Telegram Web Link
🇺🇿 Bugun – bayram!

Istanbuldagi aziz vatandoshlarimiz, sizlarni O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tantanali tadbirga taklif etamiz!

🎶 Dastur davomida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’atkor Dilnoza Ismiyaminova, shuningdek, hushovoz xonanda Alisher Nazirov ijrosida kuy va qo‘shiqlar yangraydi.

Tashrif buyurganlar Samarqand uslubida tayyorlanadigan milliy palovimizdan bahramand bo’lishlari mumkin.

ℹ️ Dastur bugun 21 sentyabr soat 16:00 da boshlanadi va unda qatnashish bepul.

Manzil: https://maps.app.goo.gl/eWzq6wyeTNKJ3NwW8?g_st=ipc
🔥10👍74
O‘zbekiston fuqarosining o‘limi haqida

Turkiya OAVda 21 sentyabr kuni Istanbul shahrida o‘z uyida pichoqlab o‘ldirilgan 36 yoshli “Zulayho” ismli O‘zbekiston fuqarosining vafoti haqida ma’lumotlar tarqaldi.

Bosh konsulxona tomonidan holatga oydinlik kiritish maqsadida amalga oshirilgan ishlar natijasida, halok bo‘lgan shaxs O‘zbekiston fuqarosi “A.X.” ekanligi aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, u bir necha yil avval Turkiyada bo‘lish qoidalarini buzgani uchun deportatsiya qilingan va mamlakatga kirish taqiqlangan. Keyinchalik ism-familiyasini o’zgartirhan holda Turkiyaga kirib kelgan.

Aniqlanishicha, “A.X.” noma’lum shaxs tomonidan pichoqlab o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi. Jinoyat bo’yicha mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tergov harakatlarini olib borilmoqda.

Bosh konsulxona tomonidan marhumning oila a’zolariga jasadni O‘zbekistonga yuborish uchun zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.
😱23👍12💯42
RASMIY XABAR

Turkiya va Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib qidiruvda boʻlgan Raxmatova Sanobar (1974 yilda tugʻilgan, “Sonya” laqabi bilan tanilgan) Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi.

U 2013–2015-yillarda Bangkok shahrida fohishaxona tashkil etib, vatandosh ayollarni yuqori daromadli ish vaʼdasi bilan aldab, Qozogʻiston orqali Tailandga olib borib fohishalik qilishga majburlagan jinoiy guruh tarkibida faol ishtirok etganlikda ayblangan.

Mazkur shaxsning noqonuniy xatti-harakatlaridan jabrlangan fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoki uning quyi tizimlariga, shuningdek, Istanbuldagi Bosh konsulxonaga murojaat qilishga chaqiramiz.

Shu bilan birga, soʻnggi vaqtlarda firibgarlik holatlari boʻyicha murojaatlar koʻpaygani sababli, fuqarolarimizni firibgarlarga aldanib qolmasliklarini va ogoh boʻlishlarini soʻraymiz.
👍34👏118🔥2
Rasmiy xabar

Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ODAM SAVDOSI jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan quyidagi shaxslar qo‘lga olinib, O‘zbekiston Respublikasiga deportatsiya qilindi:

Muxamedova Barno Xusainovna -
1962 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan;

Najmiddinova Nozima Faxriddinovna -
1987 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan.

Ushbu shaxslarning harakatlaridan jabrlangan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilish so‘raladi.

Jinoyat javobgarligidan qochib xorijiy davlatlarda, jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil davom ettiriladi va javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi.
👏435👍2
E’lon!

Xorijda oliy taʼlim muassasalarida energetika sohasida tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida, 2025-yil 29-sentabr kuni soat 13:00 da Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda Oʻzbekiston yoshlari Umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan Energetika vazirligi rahbariyati ishtirokida xorijdagi yoshlar bilan onlayn uchrashuv oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

🔹 Mazkur uchrashuvda Turkiyada tahsil olayotgan hamda energetika sohasida faoliyat yuritayotgan yoshlarni faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

📌 Zoom platformasi orqali ulanishingiz mumkin:
ID: 893 7454 8811
Parol: 109401
👍71
Turkiyaning bir qator OAV (jumladan, NOW telekanali) hamda ijtimoiy tarmoqlarda (“Turkiyadagi oʻzbeklar” kanalida) 17 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi Sattorov Samirjonning yoʻl-transport hodisasi oqibatida vafot etgani haqida xabar tarqatildi.

Aniqlanishicha, S.Sattorov 2025-yil 5-aprel kuni Istanbul shahrida YTH oqibatida ogʻir tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgani maʼlum boʻldi. Afsuski, koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, u 15-aprel kuni hayotdan koʻz yumgan.

Marhum 17-aprel kuni Samarqand viloyatida dafn etilgan.
Ta’kidlash joizki, marhumning oila a’zolari hodisa yuz berganidan keyin Bosh konsulxonaga bu haqda murojaat qilishmagan.

📌 Olingan maʼlumotlarga koʻra, YTHni sodir etgan Turkiya fuqarosi hodisa joyidan yashiringan, biroq ertasi kuni pushaymonlik bildirib, politsiyaga taslim boʻlgan. Tekshiruv davomida uning qonida giyohvandlik moddasi aniqlangan. Ayni vaqtda u qamoqqa olinmagan boʻlib, sud majlisi 2025-yil 2-oktabr kuniga belgilangan.

Hozirda Bosh konsulxona tomonidan jabrlanuvchining oila aʼzolariga zarur konsullik-huquqiy yordam koʻrsatilmoqda.
👏19😱91
Rasmiy xabar

Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan kompleks tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan Mullaeva Shaxista Rajapovna O‘zbekiston Respublikasiga deportatsiya qilindi.

Ushbu shaxsning harakatlaridan jabrlangan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilish so‘raladi.

Shu bilan bir qatorda, soliq yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagan va bojxona qonunchiligini buzish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan 2 nafar shaxs (X.Barotov va S.Xolov) ham qo‘lga olinib, O‘zbekiston tergov organlariga topshirildi.

Jinoyat javobgarligidan qochib xorijiy davlatlarda, jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil davom ettiriladi va javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi.
👏20👍138🔥4
Ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim kontentlarda 2025-yil 29-sentabr kuni Istanbul shahrida bir guruh O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olingani haqida tarqalayotgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Darhaqiqat, joriy yil 29-sentabr kuni Istanbulda 6 nafar shaxs, shu jumladan bloger “Jasmin” ham mahalliy politsiya tomonidan qo‘lga olinib, 30-sentyabr kuni Maltepe yopiq turdagi jazoni ijro etish muassasasiga joylashtirilgan.

Mazkur shaxslar giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq jinoyatni sodir etishda gumon qilinmoqda.

Tintuv tadbirlari davomida olingan ashyoviy dalillar ekspertizaga yuborilgan.

Hozirda tergov jarayoni davom etmoqda.
👍5612😱7🔥2
Turkiyadan vatanga qaytgan o‘zbekistonlik bola ijtimoiy himoyada

Bugun, 2025-yil 8-oktabr kuni soat 20:35 da Farg‘ona xalqaro aeroportiga Turkiya Respublikasining Istanbul shahridan uchib kelgan samolyotda 13 yoshli O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytdi.

U chet elda og‘ir hayotiy vaziyatda qolib, O‘zbekiston Respublikasining Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xodimlariga yordam so‘rab murojaat qilgan.

Ushbu holat yuzasidan Tashqi ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining tezkor hamkorlikdagi harakatlari natijasida voyaga yetmagan fuqaro xavfsiz ravishda Vatanga qaytarildi.

Farg‘ona xalqaro aeroportida uni Qo‘qon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari kutib olib, bolaning keyingi taqdiri — ya’ni uni buvisi qaramog‘iga topshirish masalalari bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmoqda.

Voyaga yetmagan fuqaroning ijtimoiy himoyasi va psixologik qo‘llab-quvvatlanishi uning doimiy yashash manzilida davom ettiriladi.

Ma’lumot o‘rnida:
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Yaqin kunlarda Turkiya Respublikasiga ham xizmat safarini amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, uning doirasida ota-ona qaramog’isiz qolgan 30 nafardan ortiq o‘zbekistonlik bolalarni vatanga qaytarish ishlari olib boriladi.


📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍177👏7
Forwarded from Uzbekistan Airways
🙃 Andijon – Istanbul – Andijon: Uzbekistan Airways yangi yo‘nalishi

Endi Istanbulga yetib olish yanada oson va qulay bo‘ladi! To‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar 27-oktabrdan boshlanadi hamda dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Bir tomonga: 2 747 000 so‘mdan boshlab
Ikki tomonga: 5 083 000 so‘mdan boshlanadi

Aviachiptalar allaqachon sotuvda! Jadval va chiptalar booking.uzairways.com saytida va Uzbekistan Airways ilovasida mavjud.

🙃 Андижан – Стамбул – Андижан: новое направление Uzbekistan Airways

Теперь добраться до Стамбула станет еще проще и комфортнее! Прямые рейсы стартуют с 27 октября и будут выполняться по понедельникам и четвергам.

В одну сторону: от 2 747 000 сумов
В обе стороны: от 5 083 000 сумов

Авиабилеты уже в продаже! Расписание и билеты – на booking.uzairways.com и в приложении Uzbekistan Airways.

Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn | VK | WhatsApp | GooglePlay | AppStore
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1910🔥3
Istanbulda vatandoshimiz ishi yuzasidan sud qarori: fuqaromiz ozod qilindi

2025-yil 16-oktabr kuni Istanbul shahrining Bakirköy tumanida joylashgan og‘ir jinoyatlar bo‘yicha 17-sud binosida asli Samarqand vloyatidan bo’lgan 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosining ishi yuzasidan navbatdagi (uchinchi) sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Sud jarayonida Bosh konsulxona diplomatlari ham ishtirok etdilar.

Mazkur ish doirasida fuqaromizga nisbatan noqonuniy narkotik moddalarni olib kirish va ularning aylanmasi bilan bog‘liq ayblovlar ko‘rib chiqildi. Tergov materiallariga ko‘ra, jami 6 nafar shaxs hamda qidiruvda bo‘lgan yana bir necha kishi Yevropa davlatlaridan Turkiya hududiga 30 kg kokain va 800 kg psixotrop moddalarni yuk avtomashinasi orqali olib kirishda ayblangan.

Vatandoshimiz 2023–2024 yillarda ushbu yuk mashinasi turar joyiga yaqin joyda joylashgan yog‘och quti ishlab chiqarish ustaxonasida ishlagan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar operatsiya o‘tkazgan paytda u mazkur hududda bo‘lganligi sababli qo‘lga olingan va gumonlanuvchi sifatida qamoqqa olingan.

Sud majlisi yakuniga ko‘ra, sudya ish materiallarini ko‘rib chiqib, qamoqda saqlash chorasi bekor qilinishi va vatandoshimizni ozod qilish haqida qaror qabul qildi.
👏52👍16🔥54
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat tili bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir!

O‘zbekiston Respublikasi Davlat tili bayrami munosabati bilan 2025-yil 21-oktabr kuni soat 15:00da Turkiyada istiqomat qilayotgan barcha vatandoshlarimiz uchun Istanbul shahridagi Kent universiteti tadbirlar zalida O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo’lchiyeva va Ilyos Arabov ishtirokida madaniy ma’rifiy tadbir dasturi tashkil etiladi.

Fursatdan foydalanib, Turkiyada yashayotgan barcha yurtdoshlarimizni ushbu bayram dasturiga taklif etamiz!

🇺🇿 Keling, ona tilimiz bayramini birgalikda nishonlaylik!

📅 Sana: 2025-yil 21-oktabr, soat 15:00
📍 Manzil: Istanbul shahridagi Kent universiteti (Kağıthane filiali)
16👏5
Forwarded from Tashqi ishlar vazirligi
Aziz vatandoshlar!

O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi nomidan sizlarni 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Ona tilimiz – millatimiz g‘ururi, bebaho ma’naviy boyligimizdir. U azaldan xalqimizning qalbi, dardi, quvonchi, orzu-umidlari ifodasi bo‘lib kelgan. Tilimiz orqali biz o‘zligimizni anglaymiz, o‘tmishimizga hurmat bilan qaraymiz va kelajakka ishonch bilan intilamiz.

Tashqi ishlar vazirligi o‘z faoliyatida o‘zbek tilining nufuzini xalqaro miqyosda oshirish, diplomatik muloqotlarda ona tilimizning jozibasini namoyon etish hamda milliy qadriyatlarimizni dunyoga targ‘ib etishga doimo intiladi.

Davlat tili — xalqimizning milliy g‘ururi, mustaqilligimizning ajralmas qismi, bizning iftixorimiz va Vatanimiz sha’nini ulug‘lovchi abadiy ramzdir!

Facebook | YouTube | Instagram | X
23👍6🔥3👏3
🇺🇿O‘zbek tili – millatimiz faxri!

Butun dunyoni o‘z betakror ovozi bilan lol qoldirgan O‘zbekiston xalq qahramoni, xalq artisti Munojat Yo‘lchieva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ilyos Arabov hamda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti vakillari Istanbul Kent universitetida bo‘lib o‘tgan “O‘zbek tili – millatimiz faxri” deb nomlangan ma’rifiy kechada ishtirok etdilar.

Tadbir davomida o‘zbek tili va madaniyatining boy merosi, milliy musiqamizning jozibasi, hamda o‘zlikni anglash va avlodlar orasidagi ma’naviy bog‘liqlik haqida so‘z bordi.

Tadbir O‘zbekiston Bosh konsulxonasi, O‘zbekiston madaniyati, birdamlik va hamkorlik jamiyati, Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiya markazi, O‘zbekiston Madaniyat vazirligi hamda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti ko‘magida tashkil etildi.

🇺🇿 Bu kecha o‘zbek tili va san’atining xalqaro maydondagi yuksak qadri, milliy g‘ururimiz va birligimizning yana bir yorqin ifodasiga aylandi.
👏225🔥4💯3
2025/10/28 10:25:49
Back to Top
HTML Embed Code: