Telegram Web Link
Chatimiz boshlandi

Savollaringizni shu yerda yozib qoldirishingiz mumkin.

#masterclass #voicechat #Microsoft #Mastercard #resume

@Janob_Musayev
Live stream finished (1 hour)
Forwarded from REVO Global LLC
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Pivot.UZ
MentorGO: Yangi avlod uchun mentorlik platformasi

MentorGO hamasoschisi Nuriddin Qamardinov bilan platformaning qanday g‘oya asosida yaratilgani, duch kelgan qiyinchiliklar va kelajak rejalari haqida suhbatlashdik.

👉Batafsil



MentorGO: A mentoring platform for the new generation

We talked with MentorGO co-founder Nuriddin Kamardinov about the idea behind the creation of the platform, the challenges it has faced, and its future plans.

👉For more information

Instagram | LinkedIn | X (Twitter) | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Vohid Karimov
Global IT ish bozoridagi xolat:

1. Ishga topshirish ancha qiyinlashgan. Oldin “og’zinga siqqanini beramiz” deyishgan bo’lsa hozir “qani ko’raylikchi qo’lingdan nima keladi” deyishyapti.

2. Lekin hafsalangiz pir bo’lmasin. 2023-yildan beri tech ish o’rinlari 40% o’sgan va hozirni o’zida FAANG’da ~40 000 ish o’rinlari mavjud.

3. AI eksponentsial o’smoqda va tepadagi ish o’rinlarining katta qismini tashkil qiladi.

4. AI dasturchilar ishini olib qo’yadi degan gaplarga e’tibor bermang. Bizneslarga dasturchilar juda kerak va tepadagi 40% o’sish buni yaqqol ko’rsatadi.

5. Intervyu jarayoni g’alati xolatda: oddiy kompaniyalar/startuplar intervyu jarayonlarini AI’ga moslashmoqda, Big Tech esa deyarli o’zgargani yo’q.

6. Intervyuga sistematik yondashgan va ko’p vaqt ajratgan kandidatlar hali ham yaxshi offer’lar olishyapti.

7. O’yin qiyinlashdi, lekin qoidalar hammaga ochiq va oydin. Yetarlicha mehnat va to’g’ri uslub bilan siz hozirgi ish bozorida ham yutib chiqa olasiz.

Manba: Pragmatic Engineer
Microsoftda Hayit bayrami

O'tgan hafta 10-aprel kuni ofisda Ramazon Hayiti nishonlandi. Albatta, biroz kechroq lekin "hechdan ko'ra..." deyishadi-ku.

Microsoft atrofida boshqa nohushroq xabarlar ham aylanyapti-yu, lekin bu haqida keyinroq...

#eid #microsoft_life

@Janob_Musayev
Forwarded from Musayev blogi
Haqiqiy boykot

Agar qaysidir katta kompaniya haqida yaxshi fikrda bo'lmasangiz, uni boykot qilishni eng yaxshi yo'li nima bilasizmi?

Bu uning mahsulotlarini sotib olmay qo'yish emas (bundan eng katta zararni o'zingiz ko'rasiz), unga raqobatchi kompaniya yaratib uni bozordagi o'rnini olib qo'yish.

Eplay olsangiz butun xizmatlaridan ko'ra yaxshiroq xizmatlar, mahsulotlar yarating. Eplay olmasangiz hech bo'lmaganda o'z davlatingizdagi, o'z shahringizdagi, o'z mahallangizdagi xizmat / mahsulotidan ko'ra chin ma'nodagi yaxshiroq bo'lgan alternativ mahsulot taklif qiling. Ana shunda odamlarni chiqib boykotga chaqirib, battar kambag'allashtirmaysiz. Balki yaxshiroq mahsulot berib boyitasiz.

Qo'lingizdan kelmaydimi? Hozircha kelmaydimi? Unda keladigan paytgacha o'qing, o'rganing, izlaning, harakat qiling.

O'rganish uchun eng yaxshi variant esa o'sha kompaniya o'zi. Zo'r kompaniyadan zo'rroq narsa qilishning eng yaxshi usuli tashqaridan turib "divanniy" analitika qilish emas, ichkaridan turib barcha kuchli, kuchsiz tomonini o'rganish.

Va eng asosiysi - kimnidir boykot qilish, sindirish uchun harakat qilmang. Shunchaki eng yaxshisi bo'lishga, eng yaxshi mahsulot yaratishga va ko'proq odamlar hayotini yaxshilashga harakat qiling.

Muammo "yomonlar" kuchli ekanida emas, "yaxshilar" juda ojiz ekanida!

#justthoughts

@musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ruziev Blog
Xo‘sh, 2025-yil uchun shogird olishni boshlaymiz!

Bu safar ayrim sabablar tufayli biroz kechroq start oldik, lekin endi bemalol, bosqichma-bosqich boshlasak bo'ladi.

📌 Format qanday bo‘ladi?
- Haftasiga 3 kun onlayn uchrashamiz
- Har safar oldindan tanlangan mavzular asosida meeting, muhokama va feedback
- Hafta davomida yopiq guruhda savol-javob, fikr va tajriba almashish
- Har bir ishtirokchiga vazifalar beriladi

Bu jarayon oddiy dars emas, bu birga o‘sadigan, izlanadigan kichik jamoa bo‘ladi.

✔️ Kimlar uchun?
Agar quyidagilarga "ha" desangiz, ehtimol bu davra aynan siz uchun:
- UX/UI dizayn haqida tushunchangiz bor
- Ingliz tilidagi resurslarni o‘qib, tushunishingiz mumkin
- Mustaqil o‘rganishga odatlangansiz (self-study siz uchun yangilik emas)
- O‘z ustingizda ishlashni chin dildan xohlaysiz

Resurslar cheklanganligini inobatga olib, faqat 5 kishini qabul qilaman. Tanlov suhbat asosida bo‘ladi.

Qiziqsangiz, quyidagi formani to‘ldiring: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeME6v705hfB0AiBJkZPwrxmAuyXRUzrMdt6tL5qdcffUcf_Q/viewform?usp=dialog

Savollaringiz bo'lsa izohda qoldirishingiz mumkin.

@ruziev_blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'tgan oyda EventGO da e'lon qilgan tadbirlarning uchdan birini (56 tadan 19 ta) tashkilotchilar o'zlari sayt va telegramga joylashtiribdi. Umumiy 2000 dan ortiq odam esa tadbirlarga qatnashish qiziqishini bildiribdi.

Albatta, hozircha hech qanday daromad keltirmasa ham, juda yirik loyiha bo'lmasa ham qilgan ishingdan odamlar foydalanayotganini ko'rishning o'zi kichik startupimiz uchun yoqimli holat :)

Ha aytgancha, siz ham kanalingizda ovozli chat qilsangiz yoki boshqa tadbirlaringiz bo'lsa, uni bemalol EventGOda e'lon qilsangiz bo'ladi. Bepulga!

#startup_life

@Janob_Musayev
2025/06/30 06:59:47
Back to Top
HTML Embed Code: