Telegram Web Link
Mediada o`zbek sigmenti bo`yicha kuzatadigan shaxslarim ro’yhati:

Isloh uchun: Husaynxon Yahyo Abdulmajid

Ta’lim va shaxsiyat bòyicha: Aziz Rahimov

Biznesda: Alisher Isayev

Tinglaydiganim: Muhammadloiq qori

Salomatlik bo’yicha: Axad Xudayarov

Yangiliklar: Kun.uz (faqat haftalik)

Futbol bo’yicha: Xayrulla Hamidov

Komediya janirida: Mirshakar Fayzullayev

@javokhir_toshpulatov
Hijolat bo’lma, xulosa qil

Bilmasdan hijolatli vaziyatga tushding, birinchi kuni qattiq ôylab afsuslanasan, ertasi kuni biroz ôylaysan undan keyingi kun deyarli eslamaysan ham. Masalan:

Muhim isonlarga keraksiz savollarni berganda,

Kiyimingdagi nuqson bilan ko’chaga chiqib, uyga kelganda ôshani kôrganingda,

Omma oldida noqulay vaziyatga tushganingda,

Katta yig’ilishda ovqatingni to’kib yuborganingda,

va.h.k

Hijolat bo’lishing sababi aslida bunga guvoh bo’lganlar.

Aslida hammasi sen o’ylaganingdan ancha oddiy. Insonlar darrov unutib yuborishadi.

Oy, hafta yoki kunda emas. Minutlarda unutishadi.

O’zingdan olsak: Eslab kôrchi, kimni oxirgi marta hijolatli vaziyatga tushganini eslaysan..

Unaqa holatlarga deyarli har kun duch kelasan, shunchaki minutlarda esingdan chiqib ketadi.

Kichkina xatolar bo’lib turadi va bu kerak ham.

Faqat uni ôylab hoziringni qôldan berish uchun emas, ôsha kichkina xatoni muhim vaqtlarda qilib katta imkoniyatni qôldan boy bermaslik uchun.

@javokhir_toshpulatov
Oxirgisi emas

Insonlarni kichik harakatlariga qara. Katta amallariga ham shu yondashuvni ko’rasan.

Shaxs bitta, qadriyat bitta. Biroz kuzat, xulosa qilishing uchun ko’p holatda shu yetarli.

Men hali ko’rmadim,

Matematikani zo’r o’qigan o’quvchini qolgan fanlarga mutlaqo e’tiborsizligini. Yoki teskarisini ham..

“Hudoni o’zi kechirsin” deb yolg’on gapirganlarni qaytib yolg’on gapirmaganini.

Bir uchrashuvga ogohlantirmasdan kech qolganlarni, bu vaziyatni qaytib takrorlamaganini..

Munosabatlarda bir marta qo’pol xato qilgan insonlarni qaytib xato qilmaganini..

Umuman hammasida..

“Bir marta bo’laveradi” degan odam uchun bu aniq birinchisi ham va katta ehtimol oxirgisi ham bo’lmaydi.

@javokhir_toshpulatov
28 yildagi xulosalar

Yiliga ikki marta o’tgan umrim haqida jiddiy xulosa qilaman.

Biri milodiy yil tugaganda, ikkinchisi bir yoshga kattalashganimda. Orasidagi muddat ham deyarli teng taqsimlangan.

Bugun ikkinchisini munosabati bilan oxirgi bir yillikni xulosasini qilaman. Shularni qisqa ko’rinishini sizga ham ilindim)

1. Qarorlaringni insonlar roziligi uchun o’zgartirma. Ularni rozi qilolmaysan. Norozi qilmasang shuni o’zi kifoya.

2. Maqsadlaringni insonlarga bog’lama. Ularni rejasi o’zgarsa sen ham maqsadingni qayta ko’rib chiqishga majbur bo’lasan. Bu esa vaqtingni o’g’irlaydi.

3. Bugun qiyin kunda bo’lsang do’st topishga qulay fursat. Faqatgina qiyin kunlaringda birga bo’lgan do’stlaring, yaxshi kunlaringda ham birga bo’lishga loyiq.

4. Qalbdagi xalovatsizlikni qo’lingdagi ketkazmaydi. Ammo qalbdagi xalovatni qo’ling bilan yo’q qilib qo’yar ekansan. Amallarga xushyor bo’l, qalbga zarba beradi.

5. Insonlarni o’zgartira olmas ekansan. Bunga umringni qurbon qilma. Vazifangni qil, bu esa astoydil eslatish. Natijani bo’yninga olma, egasiga qo’y. Xohlaydiganlar o’zgaradi, qolganlar o’zgaradigandek ko’rinadi.

6. Omading riskni ortida bekinib turadi. Risk qilishga tayyor bo’lsang yutuq chiqish ehtimoli bor. Qila olmasang hammasi joyida. Ha hammasi o’sha-o’sha.

7. Ko’rinish taqvo belgisi emas, ko’p gapirish ilm belgisi emas, qasam rostgo’ylik belgisi emas, kamtarlik ojizlik belgisi emas, hashamat boylik belgisi emas, sukunat ilmsizlik belgisi emas. Odatda bular aksi ekanligini ko’rdim.

P.s
Ha aytgancha, bugun hijriy 1446-yilning birinchi kuni ham ekan. Bu bilan barchani tabriklayman.

@javokhir_toshpulatov
Qonun buzuvchilar sifati

Qonunlarni shu qonunni buzadiganlar yoqtirishmaydi. Amal qiladiganlarga esa bu qonunlarni chiqishi kamida ahamiyatsiz. Ko’p holatda esa ular bu qonunlar tarafdori bo’lishadi.

Kamera va radarlarni yo’l qoidalarini ko’p buzadigan haydovchilar yoqtirishmaydi.

Bir maktabda ustozlardan imtihon olinishi e’lon qilindi. Buni noo’rin deb bilganlar natijalari past, qarshi bo’lmaganlar natijalari esa maksimal chiqdi.

Markazim o’quvchilari uchun sababsiz vazifa qilmaganda, darsga kech qolganda va dars qoldirganda beriladigan jazolar ro’yhatini tuzdim. Bunga e’tiroz bildirgan o’quvchilar yil davomida shu xatoni takrorlaganlar bo’ldi.

Bir adekvat fikrlaydigan o’quvchidan Maktabi kamchiliklari haqida so’radim. Javob “telefonni jiddiy cheklamasligi” dedi.

Bu o’quvchilar aytadigan kamyob javob. Sababi u qizning o’zi telefondan deyarli foydalanmasdi. Ko’p foydalanganda esa bu javobni bermasdi.

Misollar kòp..

Qonunlarni o’rinsiz ekanini isbotlashga harakat qilayotgan insonlarni ko’rib qonun buzuvchi insonlarni bir qismi shular ekanini bilib olishingiz mumkin.

@javokhir_toshpulatov
Qayerga kirgani muhim

OTMlar reytingi o’z bitiruvchilarini necha foizi ishga joylashganligiga qarab belgilanadi.

4-kursman. Diplom olishim kerak. Dekanat mendan ishga qabul qilinganlik haqida hujjat olib kelganimdan keyin diplom berilishini aytgan.

Ishga borsam esa avval diplom olib kelishimni so’ragan. Mantiqan bunisi to’g’ri.

Hullas bir amallab diplomsiz ishga joylashdim. Maqsad ishlash emas, diplomimni olish.

Keyin tushundim. Shu ta’lim sifati bilan bizni universited qanday qilib 2-o’ringa chiqib qolganini.

Ustoz va maktab tanlayotganda ham shunaqa. Ularni nechta bitiruvchisi kirganiga qarab emas qayerlarga kirganiga qarab tanlagin.

@javokhir_toshpulatov
Harakat sifatini ochayotgan adolat

Imtihon natijalari chiqishni boshladi. Natijalardan kimdir xursand yana kimlardir hafa.

Yomon natijalarga kimlardir savollar qiyinligini sabab qilib keltirsa yana kimlardir omadsizlikni keltiradi. Ba’zilari esa adashib belgilab yuborganini..

Bu sabablarni eshitib soddalarni yig’lagisi keladi. Aqillilarni esa kulgisi.

1. 1996-yilgacha suhbat va yuzma-yuz yozma imtohonlar bo’lgan.

2. 2012-yilgacha shpargalkalar 100% chiqqan.

3. 2016-yilgacha o’quvchilar o’zlarini ustozlari bilan bellashishlariga to’g’ri kelgan. Ya’ni paravozlar bilan.

2017-yildan boshlab o’quvchilarning ilmga himmati va harakati deyarli to’liq ochilishni boshladi.

Bugunga kelib esa ularga hech qanday uzr qolmadi. Chunki paravoz, shpargalka va yuma-yuz imtihonlar yo’q.

15 kunlab imtihonning youtubeda savollar tahlili, o’nlab kuchli ustozlarning mediada tekin darslariyu, Imtihonda formulalar berilishi va ballarni pastligi.

Yakunda to’kilayotgan ko’z yoshlar esa, ustozlar tomonidan ko’plab ogohlantirishlarga qaramasdan yillab sarflangan bekorchi vaqtlar uchun badal.

Achinishga arziydigan insonlar ham bor. Bular bor resurslarini farzandini o’qishiga tikib yakunda natijasiz qolayotgan ota-onalar.

To’g’risi faqat shularga achinaman..

@javokhir_toshpulatov
Bolalarga zulm qilmang

Ko’chamizda bir odam bo’lardi. Bolalarni ko’rsa erkalatish fonida qattiq qiynardi. 15 yildan keyin yaqinda ko’rdim. U menga yaxshi muomila qildi men esa yuzaki so’rashdim.

To’p o’ynashni boshlashimiz bilan bizni uylarini oldidan hech qanday tushuntirishlarsiz xaydab yuboradigan 4-5 ta qo’shnim bo’lgan.

Biz qo’rqqanligimiz uchun noroziligimizni ayta olmasdan ketardik. Chunki ko’cha bizniki ham edi..

Hozir yaxshi muomila bilan so’rashishsa ham ichimda bizni xaydab yuborgan zolim sifatida akslanib turishadi.

Maktabda jismoniy tarbiyadan erkak ustoz bo’lardi. Qizlarni oldida o’g’il bolalarni qattiq uyaltiradigan jazolar berar edi.

Biz katta sinf bo’ldik. Kuchlar tenglashdi. Endi bizga qilayotgan yaxshi muomilasi uni hurmat qilishimiz uchun allaqachon kech edi.

Kichkina bolasini hammani oldida kamsitayotgan, ularga kuch ishlatib qilib bo’lingan xatosi uchun jazo berayotgan ota-onalardan norozi bo’laman.

U xatosini bilmayaptiku huddi o’zi ham tarbiya masalasida hozir bilmasdan xato qilayotgandek?

Xulosa

1. Bolalarga yaxshi muomila qiling(Bu sunnat ham). Xatolarini tushuntiring. Ulardan hozirgi darajangizdagi harakatlarni talab qilmang.

2. Bolalar kichikligida ularga qilingan qo’polliklarni kechirishi mumkin lekin katta bo’lganda ham unutishmaydi.

@javokhir_toshpulatov
Unitilayotgan ne’matlar

Ne’matlardan mahrum bo’lganingda qanchalik muhim ekanligini anglashni boshlaysan.

O’zingda yo’q narsa doim muhim, bo’lganlari esa shunday bo’lishi ham kerakdek ko’rinadi.

Daraxtzor tabiat, oqib turgan daryo va baland tog’lar qadrini o’sha yerda yashovchilar emas shu tekin manzara uchun pul to’lab keladigan toza havoga muhtoj insonlar biladi.

Solih farzandni noqobil farzand o’stirganlar yoki farzandsizlar, tirik ota-ona qadrini ulardan ajralganlar yaxshiroq bilishadi.

Umuman hamma-hammasida..

Ne’mat berilgan bizdan ko’ra bizga berilgan ne’matdan mahrum bo’lganlar yaxshi bilishadi.

Islom, vaqt, hotirjamlik va sog’lik. Bular bizga berilgan bebaho qiymatdagi ne’matlar.

Bularni qadrlashimiz uchun yo’qotish shart bo’lmasin. Sababi ushbu yo’qotishlar qaytib tiklanmaydigan talofat keltiradi.

@javokhir_toshpulatov
Rad javobidan qo’rqma

Inson yechimi o’ziga bog’liq bo’lmagan muammolarga duch kelganda depressiyaga tushadi.

Shu vaziyatdagi insonlarga keskin burilish uchun ham eng qulay vaqti aynan shunaqa payt.

Huddi, kuchli asarlar hayotiy og’riqlari kuchli insonlar tomonidan yozilganidek.

Oxirgi 2 yilda o’zim loyiq deb hisoblagan ko’plab takliflarimdan rad javobini oldim.

Avvaliga o’zimni to’liq loyiqdek ko’rardim. Rad javoblarini tahlil qilsam, o’zimga yuqori baho berganimni tushundim.

Bu avvaliga biroz depressiya chaqiradi. Vaqt o’tkandan keyin esa rad javobidan qo’rqmay qolarkansan. Bu esa seni kuchliroq qiladi.

Qarshingdagi insonlarga seni sen haqingdagi fikring emas o’zlarini sen haqingdagi fikri muhim.

Xulosa

Takliflaringni berishda “Yo’q” degan javobdan qo’rqib ortga surma. Sababi:

1. Muhim takliflarda rad javobining ehtimoli rozilik ehtimolidan doim yuqori bo’ladi.

2. Yo’q degan javobni olgan taqdiringda ham harakatingni 2x qilish uchun zo’r mative aynan shu.

@javokhir_toshpulatov
O’zgargan yo’nalish

Bugundan boshlab kanalimni yangicha formatda aktive yuritishni boshladim. Ya’ni:

• Yana komment va reaksiyalar yoqildi(aktivroq bo’lib berasizlar).

• Ta’lim, tarbiya, o’zim muhim deb o’ylagan va oz bo’lsa ham xabarim bor mavzularda postlar(doimgidek).

• Jamiyatga foydasi tegayotgan, o’rganish mumkin bo’lgan hislatlari ko’p bo’lgan va men shaxsan taniydigan insonlarim bilan jonli audiochatlar.

• O’zim muhim deb hisoblagan va sizlarga ham foydasi tegishi mumkin bo’lgan voqeliklar haqida yozma, ovozli va video ko’rinishida qisqa xulosachalarni yoritib boraman.

Bir kuchli inson bilan Xuftondan keyin ko’rishdik va 2 soatdan ortiq suhbat qilibmiz. Suhbatning foydasi ko’pligidan sizlarga o’zlaridek yetkazib bera olmasligimni tushunib, davomini kanalimizda qilishni iltimos qildim. Rozi bo’ldilar.

Tez kunda o’sha inson bilan kanalimizda jonli suhbat qilamiz. Izohlarda tahmin qilib ko’ringchi u kishi qaysi soha vakili deb o’ylaysiz?

@javokhir_toshpulatov
Kelishuvdagi 8 ta qoida

Xususiy maktabga ishga kirayotgan o’qituvchilarga aniq kelishib olishi kerak bo’lgan 8 ta eng muhim jihatlar.

1. Asoschining o’zi asosiy fondagi odam bo’lsa fikrlarini chetdan ham eshitish imkoningiz bor. Bu bilan qiziqing va qadriyatlaringiz o’xshash bo’lsin.

2. Maktab priroritedlarida nima yuqoriligini so’rang. Natija, tarbiya, o’quvchi soni(biznes) va h.k. Qadiryatlar shu joyida to’qnashadi. Mos tushmasa uzoq ishlay olmaysiz.

3. Sarflagan vaqtingizga qarab emas o’tayotgan dars soatingizga qarab maoshni kelishing. Aks holda zimmangizdan tashqari ishlar yuklab qo’yiladi.

4. O’qituvchiga 1 ta dars uchun to’lanayotgan o’rtacha maosh o’quvchi to’layotgan oylik to’lovning 1.8–2.4% ini tashkil qiladi. Tajribangiz va berayotgan qiymatingizga qarab yuqoriroq so’rayvering.

5. Agar to’liq dars(40 soat) olmasangiz darslaringiz orasida bo’sh vaqt(akno)larni qo’ymasliklarini so’rang.

6. Dars soati bo’yicha hisoblashilganda ba’zi oylarda maoshingiz 30-40% kam chiqadigan oylar bor(Yanvar va Mart). Shu oylarda maoshni boshqacha hisoblanishini so’rang.

7. Maoshingiz qaysi kunda berilishini aniq kelishib oling. Eski hodimlardan tanishlar bo’lsa ulardan ham so’rab qo’ying. Yopilmagan moliyaviy ehtiyojlar darslaringiz sifatiga ta’sir qiladi.

8. Yil yakunidagi ta’til pullarini ham aniq kelishib oling. Bu o’rtacha so’ngi oyning 50-100% gacha to’lanadi. Agar kelishuv qilmasangiz berilmay qolsa yozda kamida 2 oy ishsiz bo’lganda qiynalasiz.

Kelishuvni boshidan mukammal qiling. Shunda yil davomida fokusingiz kompaniya bilan bog’liq muammolarga emas o’quvchilarni rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi.

P.s
Bular men vaqtida e’tibor bermaganim uchun afsuslangan va amal qilib foyda topgan qoidalarim. Sizda yana qandaydir maslahatlar bo’lsa izohlarda kutamiz)

@javokhir_toshpulatov
Maktab tanlash

Xususiy maktab tanlashda e’tibor berilishi muhim bo’lgan, men biladigan 6 ta jihat.

1. Maktab asoschisi backgroundiga qiziqing. Ta’lim pozitiyasida kamida 5 yil faoliyat yuritgan bo’lishi kerak. Ta’limda faoliyat yuritmagan inson ustozlarni ham o’quvchilarni ham to’g’ri his qila olmaydi.

2. Ta’limda o’tgan o’quv yili yaxshi natijaga erishgan bo’lsayu yangi o’quv yilidan ustozlarning 30%–50% almashayotgan bo’lsa nimadir muammo borligini bildiradi. Garchi sabablar maktab foydasiga ekanligi ko’rsatilsa ham.

3. Bitiruvchilar natijalarini so’rang. Natijalarga haqiqiy bahoni kirgan OTM lari soniga qarab emas qayerlarga kirganiga qarab belgilang.

4. O’rta sinf(5–9-sinf) o’quvchilari uchun o’tkan yilgi natijalarini, sertifikat olganlarni so’rang. Odatda bunday yoshdagilar natija uchun muhim hisoblanmaydigan o’quvchilardek qaraladi.

5. Narx, muhit, ta’lim, taom, tabiat, masofa. Shu ketma-ketlik o’rnini almashtirmang. Xususiy maktabga o’qitishni niyyat qildingizmi masofasi birinchi o’rinda bo’lmasin. Maktab transportlari bo’ladi. Arzimagan kunlik soatlarni tejayman deb farzandingiz yillarini yutqazmang.

6. Xususiy bo’lsa ham saralab oladigan va yil davomida xulqi yomonlarni chetlatib turadigan maktabga bering. Saralanganlar orasida o’sish bo’ladi. Muhit yaxshi bo’ladi. Ustozlar doim o’zini ustida ishlashga majbur bo’ladi.

Barchasiga tushadigan maktab topdingiz deylik. Lekin o’zingiz ham farzandingiz uchun vaqt ajratmasangiz natija nolga tengligicha qolaveradi.

@javokhir_toshpulatov
Sotib olishga arzigulik belgilar

Instagramga kirsam chiqayotgan 10 ta reelsdan 8 tasi menga nimadir sotish maqsadida qilingan kontentlar bo’ladi.

SMM hizmatlari, til kurslari, o’quv markazlar-u shunga o’xshash boshqa hizmatlar.

Og’riqlar gapiriladi, 2-3 ta natijaga erishganlar ko’rsatiladi, muammolarga yechimni faqat o’zlari bera olishi mumkinligi singdiriladi va tugallanmagan yechim beriladi.

Puxta o’ylangan marketing strategiyalar orqali harid qilishga majbur qilinadi.

Bundan muammo yo’q. Faqat shu mahsulot va hizmatni taklif qiluvchilar shunga loyiq ekspertlar bo’lishsa albatta.

Shunga o’xshash hizmatlardan o’zimga harid uchun yoki yaqinlarimga tavsiya qilishimga arzishini quyidagi kriteriyalarga qarab aniqlayman.

1. Shu hizmatdan foydalanib natija ko’rganlar soniga emas ularni foiziga qarayman.

(Natijalar soni : Jami haridlar soni) • 100%

Sonlar aldaydi, foizlar haqiqiy bahoni beradi.

2. Taklif qiluvchini shu hizmatdagi tajribasini tekshiraman. Tajriba vaqt va shaxsiy natijasi bilan o’lchaladi.

I. Sotayotgan hizmati bo’yicha qancha vaqt shug’ullangan. To’layotga pulim vaqtni yutish uchun. Demak shu vaqtni bosib o’tgan bo’lishi kerak.

II. Men olmoqchi bo’lgan hizmatdan menga ko’rsatib bera oladigan shaxsiy natijasi qanday. Masalan: English teacher bo’lsa shaxsiy score qanday.

Faqat sotish uchun yig’ilgan “tajriba” asosan teoriya bilan to’ldirilgan bo’ladi. Amalda ishlamaslik ehtimoli yuqori.

@javokhir_toshpulatov
Ota-onalar

12 yoshgacha bo’lgan bolalar o’limining 57%iga ota-onalarning o’zlari sabab bo’lishar ekan(“Hissiy Intellekt” kitobidan).

Ota-onalar bilan suhbat natijasida esa tarbiya berishdagi xato yo’llar o’limning aksar qismiga sabab ekanligi aniqlangan.

Bilmaslik ayb emas. Bilishga harakat qilmaslik ayb. O’rtacha 99,5% ota-onalar farzand tarbiyasiga oid birorta ham kitob o’qishmas ekan.

Bola 3 yoshgacha qizg’anchiq bo’lsa gendan o’tgan, undan keyin qizg’anchiq bo’lsa tarbiya natijasi. Har ikkisidayam ota-ona sababchi.

Qolgan muammolarida ham ilk javobgar o’zlari. Sabab vaqt ajratmaslik, eshitishni bilmaslik, muhitini to’g’ri tanlab bermaslik, islohni o’zidan boshlamaslik va h.k

Bog’cha, maktab, OTM ota-onalar bermagan ta’limni va to’g’ri muhitni berishi mumkin. Fundamental tarbiyani berish esa ota-onaning o’ziga qolaveradi.

@javokhir_toshpulatov
Yolg’on haqiqat

1. Shunday ishlar borki, ularni qilmaslik uchun istalgancha sabablar bor va qilish uchun bitta sabab yetarli.

2. Yana shundaylari ham bor, qilish uchun ko’plab sabablar bor lekin qilmaslik uchun bitta sabab bo’ladi.

Bu ikkisidan o’zini foydasini ko’zlab boshqani zarariga e’tibor bermaslikda foydalaniladi.

Hozirgi rohatni ko’zlab, oxiratda qiyin ahvolga qolishni bilganda foydalaniladi.

Bu ikkalasi bilan atrofdagilarni shu qadar aldaymizki, bu yolg’onga o’zimiz ham ishonamiz.

Atrofni biroz kuzating, ko’pchilik nohaqlar shu ikkisini biri bilan vaziyatdan chiqishga urunayotganini ko’rasiz. O’zingiz ham.

Natijasi nafsingizga yoqmasa ham, shu ikalasini o’zingizni foydangizga ishlating.

Ya’ni foydali ishlar uchun birinchisini, zararlilari uchun esa ikkinchisini.

@javokhir_toshpulatov
Ayolim ilmli bo’lmasa qizlarimga qiyin.

Onaga sirini aytsa, ona eriga aytadi. Dada jahldor. Kuch faqat qiziga yetadi. Qiz endi oilasidan boshqa hammaga sirini aytadi. Aldanish esa shu kundan boshlanadi.

“Sendek paytim” dan boshlaydi. Maqsadi bilan qiziqmaydi. Go’yoki hayot faqat uy ishlaridan iborat. Bilmaydiki maqsadli kuyovlar uchun uy ishlari ikkinchi darajali. Ilm esa oliy o’rinda.

Maktab tugashini kutmasdanoq aqilli amma xolalar kuyov topadi.O’zini qizi erga tegsa uni qizi yaxshi, mening qizim qolib ketayotgandek. Shoshqaloq ayolim shoshadi va har kuni qizimni maqsadidan chalg’itib yo’q erni eslatadi.

Bollar bilan gaplashganini sezsa nomus haqida gapiradi. Lekin surishtirsa o’tirib bir daqiqa dildan gaplashmagan. Gaplashishni bilmaydi, ilm o’qitmaydi lekin solishtirish bo’yicha mutaxassis. Surishtirsa solishtirayotgan tengdoshlar onalari qizim onasidan ancha ilmli.

Telefon ishlatishidan noliydi, o’zlari qolishmaydi. Jahl chiqsa og’ziga kelganini aytadi. Bir past turib yalinib kechirim so’raydi. Qo’pollik qilish birinchi xato orqasidan yalinib kechirim so’rash ikkinchi xato. 3-xato aybni yuvish uchun erkalatish.

Xullas ayolim ilmli bo’lmasa qizlarimga qiyin ekan..

Xulosa

Qizlarni o’qitinglar.. ilmli ayollarga ummat muhtoj.

@javokhir_toshpulatov
Amalda ko’rsating

O’qituvchi bo’lsak o’quvchilarimiz, ota-ona bo’lsak farzandlarimiz bizni gaplarimizni emas amallarimizni olishadi.

1. Hurmat qilishlarini xohlasangiz ularni ham va kamida ularni oldida hammani hurmat qiling. Hurmat qilgan insonlarimizga istalgan narsani oson beramiz.

2. Rost eshitishni xohlasangiz doim rost gapiring. Ularga ham ular guvohligida boshqalarga ham. Yolg’on bilan himoyalangan bolalarni muammolaridan kech xabar topasiz.

3. Qat’iyatli bo’lishlarini xohlasangiz, o’tmishingiz haqida emas bugun erishayotganlaringizni ko’rsating. Bolalardagi qat’iyat istalgan bilim yo’lidagi kamyob va asosiy qurol.

4. Gapingiz quvvatli bo’lishini xohlasangiz va’da berganingizda bajaring. Jazoda ham mukofotda ham. Nafslarni tarbiyalashda asosiy instrument gapdagi quvvat.

5. Havas qilishlarini xohlasangiz erkin hayotda ekaningizga guvoh bo’lishsin. Bolalar havas qilgan insonlariga ergashishadi. Hammamizni erkinlikka tabiiy moyilligimiz bor.

P.s
Menga foydasi tekkanlaridan hozir esimga kelgani shular bo’ldi. Yana kelib qolsa keyingi beshtalikni yozarman)

@javokhir_toshpulatov
Qilib ko’ravering

5-sinfgacha kickboxga borardim. Chempionlik orzusi bilan yashaganman. Musobaqa oldi og’ir trenirovkalar boshlangan. Tashab ketganman.

8-sinf yozgi ta’tilda muzqaymoq sehda 2.5 oy ishladim. Eng kichigi va erkasi men edim. Bir kuni kattalar qiladigan ishga buyurishdi. Erkalikdan tushganim menga yoqmadi. Ishni to’xtatdim.

9-sinfgacha futbolga borganman va futbolchi bo’lish orzusi bilan yashaganman. O’sha yoshdan og’ir mashg’ulotlar boshlandi. Chidolmadim, kettim.

9-sinf oxirida moshina serviceda ishlamoqchi bo’lganman. 1-kun yoqqan. 2-kuni “Bo’ldi, katta ustaxona ochaman” degan maqsad qo’yib, 3-kuni kuluch topa olmaganim uchun gap eshitganman. Tashlab ketganman.

Kollejga o’tdim. Kimyo texnalogiya yo’nalishi. Matematika o’qishni boshladim. 1 yil hech narsani tushunmaganman. 9 ta ustoz almashtirganman. Menga biroz signal kelardi, “negadir tashlamayapman, balki shudir kelajagim”

Universitedga kirdim. 1.5 yil web dasturlash bilan shug’ullandim. Hammasi yaxshi edi, oyliksizlikni aytmasa. Pul bermayapti, nima qilaman ishlab. Bu sohadan ham kettim.

2-kursimni yarmi. Dars o’tishni boshladim. 1 ta o’quvchi oldim. Oylik to’lov 30 ming so’m. 1 oy o’tdi, pul berish kuni keldi. 30 minglik planlarim bor edi. Pul berilmadi, darsni to’xtatdi. Qarasam dars o’tishni tashlamadim, yana dars o’tgim kelyapti.

Haaa, demak shu ekan soham. O’shanda 21 yosh edim. Hech qachon afsuslanmayman, yuqoridagi sohalardan ketganim va o’qituvchi bo’lganim uchun.

Qaysi soha sizniki ekanligini bila olmaysi
z toki qilib ko’rmaguningizcha. Qilasiz, qiynalasiz lekin tashlagingiz kelmaydi. Majburlikdan emas, uni og’riqlari bilan yoqtirishni bosaysiz. Shu soha sizniki.

Xulosa

1. Ota-onam hech qachon maqsadlarimga to’siq qo’yishmagan. Farzandingizga qilib ko’rish uchun imkon beravering.

2. Kimdir qildi zo’r bo’ldi, o’shani qilsangiz siz ham zo’r bo’lasiz degani emas. Aldanmang(ayniqsa instagramga)

3. 25 yoshgacha topasiz, qilib ko’ravering. Tashlamadingizmi o’sha sizniki. Ortga surishga sabab qidirmang.

@javokhir_toshpulatov
O’quvchilar bilan gaplashing

Maktabda darsdan tashqari vaqtlarda o’quvchilar bilan suhbatlashishni yoqtiraman. Gapirishni emas faqat ularni eshitishni.

Suhbat boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan yana ham samimiy bo’ladi. Tanimasam ismini so’rayman. Nechinchi sinfligini, maktab haqida fikrini so’rayman.

Qaysi fan qiziqligi, nima uchun qiziqligini so’rayman. Qaysi fan zerikarli va nima uchun zerikarliligini so’rayman.

Ular esa o’zlarini eshitadigan kam sonli kattalarga jon deb barchasi haqida gapirishadi. Shunchaki eshitib berganim uchun ular bilan yaqin bo’lamiz.

Qachondir shu o’quvchilarga darsga kirsam aynan ular darsimdagi eng faollari bo’lishga harakat qilishadi.

Ular bilan suhbatlashish orqali ko’p narsa o’rganaman. Ayniqsa boshqa ustozlar obrazida o’zimni o’quvchilarim menga ayta olmaydigan xatolarimni ko’raman.

Ular fanni baholayotganda fanni emas aslida ustozni baholayotgan bo’lishadi. O’quvchilar uchun fan bu ustoz.

@javokhir_toshpulatov
2025/07/01 03:37:37
Back to Top
HTML Embed Code: