ERISHISH UCHUN AVVALO VOZ KECH
Bugun o’quvchilarim 2 ta fandan dars qilishga vaqtlari yetmayotganidan shikoyat qilishdi.
Men esa ularga 2 sutkada qilinadigan zaruriy ishlardan tashqari, dars qilish uchun yana 18 soat qolishini hisoblab berdim.
Faqat bu 18 soatni foydali ishlar bilan o’tkazish uchun avvalo foydasizlaridan kechish kerakligini tushuntirdim.
Aslida har qanday holatda ham Yaxshisiga erishish yo’lida dastlabgi qilinadigan ish yomonidan kechishdan boshlanadi.
masalan:
• Foydali kontent ko’rmoqchi bo’lseng, avvalo foydasizlarini ko’rishni bas qil,
• Keng fikrli do’stlar kerakmi, avvalo tor fikrlaydiganlari bilan aloqani uz,
• Kamtar bo’lmoqchimisan, avvalo kibringni sindir,
• Taqvodor qiz(yigit) bilan oila qurmoqchimisan,avvalo maqsadsiz munosabatdagilar bilan aloqani uz,
• Hushu bilan ibodat qilmoqchimisan, avvalo gunohdan tiyil,
• Qalbingda Qur’on bo’lishini xohlasang, avvalo musiqani tark qil,
• Xotirjam hayot istaysanmi, avvalo shubha va shubhalilardan uzoq bo’l,
• Doim ilm talabida bo’lishni istaysanmi, avvalo zehningni band qiladigan vositalarni butkul tark qil,
va.h.k
Ikkalasi bir insonda bir vaqtda jam bo’lmaydi. “Ham unisi ham bunisini eplayman” deganlar, haqni aqlan ko’rib turib, nafsiga yengilishadi. Natijada esa hech vaqosiz qolishadi..
@javokhir_toshpulatov

YAQINDAN QARAB KO’R
Niyating jiddiy emasligida ko’p ko’rinadi, jiddiylashganda esa topish qiyin.
• Kiyim/moshina/uy/… olish planing bo’lmaganda variantlar ko’p, olish niyatida bo’lganingda esa ko’nglingdagi topilmaydi,
• Ehtiyojing yo’q bo’lganda ochiq qo’llar ko’p, kerak bo’lganda esa haligi qo’llar bo’m-bo’shligini ko’rasan,
• Umumiy maqsad qo’yganingda o’rganishing kerak bo’lgan narsalar ko’p, jiddiy harakat boshlash oldi qaysi muhimligini topa olmaysan,
• Prioritetlaringda oila bo’lmaganida yaxshi qiz(yigit)lardan sanoqsiz variantlar, o’zingni har tomonlama tayyor his qilganingda esa nomzodlar topilmaydi,
va.h.k
O’zingni ko’p narsaga yoki ko’p narsani o’zinga munosib bilyabsani demak hali u narsaga yaqinlashmabsan.
Yaqinroq borib qaragin, aslida ko’p ko’ringan narsalar orasida sen uchun bo’lganlari juda kam.

MUAMMO TUGAMAYDI
Insonlar bilan suhbatlashganimda ko’proq vaqtimni eshitishga sarflayman hattoki suhbatdoshlarim o’quvchilarim bo’lsa ham.
Bu orqali bitta narsani tushundimki hammada muammo bor. Aslida o’sha muammolar barchaga keladigan takrorlanmas sinovlar.
Qiziq tomoni shuki, sinovlar tugashi bilan muhim rejalar-u, maqsadlarini amalga oshirish niyatida ekanligini aytishadi.
O’zi sinov tugaydimi? Javob aniq.
Tugasa ham sen o’sha sinovlarga loyiq ko’rilmaganing uchun tugagandek ko’rinadi, bu esa yanayam havfliroq.
Hullas, hayotingda sinovlar kundan-kunga ko’payib boraveradi. Nimadir rejalaring bo’lsa-yu muammolaring tugashini kutayotgan bo’lsang:
ishonch bilan ayta olaman ULAR TUGAMAYdi. Shunchaki ko’rinishi o’zgarib keladi holos.
Kelishimiz moyihati ham aslida shunda edi.(3:186)

KOʻRSATISHGA URUNMA
Ko’rinmoqchi bo’lganingdek ko’rinishni o’rganish o’rniga, ko’rinmoqchi bo’lganingdek bo’lishni o’rgan.
• Aqilli ko’rinish uchun aqillidek tutib yurasan,vaqti keladi bir og’iz gaping bilan axmoqligingni bildirib qo’yasan.
• Iboli ko’rinmoqchi bo’lasan, meyoridan oshirib yuborishing aslida unaqa emasligingni sotib qo’yadi.
• Halim ko’rinmoqchi bo’lasan, haqiqiy asabing taranglashganda esa hammasiga tupurasan-u asl yuzingni ochasan.
• Kamtar ko’rinmoqchi bo’lasan. O’zingdan kuchlilarni bunga ishontirganing bilan,atrofingdagi o’zingdan zaiflar bunga mutlaqo qo’shilishmaydi.
• Taqvodor ko’rinmoqchi bo’lasan-u, o’zing kecha o’rganib hali amaliga o’tmasing turib bilmaganlarga majburlash orqali o’rgatish payida bo’lasan.
va.h.k
Asl hulq - *aksioma. Uni aqllilar darrov, qolganlar esa biroz munosabatda bo’lgandan keyin sezishadi. Aslida sen uchun bunga mutlaqo ehtiyoj bo’lmasligi ham go’zal hulqingdan darak.
* Isbot talab qilmaydigan holat.

XOLA YAXSHI AMMA YOMON(mi?)!
Bugun biroz noodatiy mavzuda gaplashamiz.
Doim o’ylardim, nega men
Onam tomondagi qarindoshlarim xolam, tog’am yoki bobo va buvim(onam tomondagi)larni,
Dadam tomondagi amakim, ammam yoki doda va buvim(dadam tomondagi)lardan ko’proq yaxshi ko’raman?
Keyin bilsam bu faqat menda emas ekan. (Balki sizda ham shunaqadir?)
Xullas sababga qaytamiz:
Ona, o’g’ildan
Singil, akadan
Opa, ukadan
Uka, akadan
Aka esa ukadan
Yillar davomida jigaridan ko’rib turgan moddiy va ma’naviy e’tiborini oila qurgandan keyin kamayganini sezadi.
Bu esa qizg’anishga olib kelib, o’z jigarining ayoli va farzandlari bilan samimiy munosabatlar o’rnatishga to’sqinlik qiladi.
Har qanday samimiy ko’rsatilmagan mehr so’z bilan tushuntirib bo’lmaydigan darajada samimiy tuyg’uni shakllantira olmaydi.
Xulosa
1. Oila quradigan bo’lsang mehrni taqsimlashga xushyor bo’l.
2. Ota tomondagilarni to’g’ri tushun, shunchaki senga berilgan e’tiborga ular ham muhtoj.
3. Jiyanlaring va ularni onasiga samimiy munosabatda bo’l ayniqsa dada tomondan bo’lsang)
P.s
“Xolamni ko’proq yaxshi ko’raman” deganlarning ko’pchiligi huddi sizdek “meni onam yaxshi amma” deydi. Ishonmayman)

USTOZIMDAN MASLAHAT
Universitedda 3-kurslik paytim Ingliz tiliga individual borardim.Bir kuni Ingliz tilidan vazifa chala bo’ldi va ustozimga:
“Ingliz tiliga ulgurmayapman, o’quvchilarim ko’payyapti, endi faqat ishlayman..” deganimda ustozim zo’r gap aytganlar. Hozirgacha amal qilaman.
“Salary is the bribe, they give you to forget your dream”(imloviy hato bo’lishi mumkin)
Tarjimasi: “Maosh maqsadlaringni unutishing uchun senga beriladigan pora”
Rostan ham o’ylab ko’r:
• Ishing ko’paysa o’zinga vaqting kam qoladi
• Ilm olishing qiyinlashadi
• Oilanga e’tibor kamayadi
• Ibodatinga shoshasan, ba’zida vaqt ajratmaysan ham.
• Maqsadlaringni esa ortga surib, ma’lum vaqtdan keyin butkul unutasan.
Barcha vaqtini ishga tikkan ota-onalarni farzandiga qara, mehr o’rnini pul bosa olmasligini ularning xulqidan bilasan.
Ilm vaqtini ishi bilan band qilganlarga qara, hayot mohiyatini unutganini ko’rasan.
Ko’p pul topish uchun ish vaqtini ko’paytirganlarga qara, fikrlari noteran ekanligini ko’rasan.
P.s
Balki shuning uchundir katta maqsadli do’stlarim uylangandan keyin maqsadlarini bitta-bitta ko’mishadi.
Sababi ular oila ehtiyojini, qisqa muddatli ishi evaziga keladigan maoshi yetadigan darajaga yetmasdan uylanishgandi..

YETISHMASLIK AZOBI
Insonda yetishmaslik emas, atrofdagilarda bor narsalar unda bo’lmasligi uni ko’proq qiynaydi.
Misol uchun:
Semiz odamni semizlik emas, semizlar kamligi,
Sochi kam odamni sochi kamligi emas, atrofdagilarni sochi kôpligi,
OTM dan yiqilgan abituriyentni imtihondan yiqilgani emas, qolganlar kirgani,
Faqat qiz ko’rgan ota-onalarni faqat qiz ko’rgani emas, atrofdagilarni o’g’li borligi,
Yoshi o’tayotgan qizlarni yoshi ôtayotgani emas, u tengilarning kôpchiligi turmushga chiqib bôlgani kôproq qiynaydi.
Senda bor narsalarning aksariyati qolganlarda bo’lmaganidek, qolganlarda bor narsalarning ba’zilari senda bo’lmasligini ham normal qabul qil.
Shunda hotirjam bôlasan. Chunki boshqa ilojing ham yo’q!

YOQADIGAN REAKSIYALAR
Foydamizga gapirilgan achchiq haqiqatdan ko’ra, sezib tursakda yolg’on bo’lsa ham shirin gaplarni xohlaymiz.
Falonchi sen menda o’qisang bu harakating bilan o’qishga kira olmaysan.
Men yomon ustozman.
Menda o’qisang aniq o’qishga kirasan!
Men yaxshi ustozman.
Sevgan qizing senga to’g’ri kelmaydi.
Men yomonman
Tanimasamda, shu qiz senga juda ham munosib.
Men haqiqiy do’stman.
Bu illatlaringni tashlasang atrofimda qol.
Men yomonman.
Seni boringcha qabul qilaman.
Men yaxshiman.
Shu Eshmat sal g’alatirog’a? Men: Da u o’zi oilasi bilan shunaqa
Men yaxshi suhbatdoshman
Shu Eshmat sal g’alatirog’a? Men: Uchinchi odam haqida gaplashmaylik.
Men zerikarli suhbatdoshman
va.h.k
Doimo senga yoqadigan reaksiya beradiganlar bilan munosabatlaring uzoqqa bormaydi.

ATROFGA QARA
Masjid oldidagi tabiat yoqqanligi uchun, skamekalarda o’tirib kitob o’qiyman.
Peshin namozida, 43 yoshli ayol janozasini o’qidik. O’smir yoshiga yetmagan o’g’il yolg’iz qoldi. Otasi ham yo’q ekan.
Masjid yonidagi skamekada o’tirganimda, keyingi skamekada ajrashayotgan oila suhbati eshitilib turardi. 2 ta farzandi adasi bilan xayrlashdi.
Ertalab, huddi o’sha skamekada o’tirganimda yonimga bir oyog’i yo’q odam kelib o’tirdi. Bir kishiga telefon qildi(manimcha og’aynisi) Ko’cha bugun sovuq bo’lganini aytdi, u qayerda tunaganini ham so’radi. O’zi ham ko’chada uhlagan ekan.
Kunim hali tugamadi..
Ya’ni, muammo faqat senda emas. Atrofga qara, muammolari senikidan ancha ko’p bo’lgan odamlar ham bor.
P.s
Yakshanba men uchun dam olish kuni emas, o’zim bilan yolg’iz qoladigan kun.

KAMCHILIK EMAS
Ba’zi kamchiliklaring aslida seni ustun tomoning bo’ladi, bilasanmi?!
Buni esa atrofdagilar kichkinaligimizdan peshonamizga kamchilik sifatida muxrlab, bizni doim o’zgarishga majbur qilishadi.
• Kichkinaligimdan uyatchengligim uchun doim kattalardan bu odat o’g’il bolaga yarashmasligini eshitardim.
Keyinchalik tushundim, uyatchenglarning hijolatli vaziyatlari uyat nimaligini bilmaydiganlarnikidan ancha kam ekan.
• Maktabda “counter strike” o’ynay olmaganim uchun o’rtoqlarimdan uyalardim.
Hozir esa ular bilan o’zimni zehnim va maqsadlarimiz orasidagi farqni ko’rib o’sha o’ynay olmaganlarim aslida men uchun Allohni katta ne’matiligini bilyapman.
• Kirishimli emasligim uchun doim hijolatda yurardim.
Aslida *introvertlar kam gapirib ko’p tinglagani uchun **ekstrovertlardan ancha aqilli va xatolarini tahlil qilib yurishar ekan. Shu sababdan ham aksariyat muvaffaqiyatli insonlar aynan introvert insonlar.
• Yaqinda bir o’quvchim(qiz bola) ijtimoiy tarmoqlarni tushunmasligidan va ko’chaga yolg’iz chiqsa adashib qolishini o’z kamchiligini aytgandek hijolat bo’lib gapirdi.
Rostan ham bu kim uchundir kamchilik va yana kim uchundir shunday sifatli insonni qidirilayotgan nodir yutuqlar..
*Kirishimli bo’lmagan inson
**Kirishimli inson

GO’ZAL XULQ
Asl xulqingni bilmoqchimisan? Sendan voz kechishi qiyin bo’lgan insonlarga qilayotgan muomilanga qara!
Ota-onang, aka-ukang, opa-singling, farzand-u ayoling va senga muhtoj yoki seni yoqtiradigan boshqa biror yaqining-u, do’stlaring.
• Ko’plab insonlarni bilaman, barchaga go’zal muomilada faqat oila a’zolaridan tashqari.
• Men judayam halim deb bilgan inson bor edi. Unga bog’langan ojizalarga juda ham qo’pol so’zlarni ishlatgandan keyin u haqidagi fikrlarimni qayta ko’rib chiqdim.
• Xato qilsa qilmasa barchadan darrov kechirim so’raydigan tanishim bor. U onasi bilan nohaq tortishdi. Kechirim so’ra desam, aybim yo’q dediyu so’ramadi.
• Begonalar oldida har bir gapini o’ylab gapiradigan “Aqilli” insonlarni shaxsan bilaman. Uni hurmat qilganlarga esa istalgancha nohaq jahllaru - hazillar qiladi.
Senga qaysidir tomondan bog’langan insonlarga istaganingdek hissiyotga berilib, qolgan insonlarga halim bo’lishing, bu seni halimliging emas, ojizliging.
Go’zal muomilani oila-a’zolaringa qil. O’sha qiyinroq. Qolganlarga majburligingdan ham qilasan.

ILMLILAR BILAN MUNOSABAT
Ilmi sababidan hurmat qiladigan insonlaring bor. Ular bilan aloqalaringa e’tibor berishing kerak bo’lgan oddiy lekin ko’pchilik e’tibor bermaydigan 5 ta omilni ko’rib o’tamiz.
1. Shablon salom yoki tabrik jo’natmang. Bularga javob berish noqulay. Oddiy bo’lsa ham yozing.
2. Ovozli habar jo’natmang. 37 qator bo’lib ketsa ham yozing. Har 2-3 ta gapda bir qator tashlab yozing.
Yozuvda ovozdan ko’ra kuchliroq emotsiya bersa bo’ladi.
3. Bir necha soat sabr qila oladigan ishingingiz bo’lsa telefon qilmang. Telegramdan yoki muhimroq ishingiz bo’lsa sms yozing.
Ketma-ketligi:
• Salomlashish
• O’zingizni tanishtirish
• Telefon qilishing uchun ruhsat
4. Ular latifa aytib sizni kuldirdi degani siz ham latifa aytsang bo’ladi degani emas. Kulgili bo’lsa kuling, bo’lmasa o’zingizni majburlama. Shu joyida bilinadi samimiyat.
5. Ular jim turib eshityapti degani seni barcha gaping ham ularga yoqqanidan darak bermaydi.
Aqilli insonlar eshishitishni yaxshi bilishadi. Ular ahmoqlarni eshitish orqali ham ahmoq bo’lmaslik sirlarini o’rganishadi.
Xulosa
Sen havas qiladigan insonlar rostdan ham ilmli bo’lsa ularning barchalari vaqtlarini qattiq ehtiyotlashadi. Ular avaylagan narsani o’zing uchun o’ta muhim deb bilmagan narsalar uchun sòrama.

Ayolim ilmli bo’lmasa qizlarimga qiyin.
Onaga sirini aytsa, ona eriga aytadi. Dada jahldor. Kuch faqat qiziga yetadi. Qiz endi oilasidan boshqa hammaga sirini aytadi. Aldanish esa shu kundan boshlanadi.
“Sendek paytim” dan boshlaydi. Maqsadi bilan qiziqmaydi. Go’yoki hayot faqat uy ishlaridan iborat. Bilmaydiki maqsadli kuyovlar uchun uy ishlari ikkinchi darajali. Ilm esa oliy o’rinda.
Maktab tugashini kutmasdanoq aqilli amma xolalar kuyov topadi.O’zini qizi erga tegsa uni qizi yaxshi, mening qizim qolib ketayotgandek. Shoshqaloq ayolim shoshadi va har kuni qizimni maqsadidan chalg’itib yo’q erni eslatadi.
Bollar bilan gaplashganini sezsa nomus haqida gapiradi. Lekin surishtirsa o’tirib bir daqiqa dildan gaplashmagan. Gaplashishni bilmaydi, ilm o’qitmaydi lekin solishtirish bo’yicha mutaxassis. Surishtirsa solishtirayotgan tengdoshlar onalari qizim onasidan ancha ilmli.
Telefon ishlatishidan noliydi, o’zlari qolishmaydi. Jahl chiqsa og’ziga kelganini aytadi. Bir past turib yalinib kechirim so’raydi. Qo’pollik qilish birinchi xato orqasidan yalinib kechirim so’rash ikkinchi xato. 3-xato aybni yuvish uchun erkalatish.
Xullas ayolim ilmli bo’lmasa qizlarimga qiyin ekan..
Xulosa
Qizlarni o’qitinglar.. ilmli ayollarga ummat muhtoj.

Soniga emas foyiziga qara.
O’quv markaz qidirayotgan o’quvchilarning aksariyati kimnidir taklifi bilan, har xil shovqinli reklama yoki shunchaki nomi uchun markaz tanlashadi.
Kim taklif qilsa ham, shovqini qancha baland bo’lsa ham, shoshilma! Soniga emas foyiziga* qara
Birinchi ustoz: 100 ta o’quvchisi natija qilgan, 1000 ta o’qitgan shu yil.
Umumiy natija: 10%
Ikkinchi ustoz: 20 ta o’quvchisi natija qilgan, 25 ta o’qitgan shu yil.
Umumiy natija: 80%
Nima deb o’ylaysan qaysini shovqini baland? Albatta birinchisini! Bu sarafan marketing** qurboni bo’lishing uchun yetarli
Sen shovqinga aldanding. Chunki sen foyizga qaramading. 900 ta bilan qiziqmading. Qolgan 90% ichiga tushib qolish osonmi yoki 20% nimi?
*(Natijalilar : Jami o’quvchilar)•100%
**Og’izdan og’izga o’tadigan reklama

NISBIY BAHOLASH
Ko’pchilik nimaga baho bersa ham nisbiy qarashlar bilan baholaydi.
O’qituvching “yaxshi” emas, qolgan o’qituvchilaringdan “yaxshiroq”
Puling kam emas, ehtiyojingga kerak bo’lganidan kamroq.
Zehning past emas, sen bilan birga ilm oluvchilarnikidan pastroq.
Buguning quvonchli bo’lmadi, kechakidan quvonchliroq bo’ldi.
Hozir kayfiyating yo’q emas, yaxshi bo’lgan paytlarnikidan pastroq.
Muammolaring ko’p emas, atofdagilarnikidan ko’proq.
Vali degan o’quvchim masulyatsiz emas, Ali ga nisbatan masulyatsizroq.
Vaqting kam emas, taniydigan bekorroq insonlarnikidan kamroq.
.
.
Atrofga qarab nisbiy baholar ekansan, chegarani ular belgilab berishadi.

KUTILMANI KAMAYTIR
Kimgadir yordam berasan. Endi uni reaksiyasi seni qiziqtiradi. Kutganingdek bo’lsa hursandsan, kutganingdek bo’lmasa, ichingdan bir narsa afsus bilan seni qiynaydi.
4 yildan buyon hech kimni tug’ilgan kuni bilan tabriklamayman. Meni esa tabriklaydiganlar o’shani 1-yili tabriklayverishdi, 2-yili biroz kamayishdi, 3-yili faqat yaqin do’stlarim va 4-yili deyarli hech kim.
Atrofdagilarga o’rningni bildirishi uchun vaqtincha bir joylarga ketasan. O’zingcha “qaytsam hamma meni quchoq ochib kutib oladi” deganingda o’zi sensiz ham hammasi yaxshiligini ko’rasan.
Kutganing berilmasligiga bermaganlar aybdor emas, ulardan kutilmani katta qilganing uchun o’zing aybdorsan.
Soddalashtirsam: Tort kutganingda telefon bersa hursandsan, telefon kutganingda esa tort kelsa..

TAFAKKUR
Muammoga duch kelsam, xato qilsam, afsuslanishga majbur qiladigan voqea bo’lsa chalg’ish yo’lini qidirardim.
Buni turli xil amalga oshirardim. Kompyuter o’ynash, do’stlar bilan vaqt o’tkazish yoki shunchaki uhlab yuborish.
Ha rostan muammodan chalg’idim lekin qutulmadim. Ular hali ham bor. Shunchaki xotirani bir chetida.
Meni mag’zun qilgan voqealarda meni ham xissam bor ediku, nega shunchaki unutib yuborishim kerak? Balki rostan meni xatoyimdir?
Ko’pchilik qo’shilmaydi. Chunki yoqimsiz xissiyotlar. Lekin aynan shu yo’l bilan o’zgaramiz. Ya’ni:
Shunchaki vaqtincha yolg’iz bo’lish. Qiynalish. Afsusdan azoblanish. Inson bir xatoni qilmasligi uchun unda pushaymonlikni kuchli his qilishi kerak.
Haqiqiy o’zgarish men uchun o’shanda bo’ladi. Xatolarimdan xulosa chiqarmasam qiynalar ekanman. Demak to’g’irlanishim shart, tamom!
Xulosa
Qiyinchilik va xatolar seni o’sishinga sabab bo’ladi qachonki ularni xulosasiz unutib yubormasang.

KAMFORTDAN CHIQ
Bugun yoqmaydi, ertaga biroz qiynalasan, indinga moslashasan va qarabsanki undan keyingi kun sen bugungi odam emassan.
Shu paytgacha nechta joyda ishlagan bo’lsam barchasi boshida noqulay vaziyatlarga to’la bo’lgan.
Sababi, eski ishim kamforti yangi ishimni qiyinchiliklarini menga kattalashtirib ko’rsatardi.
Barcha hotirjam yurganda men yangi odamlar, yangi muhit, hijolatli vaziyatlar va mas’uliyatli mehnatga qovrilardim.
Bilib qo’y,har qanaqa tepaga ko’tarilish uchun 4 ta narsani albatta ko’rasan:
1. Qulaylikdan kechish
2. Og’ir mehnat
3. Hijolatli vaziyatlar
4. Tashlab, eskisiga qaytish xohishi.
Sabr qilib, qaytmasang 5-si kafolatlangan.
5. Ancha o’sgan sen.

MENDA ISH YO’Q FAQAT HOBBIY BOR
12 yil oldin o’qituvchi bo’lasan desa, ishonmasdim
10 yil oldin yoqtirdim
9 yil oldin bo’lishni maqsad qildim
8 yil oldin dars o’tishga majbur bo’ldim
6 yil oldin qiynalganimda tashlab ketmoqchi bo’ldim
Keyin bildim. Biror ishda butun umr majburdan ishlash qiyin. Zavqlanish va zavqlantirish yo’llarini o’rganish kerak ekan.
1 yildan buyon hech kimga chidashga majbur bo’lmaydigan darajaga yetibman, na ish joyimga va na o’quvchilarga.
Men uchun ish yo’q. Dars o’tish esa allaqachon hobbiy darajasiga yetibdi. Hobbiy esa majburlikdan bajarilmaydi..
Ko’p narsa so’ramayman. Qadriyatlarim va prinsiplarimga qarshi ish bo’lmasa bas. Aksi bo’ldimi, majbur qilgan makon va shaxslarni tark qilishga variantlar ko’p.
8 yilni yana qayta yashagim yo’q..

BA’ZI PRINSIPLARIM 2-qism
Yashaganing sari o’zingni yaxshiroq tushunib borar ekansan.
1. Yakshanba kuni o’zim uchun mutloq erkinlik kuni. Fast food, energetik ichimlik va taqiqlanmagan vaqtlardagi istalgancha uyqu.
Sabab: Bu o’zim uchun haftalik og’ir mehnatim uchun rag’batlantirish.
2. Haftada 6 kun 22:00 da uhlashim, 04:30 da uyg’onishim shart.
Sabab: Miya 22:00 dan 01:00 gacha damolish uchun yetarli garmonlarni ishlab chiqaradi.
3. 4 ta loyihada bir vaqtda ishlayman, (garchi loyiq bo’lmasamda). Bu esa biroz qiyinroq. Har bir ishimni avvalo o’zimni zeriktirmaydigan yo’llarini qidiraman.
Sabab: Majburdan qilingan ishda na sifat va na davomiylik bo’ladi.
4. Har kuni ertalab kunlik 7 ta plan yozaman. Ularni yillik, oylik va haftalik maqsadlardan kelib chiqib tuzaman.
Sabab: Vaqtim o’zimniki. Kimlardir uni bari-bir band qiladi, avval o’zim band qilmasam
5. Nonushtaga yaxshi e’tibor beraman. Qolgan mahaldagilarini kam yeyman.(atrofdagilarim bunga guvoh)
Sabab: Abetdan keyin darsim bor, ovqat ko’paysa uyqu chaqiradi. Kechkisi ko’paysa 2-prinsipga amal qilish qiyinlashadi.
6. Shaxsiy hayotdan tashqari har qanaqa qilingan iltimos yoki uchrashuvlarni kamida bir kun oldin aytilmasa darxol bekor qilaman.
Sabab: Bunga amal qilmasam tepadagi 5 ta prinsipga amal qilish qiyinlashadi.
(1-qism)
Yana davomi bor va juda ko’p)