Telegram Web Link
Yozishga ancha mavzular bor, lekin qaysini tanlashni bilmasdan anchadan buyon post yozmadim.

Qaysi mavzu siz uchun qiziqroq, inshaalloh keyingisi siz tanlagan mavzuda böladi?
Anonymous Poll
25%
Kitob
30%
Ilm
34%
Matematika
8%
Marketing
3%
"Mavzuni kommentda yozaman"
ILM NEGA KERAK?

Hech qaysi bola tuğilganidan quloqsiz, bezbet, mas'uliyatsiz, dankasa, dovdir, qörqoq va öğri bölib tuğilmaydi.

Hozir qay holatda bösak, barchamizni shu holatga kelishimizga ota-onamiz, doda-buvimiz, ustoz-u örtoqlarimiz va körayotgan kontentlarimiz jiddiy ta'sir ötkazishgan.

Agar töğri muhitda, qadriyatli oilada va vijdonli ustozlar tarbiyasida bölgan bölsak töğri yöldamiz aks holda hayot mohiyatini anglamaganlar qurboni bólib ötib ketaveramiz.

Agar tarbiyangda, hayot yólingda atrof ta'sirida xato qilishga allaqachon ulgurgan bólsang, ulardan hafa bólma. Chunki ular ham ózlari uchun haq va ular ham atrof ta'sida yashab kelishmoqda.

Sal oldinroq taqdir haqida gaplashgan edik.

Ya'ni agar sen kitob öqimasang, ilm olmasang atrof senga shu paytgacha negative ta'sir ötkazgani yetmagandek bundan keyin ham töğri yölingdan chalğitaveradi.

Bilasanmi yana ilm nima uchun kerak?

Seni özingdan yaxshi biladigan inson yöq. Aynan kamchiliklaringni topib, ularni tóldirish-u, ustun tomoningni yanada rivojlantirishing uchun kerak.

Bir sôz bilan aytganda, ilm özingni özing töğri tarbiyalashing uchun kerak, ta'sir doirangdagi insonlarga töğri yönalish körsatishing uchun kerak. Bu esa kitob öqishdan boshlanadi.

@javokhir_toshpulatov
Forwarded from Aziz Rahimov
Muvaffaqiyat haqida

Muvaffaqiyat pul emas, mashhurlik emas, biznes ham emas.

Muvaffaqiyat muvofiq so’zidan olingan. Muvofiq - mos degani. Erishgan narsangiz xohlagan narsangizga mos bo’lishi - muvaffaqiyat.

Katta biznes ochib, katta pul topishni xohlab turib erishdingizmi - muvaffaqiyatlisiz.

Mahallangizdagi maktabda bolalarga dars berishni xohlab, dars beryapsizmi? muvaffaqiyatlisiz.

Ikkita komil farzandni tarbiya qilishni rejalab, katta qilyapsizmi? muvaffaqiyatlisiz.

Xotirjamlik xohlardingiz, xotirjammisiz? - muvaffaqiyatlisiz.

Robbingizni roziligini olishni xohlardingiz, shu yo’lga qarab ketyapsizmi? muvaffaqiyatlisiz.

Yaqinlaringiz sizni yaxshi ko’rishini xohlasangiz, ular yaxshi ko’rmasa, muvaffaqiyat yo’q ekan. Boy bo’lsangiz ham, mashhur bo’lsangiz ham.

“Muvaffaqiyat sirlari, kaliti” degan kitob va treninglarga ishonib o’tirmang. Ular sizni emas, yozgan odamlarni muvaffaqiyatli qilish uchun o’ylab topilgan sxemalar xolos.

@azizrakhimov_blog
SÖRASH SAN'ATI

Rost gapni eshitishni örganmas ekansan, butun umr yolğon eshitishga majbursan.

Logo qöyilgan ruchkalar muddatdan ketma-ket 3 kun ortga surildi. Qattiq talab qildim, ilojsiz adminstrator qiz 3 kun "bugun chiqadi" deb aldadi, aslida aparat buzilgan edi.

Bir inson ortimdan notöğri informatsiya tarqatganini eshitdim. Özini qattiq sörovga tutdim. U unaqa demaganini aytdi. Lekin menga kelgani fakt gap edi.

Uy ishini doim qiladigan öquvchimdan, bir kun qilmagani sababini qattiq söradim. U tushunmaganini aytdi. Aslida shunchaki erinchoqlik qilgandi.

Bir insonga tösatdan savol berganingda u yolğon gapirib qöysa, sen u inson uchun e'tiborsiz ekanligingni anglatmaydi.

Insonda özini özi himoyalash instinki bor. Söraluvchi sörovchidan

Qörqsa, jabr körmaslik uchun

Hurmat qilsa, uyalib qolmaslik uchun

Yaxshi körsa, shunga loyiq bölish uchun

avtomatik ravishda yolğon gapirib qöyadi. (Kuchli etiqod sohiblari bundan mustasno)

Shu sababdan kim bilandir jiddiy muzokaraga kirishganimda hattoki u öquvchim bölsa ham unga:

"Agar aldasang, shu yolğoning sababli ummat maqomidan tushib qolishingni xohlamayman, bunday yöqotishga arzimayman ham" deydigan böldim.

Sörash san'atini örganishni tavsiya qilaman. Ayniqsa bola tarbiyasidagi insonlarga. Va'dani bajarishmagani kamdek qöshimchasiga aldanganingni bilsang jahling karrasiga köproq chiqadi.

@javokhir_toshpulatov
Balki tóxtatarsan

Qilishayotgani uchun qilishni,

Maslahat sórab amal qilmaslikni,

Haqqa xiyonat qilib, haqqingni talab qilishni,

Ishtiyoq bilan boshlab qiynalganda tashlab ketishni,

Baxtni ózingda yóq narsalarda deb bilishni,

Tavakkal qilishdan qórqishni,

Vaqtingni arzon, xatto tekin berishni,

Ilmsizligingni omadsizlikga yôyishni,

Ózingdan boshqa hammada ayb bor deb óylashni,

...
...

Bilganing uchun kóproq afsuslanasan agar bilib turib unga teskari ish qilsang.

Hozir variantlar orasida yashab tanlov uchun barcha resurslaringni sarflayabsan, ertaga barcha resurslaringni majburliging uchun sarflaysan.

@javokhir_toshpulatov
USTOZINGNI ROZI QIL

Olayotgan ilming aynan kerak payti foyda bermay qolishi mumkinligiga ishonasanmi?!

Kóplab óquvchilarni kórdim, imtihongacha practicelarda maksimal natija qiladi, lekin asosiy imtihonda esa qoniqarsiz.

Siqilish, omadsizdek his qilish, ózini ovutish oxiri shoshilinch va puxta óylanmagan qarorlar.. Qiziqish chetga surilib, mavhumlik ustiga qurilgan tavakkal hayot boshlanadi.

Biliming va natijang mutanosib bólishini istasang:

Norozi qilgan ustozlaringni roziligini ol. Topa olmasang haqqiga istiğfor ayt. Chin dildan xatolaringa, uni norozi qilib qóyganinga tovba qil.

Farqi yóq, u qaysi ilmni bergan bólishi-yu, shunga loyiq yoki noloyiqligini. Buni muhokama qilish senga qolmagan. Agar noloyiq bólsa bunga ózi javob beradi, seni maqsading kattaroq-ku tóğrimi?!

Shu sababdan menga kelgan óquvchilar mendan "óqish kirishimga garantiya berasizmi?" deb sóraganda:

Men: "Inshaalloh matematika órganishinga garantiya beraman. Chunki ilmi kerak paytda foyda bermaydigan insonlarni kópini kórdim. Sen u toifadan bólmasang biliminga natijang mutanosib bóladi" deyman.

Kamchiliklarimizdan biri haqiqatni bilsakda uni tan olishdan kóra yolğon bólsa ham Ishontirishlarini istaymiz..

@javokhir_toshpulatov
ULARNI YOMON KÓRMA

Qólingdan kelsa ózgartir yoki boricha qabul qil, lekin yomon kórma.

• Mas'ulayatsiz insonni ózi xohlab shunaqa bólib qolmagan,

• Kóp gapiradigan odamni ózi kóp gapirish notóğriligini bilmaydi,

• Suhbatni salomsiz boshlaydigan odam birinchi salom berish ajridan habari yóq,

• Mediaga boğlanib atrofiga e'tiborsizlik qilayotganlar ham atrofdagilar yóq bóladigan kundan behabar,

• Qópol inson ham, aslida asabiylik kasallik ekani-yu, usiz yashash ancha yengilligini bilmaydi,

• Ibodatsiz inson Ibodatli hayot lazzatidan mahrum.

Gapirsa gap kóp..

Aslida insonlar xatosini chuqur óylasang, ulardan jahling chiqish órniga achinishni boshlaysan.

Senga insonlar xatosini bildirgan Allohga hamd ayt va qólingdan kelsa ularni ózgartir. Bizning missiyamiz ham aslida shu.

@javokhir_toshpulatov
MUAMMOLI OTA-ONALAR

Muammoli öquvchilardan köra muammoli ota-onalar köproq, ishonasizmi?

• Öqib kim bölarding?

• Öqiganing bilan ishlatmaydi?

• Qöshnini farzandini qara?

• Sendek paytim, "yorvorganman"

• Shu ustozing rosa jonga tegdi!

• Öqishga kirmasang erga bervoraman.

• Senga shuncha pul uvol!

• Sen eplolmaysan, böladigan ishni qil.

• Darsing qochmaydi, oldin ishlarni qil!

• Özi shuncha kitobing borku, yana kitobga pulmi?

• Sen odam bölmading, kimga öxshading bilmayman!

• Dunyoviy ilmni qöyib, faqat diniy ilm örgan!

Shu sözlarni örinsiz ishlatadigan ota-onalar, hali ota-onalikga loyiq hisoblanmaydi.

Barchasiga ilmsizlik sabab. Afsus jamiyatimiz kelajaklarining katta qismi shu gaplarni eshitib katta bölishyapti..

P.s
Ayniqsa qizlar

@javokhir_toshpulatov
UNUTILIB KETADI

Bilmasdan hijolatli vaziyatga tushding, birinchi kuni qattiq ôylab afsuslanasan, ertasi kuni biroz ôylaysan undan keyingi kun deyarli eslamaysan ham. Masalan:

Muhim isonlarga keraksiz savollarni berganda,

Kiyimingda ôzing bilmagan nuqson bilan chiqib, uyga kelganda ôshani kôrganingda,

Omma oldida noqulay vaziyatga tushganda,

Katta yig’ilishda ovqatingni to’kib yuborganda,

va.h.k

Lekin hijolat bo’lishing sababi aslida bunga guvoh bo’lganlar. Aslida hammasi sen o’ylaganingdan ancha oddiy. Insonlar darrov unutib yuborishadi. Oy, hafta yoki kunda emas. Minutlarda unutishadi.

Oddiy misol. Ôzing eslab kôrchi kimni eslaysan bilmasdan katta hijolatli vaziyatga tushganini. Unaqa holatlarda deyarli har kun duch kelasan, shunchaki minutlarda esingdan chiqib ketadi.

Kichkina hatolar kerak. Faqat ôlab hoziringni qôldan berish uchun emas, ôsha kichkina hatoni muhim vaqtlarda qilib katta imkoniyatni qôldan boy bermaslik uchun.

P.s
Muhumi, kalla qôyganing videolarda yozilib qolmasa bôldi. Aks holda ertasi kuni ôzingni instagramdan topasan)

@javokhir_toshpulatov
BARCHA ILM KERAK

Muhammad ibn Jobir Sinon al-Battoniy–triganometriya ilmiga asos solgan;

Abbos ibn Firnos–osmonda parvoz qiladigan eng birinchi qurilmani ixtiro qilgan;

Ibn al-Haysam–optik fizika ilmiga asos solgan;

Ibn Sino–tabobat ilmining buyuk namoyondasi bo’lish bilan birga, geologiya faniga asos solgan;

Abdulqosim az-Zahroviy–Yevropa jarrohlik ilmining asoschisi;

Al-Idrisiy–yerni ilk marta shar shaklida tavsiflagan olim;

Ibn Baytor–buyuk biolog olim;

Ibn Nafis–kichik qon aylanish doirasini kashf etgan olim;

Ibn Haldun–iqtisodiyot faniga asos solgan

Hullas, “Kashfuz-Zunun” nomli kitobda jarrohlik, anatomiya, astronomiya, biologiya, farmaseftika kabi 240 dan ortiq bir-birini takrorlamaydigan ilm sohalarida ijod qilgan musulmon olimlar keltirib ôtilgan.

Shayh hazratlari aytgan ekanlar: “Biz ilmni ikkiga ya’ni din va dunyoviy ilmga ajratishni bas qilmas ekanmiz jamiyat rivojlanmaydi”

Manba: “Islomda yoshlar tarbiyasi” kitobi

@javokhir_toshpulatov
MEDIAGA FILTR

Inson bir kamchiligidan hijolat bo’lsa yoki qaysidir jihatini boshqalardan ustun deb bilsagina qolganlarning ham aynan ôsha tomoniga e’tibor berishni boshlaydi.

Sochi ôsgan va bundan hijolatda yurganlar yoki endigina sochini oldirib chiqqanlar odamlarni sochiga e’tibor beradi,

Oyoq kiyimi eskiligidan hijolatda yurganlar yoki yaqinda yangi oyoq kiyim sotib olganlar, qolganlarni oyog’iga e’tibor beradi,

Telefoni eskiligidan hijolatda yurganlar yoki yaqinda yangi smartfon olganlar, atrofidagilarni telefoniga e’tibor beradi,

juda kôp bunaqa misollar

Sen mediada kuzatadigan “omadli”, “baxtli”, “aqilli” va “boy” insonlarning hammasi ham aslida unaqa emas. Shunchaki bularga hammani ehtiyoji bor, hatto kôrsatuvchini ôzini ham. Shuning uchun hamma kôradi, kôrsatiladi.

Kuzatadiganlaringa filtr qôymasang sen shunchaki odamlar xohlagan narsalarni kôrishga va kôrsatishga umringni sarflaysan.

@javokhir_toshpulatov
BIRINCHI TA’SUROTGA ISHONMA

Ilk ta’surot juda muhim, esda qoladigani aynan o’sha, aldamchisi ham o’sha.

Agar sen ta’surot qoldirish obrazida bo’lsang birinchi ta’surotga e’tiborli bo’l. U esdan chiqmaydi.

Mobodo ta’surotlarga qarab qaror qabul qilayotgan bo’lsang birinchisiga ishonma!

Universitetdagi ustozlarimizni aksariyati birinchi darsda aktive bo’lgan studentlarga yil bo’yi ko’proq e’tibor berar edi.

Futbolga borganimizda birinchi o’yindanoq trenerimiz e’tiboriga tushgan bollar yillar davomida asabiylashishlariga sabab bo’lgan. “Nega o’yining chiqmayapti?”

Hatto menda ham shu paytgacha birinchi ta’surotda aldanish bor ekan. Ulardan bitta misol:

Yuqori sinf o’quvchilarimdan biri, birinchi darsimda maqsad haqida savollar berdi. Hayolimda buyuk kelajakli inson sifatida qaradim. Bu esa yil bo’yi qolgan o’quvchilardan ham qo’pol xatolar qilganida uni oqlashimga sabab bo’lgan ekan.

Xulosa

Birinchi ta’surotga ishonma bu esa seni kelajakda 2 ta xatodan kamida bittasini qilishinga sabab bo’ladi:

1. Adolatsiz bo’lishinga,
2. O’zingni o’zing aldab, qolganlarga nisbatan ham ishonching yo’qolishiga.

@javokhir_toshpulatov
QADRING QIYMATINI ANIQLASH

Biror inson oldidagi qadring 2 ta turdan biriga to’g’ri keladi. Albatta u seni do’sting, dugonang, ustozing, shogirting va hullas qanaqadir munosobatdagi insoning bo’lsa. Bular:

Muhim va Nomuhim(Hamma qatori)

Muhumliging alomatlari:

• Senga qaysidir kanallardan kelib qolgan “shablon tabriklar” emas, qisqa bo’lsa ham samimiy aynan sen uchun yozilgan tabriklar keladi,

• Har qanday (chegaraviy) xatolaring tezda kechiriladi, unutiladi va qayta eslanmaydi,

• Seni kichkina e’tiboring qarshi tomonni quvontirib, kichkina e’tiborsizliging ularni hafa qiladi,

• Berilgan vadalarni 90% dan ko’prog’i qayta eslatishlarsiz bajarildagi.

Men shu kriteriyalarga qarab munosabatdagi insonlarim oldidagi qadrimni belgilab olaman. Eng asosiysi biz buni o’lchay olamiz.

Bunday insonlar kam bo’ladi.Bo’lsa borligida o’zgacha e’tiboring bilan qadriga yet, bunaqalar kam bo’ladi!

Sinab ko’rmoqchi bo’lib siqilib qolmagin)
Qaytaraman, hayotingda bunday turdagi insonlar kam bo’ladi va bu normal holat.

@javokhir_toshpulatov
ҚАРОР

• Касаллик насибангдир, даво излаш эса сенинг қароринг!

• Уйланиш насибангдир, талоқ эса сенинг қароринг!

• Ҳаётингдаги шахслар насибангдир, уларни ҳаётингда олиб қолиш ёки воз кечиш эса сенинг қароринг!

• Фарзанд насибангдир, унинг тарбияси эса сенинг қароринг!

• Ота-она насибангдир, уларнинг розилигини олиш сенинг қароринг!

Демак насибаларингдан эмас, балки айнан қарорларингдан жавобгар бўласан. Шуни унутма!

©️ Ғолиб Сафо

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
BESH XULOSA

Oxirgi bir oyda hayotimda muhim o’zgarishlar bo’ldi, ba’zilari esa amalga oshmay to’xtatildi. Shu 1 oyda olgan muhim 5 xulosam:

1. Soddaman deb o’ylashingni o’zi, seni sodda emasligingni bildiradi. Eng kam aldanadiganlar o’zini ishonuvchan hisoblaydiganlar.

2. Senga sodiqligini isbotlash uchun kimnidir qiynalishiga sabab bo’ladigan inson, qachonlardir boshqalar uchun seni ham og’ir paytingda tark qiladi.

3. Turmushga chiqish arafasida turgan ba’zi qizlarni birinchi xatosi qachonlardir boshqaga ko’ngil qo’ygani bo’lsa, ikkinchi xatosi esa bo’lajak turmush o’rtog’iga bu haqida aytgani,

4. Atrofdan taqvo talab qiladiganlarning katta xatosi, bu so’z orqali jiddiy talab qilish. Birodaringdan taqvo istasang talab bilan emas amal bilan o’rnak bo’l,

5. Hammaga birdek yoqadigan eng yoqimsiz narsa bu to’g’ridan-to’g’ri o’ziga aytilgan maqtov. Yoqimliligi o’ziga bo’lgan ishonchni vaqtincha oshiradi, yoqimsizligi esa o’ziga o’rgatib qo’yadi.

@javokhir_toshpulatov
MAKSIMUM HARAKAT = GO’ZAL NATIJA

Afsuslanish qachon bo’ladi? Senga imkon berilganda bu imkoniyatdan qastdan foydalanmaganingda!

Endi aksincha sababni maksimum qilding va gap faqat natijaga qolganda, natija sen o’ylaganingdek bo’lmadimi? Shoshilmay tur, tez orada bundan yaxshisi seni kutayotgan bo’ladi.

masalan

• O’qish imkoni berildi lekin ilm olishga sustkashlik qilib uni tark qilding. Tayyor tur qachonlardir ilmsizliging uchun qattiq afsuslanasan.

Endi teskarisi, ilm olishga jiddiy harakat qilding va muhim imtihondan o’ta olmading. Endi biroz sabr qil. Qachonlardir imtihondan o’ta olmaganinga shukr qiladigan darajadagi natijalar bilan siylanasan.

• Shunday insonlarni ko’rdim oilasini arzimas sabablar bilan buzdi, sinovlarga sabr qilmadi va ayni damda hayoti xorlikda.

Yana shundaylarni ko’rdim, oilasini saqlab qolish uchun qattiq harakat qilgan va natija bari bir ajralish bilan tugagan. Hozirgi hayoti juda ham go’zal.

juda ko’p bunaqa misollar(o’zi cho’zilib ketti))

Xulosa

Biz natijaga javobgar emasmiz. Sababiyatni go’zal holatda maksimum qilsak, natija aniq bizni foydamizga bo’ladi. Ba’zida tez, ba’zida esa biroz kuttirgan holda undanda go’zal bo’lib keladi!

@javokhir_toshpulatov
O’QIMAGAN VA O’QIY OLMAGANLAR

Shu kungacha yuzlagan o’quvchilarim va ularni ota-onalari bilan gaplashib, o’qimagan ota-onalar ikki turga bo’linishini bildim.

1. O’qiy olmagan

•o’qish kerakligini bilmagan
•o’qishga imkoni bo’lmagan
•u paytda bunga zarurat sezmagan
•oila tashvishi erta bo’yniga tushgan
•ota-onasi to’sqinlik qilgan

Bunday insonlar o’zlari o’qiy olmagan bo’lsalar ham fitratida ilmga muhabbati bo’ladi va farzandlarini ilmga targ’ib qilishadi.

2. O’qimagan

•ilmga hurmatsizlik qilgan
•ustozini norozi qilgan
•imkoniyatdan qastdan foydalanmagan
•ehtiyoj sezmasa ham pulni ortidan quvgan
•”o’qigan” ilmsizlar atrofida ulg’aygan

Bunday insonlar o’z haqligini isbotlash uchun doim kam sonli “o’qib hech kim bo’lmaganlar”ni “o’qimasdan ham yaxshi yashayotganlar” bilan solishtirishadi. Farzandlarini esa ilmdan to’sishadi.

❗️Hurmatli ota-onalar, o’tmishingiz qanday bo’lishidan qat’iy nazar farzandlaringizni ilmdan to’smang. Dunyoda ham Ohiratda ham aniq foyda keltiradigan *investitsiya bu farzand ilm olishiga tikilgan investitsiya.

* pul + ishonch + sabr

@javokhir_toshpulatov
TEZ BOSHLA

1. Yaqinda bir kursdoshim bilan ko’rishdim, 4 yil oldin faqat Bomdod namozini o’qirdi. Hozir ham faqat Bomdod o’qir ekan.

Universited paytida namoz o’qishni ochiq xohlamaydigan kursdoshimni yaqinda masjidda uchratdim. Asr namoziga kelgan ekan.

2. Ingliz tili o’rganishim kerak deydigan bir o’quvchim 2 yildan buyon hali ham boshlamadi.

Agar Rus tilini bilsa Ingliz tilini bilish muhim emas deydigan yana bir tanishim yaqinda IELTS topshiradi.

3. “Kitob o’qish kerak” deb, kitob o’qish foydalarini mendan ko’p biladigan tanishim, necha yildan buyon har ikki oyda zo’rg’a bitta kitob o’qiydi.

Kitob o’qish juda zerikarli deb kitob o’qishni yaqinda boshlagan o’quvchim oxirgi 3 oyda 4-5 ta kitob o’qib qo’ydi.

va.h.k

Insonlar tasdiqlaydigan amallariga qarab ularga baho berma. Odatda bugun haqni bilib turib amal qilmayotgan inson yillar o’tganda ham amalsiz qolish ehtimoli kattaroq.

Aksincha, bugun gapiga qarab kelajakda ham amalsiz qoladi deb o’ylama, chunki u bugun haqni bilmagani uchun amalsiz. Haqni bilsa amalda senda o’zib ketadi.

Xulosa

O’rgandingmi, tezda boshla. Vaqt o’tsa o’rganganing sen uchun eski bilim hisoblanadi va amaliga qiynalasan garchi sen uchun muhimligini bilsangda.

@javokhir_toshpulatov
ISHONCH VA HURMAT

2 ta narsa bor, bularni so’rab olib bo’lmaydi. Faqatgina loyiq bo’lish orqali erishiladi. Bu insonlarni senga bo’lgan ishonchi va hurmati.

Ishonch

Kim bilandir uzoq yillik yaqin munosabat qurmoqchimisan, hech qachon va hech qanday vaziyatda aldama.

Aks holda keyingi rost gapinga hatto qasaming ham “ishonchli” ko’rinishini bera olmaydi.

Hurmat

Hurmat, mas’uliyat va farosat ustiga quriladigan eng nozik hissiyot. Faqat bu vaziyatga qarab ko’rinishi o’zgaradi.

Ya’ni erning ayoli oldida va ayolni eri oldida, ishchini rahbari va rahbarni ishchilar oldida, ustozni shogirtlari va shogirtni ustozi oldida, va.h.k

Hullas ikkalasini ham so’rama, shunchaki loyiq bo’l. Qolgani esa vaqt masalasi..

@javokhir_toshpulatov
КЎРҚИНЧИЛИ СТАТИСТИКА

• нафака ёшига етган (тахминан 60 ёшдаги) инсонларнинг 1%и бой-бадавлат даражада хаёт кечиради;

• 4% кисмининг ҳолати яхши, аммо улар ҳам вакти-вакти билан саёхат килиш каби мухим хаётий фактордан завклана олмайди;

• 3% инсонлар ўша ёшда ҳам ризк талабида ишлашади;

• 38% кисми эса вафот этиб, моддий кийинчиликларини оилаларига мерос килиб колдириб кетишади;

• 54% одамлар ижтимоий таминот ёки бирор ташкилот ёки фарзандларнинг кўмаклари хисобига яшайди.

Нега нафақа ёшидагиларнинг атиги 5 фоизи (биринчи ва иккинчи кўрсаткичлар) яхши мавқеда?

Изланишлар шуни кўрсатганки, ўша 5 фоиз инсон, ёшлигида ўз олдиларига аник максадларни кўйиб, ўша йўналишда ҳаракат қилишган бўлиб чиққан.


Кўпчилик одамлар омадсизликка учрашдан қўрқиб ўз олдиларига мақсад кўйишмайди. Лекин улар мақсадларини белгилаб олишмаса, энг катта хавф-хатарга дуч келишларини ёддан чикаришади.

Саъд Сауд ал-Карибоний

@javokhir_toshpulatov
2025/07/03 09:00:00
Back to Top
HTML Embed Code: