Telegram Web Link
Tashqi migratsiyada yurgan fuqarolar bilan ishlash yuzasidan o‘quv-seminar o‘tkazildi

Bugun, tuman hokimligi binosining majlislar zalida tuman hokimi Xurshid Usmonov, Tashqi mehnat migratsiyasida yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha viloyat hududiy ishchi guruhi a’zolari, tuman sektor rahbarlari, tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlari hamda mahalla mas’ullari ishtirokida tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni xonadonma-xonadon yurib, xatlovdan o‘tkazish va muammolarini o‘rgangan holda ularga amaliy yordam berish choralarini ko‘rish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda mutaxassislar tomonidan mas’ullarga xatlov jarayonlari bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

Qamashi24.uz |Facebook | Telegram |Instagram
Qamashi tumani prokurori B.Bahodirov Balandchayla mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi

Sayyor qabul davomida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglandi.

Qabul davomida qator murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi, shuningdek, qo‘shimcha vaqt talab qiladigan murojaatlarga mas’ullar biriktirilib, ijrosi yuzasidan muddat belgilandi.

Qamashi24.uz |Facebook | Telegram |Instagram
May oyi davomida mahallalarda "Madaniyat va ma'rifat" oyligi o‘tkaziladi

Shu munosabat bilan bugun tuman hokimligida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Qamashi tumani bo‘limi rahbari Shavkat Bekmurzayev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat tuman bo‘linmasi rahbari Sabohat Xudoyqulova va mahallalardagi mas’ullar ishtirokida tadbir o‘tkazildi.

Unda may oyi davomida mahallalarda turli madaniy, ma’rifiy tadbirlar tashkil qilinishi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Shundan so‘ng, 6-sonli musiqa va san’at maktabida tuman madaniyat bo‘limi tomonidan tashkil qilingan konsert dasturi bilan tumanda madaniyat va ma’rifat oyligiga start berildi.

Qamashi24.uz |Facebook | Telegram |Instagram
2024/05/17 22:50:04
Back to Top
HTML Embed Code: