Telegram Web Link
Agar matritsalar haqida avval o'qigan bo'lib, uni nima uchun kerak ekanligini tushunmagan bo'lsangiz, Fikratdagi bugungi ko'rsatuvda matritsalarning qo'llanilishiga bir misol keltirishga qo'ldan kelgancha harakat qilamiz:

https://www.youtube.com/live/do8YPuhI7mA?si=5-A5WYT0ntW9H6T1


@karimraximov
πŸ‘47⚑7πŸ’―6πŸ†2πŸ”₯1
O'zingizga vaqt ajrating!

Men uchun o'ziga vaqt ajratish bu o'zini o'sishi uchun biror ilm o'rganish. Misol uchun sohangiz bo'yicha yangi narsalarni yoki sohangizga kerak bo'ladigan biror ilm yoki bir til o'rganishga vaqt sarflash o'ziga vaqt ajratish deb hisoblayman. Faqatgina ilm oluvchimas misol uchun hunarmand o'z sohasi bo'yicha yangicha g'oyalarni o'rganishi va rivojlanishi uchun vaqt ajratishi bu o'ziga ajratilgan vaqti.

Agar xalqimizni kuzatsangiz bizda juda ko'pchilik o'ziga vaqt ajratmay qo'ygan. Sohasi bo'yicha minimal narsalarni biladi (yoki yetarlicha bilmaydi) va shu bilan kun ko'radi, shaxsiy rivojlanish yo'q. Agar har kuni o'zingizga kamida bir soat ajratsangiz, ishoning bir oylardan so'ng o'zingizda katta rivojlanishni his qilib boshlaysiz. Bu esa sizga ham davlatga ham juda foydali bo'ladi.

Shu o'rinda shogirdlarim va talabalarimga bir narsani aytmoqchiman: bekorchi narsalarga vaqt sarflagandan ko'ra o'zingizga vaqt ajrating vaholanki hozir sizlar uchun asosiy vaqtingizni o'zingizga ajratadigan vaqt. O'ziga vaqt ajratmagan odamga nega men vaqt ajratishim kerak?


@karimraximov
πŸ”₯96πŸ‘54πŸ’―15⚑3πŸ†2
Talabalar uchun Ο€ olimpiadasiga ro`yxatdan o`tish boshlandi!

Hozirgacha 29 ta jamoa ro`yxatdan o`tdi. Ro`yxatdan o`tgan jamoalar:

https://sites.google.com/view/uzmc/royxatdan-otgan-jamoalar

Ro`yxatdan o`tgan jamoa rahbarlari, iltimos endi jamoa a'zolarini ro`yxatini shakllantirib avval ro`yxatdan o`tgan havolaga kirib ro`yxat so`ralgan joyga talabalar ro`yxatini yozishingizni so`raymiz.


Ro`yxatdan hali o`tmagan talabalar jamoa shakllantirib jamoa nomidan bir talaba ro`yxatdan o`tib qolganlar va o`zlarini ham ism shariflari so`ralgan joyga yozishingizni so`raymiz.

Ro`yxatdan o`tish uchun havola:

https://sites.google.com/view/uzmc/royxatdan-otish

@karimraximov
πŸ‘33πŸ”₯7πŸ†3😁1
Agar siz funksiyalar haqida o'qigan lekin "Funksiya o'zi nimaga kerak?" degan savol doim miyangizda aylangan bo'lsa, bugun Fikratda funksiyalarni o'rganish nimaga kerakligini tushuntirib berishga harakat qilaman.

https://www.youtube.com/live/8BJHgA2vxck?si=TAhu06k05w8XRPXD


@karimraximov
πŸ‘69πŸ”₯9πŸ‘1
⚑18πŸ”₯11πŸ‘8πŸ‘2
Matematikani biladiganlar funksiya degan tushunchani yaxshi bilishadi. Funksiya siz o`ylagandek juda oddiy emas shunday funksiyalar borki kichik vaqt oralig`ida qarasangiz na o`sayotgan bo`ladi na kamayayotgan bo`ladi(rasmga qarang). Lekin uzoq vaqt oralig`iga qarasangiz o`zgarishni ko`rasiz. Buni 2 qadam oldinga bir qadam orqaga yoki 1 qadam oldinga 2 qadam orqaga deb tushunsangiz bo`ladi.

Davlatlarda ham shunday har bir vaqt oralig`ida hammasi yaxshi ketayotgandek tuyuladi, lekin umumiy olib qarayotganda cho`kayotgan bo`ladi. Yoki teskarisi cho`kayotgan kabi ko`rinib kuchayayotgan bo`ladi.

Rivojlangan davlatlarda uzoq vaqt davomida grafikda ko`tarilishni asosiy sababi ularda ilm egalari ko`pligi deb o`ylayman. Chin olimlar (diplomi boru ilmi yo`qlar olim emas) millat kelajagini ko`ra oladi, ya'ni umumiy grafikda cho`kib cho`kmayotganligini his qila oladi va millatni to`g`ri yo`lga boshlashga harakat qiladi. Agar shunday olimlar ko`p bo`lsa millat asta sekinlik bilan yuksaladi agar ular soni kam bo`lsa millat cho`kishda davom etadi.

Xo`p ayrim millatlarda haqiqiy ma'nodagi olimlar ko`paymasligini asosiy sabablari nimalar deb o`ylaysiz?

Men ayrim muhim sabablarini bilaman lekin yozsam yoshlar xafa bo`lib qolishadi, axir biz ham pul topib yaxshi yashashimiz kerakku deyishadi, boshqalardan yaxshiroqmizku deyishadi va oxirida toshingni ter ilm qilib millioner bo`ldingmi, mana biz ilm qilmasdan sendan boymiz deyishadi.

Qo`shimcha qilaman boylikni pul bilan o`lchagan millat umumiy grafikda cho`kayotgan bo`ladi.

@karimraximov
πŸ’―94πŸ‘45⚑13πŸ”₯10πŸ‘9
Pi olimpiadasi universitet talabalari o'rtasida bo'lishidan xabaringiz bor. Biz ushbu olimpiadaga maktab o'quvchilarini ham qo'shishga qaror qildik. Faqat 9-10-11-sinflar. Chunki masalalar IMO darajasida bo'ladi, va IMOdagi kabi 2 kun 3 tadan masala.

Bu yil faqat 60tagacha o'quvchiga qatnashishga ruxsat berishni mo'ljallayapmiz. Keyingi yillar balki sonni ko'paytirarmiz.

Tez orada registratsiya haqida ma'lumot beramiz. Balki bitta saralash ham o'tkazarmiz. Hech qanday tijoriy maqsad yo'q.

Maqsadimiz maktab o'quvchilari bilan universitet talabalari, xalqaro darajadagi olimlar, professor va akademiklarni bir joyga yig'ish va yoshlarga to'g'ri yo'nalish berish.

Alloh nasib qilsa ajoyib muhit bo'ladi.

@karimraximov
πŸ”₯81πŸ‘46πŸ‘7⚑4😁3
Shenzhen shahridagi SUSTech universitetida 2026-yilgi qabul uchun Kompleks analiz yo`nalishi bo`yicha PhD uchun joy e'lon qildi. Nomzod magistratura diplomiga ega bo`lishi lozim. Stipendiyasi zo`r, yashash joy ham beradi.

Haqiqatdan ham yaxshi nomzod bo`lsa men tavsiya bera olaman.

Kim o`zini munosib nomzod deb o`ylasa, mening email adressimga o`zini tanishtirib, shu o`rin uchun nega o`zi munosib ekanligini bildirib ingliz tilida email yozsin. Email adressim: [email protected]

Bu masala bo`yicha telegramdan keladigan xatlarga javob bermayman, faqat emaildan yozing iltimos (to`g`ri email yozishingizni ham tekshirib ko`raman).

@karimraximov
πŸ‘61⚑5πŸ”₯5πŸ’―3πŸ†3
Ustozimiz Akademik Azimboy Sadullayev vafot etdilar. Bu men uchun va O'zbekiston matematikasi uchun katta yo'qotish.


Ustoz mening olim sifatida shakllanishim uchun juda katta o'rin tutganlar. Ustozim maslahatlari har doim men uchun qilinishi shart bo'lgan ish bo'lgan. Ayniqsa quyidagi 2 ta maslahatlariga amal qilganim hayotimni juda o'zgartirib yuborgan.

-Karim til o'rgan, til o'rganmagan matematik xalqaro maydonda tilsiz va quloqsizdek gap...
-Karim chetga ketishing kerak, seni chetga yuboraman, yangi soha o'rganib kelishing kerak, yuraverasanmi...


Inna lillahi va inna ilayhi roji'un
πŸ”₯7
Barchangizga Qurbon Hayiti Ayyomi Muborak Bo'lsin!

@karimraximov
πŸ”₯2
Akademik Sadullaev olimpiadasi

Iyun oxirida o`tkaziladigan Pi-olimpiadasini ustozimiz sharafiga "Akademik Sadullaev olimpiadasi" deb nomlaydigan bo`ldik. Olimpiadaga 180 ga yaqin talaba ro`yxatdan o`tdi

https://sites.google.com/view/uzmc/royxatdan-otgan-jamoalar

Bizning olimpiadada:

1.Masalalar universitet dasturidan bo`ladi:
-Analiz
-Algebra(chiziqli va abstrakt)
-Sonlar nazariyasi
-Kombinatorika
2. Appelyatsiya bo`ladi
3. Masalalarni haqiqiy mutaxassis tomonidan tayyorlanmoqda


Nasib bo`lsa sizni ajoyib muhit kutmoqda!

Ro`yxatdan o`tganlar bilan tez kunda aloqaga chiqamiz!

Olimpiada bilan bog`liq ma'lumotlar @piolympiad telegram kanalida ulashib boriladi.


@karimraximov
Tushungan tushundi...

Tirik Kitob: xotira kartasi ma'lumotlarni saqlayveradi, hattaki o'zaro zid bo'lsa ham. Lekin haqiqiy miya ularni tahlil qila oladi va to'g'rini-to'g'riga xatoni-xatoga chiqarib kerakli malumotni saqlaydi va qolganlarga yetkazadi.

Shunchaki kitob o'qish yetarli emas...

Futbol: Manimcha ham. Misol uchun matematikadan zo'r bo'lganlarga meni kvadrat tenglamani yechishni tushuntirishim ularni bilimini oshirib qo'ymaydi, lekin shu mavzuni tushunmaganlarga tushuntirishim ikki tomonlama ancha foydali bo'ladi!

@karimraximov
πŸ‘3
Forwarded from Laziz Abdullaev
KAIST da sun'iy intellekt bo'yicha magistratura va PhD dasturlariga o'rin bor ekan.

Topshirish uchun:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdapsJm1oISjIlX50ev6ISHij_GGGDhKG6BZ_e1QnLB5SIn6A/viewform

Manba

@lazizabdullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
πŸ“’ TIFT – xalqaro ilmiy konferensiyaga mezbonlik qildi!

πŸ“ˆ Muvaffaqiyat kaliti – matematika!
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti tomonidan β€œAlgebra, analiz, topologiya va hisoblash matematikasining dolzarb muammolari” mavzusidadagi xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etildi.

πŸ“ Tadbir Oβ€˜zbekiston Fanlar Akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti, Malayziyaning Utara universiteti, Boku davlat universiteti va Mirzo Ulugβ€˜bek nomidagi Oβ€˜zbekiston Milliy universiteti hamkorligida amalga oshirildi hamda matematika sohasidagi mashhur olimlarni bir joyga to'plagan platformaga aylandi.

πŸ”— Konferensiya davomida matematik tahlil, algebra, topologiya va hisoblash metodlariga oid eng soβ€˜nggi ilmiy ishlanmalar va ularning amaliy qoβ€˜llanilishi muhokama qilindi.

🌐 Ilmiy tajriba va hamkorlik doirasi yana kengaymoqda!

β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”
Hoziroq ro'yxatdan o'ting πŸ‘‡

Ta'lim yo'nalishlari:
1.
Bakalavr
2. Magistratura

πŸ”— Ariza topshirish onlayn va bepul: qabul.tift.uz

☎️ Aloqa markazi: +998712029229

πŸ“Markaziy qabul ofisi: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko'chasi 15-uy.

Litsenziya (#519622 03.11.2022)

πŸŽ“TIFT β€” Orzularga yetaklaymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nega magistratura bosqichida ko'p iqtidorli yoshlarimiz "yo'qolib" qolayapti?

@karimraximov
πŸ”₯5πŸ‘2πŸ’―1
Atrofingiz kimligingizni aniqlab beradi

Matematikadan oz moz xabari borlar funksiya limiti degan tushunchani yaxshi bilishadi. Aslida funksiyani nuqtadagi qiymati emas vaholanki nuqtadagi limiti qaysidir manoda to'g'riroq aniqlab beradi. Limit esa nuqtadagi qiymatga emas shu nuqta atrofidagi funksiyani qanday o'zgarishiga bog'liq. Sodda qilib aytganda sizni atrofizda faqat axmoqlar yursa siz ham axmoqqa juda yaqinsiz va aqllilar bo'lsa siz ham borib borib kamida atrofdagilaringiz kabi aqlli bo'lasiz.


O'ylab ko'ring, sizni atrofdagilaringiz qaysidir o'yinga mukkasidan ketgan bo'lsa siz ham qachondir shuni o'ynaysiz va asta-sekin siz ham ularday bo'lib qolishiz mumkin. Ya'ni atrofdagilariz siz uchun ko'p narsaga katta tasir ko'rsatadi.

Yoshlarga maslahatim: atrofingizni to'g'ri tanlang, ilmli bo'lmoqchi bo'lsangiz olimlar atrofiga intiling, aks holda noto'g'ri tanlagan atrofingiz baribir sizni o'ziga tortib xarob qiladi.

@karimraximov
πŸ”₯11πŸ‘6πŸ‘4πŸ’―4
Yaqinda talabalar o`rtasida 3-xalqaro Al-Xorazmiy olimpiadasi(AKHIMO) bo`lib o`tdi:

https://akhimo.urdu.uz/

Dunyo bo`yicha juda ko`p yuqori reytingli universitetlar keldi, misol uchun Stanford University, Peking University, Seul National University, National Research University Higher School of Economics va hokazo. Jami 220dan ziyod talabadan 55 ta talaba medal bilan taqdirlandi. Shularni ichidan 6 tasi O`zbekistonlik talabalar (1 ta kumush, 5 ta bronza). Shulardan 4 tasi mening shogirdlarim, 2 tasi O'zMU (2 ta bronza) va 2 tasi TIFT universiteti (1 ta kumush va 1 ta bronza) talabalari.

Shu o`rinda nega TIFT universitetida tayyorgarlik olib borganim haqida. Universitet ta'sischisi bilan suhbatda shuni angladimki, ularning asosiy maqsadi ilmni rivojlantirish shunchaki biznes emas. Misol uchun TIFT universiteti keyingi yildan xalqaro olimpiadalarga tayyorgarliklarni yanada kuchaytirib nufuzli xalqaro olimpiadalarga talabalarini qatnashtirishni maqsad qilib qo`ygan. Undan tashqari Akademik Sadullayev olimpiadasiga beminnat yordam qilishayapti. Buning uchun universitetga o`z minnatdorchiligimni bildiraman.

@karimraximov
πŸ”₯65πŸ‘22πŸ’―5πŸ‘1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
26-iyundan 7-iyulgacha Akademik Sadullayev olimpiadasi hamda maktab o'quvchilari uchun yozgi maktab boβ€˜lib o'tadi. Yozgi maktabga mentor sifatida yordamlashmoqchi boβ€˜lgan mutaxassislarni @dr_khiso telegramiga murojaat qilishingizni soβ€˜raymiz!

@karimraximov
πŸ‘30πŸ‘10πŸ”₯7
Vaqt o`tkinchiligining matematik isboti!

Matematikada qadamlarga bo`gliq biror mulohazani isbotlashning induksiya metodi bor. U juda oddiy usul, u uch qadamdan iborat:

1) mulohaza n=1 holda isbot qilinadi;
2) mulohazaning n=k bo`lgan holi to`gri deb faraz qilinadi;
3) oldingi 2 ta qadamdan foydalanib mulohazani n=k+1 bo`lgan hol uchun isbot qilinadi.

Shu uch qadam mulohaza ixtiyoriy n uchun bajarilishini isbotlaydi.

Keling endi shu usuldan foydalanib vaqt o`tkinchiligini quyidagi mulohaza ko`rinishida isbotlaymiz:

"Ixtiyoriy n kun o`tkinchidir"

Isbot:
1-qadam. n=1 ya'ni 1 kun o`tib ketishi juda oddiy chunki kecha bilan bugun orasida bir kun o`tib bo`lgan, demak 1 kun o`tkinchiligi aniq;
2-qadam. Aytaylik n=k kun o`tkinchi;
3-qadam. k+1 kun ham o`tkinchi ekanligini oddiy isbotlaymiz. 2-qadamga ko`ra k kun o`tkinchi va 1- qadamga ko`ra 1 kun o`tkinchi, demak bu ikkala qadamdan foydalansak k+1 kun ham o`tib ketadi.

Isbot tugadi!

Endi o`ylab ko`ring bu dunyoda necha yil yashayman deb o`ylaysiz 200 yilmi, bu 73050 kun atrofida degani ya'ni n=73050. Isbotlagan mulohazamizga ko`ra bu ham o`tkinchi. Dunyodagi hayotimiz o`tkinchi ekanmi unda nima uchun yashayotganimizni anglashimiz, va buning uchun ilm olish va ilm berishni birinchi o`ringa qo`yishimiz eng to`g`risi bo`ladi deb o`ylayman.

Bir olim aytgandi bu dunyo avtobus bekatiga o`xshaydi, haqiqiy manzilingga ketish uchun avtobus kutasan, qaysi manzilga borish va unga boradigan to`g`ri avtobus tanlash o`zingni qo`lingda, buning uchun esa ilm senga yordam beradi.


@karimraximov
πŸ‘113πŸ”₯42πŸ’―19πŸ‘16
Ustoz bu senga ilm berishidan tashqari, "komfort zona"ngdan chiqarib sen uchun manfaatli yo'lga yo'naltiradigan inson. Men uchun shunday inson rahmatli ustozim Akademik Sadullayev edilar. Komfort zonamdan chiqarib mashaqqatli ammo men uchun juda manfaatli yo'lga yo'naltirganligi uchun ustozimdan doim minnatdorman. Ustozni Alloh rahmat qilsin!


Barcha ustoz va murabbiylarni shu bilan bir qatorda ilk ustozlarim, matematika o'qituvchilari, ota-onamni bugungi bayram bilan chin qalbimdan tabriklayman!

@karimraximov
πŸ‘122πŸ”₯60πŸ‘24πŸ’―5
2025/10/20 15:52:31
Back to Top
HTML Embed Code: