Turkiya fuqarolarining O‘zbekistonga tashrifiga oid muhim ma’lumot
Turkiya fuqarolarining turli maqsadlarda (oila birlashuvi, turizm, biznes, ish va h.k.) O‘zbekistonga tashriflari soni tobora ortib borayotgani munosabati bilan, Bosh konsulxona quyidagilarni eslatib o‘tadi:
🔹 Turkiya fuqarolari O‘zbekiston hududida vizasiz 30 kungacha bo‘lish huquqiga egadirlar.
🔹 O‘zbekistonga yetib kelganidan so‘ng, uch kun muddatda vaqtinchalik yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishlari lozim (mehmonxonada yashovchilar avtomatik tarzda ro‘yxatga olinadi).
⚠️ Agar Turkiya fuqarosi vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmasdan O‘zbekistonda istiqomat qilsa, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 225-moddasiga muvofiq quyidagi jarimalar qo‘llanilishi mumkin:
• ✅ 10 kundan oshiq bo‘lsa — BHMning 5 baravari miqdorida;
• ✅ 10 kundan 30 kungacha — BHMning 10 baravari miqdorida;
• ✅ 30 kundan ortiq bo‘lsa — BHMning 20 baravari miqdorida jarima tayinlanadi.
💡 Agar belgilangan jarima to‘lanmasa, fuqaroning O‘zbekiston hududiga kirishi 1 yilga cheklanadi va u mamlakatdan chiqarib yuboriladi.
🔁 Agar Turkiya fuqarosi 1 yil ichida takroran O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzsa, uning mamlakatimizga kirish huquqi 3 yil muddatga cheklanadi va fuqaro O‘zbekistondan chiqarib yuboriladi.
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi
Telefon: +902129090804
📍 Manzil: Levent, Lale Sokağı No:8, 34330 Beşiktaş/Istanbul
🔗 Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo‘ling!
Özbekistan’a Seyahat Edecek Türkiye Cumhuriyeti Vatandaşları İçin Önemli Bilgilendirme
Son zamanlarda Türkiye Cumhuriyeti vatandaşlarının aile birleşimi, turizm, ticaret, çalışma gibi çeşitli amaçlarla Özbekistan’a yaptıkları ziyaretlerin sayısında artış gözlemlenmektedir. Bu nedenle, İstanbul’daki Özbekistan Başkonsolosluğu aşağıdaki hususları hatırlatır:
🔹 Türkiye Cumhuriyeti vatandaşları, Özbekistan’da vizesiz olarak 30 güne kadar kalabilirler.
🔹 Özbekistan’a vardıktan sonra, en geç 3 gün içinde geçici ikamet adreslerinde kayıt yaptırmaları zorunludur (otelde konaklayanlar bu kurala tabi değildir; oteller tarafından otomatik olarak kayıt yapılır).
⚠️ Türkiye Cumhuriyeti vatandaşı, geçici ikamet kaydı yaptırmaksızın Özbekistan’da kalırsa, Özbekistan İdari Sorumluluklar Kanunu’nun 225. maddesine göre aşağıdaki para cezaları uygulanabilir:
• ✅ 10 günü aşarsa – Asgari hesap biriminin (AHB) 5 katı tutarında ceza,
• ✅ 10 ila 30 gün arası – AHB’nin 10 katı,
• ✅ 30 günden fazla kalınması durumunda – AHB’nin 20 katı oranında para cezası uygulanır.
💡 Belirtilen ceza ödenmediği takdirde, ilgili kişinin Özbekistan’a girişine 1 yıl süreyle yasak getirilir ve şahıs ülke dışına sınır dışı edilir.
🔁 Eğer Türkiye Cumhuriyeti vatandaşı, bir yıl içinde ikinci kez ikamet kurallarını ihlal ederse, 3 yıl süreyle Özbekistan’a giriş yasağı uygulanır ve şahıs ülkeden sınır dışı edilir.
🇺🇿 Özbekistan Cumhuriyeti İstanbul Başkonsolosluğu
Telefon: +902129090804
📍 Adres: Levent, Lale Sokağı No:8, 34330 Beşiktaş/İstanbul
🔗 Resmî Telegram kanalımıza abone olun!

👏22👍13❤9😱5
Rasmiy xabar
2025-yil 5-iyul kuni Turkiyaning Aydın viloyatida joylashgan restoranda ofitsiant sifatida faoliyat yuritib kelgan, 35 yoshli ayol vatandoshimiz otishma oqibatida bosh qismidan og‘ir jarohat olib, voqea joyida vafot etdi.
Mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinayotgan 5 nafar shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan bo‘lib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Vafot etgan vatandoshimizning jasadini O‘zbekistonga yuborish, shuningdek uning yaqinlariga zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha Bosh konsulxona hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Turkiyadagi vakilligi tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

😱57👍11❤5
O'zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Ilhom Haydarov Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'anga ishonch yorliqlarini topshirdi
👏40❤13🔥4👍3
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi yangi madaniyat elchisi tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan milliy madaniyatimizni xorijda targ‘ib qilish, uning xalqaro miqyosda tanitilishiga hissa qo‘shish, shuningdek, Turkiyada yashayotgan vatandoshlarimiz o‘rtasida birdamlikni mustahkamlash borasidagi fidokorona sa’y-harakatlar munosib e’tirof etildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida, O‘zbekiston madaniyat vazirligi tomonidan Turkiyada faoliyat yurituvchi “madaniyat elchisi” lavozimi joriy etildi.
Ushbu mas’uliyatli va sharafli vazifaga, milliy ildizlariga sadoqat bilan xizmat qilib kelayotgan, 60 yoshli asli ota-bobolari O‘zbekistondan bo‘lgan Chokay Kochar tayinlandi.
Yorliqni O’zbekistonning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Ilhom Haydarov topshirdi.
Ma’lumot uchun:
Chokay Kochar Turkiyaning Adana shahrida tug‘ilgan, millati - o‘zbek. Selchuk va Gelishim universitetlarini tamomlagan. Uzoq yillar davomida “Turkistonliklar jamiyati”da faoliyat yuritgan. So‘nggi yillarda esa “O‘zbekiston madaniyati, birdamlik va hamkorlik jamiyati”ni tashkil etib, Turkiyada o‘zbek milliy qadriyatlarini asrab-avaylash, urf-odatlarimizni yosh avlodga yetkazish va madaniy almashinuvni rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda.
🇺🇿🇹🇷 Madaniyat elchimizga kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
———————————————-
🇺🇿 Özbekistan Cumhuriyeti’nin Türkiye’deki Yeni Kültür Elçisi Atandı
Özbekistan Cumhuriyeti Kültür Bakanlığı tarafından, milli kültürümüzü yurt dışında tanıtmak, uluslararası alanda bilinirliğini artırmak ve Türkiye’de yaşayan vatandaşlarımız arasında birlik ve beraberliği güçlendirmeye yönelik fedakâr çalışmaları takdirle karşılandı.
Bu yöndeki faaliyetleri daha da hızlandırmak amacıyla, Özbekistan Kültür Bakanlığı tarafından Türkiye’de “kültür elçisi” unvanı ihdas edildi.
Bu önemli ve onurlu göreve, milli köklerine sadakatle hizmet eden, aslen Özbekistanlı bir ailenin evladı olan 60 yaşındaki Çokay Koçar atanmıştır.
Görev rozeti, Özbekistan’ın Türkiye Cumhuriyeti nezdindeki Büyükelçisi İlhom Haydarov tarafından Ankara şehrinde takdim edildi.
Bilgi için:
Çokay Koçar, Türkiye’nin Adana ilinde doğmuş olup, etnik kimliği Özbek’tir. Selçuk ve Gelişim Üniversiteleri mezunudur. Uzun yıllar “Türkistanlılar Derneği”nde aktif olarak görev almıştır. Son yıllarda ise “Özbekistan Kültürü, Dayanışma ve İşbirliği Derneği”ni kurarak, Türkiye’de Özbek milli değerlerinin korunması, gelenek ve göreneklerimizin genç nesillere aktarılması ve kültürel etkileşimin geliştirilmesine büyük katkı sağlamaktadır.
🇺🇿🇹🇷 Kültür elçimize yeni görevinde üstün başarılar diliyoruz!

❤24👏10👍5💯1
2025-yil 7-avgust kuni Bolgariyaning Sozopol shahridagi Kavatsite sohilida 22 yoshli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi J.M. halok bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, fojea vatandoshimizning ukrainalik qizni cho‘kishdan qutqarishga harakat qilishi jarayonida sodir bo‘lgan. Yosh yigit kuchli to‘lqinlar ta’sirida nazoratni yo‘qotib, suv ostidagi yirik qoyatoshlar orasiga qisilib qolgan.
O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi va Bolgariyadagi Faxriy konsulligi hozirda mazkur davlatning huquqni muhofaza qilish organlari, mahalliy qutqaruv xizmatlari hamda Bolgariya Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan vatandoshimizning jasadini chiqarish bo‘yicha doimiy aloqada ish olib bormoqda.
Burgas viloyati hokimligi, Sozopol shahar hokimiyati va FVB tomonidan berilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda dengizda kuchli to‘lqinlar davom etayotgani sababli marhumning jasadini qoyatoshlar orasidan chiqarish ishlari hali ham davom etmoqda.
Vaziyat Bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingan.
Fursatdan foydalanib, marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

😱29❤8
2025 yil 9 avgust kuni Bolgariyaning Sozopol shahridagi Kavatsite sohilida cho‘kayotgan ukrainalik qizni qutqarishga urinish chog‘ida halok bo‘lgan 22 yoshli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi J.M.ning jasadi Bolgariya Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv xizmatlari tomonidan suv ostidagi yirik qoyatoshlar orasidan olib chiqildi.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Bolgariyadagi Faxriy konsullik bilan hamkorlikda marhumning jasadini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rmoqda.
Fursatdan foydalanib, Bosh konsulxona marhumning oila a’zolari va yaqinlariga yana bir bor chuqur hamdardlik bildiradi.

😱27❤11👏10👍6
🇺🇿 Rasmiy xabar
Joriy yilning 17-avgust kuni Turkiya Respublikasining Istanbul shahri, Umraniye tumanida Samarqand viloyatidan kelib vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan, 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi N.S. eri, O‘zbekiston fuqarosi U.S. tomonidan rashk oqibatida pichoqlab o‘ldirildi.
Istanbul politsiyasi tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari davomida gumondor 18-avgust kuni ertalab Umraniye hududida qo‘lga olindi. Shuningdek, jinoyatchini yashirinishda yordamlashganlikda gumon qilinayotgan, asli Jizzah viloyatidan bo‘lgan B.O. ham politsiya tomonidan ushlandi.
Surishtiruv ishlari yakuniga yetgach, 19-avgust kuni gumonlanuvchilarga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda hodisa yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.
Marhumaning jasadini O‘zbekistonga yuborish bo‘yicha zarur hujjatlar rasmiylashtirildi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan yordam ko‘rsatilmoqda.

😱34👍5❤4🔥4
Istanbul Boshkonsulxonasi
Bosh konsulxona tashabbusi bilan mamlakatimizga yuborilgan Turkiya investorlari Farg’ona, Namangan viloyati, Samarqand viloyati Urgut tumani hokimiyatlarida, shuningdek, Tashqi savdo, investitsiya, Sog’liqni saqlash vazirliklari hamda Savdo sanoat palatalarida…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mamlakatimizda yaratilgan imkoniyatlar natijasida joriy yil boshida muzokaralarni o’tkazgan Turkiyalik investorlar hozirga kelib tayyor mahsulot ishlab chiqarmoqdalar
👍16👏2❤1
ALDANGAN AYOL QUTQARILDI
Samarqand viloyatida yashab kelgan va oilaviy nizolardan uzoqlashishni istagan yosh ona Nasiba (shartli ism) xorijda va’da qilingan yuqori daromadli ishga aldanib, og‘ir vaziyatga tushib qoldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini muvaffaqiyatli tadbirkor sifatida tanitgan Istanbulda yashovchi Kemal (shartli ism) Nasibaga malaka va til bilimi talab qilinmaydigan, yuqori maoshli ishni va’da qilib, uni ishchi vizasisiz Turkiyaga olib keldi. Ammo keyinchalik yo‘l xarajatlari uchun qarzdorligini bildirgan “saxovatli tadbirkor” uning pasportini olib qo‘ydi va og‘ir sharoitlarda ishlashga majburlamoqchi bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan konsulxonaga kelib tushgan murojaat asosida diplomatik vakolatxonamiz hamda Migratsiya agentligining Turkiyadagi vakilligi tomonidan tezkor choralar ko‘rildi. Olib borilgan tadbirlar natijasida fuqaromiz sog‘-omon holda Vatanimizga qaytarildi. Shu bilan birga, yolg‘on va’dalar berib, fuqaromizni aldashga uringan shaxsning harakatlari yuzasidan Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi idoralariga tegishli ma’lumot taqdim etildi.
Aziz Vatandoshlar!
Xorijdagi “oson pul” va yolg‘on va’dalarga aldanib, hayotingizni xavf ostiga qo‘ymang. Yaqinlaringiz qadriga yeting va har qanday muammoni qonuniy yo‘l bilan hal eting.
Eslatib o‘tamiz, Siz dunyoning qaysi burchagida bo‘lmang, davlatimiz himoyasidasiz. Biz Sizga doimiy ravishda malakali konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatishga tayyormiz.

❤26👍21👏7💯5
📞 Hurmatli vatandoshlar!
Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida Bosh konsulxona tomonidan Qo’ng’iroqlar markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilganini eslatib o‘tamiz.
👉 Endilikda savollaringizga javob olish, favqulodda holatlarda konsulxona hodimlari bilan bog‘lanish uchun quyidagi raqam orqali murojaat qilishingiz mumkin:
📱 +90 (212) 909 08 04

❤30👍23🔥5💯4
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan
Joriy yil 26 avgust kuni internet tarmog‘idagi ayrim messenjerlarda “13 yashar o‘zbekistonlik bola Turkiyada odam o‘ldirishga urindi” sarlavhali maqola tarqatildi.
Bosh konsulxona diplomatlari tomonidan o‘rganishlar natijasida aniqlanishicha:
- mazkur holat 22 avgust kuni Istanbuldan 521 km olisdagi Aksaray viloyatida sodir bo‘lgan;
- voqea ishtirokchilarining hech biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi emas, ular boshqa davlat fuqarolari hisoblanadi;
- ayblanuvchi – 2012 y.t. S.T., jabrlanuvchi – 2000 y.t. M.O.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, ba’zan boshqa davlat fuqarolari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar ayrim OAVda O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘langan holda yoritilishi xalqimiz imijiga salbiy ta’sir etmoqda.
Vatandoshlarimizdan mahalliy qonunlarga qat’iy rioya etishlari, favqulodda holatlarda esa Bosh konsulxonaga murojaat qilishlari tavsiya etiladi.

👍28❤15👏3🔥2
🇺🇿✨Bugun O‘zbekistonimiz mustaqillikka erishganiga 34 yil to‘ldi
Shu ulug‘ ayyomda O’zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi siz, aziz yurtdoshlarni va barcha do‘stlarimizni samimiy tabriklaydi.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, yaqinlarimiz sog’, bayrog‘imiz doimo baland bo‘lsin!
Birgalikda yanada kuchli, taraqqiy etgan va baxtli O‘zbekistonni qurishda barchamizning hissamiz bo‘lsin!
🇺🇿 Mustaqillik bayrami muborak bo’lsin!

👍30❤27👏10💯2
Bosh konsulxona faoliyatidan ma’lumot
Avgust oyida Bosh konsulxona tomonidan jazoni ijro etish muassasalari, deportatsiya markazlari, politsiya, sud idoralari va shifoxonalarga tashriflar amalga oshirildi.
Turkiya va Bolgariyada qiyin vaziyatga tushgan vatandoshlarimizga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatildi.
Turkiyada vafot etgan 5 nafar vatandoshimiz hamda Bolgariyaning Sozopol shahrida cho’kish natijasida halok bo‘lgan fuqarolarimizning jasadlarini yurtimizga olib kelish xarajatlari davlat hisobidan qoplab berildi.
Shifoxonalarda davolanish jarayonida katta qarzga tushgan 12 nafar fuqaromizga chegirmalar qilinib, ularning Vatanga qaytishiga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Turkiyada hujjatsiz qolgan 27 nafar fuqaromizga yordam berilib, zarur hujjatlar rasmiylashtirildi.
Eslatma:
Turkiyada hujjatlarni tekshirish kuchaytirilgan. Shuning uchun:
- pasport va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni yoningizda olib yuring;
- mahalliy qonun-qoidalarga rioya qiling;
- favqulodda vaziyatlarda Konsulxonaga murojaat qiling.

❤27👍22💯4🔥2