Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Darslar davom etadi!

Yaqin kunlarda keyingi darsimizni chiqarish niyatimiz bor. Videoda aytilgan kanal: @texnosar_uz

@kadirovDev
Yana "Zapret"!

Skype, VKontakte va yana bir qancha servislar bloklandi. Nima emish, ular bizning ism familiyamizni O'zbekiston hududida saqlamas ekan!

Bu bahona bilan istagan servisni yopish mumkin. Keyingisi kim bo'ladi? Google? Youtube? Facebook, yoki Telegram?

"O'zkomnadzor"ning akasi, "Roskomnadzor" huddi shu qonunni chiqargandi, 5 yilcha oldin. Hech narsa qo'lidan kelmadi, biror gigant kompaniya ma'lumotlarini Rossiyaga ko'chirgan emas.

Ko'chirmaydi ham. Yana o'zimizcha hayron qolamiz, "Nega dasturchilarimiz ketib qolayapti?", - deb. Pul uchun emas do'stlar, O'zbekistonda yaxshigina daromad topish mumkin. Lekin hech kim "Shimoliy Koreya"da yashagisi kelmaydi!

@kadirovDev
Keyingi darsimizning matni tayyor bo'ldi.

Yozilgan kodlarni tekst variantida tushunish osonroq. Shuning uchun ham, video tayyor bo'lguncha, darsning tekst variantida o'qib, o'rganib turishingiz mumkin.

Ushbu dars orqali Bootstrap freymvorkini o'rganasiz.

Maqola bu yerda - http://myblog.uz/2021/07/14/9-bootstrap-3-qism-veb-dasturlash-kursi/

@kadirovDev
#text #veb_dasturlash_kursi
YouTube uchun biz endi yo'qmizmi?

O'zbekiston internet gigantlarga - ular ma'lumotlar omborlarini O'zbekistonga ko'chirishmasa, bizning hududda ishlay olmasliglarini bildirib xat yuborgan edi.

Bir nechta servislar allaqachon bloklandi. Buning ortidan Youtube O'zbekistonni davlatlar ro'yxatidan chiqarib tashlaganini eshitdim. Ishonmay kanalimga kirsam, rostan ham "Davlatsiz" bo'lib qolibman.

Qarangki, YouTube uchun O'zbekiston endi davlat ham emas. O'zbekiston fuqarosi bo'la turib, o'zbek tilida darslar tayyorlab, kanal davlatini esa "Rossiya" deb ko'rsatishga majbur bo'ldim. Davomi nima bo'ladi? Skype, Vkontakte, Twitter, Tik-Tok ortidan YouTube ham yopiladimi?

Dunyoning 3 dan bir qismi foydalanaydigan bu platforma eng sara bilimlarga ega kutubxonaku!

Halqimizni internetdan chegaralash uning ma'lumot olish huquqini cheklash deb bilaman.

Deputatlardan "Shaxsiy ma'lumotlarni O'zbekiston hududida saqlash" haqidagi qonunni bekor qilishlarini iltimos qilaman!

@kadirovDev
Yaqinda Rossiyaning eng zamonaviy banki - Tinkoff'ning dasturini yaratuvchi shogirdim bilan intervyu uyishtirmoqchiman.

Unga 3 yilcha oldin dasturlashni o'rgatgan edim. Undan so'ng qanaqa qiyinchiliklarni ko'rdi, nimalarni o'rgandi va shunga o'xshash savollarni bermoqchiman. Sizdan ham shogirdim uchun savollaringizni izohlarda kutib qolaman.

Tinkoff banki haqiqiy IT bank hisoblanadi. Bank haqida bu yerda maqolamni o'qishini maslahat beraman

@kadirovDev
Izohlarda ko'pchilikka bir hil javob bermoqdaman

Chunki 80% odam bir hil savol berishmoqda. Eslatib o'tmoqchiman, bir qancha vaqt oldin MyBlog.uz saytida ko'p uchraydigan savollarizga javob bergan edim.

Agar o'qimagan bo'lsangiz albatta ushbu maqolani o'qing. Maqolada dasturlashni o'rganish uchun nimalar qilish kerakligi - qadamma qadam aytib berilgan. Undan tashqari "ingiliz tilini bilish shartmi?", "Qanaqa kompyuter kerak bo'ladi" va boshqa ko'plab uchraydigan savollarga javob berilgan.

Maqola: https://myblog.uz/2021/02/01/dasturlashni-organayotganda-kop-uchraydigan-savollarga-javob/

@kadirovDev
Forwarded from PDP Academy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ish topish siri

"Sen bu ishni qila olmaysan", "Qo'lingdan kelmaydi", "Bu ishga aqling yetmaydi" singari insonga negativ emotsiya beruvchi jumlalar aslida ko'plab insonlar hayotini tubdan o'zgartirib yuborgan.

Navbatdagi PDP Event loyihamiz qahramoni yuqoridagi vaziyatga yaqqol misol bo'la oladilar; 15 yillik tajribaga ega dasturchi, IT park rezidenti, bir nechta xorijiy kompaniyalarda ish olib borgan tajribali mutaxassis Akmal Qodirov bilan bo'lib o'tadigan suhbat bo'lajak dasturchilarimiz uchun manfaatli bo'lishiga ishonamiz.

πŸ—“Tadbir sanasi: 31-iyul, Soat 17:00da

Manzil: Shayxontohur tumani, Beruniy ko'chasi, 3A.
Mo'ljal: Chorsu, Florensiya to'yxonasi ro'parasida.

☎️ (78) 777-47-47
πŸ‘©β€πŸ’» Eventga ro'yxatdan o'tish πŸ‘‰πŸ» @PDPSupportBot

Kanalga ulanish πŸ‘‰πŸ» @pdpuz

Website | Instagram | Youtube| TikTok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shogirdim Otabek Taganov bilan #suhbat

Otabek Taganov Umumiy dasturlash teoriyasini mendan o'rganib, Java tilini esa mustaqil internetdan o'rgangan. Hozirda yosh va ajoyib dasturchilardan biri.

Tinkoff 2020 yilda dunyoning eng zo’r mobil banki deb topildi (Global Finance β€” Best Digital Bank Award 2020). Bunga shogirdimning ham hissasi borligidan hursandman.

Suhbatimiz premyerasi ertaga, 2-avgust soat 19:45 da bo'ladi. Hammangizni tomosha qilishga taklif etamiz!

Video - https://youtu.be/n2EfOLbbxng

@kadirovDev
MyBlog.uz | Instagram | YouTube | Vk.com
Shogirdim Otabek Taganov bilan suhbat

Premyeraga 15 daqiqa qoldi. Hamma tayyormi? Video - https://youtu.be/n2EfOLbbxng

@kadirovDev
MyBlog.uz | Instagram | YouTube | Vk.com
Menimcha bu eng zo’r server ijarasi

MyBlog.uz saytida nafaqat mening ma'qolalarim, balki boshqa ko'plab dasturchilar ma'qolalari chiqadi. Misol uchun bir qancha vaqt oldin Abdusamat Solijonovning "Menimcha bu eng zo’r server ijarasi" nomli ma'qolasi hozirgacha aktual. Kim hosting, VDS va umuman web dasturi ishlashi uchun platforma qidirayotgan bo'lsa - ushbu maqolani maslahat bergan bo'lardim.

Ma'qola - https://myblog.uz/2019/11/30/menimcha-bu-eng-zor-server-ijarasi

@kadirovDev
MyBlog.uz | Instagram | YouTube | Vk.com
Ish topish siri #video

Ko'pchilik 2-3 marotaba ish suhbatidan o'taolmagach, dasturlashdan ko'ngli qolib - tashlab ketadi. Yaqinda PDP Event loyihasiga mehmon sifatida taklif qilishdi. Aynan ish topish mavzuda chiqish qildim, ko'pchilikka foydalik ma'lumotlar, maslahatlar berishga harakat qildim. Umid qilaman sizlarga ham yoqadi.

Video - https://youtu.be/LTJ9s0Rf5CY

@kadirovDev
MyBlog.uz | Instagram | YouTube | Vk.com
PHP eskirgan, JS eng rasvo, Java o'lik, Python esa umuman aqli zaiflar tili

Men ko'plab shunga o'xshagan xatlarni olaman. Barcha tillarni yomonlashganlarii uchun, odamlar qaysi tilni o'rganishlarini bilmay qolishadi. Ularga bir gap aytmoqchiman:

Dunyoda ikki hil til bor:
1. Barcha so'kadigan tillar
2. Hech kim ishlatmaydigan tillar

@kadirovDev
MyBlog.uz | Instagram | YouTube | Vk.com
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbeklar hozir dunyoning har burchagida bor.

Barcha shogirdlarimga minnatdorchilik bildirmoqchiman!

@kadirovDev
MyBlog.uz | Instagram | YouTube | Vk.com
Esingizdami Saidbek Arislonov bilan suhbat qilgan edik?

O'sha paytda bir-birimiz bilan virtual tanish edik. Bugun vanihoyat bevosita ko'rishib ancha suhbatlashdik. U juda ham samimiy inson, kim o'sha paytdagi suhbatimizni ko'rmagan bo'lsa - albatta ko'rishni maslahat beraman: https://youtu.be/gJMO6E1w4ec

@kadirovDev
MyBlog.uz | Instagram | YouTube | Vk.com
Forwarded from MohirDev.uz
​​Mohirlar "Meet -up"ni o'tkazib yubormang!

Toshkent shahridagi Inha Universiteti o'quv binosi uchrashuvlar zalida bo'lib o'tadigan "Meet-up"ga barchani taklif qilamiz.

Uchrashuv speaker'lari: 
πŸš€ Injinering, dasturlash sohalarida ko'p yillik tajribaga ega
πŸš€ Ta'lim sohasida ko'p yoshlarga ustoz bo'lishga ulgurgan
πŸš€ Freelancer/out-staff/out-source yo'nalishlarda yetakchi kompaniyalarni boshqarib, faoliyat yuritib kelayotgan
πŸš€ Ko'zga ko'ringan yirik tashkilot, kompaniyalarda mehnat faoliyatini olib borayotgan Saidbek Arislonov , Zafarbek Ibrohimov va Akmal Kadirov - lardir

Bu uchrashuvdan ko'zlangan maqsad, yoshlarga, endigina dasturlash sohalariga kirib kelayotgan injinerlarga o'z kasbiy yo'nalishlarini topishda yordamchi bo'lish. 

Meet-up 09 - Sentabr 15.00da Toshkent shahridagi Inha Universiteti uchrashuvlar zalida bo'lib o'tadi. 

Joylari soni cheklanganligini inobatga olib. Ro'yxatdan o'tishingiz va o'z joyingizni band qilishingizni so'rab qolamiz.

Ro'yxatdan o'tish uchun link https://forms.gle/WpP1DRTeqhRjDyyc7

Eslatma o'rnida! Ro'yxatdan o'tkaningizdan so'ng, 9-Sentabrgacha pochta manzilingizga "e-Ticket" yuboriladi. 

Barchangizni Meet-up'da kutib qolamiz!

Telegram | Youtube | Facebook
40 000 kishi bo'libmiz YouTube kanalimizda.

Bu juda yaxshi xabar. Demak odamlarda dasturlashga bo'lgan qiziqish ortmoqda. Aytgandek, telegram va instagramdagilar, yetishib-yetishib yuringlar :)

@kadirovDev
MyBlog.uz | Instagram | YouTube | Vk.com
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shogirdlar olib, ularni 0 dan o'rgatib, praktikada ularga real loyihalar berishimni bilasizlar.

Ularning kodiga aralashmayman. Bir qator ham kod yozmayman. Lekin o'rgatib turaman. Shunaqa praktikumlar natijasida paydo bo'lgan loyihalardan biri: boshqar.com

Bu dastur orqali mahsulotlarni boshqarish mumkin, omborda qancha mahsulotlar qolgan, kimga qancha sotgansiz, kimga qarzga, kim esa qarzini uzganligi, o'zingiz qachon va qanchaga mahsulotlar sotib olganligingizni bilishingiz mumkin.

Do'konlar uchun juda qulay dastur deb o'ylayman. Bu dasturning g'oyasi odamlarning menga "Qog'ozda xisob-kitob qilish jonga tegdi" kabi xatlaridan kelib chiqqan. Ko'pchilikka qulay bo'ladi deb umid qilaman.

Dasturdan istalgan uskunalariz orqali foydalanish mumkin:
Brauzer: Boshqar.Com
Android: Play Marketdan

Ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram: @boshqarCom
Instagram: @boshqarCom
YouTube: @boshqarCom
2025/07/06 06:26:43
Back to Top
HTML Embed Code: