy tarbiyada asrlar davomida qo‘llanilgan.

Iqtibos:
“Ko‘ngilni sinma, ko‘ngilda Xudo bor;
Ko‘ngilni ag‘darma, ko‘ngilda payg‘ambar.”

🔗
Batafsil
10👍6
2025/10/25 14:14:43
Back to Top
HTML Embed Code: