2 ta chalkashlik
1. Shunday ishlar borki, ularni qilmaslik uchun istalgancha sabablar bor, qilish uchun bitta sabab yetarli.
2. Yana shundaylari ham bor, qilish uchun istalgancha sabablar bor lekin qilmaslik uchun bitta sabab bilan o’sha ishni tark qilasan.
Bu ikkisidan o’zini foydasini ko’zlab boshqani zarariga e’tibor bermaslikda foydalaniladi.
Yana hozirgi rohatni ko’zlab, kelajagini qiyin ahvolga qolishni bilganda foydalaniladi.
Bu ikalasi bilan atrofni shu qadar aldaysanki, bu yolg’onga o’zing ham ishonasan.
Atrofni biroz kuzatsam, ko’pchilik nohaqlar shu ikkisini biri bilan vaziyatdan chiqishga urunayotganini sezyapman.
Natijasi bugun ko’rinmasa ham, shu ikalasini o’zingni foydanga ishlat. Foydali ishlar uchun birinchisini, zararlilari uchun esa ikkinchisini.
P.s
Sen va men havas qiladigan insonlar bu ikkalasini faqat o’z foydalariga ishlatishgan
@javokhir_toshpulatov

O’zing bilan ovvora bo’l
Senga doim zarar beradigani bu o’zing. Hayoting yaxshi tomonga o’zgarishini istasang avval xulqingdagi muammolar bilan kelishib ol.
Har oy 2 tadan yomon xulqing muolajasi bilan shug’ullansang 1 yilda 24 ta yomon odatingni to’g’irlagan bo’lasan.
Aslida uzoq yillarda shakllangan odatlardan qutilish yillar talab qiladi. Muolajani dastlabgi bosqichi 24 ta yomon xulqingni yozish.
Undan keyin:
1. Ro’yhat boshidagi 2-3 tasini 1 oy davomida har kuni ertalab zametkaga yozish.
2. O’zgarishinga to’sqinlik qiladigan muhitdan uzoq bo’lish.
3. Kechga qay darajada bu odatlardan yiroq bo’linganini taxlil qilish.
4. Bir oy qaytarib, keyingi oy boshqa 2-3 tasini huddi shu tartibda qaytarish.
Unutma bugun qutilgan illatlaringdan hech qachon batamom qutilmaysan. Ular shunchaki kurashganing uchun chekinib turibdi. Qaytish ehtimoli bor. Doim sergak tur.

Shaxsiyatli ustoz tanla
Universiteddagi kursdoshlarim ichida 80% o’zini bilimi bilan kirgan edi. Matematika, Fizika, Ingliz tili kuchli. Lekin bitirayotganda faqatgina 20% qismi turli sohalarda kuchli kadrlar bo’lishdi.
Ko’rgan va bilgan sabablarim:
1. OTMga kirishni o’zini oliy maqsad darajasiga qo’yish. IELTS tayyorlanayotganlarga ham qarasam, maqsad katta ball olish, keyinchi degan savollarga javob yo’q.
2. Qaysi OTMni tugatgan insondan so’rasang, birortasi o’zi o’qigan joyni tafsiya bermaydi. Senga hech bir universited kutilmangni bermaydi o’zing harakat qilmasang, garchi berishga majbur bo’lsa ham.
3. Doimiy majburlov bilan o’qigan o’quvchi OTMga kirganda, o’zini ozodlikka chiqqan mahbuz kabi tutadi. 1-2 oy erkin hayot, uzoq yillik odatga aylanish uchun bu vaqt yetarli.
4. Kunlik harajatlariga oilasidan pul olmaslik uchun noto’g’ri muhitda va umuman sohasidan yiroq joyda ish boshlaydi. Hozir ilm ol, tajriba oshir. Kunlik harajatlarni imkoni borlardan olib turaver.Albatta yuzlab barobar qilib qaytaradigan daromadga chiqasan
5. Tepadagi xatolarni qilishni boshlang’ich nuqtasi OTMga kirishgacha bo’lgan vaqtdagi ustozlarni tog’ri tanlamaslikda.
OTM tayyorlanmoqchi bo’lsang, mutaxassislikdagi fanidan tashqari shaxsiyati kuchli inson tanla.
O’sha ustozingni o’zi seni yutuq va kamchiliklaringdan kelib chiqib 80% aniqlikdagi muvaffaqiyat haritangni chizib beradi. Qolgan 20% qismi ularga amal qilishing va taqdirga qoladi.

Bugun qil
Maktabga borish umuman yoqmasdi. Maktabni tugatsam muammolardan qutulaman deb o’ylardim, tugatdim kollej yanada muammoliroq ekan.
Kollejda o’qiganimda 3 yil matematika fizika tayyorlanganman. OTMga kirsam muammolar kamayadi degandim, o’qishga kirib 4 yil xaydalib ketish xavfi bilan yashadim.
5 lik stipendiya olsam harajat muammolaridan qutulaman degandim, 5 lik olmadim-u, lekin ishlab undan 2-3 karra ko’proq pul topardim. Pul boshqarishni bilmaganim uchun pul doim yetmasdi.
Toshkentdan uyi bor viloyatli kursdoshlarimga qarab, barcha muammolarim yechimi “uyim bo’lishida” deb bilardim. Yaqinda oldim, uy muammolari o’rnini boshqalari egalladi.
O’qishni tugatsam vaqtim bemalol bo’ladi, shaxsiy loyihalarim ustida ishlayman degandim. O’qishni tugatganim 4 yildan oshibdi. O’tkazgan vaqtimni muammolarim bilan ovora bo’lib yurganim bilan ovutaman.
Shuncha yashab bitta narsani shaksiz angladim:
Yoshing oshgan sari u barobarida harajatlaring, muammolaring oshadi.
Vaqting, energiyang va hatto yaqinlaring esa kamayadi.
Xulosa
To’g’ri deb bilgan ishlaringni bugun qil. Sendan qoladigani armon emas kamida tajriba bo’ladi.

Bilmasligimizni bilamiz
“Biz qiladigan ishimizda o’ta aniqlikka intiluvchi va bilishimiz kerak bo’lganlarimiz haqida unchalik ham bilmasligimizni biladigan odamlar jamoasimiz” - Rey Dalio
Juda ham aniqlik istab qilingan harakatlar boshlanmasdan unutilib ketadi yoki kutilmani katta qo’yish evaziga qoniqishlarsiz tugaydi.
Shu paytgacha, yuzlab g’oyalarim ideallikka intilganim uchun unutilib ketgan. Alamlisi, o’sha g’oyalarni ba’zilarini, boshqalar ancha keyin boshlab natijalarga erishgani.
Nima qilish sen uchun eng yaxshisi ekanligini topa olsang va boshlashga jur’at qila olsang, allaqachon katta ishga qo’l urubsan.
Agar buni qila olmasang, sababini aniqlashtir. Chunki aynan shu narsa hayotda xohlaganinga erisha olmaganingni sababchisi.
P.s
Rey Dalioning “Prinsiplar” kitobidan ilhomlanib

Boshqalarni mas’uliyatini o’zinga olma
Insonlarga ko’proq foydang tegishini istaysan. O’zingni zimmangdagi ishdan tashqari bo’lgan, uni ham zimmasidagi ishni ola boshlaysan.
Vaqt o’tadi. Barchadan yordam kutib yashaydigan, mas’uliyatsiz insonlar sonini bittaga oshishiga sabab bo’lasan.
Ota-onalar: Farzandlarini havfdan saqlashni o’ylab, ularni to’liq nazoratga olishadi. Muammolarini barchasini o’zlari hal qilishadi.
Endi yurishni boshlagan farzandingni yiqilishiga rozi bo’lmaganingda ular hech qachon yurishni o’rganmagan bo’lardi.
Ustozlar: O’quvchilari o’zlari ko’rgan qiyinchiliklarni ko’rmasdan fanni chuqur o’rganishlarini xohlashadi. Huddi o’zlari qiynalmagandek.
Istalgan fanni yaxshi o’rganish qiyinchilik talab qilishini bilib, ularni asraysan. Ularga yengilini berish bilan emas, qiyinchilikka immuninet shakllantirib yaxshi o’qituvchi bo’l.
Xulosa
1. Yaxshi natijalar albatta qiyinchilik talab qiladi. Ulardan qochishni emas, ularga tik boqib harakat qiladigan shaxslarni tarbiyala.
2. Bu yo’lda yomon ko’rilasan, charchaysan va qadrlanmaysan. Harakatlaring ularni foydasiga ekanligini vaqtni o’zi ko’rsatadi.

Keragini qil
Asrlar, insonlar shu kungacha tinimsiz rivojlanib kelayotganiga guvohlik beradi. Rivojlanish tezliklari esa turlicha.
Borgan sari rivojlanish bir xil vaqt ichida 2x ga o’sib boryapti. Qachondir 3x yoki 4x bo’lar.
Sabab oddiy: Asrlar davomida yuzlab jamiyatlar, millionlab insonlar xatolar qilishgan. Yechimlar topishgan.
Buni keyingilarga foydasi, muammolarga duch kelishganda o’tmishda yechim topilganlik ehtimolligi oshib boraveradi.
Yomon tomoni esa, muammolar sonidan yechimlar soni oshib ketayotganida. Bu holatda amal kamayadi.
Sabab, variant ko’p bo’lganda tanlov doim qiyin bo’lgan. Natija esa hech birini tanlamaslik bilan tugaydi.
Xulosa
1. Sababsiz ergashma. Bu nomuhimlari uchun barcha resurslaring(vaqt, energiya, xotira)ni sarflashinga olib keladi.
2. Yozuvchi va tarjimonlar, talabga qarab kitob taklif qilishyapti. Qiyin bo’lsa ham sen o’zinga keragini o’qi, qolganlar talabiga qarab emas.
3. Minglab yechimlar kombinatsiyasi mavjud zamonda yashab ham xulosani doim o’zingni xatolaringdan olishni xohlaysan.

Tashlash varianti doim bor
Istalgan narsadan zerikasan, charchaysan. Menda ham bo’lib turadi. Boshlaganingda “men uchun emas ekan” deb butkul tark qilishga shoshilma.
Juda ko’p maqsadlarimni biroz qiynalganim va zerikkanligim uchun men uchun emas ekan deb mutloq tashlab ketganman.
Bu xatoligini endi tushunyapman. Chunki orasida butun umr kerak bo’ladiganlari ham bor ekan. Shu sababdan ba’zilarini endi qaytadan boshladim.
Qat’iyatsizlik qilib, jarayondan zavqlanish va zerikkanda “men uchun emas” deb o’ylash bizni natijasi uzoq vaqtda ko’rinadigan ishlarni tark qilishimizga sabab bo’ladi.
Tashlab ketish varianti sen uchun har doim bor. Shoshilma, u oxirgi variant bo’lsin. Qiyinchilik va yaxshi natija to’g’ri proporsional bo’ladi.

70% axmoq investorlar
Markazimni 2022-yilda tashkil qildim. Shu paytgacha 50+ o’quvchi chetlatildi, birortasi o’zini xohishi bilan emas.
Deyarli barcha o’quv markazlarida natija ko’rsatmasligi aniq bo’lgan *70% axmoq investorlar bo’ladi. Maksimum 30% dan natija kutiladi.
Markazim bilan birga xususiy maktabda faoliyat olib borishimning asosiy sabablaridan biri, maktabdagi daromadim markazimda ba’zi prinsiplarga qat’iy turishimga yordam beradi.
Bu prinsiplar barcha o’quvchi qilishi shart bo’lgan, ularning zimmasidagi oddiy vazifalar.
Bular:
1. Vazifani doim qilib kelish,
2. Sababsiz dars qoldirmaslik.
Bu prinsipga amal qilmaslik ularga birdek jazo qo’llanilishiga olib keladi. Jiyanimga ham, 2 yillik o’quvchimga ham. Amal yo’qmi, chetlatiladi.
Tashkilot, millat yoki jamiyatlar nega rivojlanmaydi deyilsa, umumiy sabab 2 ta(qolganlari individual)
1.Topshiriq berilib, natija so’rab olinmasligi
2.Qoidalar barchaga birdek ishlamasligi.
Yaqinda:
Noldan olib chiqqan ikki yillik o’quvchilarimni bir necha marta sababsiz dars qoldirganiga chetlatganman.
Jiyanimni 1 oyda sababsiz 3 marta dars qilmagani uchun chetlatishga majbur bo’lganman.
Bu qaror qolgan o’quvchilarga intizom shakllanishiga va chetlatilganlarga esa pullari behuda sarflanmasligiga sabab bo’ladi.
*70% axmoq investorlar - O’qimaydigan, lekin pul to’layotgani uchun markaz ularni puli uchun, shunchaki olib yuradigan o’quvchilar.

O’zligingni unuttiradigan sikl
“Doimiy ravishda o’zingni mahsulotingni o’zing o’ldirib tur” Filip Kotlerning “А дан Я гача” kitobidan. Bu qoida doimiy trendda bo’lish uchun marketingni bir qismi hisoblanadi.
San’at rasvo bo’lganligi haqida gapirayotgan aktyor va rejissiyorlarni ko’rdim. Ular ishtirokidagi kinolarni ko’rib shularni o’zi san’at qotilimikin deb o’ylab qolaman.
“Mativatsiyaga ishonma” deydiganlarni o’zi bir necha yil oldin motivatsion trening o’tkazgan. Qarashsa foydasizligini hamma bilyapti. Darhol boshqa pozitsiyaga o’tishdi.
“Hayot IELTS olishdan iborat emas. O’zinga kerakli ballni ol, shu yetadi” deydiganlarni o’zi kechagina “IELTS 8+ challange” kursini sotish uchun hammani shunga targ’ib qilayotgan edi.
Bunaqa siklga cheksiz misollar bor..
Hullas kecha bir narsani trendga olib chiqqanlarni o’zi bugun o’shani o’ldirishyapti. Sababi oddiy: Ular trendda yana birinchilardan bo’lishmoqchi.
Sodda va doim oson yo’lini qidiradigan sen, shu trendni orqasidan quvasan. Bilmaysanki ko’rayotganingni 90% qismi shunchaki sen orqali yaxshi hayot istayotganlarni o’yini bo’lishini.
Xulosa
1. Bitta kuchli ustoz top. Hamma aytganini qil. Uzoqroq vaqt ber, shoshirma.
2. Oson yo’lini qidirma, qiyin yo’llar universal bo’ladi.
3. Kitob o’qi. Trendagisini emas, o’zingni bugungi muammolaringa yechim beradiganini.

Poklanish oyi
Bu dunyodagi eng katta baxt bu, qalb hotirjamligiga erishish. Bunga esa ruhiy tarbiya orqali erishiladi.
Odatda “shayton yo’ldan uryapti” termini bilan o’zingni oqlaysan. Nafsing esa 70 ta shaytonni kuchiga tengligidan xabaring yo’q.
Ba’zi odamlar nima uchun Ramazonda ham yomon ishlarni to’xtatmaydi degan savolga shu javob. Ularni bo’lgani shu..
Sen bunga rozi bo’lma. Nima yomon odatlaringni tark qilib, o’rniga yaxshilarini shakllantirmoqchi bo’lsang mana senga Ramazon oyi.
O’zing bilan adolatli kurashish uchun bu oy eng qulay payt. Bu kurashda faqat sen va nafsing, shaytonlar esa kishanlangan. Bu kurashda senga omad tilayman.
Ramazon muborak!

Amalning og’irligi
“Sog’lom fikr bu 18 yoshga to’lganda ega bo’lingan noto’g’ri tasavvurlar to’plamidir”-Albert.E
Oxirgi yillarda bildimki, menga bilim deb berilgan ma’lumotlarning 80% qismi hech qanday aniq haqiqatga asoslanmagan shunchaki ma’lumotlar ekan.
Kim nima to’g’ri deb bilsa beraveradi. Sen esa ta’sirlanganingni olaverasan. Natijada amallaring sifati esa o’zgarmay qolaveradi.
Sahobalar 10 ta oyat o’rganishsa, darhol amal qilishni boshlashar ekan. Undan keyin yana yangi 10 tasini huddi shu tartibda..
Chunki beruvchining berayotgan ilmi aniq, beruvchining o’zi esa bunga munosib zot edi.
Xulosa
1. O’rganganlaring xato bo’lib chiqishini normal qabul qil, shunda o’rniga yangisini olishing oson kechadi.
2. Hayotingni qiyinlashtiradigani faqat bilmaganlaring emas, balki bilganlaringa amal qilmayotganlaring.
3. Ergashayotgan insonlaringni ilmi bilan birga amaliga ham qara. Ular shunga munosib bo’lsa senda amal osonroq kechadi

Zayiflarga ozor bergan zayiflar
6-sinfligimda yosh, erkak tarix ustoz kelgandi. Bizni qulog’imiz tepasidagi sochimizdan tortib o’tirg’izib turg’izardi. Qo’rqardik va qizlarni oldida uyalardik.
Hammaga shunaqa deb o’ylasak, qarasak 9-sinflarga juda muloyim. O’zimiz 9-sinf bo’ldik. Aniq yaxshi tomonga o’zgarmagan edik lekin ustoz bizga ham muloyim bo’lib qolgandi.
Kollejga juda ko’p ustozlar 1-kursligimizda bizga yomon muomila qilishardi. 3-kurslarga esa aksi. Biz ham 3-kurs bo’ldik va bizga ham yaxshi muomila qiladigan bo’lishdi.
Universitedga yangi kirganmiz. Ko’p ustozlar juda qattiqqo’ldek. Kichik xatoyimiz uchun ham ochisleniya eslatilardi. Vaqt o’tkandan keyin bildik, bu faqat endi kirganlarga ekan. Katta kurslar bilan o’rtoqdek.
Bunga o’xshash hayotiy misol juda ko’p..
Hozir eslaganimda juda kam sonli hurmatga loyiq ustozlar bor ekan hotiramda. Ularni ajratgan sifati, biz zayifligimizda ham kuchliligimizda ham teng muomila qilgan.
Xulosa
1. Insonni kuchini zayiflarga qilayotgan muomilasiga qarab emas, zayif bo’lmaganlarga qilayotgan muomilasiga qarab o’lchanadi.
2. Zayiflarni zayifligidan foydalanib erishilgan hurmat, ular kuchli bo’lib olgunicha tirik qoladi.

Qat’iyatni shakllantirish
“B planni borligi, hotirjam qiladi. Shu qadar hotirjam qiladiki natijada B dan umid qilib hozir qilishing shart bo’lgan A planni ham unutasan.”
Oxirgi yillarda OTM ga kirishga imkoniyatlar kengaytirildi. Natijada to’planayotgan o’rtacha ballar keskin tushdi. Abituriyentlar ongida “5 tasidan biriga ilinarman” degan ishonch bor.
O’tkan yili bir vaqtning o’zida 4 ta joyda ishlashni boshladim. Biroz vaqt o’tdi. Qarasam to’rtalasida ham ishlarim sifatsiz bo’lyapti. Gap faqat charchayotganimda emasdi. O’zimni B plan bilan ovutardim. “Yoqmasa, boshqa uchtasi borku”
Futbolda ham esda qolarli chiroyli kombacklar oxirgi daqiqalarda bo’ladi. Yutqazayotgan kamanda uchun yo’qotadigan narsa yo’q. To’liq oldinga chiqadi. Kamanda 30%+ holatda natijaga erishadi.
O’quvchilarning 96% qismining ilm olishdagi harakati atrofga bog’liq bo’larkan. Ular, ustozi, do’sti, maktabi, oilasi va.h.k. Qolgan 4% ga atrof qiziq emas. Ular o’qiyveradi.
Bu maktabda qolib ketadigan statistika emas. Katta hayotda ham sen bilan birga bo’ladi. Sen ham menga o’xshab 96% orasidasan katta ehtimol.
Bu holatda senga maslahatim
Agar topa olsang (biroz zerikarli bo’lsa ham) 4% ga kiradiganlarga yoki B plani yo’qlarga yaqinroq bo’l. Qat’iyating shakllanadi.

Tayyor bo’l
Natija, faqat kuchli xohish va ko’p harakat qilganingni o’zi bilan kelmaydi. U sen tayyor bo’lganingda keladi.
Tayyor bo’lmasingdan oldin erishgan natijalaring eng kamida o’zingni bo’lmasa o’zing bilan birga yuzlab insonlarni zarariga ishlaydi.
Erisholmaganlaringa loyiqman deb o’ylaysan. Inson buni tushunishi uchun, o’sha hayotda yashab ko’rishi kerak. Allohga esa bu shart emas.
Loyiqsan degani tayyorsan degani emas. Huddi imtihon kirishga loyiq o’quvchi, imtihonga tayyor deb bo’lmaganidek.
Xulosa
Harakat qil, natijani esa o’ziga qoldir. Sen tayyor bo’lganingda topib keladi. Kelmasa, shu kelmagani sen uchun yaxshirog’i(2:216).

O’zing bilan tanish
Sen kim bilandir muomilaga kirishsang, qarshingdagi inson kimligidan kelib chiqib muomila qilasan.
Sotqinligini bilsang, gapirayotganda ehtiyot bo’lasan.
Hiyonatkor bo’lsa, omonatni ishonmaysan.
Johilroq bo’lsa, murosaga intilasan.
Halim bo’lsa, o’zingni erkin his qilasan.
Taqvodor bo’lsa, o’zingni go’zalroq xulqli tutib berasan.
va.h.k
Agar umuman tanimasang, ehtiyotkor bo’lasan. Chunki bilasan muomilada qilgan xatoying seni afsuslanishga majbur qiladi.
Bugun sen qilayotgan ishlaring, gapirayotgan gaplaring, o’zingni tutishlaring va erishgan-u erishmaganlaringdan qalbing halovat topmayotganini sababi:
Sen o’zingni tanimaganing uchun.
Taniganingda, amallaring ichki ovozlaring buyrug’iga mos bo’lardi. Ichki ovoz va amal bir xil bo’lsa,
butun dunyo amallaringdan norozi bo’lib turganda ham o’zing mamnun bo’lib turarding.
Xulosa
1. Aqling bilan qalbingdagini doimiy solishtirib yur. Aql tasdiqlaganini qalb inkor qilsa, demak u kasal.
2. O’zingni tanishing uchun sarflaydigan muddatning eng kami bu butun umr. Doim o’zingni kuzat, boshqani qo’y.

Universal prinsiplar
Do’konga kirishdan oldin harid ro’yhatini tuzib ol. Ortiqcha harajat oldi olinadi.
Qarz so’rashganda qaytmasa ham rozi bo’la oladigan miqdoricha ber. Qaytmasa sovuqchilik tushamsligi uchun.
Bajarish shart va kam vaqt olmaydigan ishlar esinga kelib qolgan paytda bajarib qo’y. Yengilroq bo’lasan.
Savdolashish foydasizligini bilsang, nimadir qo’shib berishini so’ra. Bunisiga ham “yo’q” deyishga qiynaladi.
G’oya keldimi, tez biror joyga yozib qo’y. Yaxshi g’oyalarni ko’pi tez unutilish xususiyatiga ega.
Qorning ochligida o’ylagan buyurtmaning 70% ini ayt. Ochligingda qorninga katta baho berasan.
Senga berilgan sovg’adan, bergan odamni oldida foydalanaver. Eng katta rahmat shu bo’ladi.
P.s
Oxirgi paytlarda amal qilayotganlarimni sizga ham ilindim. Bular ham foyda dersa kerak oldingilari singari)

Amalsiz bilganlar
10-20 yosh orasidagilarga havasim keladi. Ikkinchi tomondan esa o’zim zoya qilgan vaqtni ular ham zoya qilayotganini ko’rib ularga achinaman ham.
Menga o’xshab ingliz tilini o’rganishni kechroq tushunishmadi.
Kitob o’qish kerakligini menga o’xshab 22 yoshida tushunmadi.
Chet elda top OTMlariga o’qish imkoniyati borligni, o’rtacha ballni 72 qilib bo’lgandan keyin tushunmadi.
Kundalik amallarning ba’zilari farz, vojib, sunnat, muboh va yana ba’zilari munkar amallar ekanligini 20 yosh e’tiborsiz yashagandan keyin bilmadi.
hullas sanasa cho’zilib ketadi
Maktab o’quvchilari bilan gaplashaman. O’zimni ilmsiz 15 yoshligim bilan solishtiraman. Bular 10x kengroq fikrlaydi. Lekin amallarni taqqoslasak deyarli farq yo’q.
Xulosa
Bilganlaringa amal qilmasang, shu bilganlaring seni zararinga ishlaydi

Sog’lom jinnilar
Jinnilarga jazo berilmaydi. Sababi ular oqibatni o’ylash qobilyatidan o’zlari xohlamagan holda mahrum bo’lgan insonlar hisoblanishadi.
2017-2020-yil oralig’ida ham abituriyent tayyorlaganman. Keyingi 3 yilni faqat xususiy maktabda va YouTubeda darslar joylashga sarfladim.
Oxirgi 2 yildan buyon maktab bilan parallel ravishda yana abituriyentlar bilan ishlashni boshladim. O’quvchilar orasida farq yomon tomonga keskin kattalashgan.
Odatda o’quvchilar 1 yil qolganda kelishadi. Tabiiyki vaqt kam. Agar harakat qilmasa o’ylagan maqsadiga aniq yeta olmaydi. Oqibatlar har kuni eslatiladi. Bilishadi. Demak sog’lom.
Lekin amallariga qarasangiz “jinnilar”dan farqi yo’q. Ya’ni o’ziga zararli ishlar bilan ovora. Buni esa silliqqina zamon, makon va vaziyatga ag’darib qo’yishadi.
Xulosa
1. Muvaffaqiyatga erishishni eng qisqa yo’li ilm orqali. Yoningda turgan imkoniyatdan to’liq foydalanmasdan turib boshqa yo’l qidirma.
2. Zarar va foyda aniq. Zararni tark qil. Ilmni tark qilib muvaffaqiyatga yo’l izlash bu eng axmoqona tavakkal.

Balo yoppasiga keladi
Jinoyatlar boshlansa jazolarga ehtiyoj seziladi. Jazolar joriy qilinishing sababi zarar berish va ko’rishni oldini olish.
Maktabimizda ustozlarga forma erkin qilindi. Ba’zilar kiygan kiyimdan keyin qaror bekor qilindi. Hamma yana formaga qaytarildi.
Sababsiz dars qoldirishlar ko’paygani uchun, ota-onasi ogohlantirmasdan dars qoldirgan o’quvchini darsdan chetlatadigan bo’ldim.
70% ota-ona qizlarini OTMga o’qishiga cheklov qo’yishadi. Sabab aksariyat qizlar ota-ona ishonchini oqlamagandi. Ular uchun esa qizlarining ilmidan ko’ra iffati muhim.
Bir qarashda adolatsizlikdek tuyuladi. Individual jazolar istaymiz. Bu ilojsiz! Shu sababdan atrofingni to’g’irlab tur. Bir qavmga balo kelsa yoppasiga keladi.