SHOSHQALOQLIK
Bugun tanaffus bo’ldi. 2 ta o’quvchim, men shu paytgacha umuman ko’rmagan “sonlar joylashuvi”ni ko’rsatib, “bu nima degani?” deb so’rashdi
O’ylab ham ko’rmasdan, “matematikada bunaqa narsa yo’q” deb yuboribman. Juda katta xato qildim?!
Xatoyim, o’ylab ham ko’rmasdan gapirdim. Nomini aytishganda youtubedan ingliz tilida qidirdim, bor ekan.
1.5 minutda ko’rib o’rgandim(juda oddiy). Tushuntirib berdim. Yana 1 minutda boshqa video ko’rib o’zimga mustahkamlab qo’ydim.
Shaxsiyatimizni rivojlanishiga to’siq bo’ladigan illatlarimiz:
Bilmaganimizni tan olmaslig-u bilgandan keyin qabul qilmaslik,
O’rganishni istamaslig-u, istagandan keyin o’rganmaslik,
Ilmsizligimizni tan olishga uyalishimiz-u, biladigandek o’rgatishga uyalmasligimiz.
Qolganlarga xatoni bildirmaslik oson. O’zingni oldingda to’g’ri bo’l. O’zingni alday olmaysan.
P.s
Uzoq vaqtlardan buyon qat’iy amal qilayotgan 3 ta prinsipimni, shoshganim sababli bittada buzib qo’ydim.
@javokhir_toshpulatov

To’g’ri maqsad
Bugungi ishlaringni sifatsiz qilyapsanmi, maqsadlaringa qarab qo’y. Chunki, maqsading va bugun qilayotgan ishlaring proporsional bo’ladi.
Ertangi “natijalar” bilan o’zingni aldab, bugun senga ishonch bildirganlarni unutma.
Ertaga taksi bo’lishni orzu qilayotgan sartarosh, bugun yangi turmaklarni o’rganmaydi,
Axranalikka rezyume topshirgan taksis, bugun yandexda reytingini ko’tarishga harakat qilmaydi.
hullas, hamma sohada
Chunki fokusni kamida ikkiga bo’lib, yarmini ertangi maqsadlarga topshiriladi. Qolgani esa quyidagilar uchun kamlik qiladi. Ya’ni:
masluyatli bo’lish, xatolarni tan olish, sabr qilish, o’rganish va natijaga erishish uchun.
Bunday noto’g’ri maqsadlar bilan yashaydiganlar ko’p, lekin orasidan bittasini zudlik bilan to’xtatish kerak.
Bular o’qituvchilar. Aks holda ular, ko’p qobiliyatlarni kashf bo’lmasidan yo’q qilishadi.
O’quvchilarga nimadir berish uchun doimiy olib turish shart bo’lgan narsalar ko’p. Bunga tayyor ustozlar, kelajagini teaching sohasida ko’radiganlar.

Ishontirdingmi, bajar
Vazifani nega chala qildiz?
Vaqtim bo’lmadi, muhim ishlarim chiqib qoldi. Uzr..
Uhladizmi?
Haa
Unda vaqtiz bo’lgan!
Bu, ba’zida o’quvchilarim bilan bo’ladigan dialogimiz..
Yelkangda mas’uliyating bor. Kimdir so’rashini bilasanmi, bajar. Uhlashga vaqt topdingmi, vaqt muaommosini aytma. Xohlasang qilarding.
Berilgan va’da, olingan qarz, ustozing bergan vazifalar. Agar o’sha inson ishonchi muhim bo’lsa, aytgan kuning bajar.
Yoki ko’nishdan oldin o’ylab ko’r. Uzrini, qila olmagandan keyin aytma.
Ishonchga so’z, vada, qasam yoki uzr bilan emas, uzoq vaqtda amal bilan erishiladi. Shuning uchun uni yo’qotma.

ADOLAT
Kimlardir senga muhim bo’lmaganidek, sen ham kimlar uchundir muhim emassan. Shunchaki tan ol, rozi bo’l.
Kimdandir xabaringa javob kelmasa jahling chiqadi. O’sha payt sendan ham javob xabarini kutayotganlarga qara.
E’tiboriga muhtoj insonlaring ahamiyatsiz qoldirishganida, sen bugun tug’ilmading. Eslab ko’r, sendan kutganlarga ham bermaganding.
G’iybat qilinganingni sezasan, alamingni olging keladi. Ojizligingni bilib, bu dunyoda adolat yo’qligini davo qilasan-u indamay Allohga topshirasan.
Bir muddat oldin, sen ham kimnidir gapirayotganding. Balki shudir adolat. Alloh taolo barchani birdek eshituvchi(as-Sami’) zotku.
Xulosa
Boshqalardan nima xohlasang, o’zingdan boshla, loyiq bo’l. Mana shu adolat.

O’ZINI ALDAYOTGAN KELAJAK
Ilm oldi berdisidagi xato uchun hech qachon o’qituvchilarni yonini olmaganman. Buni insatgramimni kuzatadiganlar biladi.
Bugun esa o’quvchilarni xatolari haqida yozmoqchiman.
1. 6-10 oy qolganda boshlaydi. Vaqtga mos qiyinchilik berganda ustozni noprofessionalikda yoki fanni qiyinlikda ayblaydi.
6 yillik fanni 6 oyda o’rganish uchun o’tgan 6 yildek yashamasliging aniq endi.
2. Pul to’ladim endi: olish-olmaslik, borish-bormaslik, kechikish-vaqtida borish o’zini xohishi deb o’ylaydi.
Ilmga puling yetmaydi, sen ustozni vaqtiga pul to’lading. Endi majbursan uni prinsipiga moslashishga.
3. Ilmsizlikdan chiqishni xohlaydi. Markazga keladi yaxshi muhit. Markazdan chiqadi, o’sha ilmsizlar davrasi.
Bittasini tanla, ilmlilar muhiti yoki ilmsizlar. O’zingni ikkiga bo’la olmaysan. Bo’ldingmi, sen ham ilmsizlardansan.
4. Uzoqda miltillab turgan yorug’likka qarab suzaverib, oxiri g’arq bo’lishadi. U illuziya edi. Yorug’likni qattiq istaganganlar uchun, yulduz ham chiroqdek ko’rinadi.
Yoshlikda oson yo’llarini izlab, umrlarini riska qo’yishadi.
5. 110% li harakat kam. 100% yuklatilgani. 10% qolganlardan ustun bo’lishinga xizmat qiladigani.
100% qilganinga qanoat qilma, buni qiladiganlar ko’p. Seni qolgan 10% o’stiradi.
P.s
10-11-sinf o’quvchilar kelganda, ularni shu odatlari bilan 2 oygacha ishlayman. O’zgarish sezmasam xayrlashaman. Bularsiz natija 0 ga teng.

OTA-ONALAR
12 yoshgacha bo’lgan bolalar o’limining 57% ga ota-onalar, o’gay otalar va o’gay onalar sabab bo’lisharkan(EQ kitobidan).
Ular bilan suhbat o’tkazishganda esa tan olishmaydi. Tan olishganlari esa tarbiya bermoqchiligini davo qilishar ekan.
Rostan ham bilishmaydi. Bilmaslik ayb emas. 200 ta ota-onadan 199 tasi farzand tarbiyasiga oid birorta ham kitob o’qimaskan. Mana bu ayb.
Bola 3-yoshgacha qizg’anchiq bo’lsa gendan o’tgan, undan keyin qizg’anchiq bo’lsa tarbiya natijasi. Har ikkisidayam ota-ona sababchi.
Bolalar qiroati ijtomoiy tarmoqlarda aylanganda commentda ko’raman. “Farzandim shu bolaga o’xshasin” degan. Qizig’i Onajonni o’zlari ayni payt instagramdalar.
Bog’cha, maktab, OTM ota-onalar bermagan ta’limni, to’g’ri muhitnini berishi mumkin. Fundamental tarbiyani berish ota-onani o’zida qoladi.
P.s
Ota-onalar majlisiga bormasdan, buyuk farzand tarbiyalamoqchi bo’lgan ota-onalarga jo’natib qo’yarsizlar😉

SUV, HAVO VA MUHIT
Qarshiga borganimda, u yerni suvining ta’mi boshqachaligini sezaman. Aslida 18 yil o’sha suvni ichib katta bo’lganman.
Uzoq yil Yevropada yashab, Toshkentga qaytgan tanishim aytgandi: “Samalyotdan tushushim bilan, havo iflosligi darrov sezildi”
Ba’zida 6-sinflarga kirsam, 2-sinflarga kirgandek bo’laman. O’zimni yaxshi his qilmayman. Aslida 3 yil oldin, hozirgi 8-9-sinflarimni o’sha yoshdan o’qitganman.
Biz istalgan suvga va havoga moslashamiz. Hatto atrofdagi insonlarimizga ham.
Boshqachaligini boshida sezasan. Sekinlik bilan ko’nikasan. Keyin shu muhit a’zosiga aylanasan.
Suv, havo va muhit oqibatlari yillar o’tib seziladi.
Suv va havo seni tanloving emas. Lekin atrofinga kimlar bo’lishi-yu, kimlar ta’sirida yashayotganing bu sening tanloving.

Mas’uliyatni o’zinga ol
Aybni bo’yniga olish, mas’uliyatni o’ziga olish degani. Mas’uliyatdan qochish, natijadan uzoqlashishga birinchi qadam.
Qolgan qadamlar erinchoqlik, boshqa orzularga ergashish, oson yo’llar qidirib yo’lni yo’qotish.
Odatda o’quvchilarim qilgan xatolari uchun emas, xatoni o’zlariga olmagani uchun ko’proq dakki eshitishadi. Soatlab tushuntiraman.
Natijang o’xshamadimi aybni o’zingdan qidir. Kayfiyatsizliging, uyqung kamligi, havoni issiqligi, jamiyatdagi kamchiliklar va qo’shnini mushugi o’lib qolgani baxona bo’lmasin.
Rostan ular sabab bo’lsa ham, demak ular natijangni hal qilishiga sen qo’yib berding. Bunga ham o’zing sababchisan.
Shu sifatni o’zlashtir juda ham kam sonli insonlar ichiga kirasan. Natijang karrasiga o’sishni boshlaydi. Atrofdan zerikishni boshlaysan.
Deyarli hamma aybni o’zini bo’ynidan yechib, boshqanikiga ilayotganini ko’rasan. Ishonmasang, atrofdagilar suhbatini tinglashni boshla.

O’sishning sodda yo’li
Quyidagilarni har kuni bajarishga harakat qil, hayoting o’zgarganini sezishni boshlaysan. Faqat har kuni, yakshanba ham)
• Uyqudan oldin 1 stakan, uyqudan turganingda 1 stakan suv ich,
• Minimum 23:00 — 02:00 shu oraliqda uhlagan bo’l. Qolgan vaqtlarda o’zing bilasan.
• Transportda, yo’llarda, ish qilayotganingda jami 1.5-2 soat vaqting bekor ketadi. O’sha vaqt “Payg’ambarlar tarixi”ni eshit. Hikmat ularni hayotida,
• Ertalab(kamida) 10 bet, kechga 10 bet kitob o’qi(uyqudan oldin va keyin). Bu vaqtda olinga ma’lumot yaxshi qoladi,
• Foydanga bo’lmagan har qanaqa gapdan tiyil. Aralashma, jim o’tir. Boshida qiyin bo’ladi.
• Tortishma. Asabiylashishing yuqoridagi hammasini chopadi. Haq bo’lib turib tortishmaganga katta ajrlar va’da qilingan.
• Kechki payt kun davomida qilgan xatolarni yozib chiq. Boshida ko’p bo’ladi, tashlab qo’yma. To’g’irlash uchun, ularni ko’rish kerak.
P.s
Foyda topganlarimni ilindim, natijasi bilan bo’lisharsiz inshaAlloh.

Sinovsiz yashash
Har kuni yuzlab balki minglab sinovlar keladi. Shularga munosabatimiz bizni Alloh huzuridagi darajamizni belgilaydi.
Hech birini mayda hisoblama.
Odam alayhissalom, birgina qaytarilgan mevani yedilar. Natija Jannatdan chiqarilish bilan tugadi.
Yunus alayhissalom, Allohni ruhsatisiz qavmlarini tark qilgandilar. Natijada 40 kun baliq ichida qoldilar
Yusuf alayhissalom, “podshoxga meni ham ayting, zora qamoqdan meniham chiqarsa” dedilar. Insonga suyandilar. 7 yil yana qoldirildilar.
Payg’ambarimiz Rasululloh (s.a.v) birgina “InshaAlloh” so’zini aytmasdan ertangi kunni rejasini aytganlari uchun bir muddat vahiy to’xtab qoldi.
Bu zotlar Alloh tanlab olgan bandalar edi. Shuning uchun Alloh ularga xatolarini bildirib, ayblarini shu dunyoni o’zida yuvib yuborish uchun darrov mushkulotga soldi.
Xulosa
Sen va meni xatolarimiz ularnikidan aniq katta va ko’p. Sinov kelganda emas, sinovsiz yashasak o’ylab ko’rishimiz kerak aslida.

Tashlamadingmi, o’sha seniki
9-11-sinf yoshidagi kelajagiga befarq bo’lmagan yoshlarni eng ko’p o’ylantiradigan savol “qaysi soha men uchun?”
5-sinfgacha kickboxga borardim. Chempionlik orzusi bilan yashaganman. Musobaqa oldi og’ir trenirovkalar boshlangan. Tashab ketganman.
8-sinfda muzqaymoq sehda ishladim. Tungi smenada. Qarasam yoqyapti. Bir kuni yaxshi uhlamaganim uchun ishga borish yoqmadi. Ishni to’xtatdim.
9-sinfgacha futbolga borganman va futbolchi bo’lish orzusi bilan yashaganman. O’sha yoshdan og’ir mashg’ulotlar boshlandi. Chidolmadim, kettim.
9-sinf oxirida moshina serviceda ishlamoqchi bo’lganman. 1-kun yoqqan. 2-kuni “Bo’ldi, katta ustaxona ochaman” degan maqsad. 3-kuni kuluch topa olmaganim uchun gap eshitganman, tashlab ketganman.
Kollejga o’tdim. Kimyo texnalogiya yo’nalishi. Matematika o’qishni boshladim. 1 yil hech narsani tushunmaganman. 9 ta ustoz almashtirganman. Menga biroz signal kelardi, “negadir tashlamayapman, balki shudir kelajagim”
Universitedga kirdim. 1.5 yil web dasturlash bilan shug’ullandim. Hammasi yaxshi edi, oyliksizlikni aytmasa. Pul bermayapti, nima qilaman ishlab. Bu sohadan ham kettim.
2-kursimni yarmi. Dars o’tishni boshladim. 1 ta o’quvchi oldim. Oylik to’lov 30 ming so’m. 1 oy o’tdi, pul berish kuni keldi. 30 minglik planlarim bor edi. Pul berilmadi, darsni to’xtatdi. Qarasam dars o’tishni tashlamadim, yana dars o’tgim kelyapti.
Haaa, demak shu ekan soham. O’shanda 21 yosh edim. Hech qachon afsuslanmayman, yuqoridagi sohalardan ketganim va o’qituvchi bo’lganim uchun.
Qaysi soha seniki ekanini bila olmaysan, toki qilib ko’rmaguningcha. Qilasan, qiynalasan lekin tashlaging kelmaydi demak shu seniki.
Xulosa
1. Ota-onam hech qachon maqsadlarimga to’siq qo’yishmagan. Farzandingizga qilib ko’rish uchun imkon beravering.
2. Kimdir qildi zo’r bo’ldi, o’shani qilsang sen ham zo’r bo’lasan degani emas. Aldanma(ayniqsa instagramga)
3. 25 yoshgacha topasan, qilib ko’raver. Tashlamadingni o’sha seniki.

Biroz kut
Kechki payt, yoruq xonani chirog’i o’chirildi. Boshida hammayoq zimiston tuyuladi. Hech narsani ko’rishni iloji yo’q.
Ko’z moslashuvchan. Oyni nuri yoki ko’chadan o’tayotgan moshinalar chiroqlari, xonadagi buyumlarni ko’rish uchun yetarli bo’lishni boshlaydi. Faqat bir necha daqiqa kerak.
Hayotdan ham shunaqa, ba’zida chiroq o’chib turadi. Qorong’uda vaximaga tushasan. Shoshib qilingan harkatlar, ko’rinmayotgan buyumlardan shikaslanishinga sabab bo’ladi.
O’sha vaziyatda biroz kut. Shoshilma. Ko’zing moslashishni boshlaydi. Ko’rish uchun oy va boshqa yorug’liklar yetarliligini bilasan.
Xulosa
Shoshib qaror qilma.

Tashqariga chiqarilmaydigan haqiqat
Yoqub alayhissalom, o’g’illari Yusuf alayhissalomni, qolgan 12 ta farzandlaridan ko’ra ko’proq yaxshi ko’rardilar. Buni ochiqladilar.
Natija Yusuf alayhissalom akalaridan zulm ko’rishlari bilan tugadi. Tubi ko’rinmaydigan darajada chuqur quduqqa tashlashdi.
Ota-onalar – bir farzandini qolganlaridan,
Ustozlar – bir o’quvchisini qolganlaridan,
O’quvchilar – bir ustozni qolganlaridan,
Rahbar – bir hodimini qolganlaridan,
Farzand – otani onadan yoki onani otadan ko’ra
ko’proq yaxshi ko’rishga haqqi bor. Lekin buni tashqariga chiqarishga esa haqqi yo’q.
Buni ochiqladingmi qolganlarni o’zingdan sovutasan, yaxshi ko’rganinga esa dushmanlar topib berasan.
Insonmiz. Barchamiz yaxshi ko’rilishni istaymiz. Ayniqsa yaxshi ko’rganlarimiz uchun eng yaxshisi bo’lishni esa yanayam ko’proq istaymiz.
O’zingni shunday tutginki, hamma sen uchun o’zini ko’proq qadirliroq deb o’ylasin. Bu ham sunnat aslida.

Hotirjamlik haqida
Hotirjamlik moddiy erkinlikda deb o’ylardim. Toki 4 ta joyda bir vaqtda ishlab to’liq ehtiyojlarim qoplanadigan daromad topib ko’rmagunimcha.
Ertalab maktab, keyin markazim, undan keyin “qalan” dagi online darslarga syomkalar va oxirgisi “ustoz” loyihasidagi online darslarga syomkalar.
Daromadim hozirgidan 3-4 barobarga ko’proq edi. O’ylab ko’rsam, vaqtim va energiyam bilan birga hotirjamligimni ham sotayotgan ekanman.
Maktabda xotirjam dars o’ta olmasdim. Keyingi 3 tasi borligi ruhiy charchatardi. Markazimda ham shu jarayon. Hammasini tugatganimda ertangi hammasi qaytadan boshlanishi tinch damolishga bermasdi.
Kitob o’qish, tafakkur qilish, loyihamni rivojlantirish va maktabdagi o’quvchilarimga sifatli dars o’tish uchun kuch topa olmadim. Avtomatik ravishda ertalab “kuch tejash” rejimi yoqilib qolardi.
Ustozim aytgandilar “Inson to’liq ehtiyojlari qoplanib erkin yashaydigan darajada pul topib ko’rmagunicha oliy maqsadlari nimaligini bilmaydi”
Xulosa
1. Pul bilan moddiy erkinlikka erishish mumkin, lekin hotirjamlikka emas.
2. Maosh maqsadlaringni unutishing uchun senga beriladigan pora.

Tan ol
Jahlni kesadigan narsa bu aybni o’z bo’yniga olib, uzr so’rash. Aybni o’zidan soqit qilish esa teskarisi, vaziyatni jiddiylashtiradi.
Yaqinda sinfxonam tashqarisida bir bola rosa so’kinayotganini eshitdim. Qattiqroq gapiraman deb jahl bilan chiqishim bilan, “uzr ustoz og’zimdan chiqib ketti” dedi. Tamom jahlim bosildi.
Vazifa qilmagan o’quvchilarimni vazifa qilmaganidan ko’ra ularni bunga munosabatidan ko’proq asabiylashaman.
To’yda edim, uyga mehmon keldi, vaqtim bo’lmadi, boshqalar ham qilmagan ekanku desa jahlim karrasiga chiqadi.
Chunki bu orqali o’zini aybsiz his qilyapti. Masuliyatsizligini tasodiflar ortiga bekityapti. Bunaqa javoblar yana takrorlamoqchi bo’layotganiga signal.
Xato qildingmi tan ol. Uzr so’ra. Baxonalar to’qima. Bajarmasliging ehtimoli 5% bo’lsa ham bor bo’lsa, oldindan bajara olmasliging mumkinligini aytib qo’y.
Xulosa
Xato qildingmi tan ol, uzr so’ra va takrorlama. Avvalo uzr so’raydigan ish qilma. Har bir uzr so’raydigan amallaring hurmatingni to’kilishiga sabab bo’ladi.

Kimligingni anglash
O’zingni haqiqiy sifatlaringni bilmoqchi bo’lsang tezkor qilayotgan qarorlaringa qara. Soniyalar ichida qilingan qarorlar seni asling bo’ladi.
Boshingni urib olding. So’kinasanmi yoki Allohga hamd aytasanmi,
Kimdir hijolatli vaziyatga tushganda. Kulasanmi yoki e’tibor bermagandek tutasanmi,
Aybingni aytishsa. Undan tonib, o’zingni oqlaysanmi yoki tan olasanmi,
Kutilmagan berilgan savollarga yolg’on javoblar berib tashlayapsanmi yoki biroz hijolatda qolsang ham rost gapiryapsanmi,
Qandaydir azarga kirganingda. Hissiyotga berilyapsanmi yoki o’zingni bosyapsanmi,
Yaqinlaring bilan kelishmovchilikda ustunligingdan foydalanib talashyapsanmi yoki aqlingni ishlatib hal qilyapsanmi,
Muhtojlik yetganida har xil sabablarni qilib natijasiz qolganingdan keyin Allohni eslayapsanmi yoki Allohdan so’rab keyin sabablarini qilyapsanmi.
Sabr haqida gapirilganda ham, musibat sodir bo’lganda dastlabki sabr haqiqiy sabr. Boshida jazavaga tushib, vaqt o’tgandan keyin qilingani esa shunchaki kònikish
Xulosa
Seni kimliging haqida, soniyalar seni gapirtiradi.

Barcha fan kerak
O’quvchilarim biologiya, ingliz tili, arab tili yoki boshqa hayotga bog’lab tushuntirsa bo’ladigan darslardan zerikkanligini aytishsa hayron qolaman.
Va o’zim maktabda o’qigan paytimni eslayman. Men ham zerikardim. Fan bilan hayotni umuman bog’lay olmasdim.
Hamma ilm Allohniki va har biri Allohni o’ziga oboradi. Faqat buni avvalo o’qituvchining o’zi anglashi kerak. O’quvchilarga ham yetkazib bera olishi kerak.
Masalan:
Bosh qismni o’zida 4 xil suv bor. Va har birini o’z vazifasi ham bor.
Ko’z yosh. Sho’r bo’ladi. Aks holda havo minusga tushganida muzlab qolgan bo’lar edi.
Quloqdagi suv achchiq. Aks holda qumursqalar kirib, quloq pardasiga zarar berardi.
Burundagi shilamshiq. Boshqacha bo’lganida burnimizdan o’pkaga changlar to’g’ri borardi.
Og’izdagi so’lak ta’msiz. Boshqacha bo’lganida Alloh bergan noz-ne’matlarni ta’mini his qilmas edik.
Bularni ham kerak emas deb yurgan fanlaring o’rgatadi. Faqat biroz tafakkur qilsang bas.
Oldinroq Tarix haqida ham qisqagina yozgandim. Barcha fan kerak. Ko’p fanlarni nima uchun kerakligini kechroq angladim, lekin o’rganish uchun kech emas..
Xulosa
Barcha ilm Allohga olib boradi, òrganaver. O’rgata olishmasa, mustaqil o’rgan. Lekin, kerak emas dema.

Mehr bering
O’quvchim mushuk hadiya qildi. Unga maxsus ovqatlaridan eng qimmatlarini beraman. Hullas istalgan mushuk orzu qiladigan sharoit bor.
Ertalab 8 da ketaman, kechga 8 da kelaman. Shu sababdan uni o’ynatishga vaqtim yo’q. Lekin qo’shnilar shuni berishdi. Kuni bilan ular bilan o’ynaydi.
Hatto mushuk ham unga mehr berganlarga talpinadi. Mehr esa yaxshi sharoit bilan emas ajratilgan vaqt bilan o’lchanadi.
Vaqt o’tdi, mushuk faqat ovqat yegani uyimga keladigan bo’ldi. O’ynash uchun, uhlash uchun qo’shninikida. Hatto meni ko’rsa qochadi.
Shunaqa ota-onalarni ko’raman. Farzandi muammoli bo’lsa, nolishni boshlashadi. “Bunga hamma sharoit qilib bergan bo’lsam, yana nima yetmayapti!?”.
Hatto bir ongsiz jonzot ham faqat nafsini qondirgan odamlarga emas, mehr berish uchun vaqt ajratayotgan odamlarga talpinyapti.
Xulosa
1. Farzandni faqat ideal sharoitni o’zi bilan tarbiyalab bo’lmaydi.
2. Oilalar mustahkamligini asosiy omili ham balki ajratilgan vaqtga bog’liqdir.

Ishlamaydigan buyumlar bozori
Toshkentdagi “Yangi obod” bozoriga o’xshash bozorlar barcha viloyatlarda bo’lsa kerak.
Bu bozorda hamma narsa bo’ladi. Ya’ni u yerda, eski-tuski, yangi lekin ishlash ehtimoli kam, chiroyli va arzon , hullas hammasidan. Hatto kiyilgan kovush ham..
Bu bozorlarga odatan, uzoq yo’l yurib borishadi. Nima olishi aniq bo’lmasa variantlar ko’pligidan harid planini unutishadi.
Unutilmaganlarini esa narxi va upakovkasiga ishonib olishadi.Bozorda ishlagani uyga kelganda ishlamaydi. Endi esa kech. Pul to’langan, qaytishga esa masofa uzoq.
Instagramni ham shu Yangi obod bozoriga o’xshataman. Hamma nimalarnidir sotish niyatida. Orasidan ishlamaydiganlari juda ko’p. Muhtojlar esa saviyasizliklari uchun aldanyapti.
Harid uchun to’laganlari puldan tashqari, ishonch + vaqt. Noto’g’ri harid uchun ortga qaytishga esa xafsala yetmaydi.
O’ylab qolaman, sotuvchilarga balki “Islomiy marketing” ham o’rgatish payti kelgandir.
Xulosa
1. Instagramdan ta’sirlanma. Hamma nimadir sotish niyatida. Ustozlaring bilan maslahatlash.
2. Marketinga oid 3 ta kitob o’qi, aldanish ehtimoling kamayadi.

Avval tarbiya, keyin ta’lim
4 yil oldin Merit school ochilgandi. Maktab bosh g’oyasi “Avval tarbiya, keyin ta’lim” bo’lgan. Faqat o’quv markazlarga ishlab yurgan tajribasiz men, bu g’oyaga qo’shilmagandim..
4 yildan buyon bitta filialda ishlab o’quvchilarimni faqat matematik bilimi bilan baholab, ularni xulqidagi kamchiliklari juda mayda tuyulardi.
Tajriba bo’lishi uchun yaqinda yana bir filialimizdan dars oldim. Endi menga 2 xil muhitdagi o’quvchilarni taqqoslab ko’rish imkoni paydo bo’ldi.
Farzandini doim yaxshi tomonini ko’rib uni yonini oladigan ota-onalarni endi tushunishni boshladim. Bunga 2 ta sabab bo’larkan, lekin ikalasi ham zararga:
1. Farzand tarbiyasidagi muammo o’zining ham aybi bo’lishini tan olish qiyinligi.
2. Yaxshi ko’rganlarimizni kichik xatolari ko’rinmaydi, katta xatolarini esa oxirigisi bo’lishidan umid qilamiz.
P.s
Katta muammolar burnimiz tagida turadi. Ularni ko’rmasdan muammo qidirib qahramonlarcha dunyo kezamiz..