Telegram Web Link
Кўксарой қароргоҳида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Болгария Республикаси Президенти Румен Радевнинг расмий делегациялар иштирокидаги музокаралари бўлиб ўтди.

В резиденции «Куксарой» состоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Республики Болгария Руменом Радевым с участием официальных делегаций.

#Mirziyoyev #tashrif #Bolgariya #muzokara

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
11🔥3👏1
Odam savdosi jinoyatini sodir etib Turkiyada yashiringan fuqaro ushlandi

Oʻzbekiston Respublikasidagi Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari kuzatuvida, Interpol kanallari orqali huquqni muhofaza qiluvchi organlarimiz tomonidan odam savdosi uchun qidirilayotgan va uzoq vaqt davomida Turkiya hududida yashirinib yurgan Oʻzbekiston fuqarosi (ayol) Istanbuldan Toshkentga ekstraditsiya qilindi.

Jinoyatchi ayol sotish va ekspluatatsiya maqsadida qizlarga yuqori maosh vaʼda berib, ularni Turkiyaga olib kelgan. Bu yerda qizlarning pasportlarini tortib olib, ularni fohishalik bilan shugʻullanishga majburlagan.

Ikki davlatning Interpol milliy markaziy byurolari oʻrtasidagi hamjihatlik va tezkor hamkorliklari tufayli muvaffaqiyatli qoʻshma faoliyatning ibratli namunasi yuzaga keldi.

Hozirda O’zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan bu kabi jinoyatlarni fosh qilish bo’yicha faol harakatlar amalga oshirilmoqda.

🇺🇿 Ўзбекистон Республикасининг Истанбул шаҳридаги Бош консулхонаси

📍 Манзил: Levent, Lale Sokağı No:8, 34330 Beşiktaş/İstanbul

🔗 Расмий Телеграм каналига обуна бўлинг!
👍228😱7
Joriy yilning 12 iyın - payshanba kuni soat 10:00 - 13:00 da “ADS Hukuk” advokati Erdem Atmaja Bosh konsulxona binosida vatandoshlarimiz uchun bepul yuridik maslahat beradi.
👍13
Turkiyada yo‘l-transport hodisasidan jabr ko‘rgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

Turkiyada ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida oyog‘i singan va og‘ir ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosiga Bosh konsulxona tomonidan Vatanga qaytarilishida amaliy yordam ko‘rsatildi.

Turkiyaga ishlash maqsadida kelgan M.A. ismli fuqaro yo‘lni kesib o‘tayotgan vaqtda mototsikl haydovchisi tomonidan urib yuborilishi natijasida og‘ir tan jarohati oldi. Jabrlangan ayol moddiy imkoniyatlarining yo‘qligi va yashash joyisiz qolganligi bois qiyin ahvolga tushib qolgan edi.

Bosh konsulxona, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamda “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda bemorning shifoxona xarajatlarini qoplash va uni Vatanga qaytarish tashkillashtirildi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi

📍 Manzil: Levent, Lale Sokağı No:8, 34330 Beşiktaş/Istanbul

🔗 Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo‘ling!
👍297👏4😱1
🚨 DIQQAT! MUHIM ESLATMA! 🚨

Hurmatli fuqarolar!

So‘nggi vaqtlarda vatandoshlarimiz orasida Turkiya hududiga mashhur brendlarning 👜 soxta mahsulotlarini olib kirish va ularni sotishga urinish bilan bog’liq holatlar ko‘payotganligi sababli bu kabi harakatlar qonunga zid ekanligini eslatib o‘tamiz.

Amaliy misol
Yaqinda Istanbul aeroportida O‘zbekiston fuqarosi Christian Dior, Celine va Loewe brendlariga taqlid qilingan 8 dona soxta sumkani sotish maqsadida olib kirishga uringan.
📦 Tekshiruvda mahsulotlar qalbaki ekani aniqlanib, fuqaro brend huquqlarini buzganlikda aybli deb topildi.
⚖️ Natijada unga nisbatan qonuniy jazo choralari qo‘llanildi.

⚠️ Bunday holatlar aniqlanganda:
🔸 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etish,
💸 Katta miqdorda jarima,
📴 Tovarlarning musodara qilinishi,
✈️ Deportatsiya (chiqarib yuborish) jazolari qo‘llanilishi mumkin.

🚫 Soxta mahsulot olib kelmang – o‘zingizni va boshqalarni muammoga qo‘ymang!

ℹ️ Ushbu ogohlantirish fuqarolarimiz xavfsizligi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida berilmoqda.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi

📍 Manzil: Levent, Lale Sokağı No:8, 34330 Beşiktaş/Istanbul

🔗 Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo‘ling!
22👍5🔥1👏1
Bosh konsulxona tomonidan Turkiyada og‘ir ahvolda qolgan voyaga yetmagan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

Fuqaro T.O.ning onasi 2015 yilda ishlash maqsadida Turkiyaga kelgan va Istanbul shahriga joylashgan. Uning onasi Turkiya fuqarosi bilan tanishib, shar’iy nikoh asosida turmush qurgan va uning uyida yashashni boshlagan.

Afsuski, mazkur “ota” voyaga yetmagan yurtdoshimizga nisbatan jinsiy tajovuz qilgan. Shu sababli, 2017 yilda T.O. Istanbuldagi bolalar uyiga joylashtirilgan.

Joriy yil fevral oyida T.O.ning opasi sudga qilgan murojaati asosida u bolalar uyidan ozod qilingan.
Biroq, T.O.ning opasi keyinchalik Turkiya politsiyasiga kuch ishlatgani uchun qamoqqa tushgan, va voyaga yetmagan fuqaro yana qarovsiz qolgan.

Bosh konsulxona “Yelkadosh” va “O‘zbek xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish” jamiyatilari bilan hamkorlikda mazkur fuqaroning O‘zbekistonga qaytarilishini va uni qonuniy vakillariga topshirilishini tashkil etdi.


‼️ Bosh konsulxona fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni voyaga yetmagan farzandlarining taqdiriga befarq bo‘lmaslikka, ularning xavfsizligi va huquqiy himoyasiga alohida e’tibor qaratishga chaqiradi!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi

📍 Manzil: Levent, Lale Sokağı No:8, 34330 Beşiktaş/Istanbul

🔗 Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo‘ling!
👍199👏6🔥2
O'zbekistonning Turkiyaga yangi tayinlangan elchisi Anqaraga yetib keldi

Ilhom Haydarov shu kunga qadar O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi

Batafsil
Батафсил

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
👍224👏2💯1
🇺🇿 EʼLON

Joriy yilning 19-iyun kuni, soat 10:00 dan 13:00 gacha, O‘zbekiston Respublikasi Istanbuldagi Bosh konsulxonasi binosida O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi mutasaddilari ishtirokida sayyor uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Turkiyada yashayotgan, o‘qiyotgan va ishlayotgan vatandoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan bevosita murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

⚖️ Shuningdek, professional advokatlar tomonidan Turkiya qonunchiligiga oid bepul yuridik maslahatlar ham beriladi.

📍 Manzil: O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi
Levent, Lale Sokağı No:8, 34330 Beşiktaş/İstanbul

🕙 Vaqt: 19-iyun (payshanba), soat 10:00 – 13:00

Barcha yurtdoshlarimizni ushbu uchrashuvda ishtirok etishga taklif qilamiz!
👍113🔥3
🇺🇿🤝🇹🇷 Yana bir qidiruvdagi shaxs O‘zbekistonga qaytarildi

O‘zbekiston va Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida jinoiy javobgarlikdan yashirinib yurgan shaxs qo‘lga olinib, O‘zbekistonga qaytarildi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, 1981-yilda tug‘ilgan fuqaro I.U. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi (odam savdosi) bilan Namangan viloyati IIB tomonidan qidiruvga berilgan.

Mazkur shaxs Turkiya hududida qo‘lga olindi va 2025-yil 17-iyun kuni belgilangan tartibda O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
👍30🔥65👏1
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi 21-22-iyun kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘ladi.

Tashrif davomida Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasi yig‘ilishida ishtirok etish va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

@TIVmatbuot
👍151
Joriy yilning 26 iyın - payshanba kuni soat 10:00 - 13:00 da “ADS Hukuk” advokati Erdem Atmaja Bosh konsulxona binosida vatandoshlarimiz uchun bepul yuridik maslahat beradi.
👍114
2025/10/21 22:55:11
Back to Top
HTML Embed Code: