Telegram Web Link
Bitta serial koʻrayotgandim, 7-qismga kelgan joyimda 8 ni koʻribman. Yarmiga yaqinlashgach nega ayrim voqealar tezlashib ketdi deb pauza qilganimda tepada 8-qism degan yozuvga koʻzim tushdi.

Chala boʻlmasin deb 8 ni toʻliq tugatib, keyin 7 ni koʻrib chiqdim.

Miloddan avvalgi yillarda odamlar seriallarni shunaqa koʻrishgan boʻlsa kerak.

@janobsatirik
🤣44
Komment yozish uchun kanal chatiga obuna bo'lish majburiy qilib qo'ygan bo'lsangiz, yaxshisi komment yozish funksiyasini ochmay qo'yavering.

“admindan adminga” turkumidan

@janobsatirik
😁23🤣11👍4💯3
Ancha vaqt boʻp ketibdi kanalga shu linkni tashlamaganinga ham:

https://youtu.be/rOJiRrqNS_U?si=vcFkKXynZw86ORqI
😁6
Kanal obunachilari miloddan avvalgi yil tartibida kamayib borayotir...
🤣38
Xorijga chiqib uyga qaytayotganingizda yaqinlaringiz, tanish, do'st-u birodarlarning hammasining kalitlari sizga zerikarlidek tuyula boshlaydi. Ularga nimadir qo'shib qo'yish kerak degan his sizga tinchlik bermaydi.

@janobsatirik
😁25🤣3
“Kim millioner boʻlmoqchi?” shousi boʻlishidan xabaringiz bor.

Ishtirokchi boʻlish uchun ariza qoldirish boshlangan deb eshitdim. Aytishlaricha, 15 ta test berarkan.

Agar 15 ta testdan juda kam toʻgʻri javob topsangiz sizni tupoy deb shouga chaqirishmaydi.

Hammasini topib qoʻysangiz yutib qoʻyadi deb chaqirmaydi.

@janobsatirik
😁47👍1
Instagramdan reels yuborsam ignor qiladigan tanishlarim bor. Ular yuborgan videoni ko‘raman, lekin man yuborganimni pisand qilmaydi, mani didimga tupurib qo‘ygan.

Kechadan reelsni yuklab, telegramdan yuborishni boshladim. Endi ko‘rib reaksiya bildirib boshlashdi.

Zamonaviy muammolar zamonaviy yechimlarni talab qilarkan. To‘xtab qolmaslik kerak. Yechim topiladi.

@janobsatirik
😁25🔥3🤣3
Ba'zida shoshilinchda biror joyga borishimga to'g'ri kelib qolsa, taksi chaqiraman.

Dom oralab, mahalladan toki katta yo'lga chiqib olgunimizgacha taksistning qovog'idan qor yog'ilib turadi.

Hech sababini bilolmay halakman...

@janobsatirik
🤣19😁12
Podshodan birinchi “yarim davlat” mukofotini olgan odam eng omadli odam.

Keyingilariga 2 barobar, 2 barobar kamayib, bu mukofotning qadri tushib boradi.

@janobsatirik
😁24
Yil boshida bu kanalni 10 ming obunachiga yetkazaman degan maqsad qo'ygandim. Kelasi yilda yana bir urinib ko'raman.
🤣37😢6🔥5👏4
Roppa-rosa 1 hafta avval. EKG stand up.

@ekg_channel@janobsatirik
🔥64
Bugun shanba. Sug'ur kuniga o'xshaydi. Avvalgi shanbalardan farqi yo'q. Bir xillikni buzmaslik uchun hatto Manchester Yunayted ham yutqazyapti.

@janobsatirik
🤣21😁12🫡3
Bitta tanishimning tanishi Germaniyaga ketibdi. Germaniyaga borganini bildiruvchi reels yasab, instagramiga joylabdi. Reel uchun tanlangan musiqa esa fransuzcha qoʻshiq.

E xullas... Balki bu hech narsani anglatmas. Man juda chuqur oʻylab yubordim. Yaxshi dam olinglar.

@janobsatirik
🤣25😁63👍1
#dokonda

— Bu "Akademnashr"mi?
— Ha, "Akademnashr".
— "Hilolnashr" emas-a?
— Bilmadim, o'ziz nima deb o'ylaysiz?

@janobsatirik
🤣42👍1
Shu desanglar “Dushanbadan qoʻrqish sindromi”dan xalos boʻldim. Unchalik qiyin emaskan: Yakshanbada ham ishlayapman.

@janobsatirik
😁26🤣17💔3👍1
Osmonga qoʻlini choʻzsa yetadigan obunachim borligidan xursandman. Yulduzingni ber osmon.
😁304👍1
Ozdiruvchi dori, bad, mayka va boshqa vositalar reklama roliklarida odatda o'ta semiz odamlarni ko'ramiz. Shular orqali odamlar qiziqadi deb o'ylaysizlarmi?

Man rolikdagi o'sha og'ir vaznli aktyorlarning so'lg'in ko'zidan "Bir tiyinli foydasi yo'q, pulimni tezroq bersa uyga ketardim, qorin ochib ketdi-ye" degan gaplarni o'qiyveraman negadir.

@janobsatirik
🤣17💯6🤓21👍1
Hayot bir tekisda ketib, hamma shodon yashab turgan paytda kimdir dazmolni o'ylab topdi. Kiyimlar ham tekis bo'lishi kerak deyishdi. Okey. Hamma o'rgandi, ko'nikdi. Hayot davom etaverdi.

Lekin bu narsa faqat bitta odamga yoqmadi va u dazmol olmaydigan matolardan kiyim tiktirishni boshladi.

Bu mavzuni hali bekorchilikda yana bir chaynab ko'raman.

@janobsatirik
😁315💔1
Bir kuni r bilan g Toshkentga borishibdi. Chegaradan kiritishmabdi. Bittang oʻtishing mumkin deyishibdi. Yolvorishibdi, foydasi boʻlmabdi.

Ikkalasi bitta kvotaga rozi boʻlibdi. r boʻlishga g koʻnmabdi, g boʻlishga esa r.

Chegaradagilar boshqa harf taklif qilishibdi: y. Ikkalasi ham rozi boʻlishibdi.

Shu-shu toshkentliklar bargni bay deyishga odatlanishgan ekan.

@janobsatirik
🤣351
Biz qashshoqlar uchun yoz va qish eng sevimli fasllar, kuz va bahorda esa juda qiynalamiz.

Chunki biz oʻta issiqda va oʻta sovuqda kiyiladigan kiyimlar sotib olamiz.

Yengilgina salqin havolarda kiyadigan kiyimlar mavsumida esa biz arosat koʻchasi boshidan oʻtib qaytamiz.

Oktyabrdagi anomal issiq yoki anomal sovuq jonimizga ora kiroladi, xolos.

Bu postda birorta kiyim magazin reklamasi boʻlishi mumkin edi, lekin man ippodromdan kiyinaman.

@janobsatirik
🤣35😁84
2025/10/21 11:03:12
Back to Top
HTML Embed Code: