Telegram Web Link
Bilmasang, bilmasligingni ayt

Oxirgi uch yilgacha ustozlarimni hech biridan “bilmadim” degan javob olmaganman.

Natijada “bilmadim” deyish bu uyat, obro’ni tushuradigan so’z degan noto’g’ri tushunchalar shakllanib qolgan ekan.

O’z sohasidagi mustahkam ilmidan tashqari kuchli shaxsiyatli insonlar bilan suhbatlashib, ulardan ba’zi savollarimga “bilmas ekanman” degan javoblarni eshitdim.

Boshida ular ilmiga shubxa bilan qaradim. Keyinchalik tushundim “bilmadim” demaydiganlar hamma narsani bilganidan emas, obro’sizlanishdan qo’rqib bu so’zni ishlatishmas ekan.

O’rganganing sari biladiganlaring, bilmaydiganlaring oldida hech narsa emasligini bilib borasan.

Bilmadim deya olish uchun ham insonda kuchli ilm va so’rovchining manfa’atini birinchi o’ringa qo’ya oladigan mustaxmak etiqod kerak.

Xulosa

Bilmasang “bilmayman” deb ayt. Kibring kasriga so’rovchilar qolmasin.

@javokhir_toshpulatov
Pareto prinsipi

• Matematikadan har qanday mavzuni ichida shunday 20% misollari borki, shularni tushunib ishlagan o’quvchi mavzuni 80% tushungan bo’ladi.

• Kitob o’qiyotgan kitobxon, o’qishga sarflagan vaqtini 20% qismidangina 80% ilmni oladi.

• Hozirgacha o’rganganlarimni aksariyatini umrimning 20% qismini sarflab o’rgangan ekanman.

• Har qanday kompaniyada ham 20% hodimlar, kompaniyani oldinga tortarkan.

va.h.k

Pareto prinsipi bo’yicha harakatlaringni 20% qismi natijaning 80% ni beradi. Qolgan 80% i esa 20% natijani.

Sarflayotgan vaqting, puling, energiyang, asabing, mehr va e’tiboringni ham taqsimlanishi shu qonuniyat bo’yicha natija keltiradi.

Xulosa

Istalgan resurslaringni sarflashdan oldin o’ylab ko’r. Natijani 80% dan 400% ga chiqarish imkoniyati ham senda bor.

@javokhir_toshpulatov
Kelajakdagi buyuk onalar

Barchaga go’zal qiroatlari bilan tanilgan Muhammadloiq qori akaning Qur’on yodlashga rag’batlarini ilk bor onalari oshirganliklarini aytgandilar.

Qurilish bo’yicha top kompaniya asoschisi Murod aka Nazarov otalaridan erta ajralganlar. Yolg’iz onalari esa farzandlar uchun ideal mativator va investor bo’lib o’qitganlar.

Alisher aka Isayev 7 yoshlarida faqat onalari bilan qolganlar. Hozirgi kunda minglab tadbirkorlar ustozini ilk suyanchig’i yolg’iz onalarining o’zlari bo’lgan.

Bugungi kunda Marketing bo’yicha top mutaxassis Shahboz aka Dolimovning ham ilm olishlariga keng imkoniyatni onalari berganlarini eshitganman.

Bular hozir jamiyatimizning siz taniydigan o’z sohasini top mutaxassislari. Tanimaganlariz qancha-yu, g’arbda minglab bunday onalar sabab muvaffaqiyatga erishganlar qancha..

Yoki aksi, bugun porlayotgan bo’lishi mumkin bo’lgan chiroqlarning qanchasi ilmsiz va johil onalar tomonidan yoshligidayoq o’chirilgan ekan..

Azaldan erkak kishini hayoti doim riskda bo’lgan. Istalgan payt butun mas’uliyat yolg’iz onaning o’ziga qolib ketish ehtimoli yuqori.

Shunaqa paytda, yuqoridagi insonlardek farzand tarbiyalay oladigan ertangi kuchli onalarni yetishtirish uchun bugungi qizlaringiz uchun siz ota-onalar nimalar qilyapsiz?!

P.s
Yuzlagan o’quvchilarni o’qitayotgan o’qituvchi sifatida jamiyatning kelajakdagi og’riqlaridan deb bilaman buni. Keyingisi ham qizlar haqida bo’ladi manimcha)

@javokhir_toshpulatov
Hamma oddiy

Pir paytlar, e’tiborga tushish uchun boshqalarga bo’lmagan sifatlarga ega bo’lish kerak bo’lgan.

Boy, aqilli, taqvodor va h.k

Hozir esa bu narsalarga ega bo’lgan taqdiringda ham e’tiborga tushishing qiyin. Sababi, bularga ega bo’lmasdan ham ega bo’lgan insonlardek ko’rinish avj olgan.

Haqiqiy boylar soni sezilarli oshmagan, lekin boyishni o’rgatadiganlar ko’paygan. Aslida haqiqiy boylar o’zlarida bor narsalarni ko’pam ko’z-ko’z qilishmaydi. Bilishadiki boyliklari sababli ularning ikki dunyosi ham riskdaligini.

Chuqur ilmlilar soni ham oshmagan. Lekin kuzatsang hamma, ko’p narsani biladigandek. 3 ta kitob o’qiysan va sen ilmli(ko’rina)san. Aslida haqiqiy ilm egalari, o’rganishlari kerak bo’lgan ilm oldida o’zlarida bori ancha kamligini bilishadi.

Haqiqiy taqvodorlar soni esa balki kamayyotgandir, lekin aniq oshmagan. Kuzatsang, ko’rinish va amal teskarisini gapiradi. Bunday ko’rinishga intilishining o’zi aslida bu sifatning ularda kamligini anglatadi.

Xulosa

Niyatinga o’zing javob berasan-u, lekin mobodo niyating boshqalardan ajralib turish bo’lsa, nimalarga erishgan bo’lsang ham oddiyligingni tan ol. Oddiyligidan qochayotkanlar ichida ajralib turishning eng oson yo’li shu.

@javokhir_toshpulatov
Yo’qdeyishni o’rgan

Kimgadir qarz yoki biror buyum berishdan oldin bilmagan holingda 3 ta kriteriyaga qarab bersan:

1. O’zinga zarur bo’lmasa
2. Qaytishiga ishonsang
3. So’rovchi shunga loyiq bo’lsa

Lekin kimgadir vaqtingni berayotganingda deyarli o’ylab ham o’tirmaysan.“Saxiyliging” tutib qoladi. Aslida eng qimmat resursing shu emasmidi?

“Yo’q” deyishni o’rganmas ekansan o’zinga vaqting yetmaydi.

O’zingni planlaring bormi, iltimoslarga yo’q deyishni o’rgan. Hurmatli insonlar bo’lsa chiroyliroq “yo’q” degin. Lekin aldama.

1 minutlik rad javobidagi hijolatli vaziyatdan qochib, soatlab va kunlab ba’zida yillab umringni qiyinlashtirib qo’yasan.

Qimmat serusrlaringni so’rashganda samimiy bera olsang mayli ber. Bunda ajr olasan.

Niyatni to’g’riligini bilish yo’li, o’zingga shu savolni berish: “Qaytmasa ham berganim uchun afsuslanmaymanmi?” Javob ijobiy bo’lsa ber.

Xulosa

1. “Ho’p” deganing uchun erishilgan hurmat vaqtincha bo’ladi. Insonlarga 9 marta “ho’p” deb, oxirgisiga “yo’q” desang, sen oxirgisi bilan eslanasan.

2. Vaqtingni berayotganingda ham qarz berishdagi kriteriyalar bo’yicha o’ylab ko’r. Arzishlarini va niyating to’g’riligni bilsang ber.

@javokhir_toshpulatov
Bu oydan bugun foydalan

Yillar davomida ro’mol o’raganda hijolat bo’lishini o’ylab ochiq yurganlarni, o’ranishiga sabab bo’ldi,

2 oyda ham bir marta hatm qila olmaydiganlarni bir oyda ikki marta hatm qilishiga sabab bo’ldi,

Bir kunda to’rt mahal ovqat yeb ham topa olmagan quvvatni 2 mahal taomdan topishiga sabab bo’ldi,

8 soatlik uyqularga to’ymasdan yurganlarni 3-4 soatlik uyquning o’zi bilan tetik yurishiga sabab bo’ldi,

Jumani hisoblamaganda kamida 11 oy Farz namozlari uchun masjidga kirmaganlarni har kuni soatlab Tarovehga kelishiga sabab bo’ldi,

juda ko’p qarzimiz bor bu oydan..

Ushbu oydan qarzimizning minimum tavoni, bu oyda paydo bo’lgan yaxshi sifatlarimizni hech bo’lmaganda bittasini saqlab qolish..

Suyuklilarimiz bu oyni intiqlik bilan kutishgan. Kam qoldi. Senda bu oyda qaysi o’zgarishlar bo’ldi? Yaqinda amaldagi yengilliklar yana og’ir bo’lishni boshlaydi. Bu oydan foydalanib qol.

@javokhir_toshpulatov
Imkon berilmayotganlar

4 ta ustozimga otam va onam bilan birga borib gaplashganmiz. Bo’ldi o’zing top ham deyishmagan.

O’zlashtirishim ancha sekin bo’lganiga mavzularni mohiyatini anglamasam misol va masalalarni yecha olmasdim.

Shu sababdan jami Matematikadan 9 ta, Fizikadan 8 ta ustoz almashtirganman. Oxirgi 1 yilda 2 ta fandan ham Yashin aka Quvonovga tayyorlanganman. Bu alohida post)

Dadam rahmatli va onam 3 yil tayyorlangan bo’lsam biror marta dars qilayotgan paytim ish buyurishmagan.

Hech kimni majburlovisiz kuniga 8-14 soatlab dars qilardim. Biror marta dars yuzasidan ustozimdan ham ota-onamdan ham tanbeh eshitmaganman.

Shuncha vaqtdan erkin va miyamdan ortiqcha o’ylarsiz 3 yil shug’ullanib faqatgina 2 ta fan o’rganganman.

Atrofimdagi mustahkam ilm egalarini barchalari shunaqa muhitda shunchadan shug’ullanib nimagadir erishishgan.

Oxirgi paytlarda ilmga himmati kam o’quvchilarni ko’rsam ularni ota-onalaridan ko’proq norozi bo’laman.

Farzandlariga imkon berishsa ishonch, ishonch berishsa esa yetarlicha imkon berishmaydi.

P.s
Juda ko’p johil ota-onalarni ko’rib, o’zimni ota-onam menga bergan ishonch va imkoniyatlarini haqqini hech qachon ado etolmasligimni angladim.

@javokhir_toshpulatov
Tez o’tyapti

Ramazon oyi haqida gaplashgan insonlarimning barchalari, bu gal vaqt tez o’tganini aytishdi. O’zim uchun ham shunaqa.

Keyingi yil bu yilgidan ham tezroq o’tadi. Undan keyingi yil undan ham tez.. O’tirib o’ylasang 2 soatga sig’adigan yillarni yashab qo’ygan bo’lasan.

Ulg’ayasan, muammolaring ham senga mos o’sadi. Muammolar bilan ovora bo’lgan seni, vaqt bilan hisoblashishga ham vaqting bo’lmaydi.

Bugundan boshlab chalg’ish osonlashadi, bilganinga amal qilish yana 11 oy qiyinlashadi. O’zingni jiddiyroq tergab tur.

Har kunning, haftaning, oyning va yilning yakunida o’tkan muddat xulosasini qil. Xulosalar yozma shaklda bo’lsin.

Ha aytgancha, Fikrdoshim IYD AL-FITR muborak bo’lsin.

@javokhir_toshpulatov
Fikrdoshlar

2021-yilni o’rtalaridan buyon yozaman. Endi boshlaganimda maqsad faqat o’zimga eslatmalarimni yozish bo’lgan.

Maqsad o’zgarmadi, biroz kengaydi. O’zimga eslatmalarim bilsam ko’pchilik uchun ham unutilgan eslatmalar ekan.

Yozishni boshlaganimdan buyon boshqalarni postini copy qilmadim. Manbasi bilan Forward qilib tashlaganlarim bo’ldi.

Kanalimda oxirgi 2 oyda comment va reaksiyalarni òchirdim. Maqsad o’zimni reaksiyalar va maqtovli commentlardan behojat qilib tarbiyalash.

3-4 ta kanal postlarimni copy qilib o’zlarini linklari bilan kanallariga tashlashyapti ekan. Postning haqiqiy muallifi kimligini yozilgan vaqtlarini taqqoslab ham bilib olish mumkin.

Postlar uchun roziman. Sababi maqsad ilm ulashish, kim tomondanligi ahamiyatsiz. Meni bu o’ylantirmaydi.

Faqat endi boshlaganlarga bitta kichik maslahat.

Post yozish qiyin. Soatlab, kunlab balki yillab chiqargan va o’qigan xulosalarni qisqa fikrlar bilan yetkazish bu muhim ko’nikma.

Shu ko’nikmalarni shakllantirish uchun o’zingizni qiynab yozishingiz kerak. Boshida fikr kelmaydi, lekin boshqa yo’l yo’qligini bilgach miya aktivroq ishlab, tafakkurga yo’l ochadi.

Agar rostan ham manfa’atli deb bilgan postlar chiqib qolsa, manbasi bilan ulashing. Sizni kuzatadiganlar ishonchi va hurmati siz uchun vaqtinchalik aqilli ko’rinishdan muhimroq.

Shu joyida 2 ta eslatma:

1. Fikrdoshlarimiz auditoriyasi kengayishi uchun, qisqa mutola orqali keng xulosa olishni xohlaydigan tanishlaringizni blogimga taklif qiling.

2. Sizning vaqtingiz men uchun ham qadrli. Shu sababdan sizni ko’pi bilan kuniga bir marta bezovta qilaman. Kanalimni bemalol mutedan chiqarib qo’ysangiz bo’ladi)

@javokhir_toshpulatov
Xatolar analizi

Insonlar xatosidan qaytishi uchun nima qilsang ham bilganidan qolmayaptimi? O’ziga qo’yib ber.

Og’riq haqida to’liq tasavvur hosil bo’lish uchun eshitish yoki ko’rishni o’zi ba’zida kamlik qiladi. Uni tanada his qilib ko’rish kerak.

OTMdan yiqilish achchiqligini abituriyentlarimga ko’p eslataman. Shunda ham endi topshiradigan abituriyentlardan ko’ra, yiqilib ko’rganlar yaxshiroq o’qishadi.

Markazimni reklamasi bo’yicha ustozimdan maslahat so’radim. Ustozim qaytargan yo’ldan hayolimdagini ustun qo’yib, katta summaga natijasiz reklama qilib qo’yganman.

Yosh bolani ham issiq choydan qo’li yoki tili kuymagunicha issiqligi haqida gapirib qaytarish qiyin. Tegadi, kuyadi keyin yaqinlashmaydi.

Bunga o’xshash xatolardan to’g’ri xulosalar chiqarsang o’sishinga sabab bo’ladi. Lekin shunday xatolar bor xulosa chiqarish uchun boshqa imkon berilmaydi..

Xulosa

1. Qaytariqlarning barchasi ham seni o’sishinga to’siq bo’lavermaydi. Yosh bolaga o’xshab sen ham kuyib ko’rishing shart emas.

2. Xatolarni to’g’ri analiz qilishni o’rgan. Ba’zilari o’sishinga sabab bo’lsa ba’zilari “o’lishinga”.

@javokhir_toshpulatov
Kuzatishlar, xulosalar va natijalar

2 yildan buyon ertalab nonushtasiz ishimni boshlamayman.

Energiyam faqat o’zim uchun deb yurardim. Lekin holsizligim ham energiyam ham har kuni yuzlagan o’quvchilarimga teng taqsimlanar ekan.

Ikki tomonni eshitmasdan xulosa chiqarmayman.

Buni katta xatoligini, men uchun hurmatli bo’lgan lekin shu xatolari sababli oldimda hurmatini yo’qotib qo’yayotgan insonlardan o’rgandim.

Farzand tarbiyasi prioritedlar orasida eng muhumi ekan(farzandli emasman hali;)

Maktabda bir o’quvchim mashhur ahli ilmni qizlari. Hulqi o’zgacha ekanligini istalgan inson bir ko’rganda biladi. Tarbiya usullarini so’radim. Ota har kuni kechki payt oila davrasida 1 soat Siyrat o’qib berar ekanlar.

Kitobni tez o’qishni mashq qilyapman.

Kitob o’qishni boshlaganimga 6 yil bo’libdi. O’qigan kitoblarim soni vaqtga nisbatan ancha kam. Sababini izlasam sekin o’qirkanman. Minutiga 450 ta so’z o’qiydigan kitobxonlarni ko’rib bildim.

Onam bilan kuniga albatta 2 marta gaplashaman.

9 yildan buyon oilamdan uzoqda yashayman. Vaqtida haftada bir marta gaplashishga imkon topa olmasdan, hali ulgurish bilan o’zimni ovutib yurgan yaqinlarimni, hozir bir marta eshitish uchun qidirib ham topa olmayman.

Xulosa

To’g’ri amallar xulosalar natijasi. Xulosalar esa kuzatishlar natijasi. Ko’proq kuzat. O’zingni ham atrofni ham.

@javokhir_toshpulatov
Postlar kamligi

Har bir yozayotgan postlarim, og’riqlarim natijasida yozilgan. Shunchaki yozishim kerakligi uchun emas.

Oxirgi bir haftadagi og’riqlarimdan hosil bo’lgan xulosalar, qolganlarga ilinishdan ko’ra avval o’zimni hayotimni qayta ko’rib chiqishga majbur qildi.

Oxirgi haftada foydali amallarimdan ko’ra foydasizlari ko’p bo’ldi. Kitob deyarli o’qimadim. Og’riqlarga esa malhamni kitobdan olardim.

Kimgadir nimadir o’rgatayotgan inson o’zini shunga loyiqligini xis qilib tursa va rostan ham shunaqa bo’lsa beruvchiga berish oson, oluvchiga esa amal yengil bo’ladi.

Xullas shu orada yozishga o’zimni noloyiq deb bildim. Shu sababdan post yozmadim. Endi bo’lsa hammasi joyida. Shu orada fikrdoshlarim orasida qolganlarga alohida rahmat!

@javokhir_toshpulatov
Keyingisi uchun hozir sabr qil

Birinchi marta borilgan yo’l qiyin, keyingisi oson bo’ladi. Muammo faqat birinchisida turib berishda.

Qo’shimcha ikkinchi til biladiganlar uchun uchinchi tilni o’rganishi yana ham osonlashadi.

Birinchi 100 ming dollarni topish bilan, undan keyin million dollarni topishdagi qiyinchilik bir xil bo’larkan(eshitganman)

Birinchi o’rgangan dasturlash tilim C++ ni o’rganishimga 1.5 yil ketgan. Java va PHP dastush tillarini o’rganishim uchun esa 2 oy.

Bir amallab 1 ta kitobni tugatgan kitobxon, keyingisini ham tugatish ehtimoli kattaroq bo’ladi.

Matematika o’rganuvchilar Kvadrat ildizlargacha yaxshi yetib olishsa, ko’p ehtimol elementar matematikani to’liq o’rgana olishadi.

Bir maktabni 4 yilda noldan boshlab ko’targan inson, 1 yilda boshqa maktabni eskisidan ham yaxshiroq shakllantirdi.

va.h.k

Insonda yangi narsaga ega bo’lishdagi qiyinchiliklar va unga yechim topish davomidagi ilm, keyingilariga ega bo’lishdagi qiyinchiliklarga immunited shakllantiradi.

Nimadir boshlagan bo’lsang-u qiynalayotgan bo’lsang sabr qil. Tashlab ketish varianti sen uchun doim bor. Bu variantdan foydalanishga shoshilma.

Bu sabr qilayotganing faqat shuni o’ziga ega bo’lish uchun emas, keyingilari yengilroq o’tishini ta’minlashi uchun ham.

@javokhir_toshpulatov
Qiymati baland lekin narxi arzonlar

Biz ko’p narsalarni qiymatini narxiga qarab belgilaymiz. Lekin juda ko’p qiymati baland narsalarning narxlari bugun arzon.

1. Havo tekin.

Buni Astmasi borlar havoda chang zarrasi oshib ketganda yaxshiroq his qiladi.

2. Suv 1 metr kub(1 tonna) 3808 so’m

Suvni qiymatini qurg’oqchilikda yashaydigan jamiyat aholisi yaxshiroq his qiladi.

3. Mushaf, sahifalar soni bo’yicha taqqoslaganda eng arzon kitob.

Bir paytlar tintuv kuchliligidan, butun qishloqda sanoqli qolgan. O’qish uchun yashirin navbatlar bo’lgan.

4. Salomatlik tekin.

Buning haqiqiy qiymatini salomatligida jiddiy muammosi borlar biladi.

5. Bilim tekin.

Buning haqiqiy qiymatini hakimlar yoki ilmsizligi sababli xor bo’lganlar his qiladi.

6. Tinchlik tekin.

Buni, ko’chaga chiqqanida qaytmaslik ehtimoli kattaroq bo’lgan yurtda yashaydiganlar his qiladi.

7. Vaqt tekin

Buning haqiqiy qiymatini qancha gapirsa ham bu dunyoda to’liq anglamasdan o’tsak kerak.

Xulosa

Arzonligiga aldanib, qiymati baland narsalarni isrof qilma.

@javokhir_toshpulatov
Tizimli harakat

“Biz maqsadlarimiz darajasiga ko’tarilmaymiz, balki tizim darajasiga tushamiz” – Jeyms Klir

Qaysi yangi loyiha egalari bilan suhbatlashsam ham maqsadlari katta bo’ladi. Oradan vaqt o’tadi. Tirik qolganlarini tirik qolganligiga sababi maqsadi kattaligi emas, to’g’ri tizim bo’yicha ishlaganligi.

Maqsadli 10 ta odamdan 1 tasi maqsadiga yetadi deylik. Qolgan 9 tasini maqsadsizlik emas, balki natija uchun tanlangan tizim ularni yarim yo’lda qolishiga sabab bo’ladi.

O’quv markazlar 6 yil oldin bir-biridan brend jihatdan ko’p farq qilmasdi. Hozirga kelib 3-4 tasi yaqqol oldinlab ketti. Yagona sabab ularni faqat maqsadlarida emas, balki maqsad yo’lidagi tizimlar to’g’ri tanlanganligida.

Xususiy maktablar ham shunaqa bo’ladi. Hozir oradagi farqlar katta emas. Sanoqlilari 3 yildan keyin boshqalari yeta olmaydigan darajada oldinlab ketadi.

Super market tarmoqlarida ham, xususiy klinikalarda ham, qurilish kompaniyalarida ham va xatto yakka shaxslarda ham shunaqa.

Xulosa

Katta maqsad hammada bor. To’g’ri tizim esa noyob. Natija sifatini tizim ta’minlaydi.

@javokhir_toshpulatov
O’zingni qadrla

8 yildan buyon faoliyatim dars o’tish bo’lgani uchun, prioritetlarimni quyidagi muhimlik darajasi bo’yicha ketma-ket qo’yib olganman.

1. Qadriyatlarim
2. O’quvchilarim natijasi
3. Shaxsiy rivojlanishim
4. Qadrlanishim
5. Mehnatim haqqi(maosh)

Bular uchun maksimal kurashaman, teskarisiga ko’nib ishlamayman. Chunki menga qo’yilgan kutilmalarni maksimal bajarish uchun ham o’zim bilan huddi shunday kurashaman.

Agar priroritedlarim orasida ba’zi talablarim qondirilmasa va men unga ko’nib ishlasam, bu keyinchalik faoliyatimdan sovushimga olib keladi.

Natijada zerikarli, o’quvchilariga foydasidan ko’ra ko’proq zarari tegadigan va shogirtlari unga o’xshashdan or qiladigan qadrsiz ustoz yana bittaga ko’payadi.

Xulosa

1. Hayotda aniq prinsiplaring bo’lmasa, boshqalarni prinsiplariga moslashishga majbursan.

2. Sen avval o’zingi qadringni bil va shunga munosib bo’l. Keyin boshqalardan buni kutishga hojat qolmaydi.

@javokhir_toshpulatov
Sababga javobgarsan

O’tmishdagi xatolaringni e’tirofidan qo’rqma, satr qilingan gunohlarni aytishdan qo’rq.

Imkoniyatlar qaytib kelmasligidan qo’rqma, bugungi imkoniyatlarni yo’qotishdan qo’rq.

Omadsizlikdan qo’rqma, omad kelganda unga tayyor bo’la olmaslikdan qo’rq.

Yaqinlaringni yo’qotishdan qo’rqma, ularni bugun qadrlamayotganing uchun qo’rq.

Sog’ligingdan ayrilib qolishdan qo’rqma, bugun unga e’tiborsizligingdan qo’rq.

Kim bilan oila qurishing tashvishini qilma, kimga munosib bo’layotganing tashvishini qil.

Kelajagingdan tashvishlanma, bugun u uchun nima qilayotganingga e’tiborli bo’l.

Birinchisi natija ikkinchisi esa sabab. Sen sababga javob berasan natijaga emas. Sabablarga e’tiborli bo’l. Natija sabablarga ergashadi.

@javokhir_toshpulatov
Og’riqlar faqat foydanga

Kecha shifoxonaga bordim. Qon topshirdim va analiz javobini kutib o’tirganimda, 4-5 yoshli bolani onasi olib keldi.

Bola qattiq qo’rqarkan. Analiz topshirish uchun bola juda ham baqirib yig’ladi, qarshilik qildi. Qarshilik va yig’i ovozini butun shifoxona eshitdi menimcha.

Mantiqsiz yig’lash. Uni qoni shifoxonaga ham onasiga ham kerak emas, o’zining foydasi uchun edi. Faqat bilmasdi.

Kuzatib turib, hozir ham shu bolaga o’xshashimizni angladim. Farqimiz yoshimizda va og’riqlarimizda.

Ba’zi og’riqlardan qochamiz va norozi bo’lamiz. Lekin hayot, atrof uni majburlayotgan o’sha bola kabi bizni ham kuch ishlatib bo’lsa ham og’riqlarni xis qilishga majburlaydi.

Aslida bularni barchasi faqatgina bizni foydamiz uchunligini vaqt o’tgandan keyin anglaymiz. Chunki ba’zida shifoni og’riqlarsiz berib bo’lmaydi.

Xulosa

Og’riqlarga sabrsizlik qilib, barchani e’tiborini o’zinga qaratishdan oldin o’yla. Bu og’riq faqat seni foydang uchundir.

@javokhir_toshpulatov
Qilib ko’rib topasan

Qilging kelmaydi, majburlanasan. O’xshata olmaysan, oxiri o’zlari to’xtatishadi.

Qilging keladi, qilasan. O’xshaydi lekin zerikasan. Yangisini topasan.

Qilging keladi, qilasan. Qiynalasan, chidamaysan. Chidolmaganingni, keyin davom etish baxonasi orqasiga bekitib, to’xtatasan.

Qilging keladi. Qilasan, qiynasalan, chidaysan va tashlamaysan. Shu seniki.

Faqat bu bosqichlardan o’tish vaqt talab qiladi. Qilging kelganini bugundan boshlab qilib ko’raver.

Chunki barcha etaplarni sinovdan o’tkazishing uchun ko’proq vaqt kerak.

Xulosa

Nimalarga qiziqishingni qilib ko’rmaguningcha bilmaysan.

@javokhir_toshpulatov
Ko’zingni tiy

Inson tanasidagi retseptorlarning 90% ko’zda, qolgani esa boshqa a’zolarda joylashgan.

Yangi odat shakllantirmoqchi yoki yomon odatlaringdan qutulmoqchi bo’lsang birinchi ko’zingdan uzoq qil.

To’shagingni ko’rib tursang, u joyda kitob o’qish yoki dars qilishing qiyin.

Chekishni tashlaganlar uchun, chekayotganni qo’lidagi sigaretni ko’rib chekmay turishi qiyin.

Telefoning yoningda turganida, sifatli erta uyqu rejimiga amal qilishing qiyin.

va.h.k

Avval ko’zingni tiy. Bu orqali ko’p narsadan oson tiyilasan. Bunga bejizga buyurilmaganmiz(30/24)

@javokhir_toshpulatov
2025/07/02 02:27:11
Back to Top
HTML Embed Code: