Telegram Web Link
Bir narsa bir narsa kelin degan trendlardan uje koʻngil ayniy boshladi. Undan koʻra oʻsha novellalarni originalini koʻrib immunitetimni oshirganim yaxshi.

@janobsatirik
😁37👍4
Hozir kodeks so'rab kirgan odamlarga komikslarni ko'rsatib, rosa maqtabman-da.

Qissadan hissa, naushnikdan foydalanishni kamaytirishim kerak.

@janobsatirik
🤣25
Odatda "Bu yozuvchi kim?", "Bu asar nima haqida?", "Bu kitoblarni nima uchun chiqargansizlar?", "Bolalar uchun bunday kitoblar to'g'ri kelmasa keragov?" degan savollarni qalashtirib berishni boshlaydigan xaridorlar yakunda hech qanaqa kitob olmasdan chiqib ketishadi.

@janobsatirik
🤣193😁3🔥2
CAFA cup finalidagi g'alabadan so'ng, "Epizod"dagi bir hazilcha o'z aktualligini yo'qotdi.
😁9
Bugun juma. Bunday yaxshi kunda savoblarni ko'paytirish kerak.

Chunki odamdan faqat yaxshiliklar va EKG standup uchun xarid qilingan biletlar qoladi.
😁201
Chatlashib turganingizda suhbatdoshingiz chat skrinshotini sizga yubordimi, demak u adashib ketdi.

@janobsatirik
😁40🔥2💯1
🔥2
EKG Stand Up

📍“Sahna” klubi

📅 19-sentabr, 19:00

Dasturda EKG rezidentlari Izzatilla Chorixoʻjayev, Abbos Serobov, Azizjon Karimov, Azimbek Xushmamatov va mehmon komiklar Bob Kobilov, Doniyor Nazarov hamda Jamshid Botirov chiqish qiladi.

💳 Chipta narxi 50 000 so'm. 

https://www.afisha.uz/uz/standup/2025/08/18/ekg-concert

Telegram | Instagram | YouTube
2
Yoningizda berilib saqich chaynaydigan odamlardan yomoni yoʻq. Qulogʻingizni qomatga keltirgani yetmagandek, kerakmas vaziyatda ishtahangizni ham ochib yuboradi.

@janobsatirik
😁18
Hozir bir xonandaning jonli konsertini tingay turib bir fikrga keldim: qo'shiqning naqaroti, eng shirali joyi kelganida muxlislarga mikrofon tutib, ularga ayttirish, shu joyinigina eshitish uchun kelgan boshqa muxlislarga nisbatan hurmatsizlik.

Qolaversa, muxlislar xonandadan tinglash uchun kelgan, birinchi qatorda o'tirib tomoq yirtadiganlarni ovozini eshitish uchun emas.

Agar siz ham biror konsertga tushganingizda, naqaroti kelganda siz o'tirgan tomonga mikrofon tutilsa, baqirmang, hech bo'lmasa keyinchalik bu konsertni youtubedan ko'radiganlarga rahm aylang.

O'zing ayt deb baqiring. Keyingi safar boshga taqiladigan mikrofon ishlat deng.

@janobsatirik
😁23👍7💯4
18 ta qizga gap otib, 39 marta “rad” javobini olgan doʻstim:
😁27🤣192
Yosh ona “Baqirmaydigan onalar” kitobini oʻqib tugatdi-yu, biroz oʻyga toldi.

Keyin xonadagi yosh bolasi yodiga tushib, atrofga qaradi. Bu paytda bolakay bankadagi murabboni gilam bilan yuzlashtirib turgan edi.

Ona kitobga taxminan yarim soatdan keyin qat’iy amal qilishga oʻziga soʻz berdi va fursatdan unumli foydalanishga kirishdi.

@janobsatirik
🤣57😁7
1-oktyabr — Ustozlar va murabbiylar kuni tadbirlari boshlanibdi. 2-3 ta tanishlarim storislarida bayram tadbirlaridan lavhalar koʻrdim. Namunch kech boshlashgan? 15-avgustdan boshlash kerak edi.

Boʻlar ish boʻlibdi. Tezroq tugatvolishsin-da. 2-oktyabrdan yangi yil shukuhini boshlashimiz kerak.

@janobsatirik
🤣31😁10
Forwarded from EKG
👍21
Bitta serial koʻrayotgandim, 7-qismga kelgan joyimda 8 ni koʻribman. Yarmiga yaqinlashgach nega ayrim voqealar tezlashib ketdi deb pauza qilganimda tepada 8-qism degan yozuvga koʻzim tushdi.

Chala boʻlmasin deb 8 ni toʻliq tugatib, keyin 7 ni koʻrib chiqdim.

Miloddan avvalgi yillarda odamlar seriallarni shunaqa koʻrishgan boʻlsa kerak.

@janobsatirik
🤣44
Komment yozish uchun kanal chatiga obuna bo'lish majburiy qilib qo'ygan bo'lsangiz, yaxshisi komment yozish funksiyasini ochmay qo'yavering.

“admindan adminga” turkumidan

@janobsatirik
😁23🤣11👍4💯3
Ancha vaqt boʻp ketibdi kanalga shu linkni tashlamaganinga ham:

https://youtu.be/rOJiRrqNS_U?si=vcFkKXynZw86ORqI
😁6
Kanal obunachilari miloddan avvalgi yil tartibida kamayib borayotir...
🤣38
Xorijga chiqib uyga qaytayotganingizda yaqinlaringiz, tanish, do'st-u birodarlarning hammasining kalitlari sizga zerikarlidek tuyula boshlaydi. Ularga nimadir qo'shib qo'yish kerak degan his sizga tinchlik bermaydi.

@janobsatirik
😁25🤣3
“Kim millioner boʻlmoqchi?” shousi boʻlishidan xabaringiz bor.

Ishtirokchi boʻlish uchun ariza qoldirish boshlangan deb eshitdim. Aytishlaricha, 15 ta test berarkan.

Agar 15 ta testdan juda kam toʻgʻri javob topsangiz sizni tupoy deb shouga chaqirishmaydi.

Hammasini topib qoʻysangiz yutib qoʻyadi deb chaqirmaydi.

@janobsatirik
😁47👍1
2025/10/25 08:14:59
Back to Top
HTML Embed Code: